Boshqa dunyo

1998 yil, Oregonda

1998 yil, Oregonda. Reney va Shyorli bilan.

4. Post Meridian

Merit bizni Reney, Shyorli degan ayollar va Ven degan oqsoqol bilan tanishtirib qo’ydi. Reney va Shyorli uyimizga kelib, inglizcha so’zlarni o’rgata boshlashdi. Ven esa shoferimiz, qayoqqa boramiz desak, xizmatda. Ba’zan uyiga ham mehmonga olib boradi. Uyi tog’ning tepasida, daraxtlar orasida. Xotini bilan yolg’iz yashaydi. Xotini ham uning o’ziga o’xshagan mehmondo’st.

Bir kuni Ven bizni hukumat idorasiga olib bordi. Bir qancha qog’ozlarni to’ldirdik. Kambag’allar ro’yxatiga kiritishdi. Oziq-ovqat xarid qilishimiz uchun kuponlar to’plamiga o’xshagan kitobcha berishdi. Bu pul o’rnini bosar ekan. (Hozir uning o’rniga plastik karta beradi-JM). Har bir kishiga 120 dollardan hisoblab, 720 dollarlik kupon berdi. Shuncha pulga oziq-ovqat xarid qilishimiz mumkin ekan. Continue reading