“Boshqa dunyo” kitobidan boblar

kitob8.Hislar tug’yoni

Mashina olganimizni eshitgan Reney va Shyorli xursand bo’lib, bizni Portland shahridagi Simfonik Kontsertlar Saroyiga taklif qilishdi. Kontsertdan oldin suv ustida qurilgan restoranga olib borishdi. Bu joyda ummon mahsulotlaridan taomlar pishirilar va qimmat taomlar maskani hisoblanarkan. Rohilaning sevgan taomlari, ammo menga yoqmaydi. Bildirmaslikka harakat qildim. Aytsam bo’lar ekan, ular menga o’xshab bu taomlarni yoqtirmaganlar uchun oddiy ovqatlar ham pishirarkan. Buni keyinchalik o’rgandim va Amerikada eng mazzali oddiy taomlar dengiz mahsulotlari pishiriladigan restoranlarda bo’ladi, desam lof emas. Har holda menga shunday, hamma baliqlaru shunga o’xshagan narsalarni yeb turganda oddiy ovqat oltin ovqatda! Xullas, bu restorandan qutulib konsert saroyiga keldik.

Raxmaninov va Shostakovich simfoniyalarining ijro kechasi ekan. Tomoshabinlar orasida nafaqat inglizlar, balki o’nlab millat va elatlarning vakillari bor edi. Hashamatli va go’zal naqshlar bilan bezatilgan saroydagi shovqinning o’rnini dirijyorning qo’liga qamchisini, ya’ni tayoqchasini olishi bilan kirib kelgan sukunat qopladi. Continue reading