Rizo Obid

Jahongir Muhammadni tanqid qilmoqchiman

Ba’zi bir o’zini mustaqil jurnalist sanovchi jurnalistlardan mening farq qiladigan jihatim shuki, haqiqatan ham mustaqil qalamkashman, chin ma’nodagi mustaqil qalamkshman.

Masalan,ayrim soxta mustaqillardan farqli o’laroq allaqanday bormi-yo’q kimsani xos sahifamga bayroq qilib olmaganman.

Ba’zilar Abdurahim Po’latov, Salay Madaminov va hakozo, hakozolarni tanqid qilaverasiz-u Jahongir Muhammadni tanqid qilmaysiz, deyishadi.

Mustaqil qalamkashlikning o’ziga tortuvchi mehrigiyosi ham shundaki, agar kimda ozgina kamchilikni ko’rsa darhol uni ilgab,”do’st achitib aytadi”, deganlaridek tikka ko’ziga qarab turib aytish.

Bugun mana tanqid qilish navbati Jahongir Muhammadga yetgan ekan ,uni ham tanqid qilaman.

Jahongir Muhammadning kamchiliklarini bir boshdan aytaveraman, siz aziz o’quvchi eshitaverasiz.

Avvalo shuni aytish kerakki, Jahongir Muhammad minglab durdona asarlar yaratib ham, boshqalarga o’xshab maqtanmaydi.

Keyingisi, unga hech qoyil qolmayman, chunki u ham xuddi Abdurahim Po’latov, Salay Madaminovlar kabi jaraq-jaraq grantlar olishga 100 foiz imkoniyati bo’la turib olmaydi. Isbot kerak deysizmi?

Kamina xudo xoxlasa hech isbotsiz narsa chizmagan. Ana o’sha Demokratik O’zbekiston Kongressi ”Turonzamin” ro’znomasining birinchi sahifasidagi so’zlarni o’qing. ”Hech qanday grant olmay faoliyatimizni yurgizamiz…”, degan mazmunda yozib qo’yibdi. Shunday emasmi? Shuning uchun ham tanqid qilamanda.
Boshqa ayrim muxolifat saytlariga kiriboq, birinchi sahifada duch keladiganingiz ,”hayriya qiling” deya qo’lini cho’zgan gadoy kabi chaqiriqqa nazaringiz tushadi. Ha, mayli ularni qo’ya turaylik Jahongir Muhammaddan gapiraylik.

Jahongir Muhammadning yana bitta juda nozik ”kamchiligi” bor. Albatta bu uning shaxsiy muammosiku-ya ,lekin o’rni kelganda aytib o’tilmasa bo’lmaydi. Uning Karimov va ba’zi-bir muxolifat lideriman, deganlardan farqli ravishda bir nikohdagi ayoli bilan odob-ahloqli, o’qimishli farzandlar tarbiyasi bilan mashgulligi. Ey, bu kamchilik emas, fazilat, deysizda. Endi boshqa gap topolmasam, kamchilik topolmasam, nima, deb tanqid qilay?

Ha, yana savol bermoqchisiz shekilli.

Nega Jahongir Muhammadning kichkinagina suratini qo’ydingiz, deyapsizda. Ey, otangizga rahmat. Siz menga katta yordam berdingiz. Buning sababini ham aytib qo’yay. U ba’zi bir o’zini dohiy sanaydiganlardan farqli ravishda dohiyona boqish bilan tushgan yoki bo’lmasa marmar zinapoyalardan viqor bilan tushib kelayotgan,yo bo’lmasa o’zini donishmand-faylasuf ko’rsatishga urinib soqol qo’ygan bo’lmasa ham, hech bo’lmasa mo’ylov qo’yib tushgan durustroq bir rasmi ham yo’q ekanda. Hamma suratlari odmigina-ya. Shunaqayam bo’ladimi?

Shunaqa gaplar. Jahongir Muhammadni tanqid qilaman, desam aytadigan gaplar ko’p. Kezi kelganda qolganlarini ham aytarman.

Rizo Obid. (www.rizobek.ucoz.ru)

Jahongir MAMATOV-Liderlarning lideri

rizobek.jpgMenga ta’nalarida ”maqolacha”ngiz, deb tosh otayotganlar va holis o’quvchilarga o’zimdan emas atrofdagi menga aytayotganlarning fikr-mulohazalaridan kelib-chiqib yana bir ”maqolacha”mni yo’llayman.

Jahongir Mamatovning o’zi hohlaydimi yo’qmi U muholifat liderlarining lideri. Jahongir Mamatovni maqtamoqchi emasman. Faqat uning bugun karaht yotgan muholifat lideriman deganlarni qo’zgatib uygotayotganining o’zi liderlarning lideri ekaniga isbotdir. Continue reading