3. Merit
Dunyodan uzilib qoldim. Internet yo’q. Telefon bilan ko’ngilga ravshanlik inmaydi. Istanbulda professor Temur Xo’ja o’g’lidan iltimos qilib, AQShda joylashgan xalqaro tashkilotlarga xat yozdirib olgandim.
Mazmuni shu ediki, bilgan tillarimda biror yumush bo’lsa, ishga olishsa.
Oregonga kelgach bildimki, qancha ko’p tashkilotga “zakaznoy” xat yuborsam, shuncha ko’p pul kerak. Hali ko’zimiz ham, qarashimiz ham turk lirasidan dollarga o’rganmagan. Bir dollarlik ham jigarning parchasi. Shunday paytda hatto xat jo’natish ham og’ir tushar ekan.
Orada “Amerika ovozi”ga telefon qilib turaman. Asli namanganlik bo’lgan va Afg’onistonda yashagan, mana endi amerikalikka aylangan Abdulmannon Keskin hali Turkiyada ekanligimdayoq “Amerikada birov birovga yordam bermaydi, har kim o’z oyog’ida turadi” deb gapning dangalini aytgandi.
Lekin u kishining o’zi hammaga yordam qiladigan odam ekanligini keyinchalik o’rgandim.
Qolaversa, bizga oddiy amerikaliklar chin dildan, beminnat yordam qila boshladilar. Continue reading
Filed under: Boshqa dunyo | 1 Comment »
You must be logged in to post a comment.