
Bu surat 1990 yilning bahorida Namangandagi saylovoldi uchrashuvlaridan birida olingan. Minbarda Dadaxon Yoqubov (chapdan birinchi) va Jahongir Muhammad (chapdan uchinchi).
Novdalar
1990 yilning 18 fevralida O’zbekiston Oliy Kengashiga saylovlar bo’lgandi.
Demokratiya shamoli bor edi. Shuning uchun ikkinchi turga qolganlar yoki saylanolmaganlar o’rniga yangi nomzodlar chiqishi kabi hollar ham bo’lgan. Birinchi turda muqobil asosda saylangan edim. Tanishlarimdan ikkinchi turga qolganlar yoki yangi nomzod bo’lganlar birgalikda ularning saylov okruglariga borishni so’rashardi. Yangi deputatman, hammasiga ulgurish mumkin emas. Faqat 2-3 tasiga boroldim, xolos. Shulardan biri do’stim Dadaxon Yoqubov saylanayotgan okrug edi. Uning nomzodi Namangandan ko’rsatilgandi.
Dadaxon bilan ToshDUning jurnalistika fakultetida o’qiganimizdan beri tanish edik. Biz aslida ikki dunyoning odamlari edik. Xarakter va hayot tarzimiz bilan. Lekin bizni ruhiyatdagi yaqinlik bir-birimizga tortib turardi. Oramizda qandaydir ijodiy musobaqa ham bor edi. Continue reading
Filed under: Suratlar tarixi | Tagged: dadaxon yoqubov, Jahongir Mamatov | Leave a comment »
You must be logged in to post a comment.