Maydon ko’kka ko’tarilgan, burgut esa yerga yiqilgan kun
-Nega ko’z yosh to’kayapsan?-deb so’radi Burgut oqayotgan irmoqni ko’rsatib.
-Bu ko’z yoshi emas, bu sening panjangdan oqayotgan qon,-deya javob qildi Maydon.
Jahldor Burgut Maydonni tortqilab ko’kka ko’tarildi. Birdan bo’ron turdi. Maydon aylanib ko’kka ko’tarilib ketdi, Burgut esa yerga quladi.
…Kecha televizorni qarasam, AQShning muxbirlariyu sharhlovchilari Ukraina haqida gapirarkanlar “Maydon”, “Burgut” degan kalimalarni tinmay ishlatardilar. Tarjima qilib emas, o’z holida. Faqat “Maydon”ni “Maydan”, “Burgut”ni “Berkut” deyishmoqda. So’z tildan tilga, avloddan avlodga o’zgaradi. Ota-bobolarimiz “Berqut” deyishgan, biz “Burgut” deymiz.
Maydon forsiy kalima. Biz “choy”ni o’zbekcha degandek bu so’zni ham o’zbekcha deymiz va xato qilmaymiz. Chunki so’z tarixi, etimologiyasi bilan boshqalarga oid bo’lishi mumkin, ammo uni ishlatganlar uning hokimidirlar. Demak, ingliz tili ham ikki so’z hisobiga boyidi. Aminmanki, tez orada bu so’zlar inglizcha lug’atlarga ham kiritiladi. AQShda tilda ishlatilgan yangi so’zlarni har yilning oxirida lug’atlarga kiritish an’anasi bor. Continue reading
Filed under: Тил | Tagged: so'z, til | Leave a comment »
You must be logged in to post a comment.