Bugunning so’zi: JILMAY TUR!
O’zbekistondagi amaldorlarning xorijga chiqish erkinligi cheklanibdi!
Qoyil!
Inqiloblarda qon to’kilsa, AQSH va Avropaning diktaturalarga qarshi bittayu bitta quroli bor edi. U ham bo’lsa mansabdorlarning safarini cheklovchi sanksiyalar.
IAK buni ham ularning qo’lidan olibdi!
Balki mansabdorlar inqilob qilamiz deb qoldilaru IAK ularga sanksiya qo’ydimi? Bu endi latifa. Latifa bo’lganda ham jilmaytirmaydigan latifa!
Jiddiy gap esa, bu o’zbekchilik, keksayib qolgan ota farzandiga nima deydi: Bir oyog’im go’rda, ko’zimning o’ngida bo’l, u yoq-bu yoqqa JILMAY TUR!
XXX
Inson, insoniyat ibtidoiy davrdan yuksakrog’iga ko’tarilishi kerakka o’xshaypti.
Bugungaca asosan tashqi borliq(univers)ni or’gandi. Sayyorlar, yulduzlar, cho’lponu zuhralar…Lekin ichki borliqni-miya va uning osmoni bo’lmish tafakkurni o’rganishga oz vaqt sarfladi. Shunchaki falsafadan nariga o’tilmadi. Vaholanki ishni shundan boshlash kerakmidi?
Ichki borliqni bilmasdan universni bilish mushkul. Bu o’z qudratidan bexabar inson boshqalarning kuchini bilishga intilishi kabi holdir.
Bizning butun xato va yutuqlarimiz, fitrat va harakatlarimiz miya degan kitobda yoki uning sayyorlari bo’lmish genlarda yozib qo’yilgandir?
Balki bizni yaratgan Qudrat butun kelajagimizni shu kitobga yozib qo’ygandir?
Agar shunday bo’lsa, bugungacha chalasavodmiz.
Demak, insoniyat endi bu jabhaga ko’z tikishi va shundan keyingina anglay olmayotgani – tashqi borliqni anglashi mumkin.
Bu xuddi butun hayotni qayta boshlashdek gap.
XXX
Texnologiya shu qadar “taraqqiy etib ketganki”, Malayziyadan 239 yo’lovchi bilan uchib, ikki sotdan so’ng g’oyib bo’lgan uchqichning nima bo’lganini ikkinchi kunki bilisholmayapti.
Bu texnologiya asri deyilayotgan 21 asr uchun tarixda uyat nuqtalardan biri bo’lib qolsa kerak.
JM.
Filed under: Fikrlar | Tagged: Jahongir Mamatov |
Leave a Reply