Savolga javob

kitobHech kimdan xafa emasman

SAVOL׃ Negadir keyingi paytlarda jiddiy narsalar yozmay qo’ydingiz? Hafsala pir bo’ldimi yoki kimlardandir,  nima uchundir xafamisiz, nima gap, haqiqat haqida  siz gapirmasangiz kim gapiradi? (Rustam).

JAVOB׃ Kichik bir savolga to’rt-beshta masalani “yedirib” yuborganingizdan anchagina “pishiq” o’quvchiga o’xshaysiz. Shuning uchun ham savollaringizni “to’rtga bo’lib” javob berishga qaror qildim.

Birinchi, “jiddiy narsalar” deganda nimani nazarda tutgansiz? Rostdan ham jiddiy narsalarni nazarda tutgan bo’lsangiz, u holda jiddiy narsa yozayapman. Lekin O’zbekiston bilan bog’liq emas. Chunki O’zbekiston bilan bog’liq jiddiy narsaning o’zi qolmadi.

Ikkinchi, Xudoga shukur, hali hafsala pir bo’lgan emas. Hayot juda qiziq. Ayniqsa Amerikada. Bu yerdagi siyosatga qiziqib qolsangiz, boshingiz bahsdan chiqmay qolarkan.

Uchinchi, hech kimdan xafa emasman. Butun olamning yaratuvchisi va mutloq hukmdori kechiruvchan bo’lganda biz kim bo’libmiz?  Kimdandir xafa bo’lgan bo’lsam, bir necha yillar avval kechirmay yurgan bo’lishim mumkin. Unday o’jarlik, janjallar davri allaqachon o’tib ketdi.

Kimdir “JM mendan xafa” deb o’ylab yurgan bo’lsa, bu “yuk”dan qutulsin, kechirib yuborganman. Bu insonga yengillik, farax baxsh etarkan!

Kamina ham kimlarnidir bilib-bilmay ranjitgan, ko’nglini og’ritgan bo’lsa uzrimni qabul etib, kechirib yuborishsa, yengil tortishadi. Zotan gunohlarimiz jazosi yoki avfi uchun yil sayin Oliy hakam huzuriga yaqinlashib borayapmiz. Endi bizga birovdan xafa bo’lish yoki birovni xafa qilish yo bo’lmasa birovga yomonlikni ravo ko’rish  yarashmaydi. Endi savobning yo’lidamiz.

To’rtinchi, haqiqat haqida gapiradigan bo’lsak, bugunga kelib shuni angladimki, ko’kdagi yagona Haqiqatdan so’ng yana har kimning o’z haqiqati bor ekan. Bu balki gunoh, balki savob, ammo har kimning o’z haqiqati. Qolgan gaplar o’tmas va o’tkinchi.

Haqiqat haqida gapirish hammaning burchi, chunki haqiqat borasida hammaning o’z ovozi bor. Uni har  kim o’z vijdoni bilan yuzlashganda eshitadi. Bu chetdan keladigan ovoz emas, bu ichki salohiyatdan, ruhiyatdan keladigan ovozdir. Yetarki, ana shu ovoz rostni ifoda etsin,  yolg’onni rad qilsin hamda o’tkir, yolqin va yorqin bo’lsin!

Jahongir Mamatov

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: