#ZokirAligaOzodlik

Yo tovba, bu ne qismat?!

Bir oddiy inson sifatida shokka tushdim. 25 yildan beri yaqin taniganim Zokir Aliyevni O’zbekiston Islomiy Harakatining a’zosi, terrorist deb tuhmat qilishdi.

Zokir chumoliga zarar bermasdi, “u ham uyini qidirmoqda” deb. Shunaqa yumshoq yigit.
U favqulodda odobli, hamma narsani idrok qiladigan, besh dollar topsa, 2 dollarini kambag’al bechoralarga ulashadigan yigit.

Ey nomardlar! Tuhmat qilishda shunchalikka ham borasizmi?

Agar u terrorist bo’lsa nega shu paytgacha dalilingizni Amerikaga bermadingiz?

Axir O’zbekiston Islomiy Harkati ularda terroristlar ro’yxatida-ku?

Bu Shavkat Mirziyoyevni zolim Karimov iziga qaytganidan nishonmi?

Bu ne hiyla? Hiyla bo’lganda ham iflos hiyla!

Hamma gapga ishonishim mumkin, ammo Zokir Aliyev terrorist degan gapga ishonmayman!

Uni faqat men emas, yaqin biladigan juda ko’p inson bor va shu fikrimga qo’shilishadi.

Biz uning O’zbekistonga borishi oldidan uyida to’planib samimiy sevinchiga sherik bo’lgandik.

Yo tovba, bu ne qismat?!

U Islomiy Harakat a’zosi emas! Kerak bo’lsa, bu gapimni bu dunyoda ham, u dunyoda ham baralla aytaman!

Jahongir Muhammad
#ZokirAligaOzodlik