BOSHQA DUNYO
2. “Jet lag”
Bir joyda to’xtadik. Tun oqqani uchunmi atrof qo’rqinchli edi. Uylar armiya kazarmasini eslatadi. Har bir uyda oltitadan kvartira. Shulardan bittasini Merit biz uchun hozirlabdi. Ichkariga kirishimiz bilan Merit qizimni chaqirdi va bizga kvartirani “tanishtirdi”׃ Uchta yotoqxonasi bor, bitta katta zal hamda oshxona. Zalda mo’rili pechka o’rnatilgan bo’lib unga o’tin tashlab yoqilarkan. Merit balkonga boshlab:
-Sizlar uchun o’tin ham jamg’arib qo’ydim,-dedi.
Biz Amerikaga keldikmi yoki adashib Meksikaga o’tib ketdikimi, deb o’ylab qoldim. Nahotki uyni o’tin yoqib isitamiz? Atrofga alanglab, oxiri devorning bir chetidan havo keladigan joyni ko’rib qoldim. Keyin bilimdonlik qilgan kabi so’radim:
-Issiq-sovuq havo uzatadigan konditsioner bo’lganda pechkaning nima keragi bor?
Merit jilmaydida:
-Pechkani istagan vaqt yoqasizlar, bu havas uchun. Olov yoqib, unga termulib o’tirish mazza. Continue reading
Filed under: Boshqa dunyo | Leave a comment »
You must be logged in to post a comment.