9. Qarsaklar
O’zbekistonda mashina haydamaganman. To’g’risi bir marta chamasi ikki kilometr masofaga haydagandim. O’shanda Orif degan do’stimning mashinasida Samarqand tumanining Rajabamin qishlog’idan rayon markaziga boradigan yo’lda haydashni mashq qildik.
Katta yo’lda mashinalar ko’p bo’lgani uchun qishloq yo’liga o’tdik. Tuproq ko’chadan changitib ketayotgandim, birdan yozadigan maqolam haqida xayolga tolibman, oniydan mashina yo’ldan chiqib ketdi. Yonginamizda katta soy oqayotgan edi. “Furgon” ag’darilib suvga tushdi. Mashinaning “oyoqlari” osmonda, bizning boshlarimiz pastda, suvning ichida. Ko’zimni yumib olganman. Xuddi suv ostida nafas olmay turgan odamdek raqamlarni sanayapman. 20, 21… 33, 34… 44, 45…
Qandaydir kuch meni mashina ichidan tortqilay boshladi. Shu payt ichimga suv o’ta boshladi. Nafasim qaytdi. Bir payt o’zimga kelsam, bosh ustimda bir qancha odam. Orif ham bor. Rangi uchib ketgan.
-Aytmadimmi, hech narsa bo’lgan emas,-deb baqirdi u sevinganidan. Continue reading
Filed under: Boshqa dunyo | Tagged: Amerika, Jahongir Mamatov, O'zbeklar | Leave a comment »
You must be logged in to post a comment.