Amerikani har kim o’zi kashf etadi
Kirish o’rnida
Tabib tabib emas, boshiga tushgan tabib, deydilar. Bir paytlar Amerika mutlaqo boshqa dunyo edi, bugun esa bu mamlakatning pastu balandini so’rang, imkon qadar ayta olaman.
Darvoqe, “Amerikani Kolumb ochgani bilan har kim uni o’zicha kashf etadi” degan gap bor.
Bizga 1990 yillardan keyin Amerikaga kelgan o’zbeklar orasida qisqa vaqtda oyoqqa turish nasib etdi.
Steven (familiyasi esimda qolmagan) degan amerikalik bir professor 1999 yilda bizga qisqa fursat dars berganda “Oyoqqa turishing, amerikalik o’rta sinf safiga qo’shilishing uchun kamida o’n yil kerak” degan edi. Bu lof ekan. Chunki bu yerga hech narsasiz kelib, ikki yilda oyoqqa turish mumkin.
Aslida Amerikaga kelgan har qanday kishi bu yerda O’zbekistondagidan yaxshi yashaydi.
Sovet davrida o’rtacha maosh 140 so’m bo’lgan paytda ayni vaqtda bir necha nashrlar (“O’zbekiston Ovozi”, “Qishloq haqiqati”, “Mushtum”, “Zarafshon”) bilan ishlab, oyiga ming so’m atrofida daromad qilardim. Boshqacha aytganda, hayot darajam o’rtachadan ancha-buncha yuqori edi. Lekin Amerikaga kelganlar orasida cho’ntagida puli eng kami ham men bo’lsam kerak. Continue reading
Filed under: Boshqa dunyo | Tagged: Amerika, Amerika o'zbeklari, Amerikaga bormoqchiman, Америка, Жаҳонгир Маматов | 1 Comment »
You must be logged in to post a comment.