Til bilmagan dil bilmaydi, dil bilmaganni el bilmaydi. Boshqacha aytganda birovning tilini bilmasangiz uning dilini hech qachon anglay olmaysiz. U ham sizning kimligingizni anglamaydi.
Tilmochlar so’zlarni o’giradilar, lekin so’zlar sohibining nafasini, hissini, tuyg’ularini chevira olmaydilar.
Tarjimonlar yordamidagi suhbatlar esa diplomatiyadir – tavoze, manzirat va hokazo. Qolaversa, bir umr yoningizda tarjimon bo’lmaydi.
Bir kuni qo’shnimiz:
-Amerikada ko’p yil yashadim, lekin endi tilni o’qiyapman. Bunga yo’l mirshabining to’xtatgani sabab bo’ldi. Unga haqligimni tushuntirib berolmadim. Indamaygina jazoga rozi bo’ldim. Keyin bilsam, u meni sudga yuborgan ekan. Bordim. Tarjimon ham mening aytganlarimni sudyaga anglata olmadi. Shundan keyin til o’rganishga qat’iy qaror berdim,-dedi. Continue reading
Filed under: Boshqa dunyo | Tagged: Amerika, Boshqa dunyo, Ўзбек, Jahongir Mamatov, uzbek | Leave a comment »
You must be logged in to post a comment.