O’zbekiston televideniyesiga ishga kelishim bilan bir necha yangi dasturni boshlatgandim. Shulardan biri “Turkiston” siyosiy-ommabop axborot dasturi edi. Buni oldindan orzu qilgandim. Shu yo’l bilan Turkiston xalqlarini bir-biriga yaqinlashtirish, qardoshlik rishtalarini mustahkamlashga hissa qo’shmoqchi edim.
Dasturni darhol yo’lga qo’yish uchun Axborot bo’limidagilarga fikrlarimni aytdim. Uni jonli ravishda uzatishni lozim topdik.
Turkiston xalqlari hayoti bilan bog’liq juda qiziq va juda dolzarb xabarlar, videotasmalar to’plandi. Ularni tartibga keltirishdi. Dastur chizmasi tayyorlanganini aytishgach, mashq variantini ko’rmoqchi bo’ldim. Continue reading
Filed under: Suratlar tarixi | Tagged: Boymirza Hayit, Jahongir Mamatov | Leave a comment »
You must be logged in to post a comment.