SAVOL: Bahsda jim qolgan paytlaringiz ham bo’ladimi? (Umid).
JAVOB: Bir latifanamo voqeani aytib beray, o’zingiz xulosaq iling.
Muxolifatchi mehmondorchilikda O’zbekistondan endi kelgan yigitcha bilan tanishib qoldi.
-Qachon keldingiz?-deya uni savolga tutdi.
-Kecha.
-U yoqda ahvol qanaqa?
-Zo’r!
-Zo’r bo’lsa, bu yerlarda nima qilib yuribsiz?
-O’qishga keldim.
-Kelishdan oldin biror suhbatga chaqirishdimi?
-Qaerga chaqiradi?
-”Chet elga ketayapsiz, o’sha tomonlarda vatan xoinlari bor, shulardan uzoq turing” deganday ogohlantirish bo’lmadimi?
-Adam ogohlantirdilar. Bittasining oti esimda qolgandi, Boy… Boy…
-Boymirza Hayit emasmi?
-Shunga o’xshash…
-Boymirza ota AQShda emas, Olmoniyada yashardilar…
-Olmoniya? Olmoniyasi qayer?
-Germaniya. Keyin… Boymirza ota bir necha yil oldin olamdan o’tganlar.
-Yo’g’-e, bo’lmasa boshqa Boy… Balki o’zingizmasi o’sha?
-Nega unaqa deb o’ylayapsiz?
-Adam “Vatan xoinlari tinmay savol berishadi, ko’p narsani bilib olishmoqchi bo’lishadi, hushyor bo’l, savollariga javob berma”, degandilar-da…
Shundan keyin yigitchaning rang-quti o’chib, boshini egib, jim o’tirdi. Birozdan so’ng muxolifatchi yana savol berdi:
-Adangiz nima ish qiladilar?
-Adam nalogovoyning boshlig’i…
Endi jim o’tirish navbati muxolifatchiga kelgandi.
Jahongir Muhammad
8 fevral, 2011 yil
“Savob so’qmog’i” kitobidan.
Filed under: Savol-Javob | Tagged: Jahongir Mamatov |
“Turkiston legioni o’z tarixiy bahosini kutmoqda yoxud o’zbek-sovet tarixi ziddiyatlari haqida
Bu zamin tarixida shunday shaxslar o’tganki ular haqida bugun qancha so’z yuritsak ularning murakkab taqdirlari,ikkilanish,
jangovorlik va zamonning shiddatli po’rtanasida yo’lini yo’qotgan damda ham hurlik va milliy g’urur tuyg’ularini eng og’ir damlarda ham asrashga intilgan vatanparvarlar qismati nomoyon bo’laveradi.
Ana shunday yorqin shaxslar haqida yana bir bor so’z aytsak va ularning ruhi poklarini xotir aylasak.
Shunday qilib,
XX ASR SABOQLARI
A.Qodiriyiy yozganidek “O’rusiyada inqilob bo’lub,oq poshshomiz taxtdan tobutg’a olinar, odamlar orasinda Mekalay
o’lub mastravoylar hokimiyat tepasiga kelubtur degan gaplar bo’lur”.
Bu terminni eslatganimiz boisi shuki odamlarimizga kommunistik mafkura qanchalik yot bo’lmasin ulardagi qashshoqlikdan foydalangan kommunistlar hammani teng qilamiz deya xalqni “boy” “kambag’al”ga aylantirib ularni qayrab soldi. Odamlardagi hasad hissi kommunistik tuzumga, uning yolg’onchi partiyasiga hayrixohlikka olib keldi.
Bu miyonada Kerenskiy vaqtincha o’turib inqilobdan keyin muhojirotga ketadi Angliyada yashab u yerdagi ruslardan antisovet hukumat tuzishga intervensiyadan keyin rossiyada o’rnashishga urindi.
Mag’lubiyatga uchradi 1980 yillarda vafot etib ketdi.
Stalin tomonidan o’g’irlashga buyurilgan Alixoto’ra Sog’uniy yodimga tushdi. Negadir vatangadolikni bo’yniga olganda ham odamni hech qachon umid tark etmaydi ekan.Ilinji vatanini yana bir bor ko’rish bo’lgan bu oxirating obod bo’lgurlarni so’nggi damda ham yurt sog’inchi tark etmagani har bir fikrlik kishiga ayondir.Behbudiyning “Musulmon bo’lub taraqqiy qilayluk degan” mo’tabar so’zlariga amal qilib milliy davlat tuzishga intilgan Mustafo Cho’qaydek yurt farzandi g’ariblikda o’tib ketdi.
U Parijdaligida nemislar tomonidan Britaniyaga josusklik qilganlikda ayblanib hibsda olinadi.
Ammo Moskva ostonalarida vermaxt mag’lub bo’lgach,endi boshqa yo’nalishga safarbar qilinadi.Natija shu bilan tugaydiki Polshada o’rta osiyolik asirlardan antisovet askari tayyorlash,janubdan yangi front ochish maqsadida dastlab 4ta harbiy qism tayyorlanadi.
Yoki nemislar tomonidan Tibetga ekspeditsiya yuborilishini,avg’onga qiziqish bilan qaray boshlashini qanday izohlash mumkin javob shuki sovetlarning janubiy chegarali ularning eng nozik joylari ekanligi yaxshi fahmlanmagan.Tog’ri ular shu yerdan bosib kirishga harakat qilgan bo’lishi mumkin biroq baribir natsist rahbariyati Turkistonchilarga yetgarli ahamiyat bermagan.
Boymirza Hayit esa yorqin siymodir hali 30-yillarning oxiridayoq harbiy harakatlar malakasi ozmi-ko’pmi bor shaxsga nega “ofitserlar tabaqasidan joy berilmasin,agar ish boshqacha yo’nalish olganda Turkiston legioni qo’rboshisi o’rinbosarini qanday mo’jizali taqdir kutib turganini anglash qiyinmas.Afsus afsus “ot o’ynatib yurish” ularga nasib qilmadi,yuqorida Sog’uniyni keltirdik,u sharqiy xitoyda 30.000 odamga bosh bo’lib katta ishlar qilmoqchi bo’ldi ammo uning ham vatanparligiga tan bermay iloj yo’q.Negaki “meni millatim o’zimga suyuklikdir” deb kurashagan inson qismati saboqlidir.
Cho’qay ham 41 yil omonatini topshirgach,orada mag’lubiyatlar seriyasidan so’ng Legion faqat kartoshka artish ishidan boshini tortib ololmay qoldi.
Turkistonni birlashtirib stalinni qon qusdirishni nasiya qilib GFRga o’tib ketgan u go’ring nurga to’lgurni ma’rifat tarqatgani har holda tasalli beradi.
Sog’uniy ham shunday bir kitoblar yozdiki odamlarga hanuz dinsizlik ofatidan o’q o’tmas kamuflajday asrayapti ammo bizning huquqbon-u jurnalistlarimiz saroybon bo’lub ishga kirgan va muxolifatimiz do’ppi tor kelganda chet elga qochib ketgan,tilagim shuki ularni ovozi o’chmasin aksincha chaqmoqday gurullab tursin!!