Zehniyat jumbog’i

soyaXor bo’lgan san’at

SAVOL: Siyosatga aloqasi bo’lmagan bir narsa so’ramoqchiman, Amerika filmlarini yoqtirasizmi yoki hind filmlarinimi?(Kamola).

JAVOB: Bolalikdan hind filmlarini tomosha qilib ulg’ayganmiz. Amerikaga kelib ham Bollivudda chiqqan har bir filmni ko’rishga harakat qilaman. Bugun chiqayotgan filmlar oldingilaridan mutloq farq qiladi. Hozir hindlar filmlarga katta ijtimoiy, siyosiy va madaniy muammolarni yuklashga intilmoqdalar va bu ularni dunyoda birinchi o’ringa olib chiqmoqda. Masalan, “Bog’bon”, “Ashok”, “Qafas”, “Dev” filmlari kabi klassik bo’lib qoladigan asarlar yaratishmoqda. Hind filmlari hali Hindistonda namoyish etilmasdan Amerikaga etib keladi va ularni uyda tomosha qilish imkoniyati juda ham qulay.

Bu degani Hollivud filmlarini ko’rmayman yoki yoqtirmayman degani emas. Aksincha aksar yangi filmlarni ko’rib boraman. Hind filmlarida maqsad asosan sizni dam oldirishga, hordiq chiqarishga qaratilgan bo’ladi. Shu bois ham ularni tez unutasiz. Amerika filmlari esa sizni o’ylashga, tarix, bugun va kelajak haqida bosh qotirishga undaydi. Keyingi paytda tarixiy, falsafiy filmlar juda ko’p chiqmoqda va ularni tomosha qilish yaxshi bir kitob o’qigan kabi huzur beradi.

Masalan, “Troya”, “Uzuklar ilohiysi” “Iso payg’ambarning hassosiyati”, “Qirol artur” kabi epik filmlar qatorida “Ertadan keyingi kun”, “Faranget-911″ kabi dunyoviy dolzarb muammolar haqidagi filmlar qatorida ko’ngilochar asarlar ham borki, hind filmlaridan qolishadigan joyi yo’q.

Shu o’rinda bir narsani eslatmoqchi edim. Internet va televidenie rivojlanishi kino san’atini o’ldiradi, degan taxminlar bor edi. Ammo bunday bo’lmadi. Raqobat yaxshi asarlar paydo bo’lishiga olib keldi.

Televidenielar ham bugun kinofilmlardan qolishmaydigan asarlar tayyorlamoqdalar.

Shunga qaramay, Amerikada ming-minglab kinoteatrlar bor va ular doim liq to’la. Chunki film industriyasi mutloq erkin bo’lgani uchun xalqning dardi va tashvishlari bilan hamohang yashaydi. Hatto biroz oldinlab, ertangi kunni bashorat ham etadi.

Bir kun o’zbek filmlari haqida ham ana shunday gapirishni orzu qilaman. Lekin Sovet davrida o’zbek filmlari kommunistik g’oyaga xizmat qildirilgan bo’lsa, bugun esa bachkanalashib ketgan. Balki dunyoning eng buyuk kino asarlarini ko’rib borganim uchunmi Toshkentdan kimlar orqalidir keltirilgan filmlarni qarab, xuddi yuz yil oldin olingan kinolentalarni tomosha qilayotgandek bo’laman, yirik madaniy tarixga ega bo’lgan bir millatning san’ati hamon xor bo’layotganiga achinib ketaman.

Jahongir Muhammad
2004.
“Zehniyat jumbog’i” kitobidan.

2 Responses

  1. Assolomu alaykum hurmatli Jahongir Mamatov habaringiz bormi yöqmi yaqinda Zoxir A’lam vafot etdi.Z.A. tög’risida özingizni ijobiy va tanqidiy fikrlaringizni bildirib ötsangiz.

    • Va alaykum assalom!
      Xudo rahmat aylasin! Bilganim qadar yaxshi odam edi.
      To’yiga borib tuzini yeganmiz, suhbatlarini olganmiz.
      Unaqa kamtar, oqil odamlar kam tug’iladi.
      70 yilda 70 ming olamning dardini yashab, ortqilab ketdi.
      Joyi jannatda bo’lsin!

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: