10. Yolg’onga ishonish
Oregonda qiziltanli(hindu)lar bilan bog’liq ko’p joylar va afsonalar bor. Bu shtatda hammasi bo’lib besh oy yashagan bo’lsakda, deyarli barcha tarixiy joylarini borib ko’rdik.
Shulardan biri Kreyter ko’li. Bu Amerika tarixiga kirgan va federal miqyosda sharafiga tanga pul chop etilgan ko’ldir.
Bir kuni Mehmet bizni shu ko’lga olib bordi. Favqulodda go’zal joy. Ba’zilar bu ko’lni “Insonning yolg’onga ishonishining hujjati” ham deyisharkan.
Gap shundaki, qizil tanlilarning bir qabilasi shu mintaqaga kelib joylashibdi. Ko’lning suvi juda tiniq va osmondagi bulutlarni ko’lning tubiga boqib tomosha qilish mumkin.
Qizil tanlilarning bolalari ko’l bo’yiga kelib, bulutlarga oshiq bo’lib, ko’kda uchgan qushlarni ko’l tubidan ushlayman deb cho’kib ketaverishibdi. Continue reading
Filed under: Boshqa dunyo | Tagged: Amerika, Ўзбек, Jahongir Mamatov, uzbek | Leave a comment »
You must be logged in to post a comment.