Шунчаки фикрлар

Юпун, кийимлари жулдир камбағални тағинда жулдурроқ, намиқиб, сасиб кетган нарсани кийишга ундаманг, ундан кўра яланғоч юргани яхши, Одам Ато ва Момо ҳаво ҳам яланғоч эмасмидилар?

***

Савол берган одамни “СНБ” деб айбламанг, агар “СНБ” бўлганда сиздан қўрқиб савол бермасди.

***

Текин пул кўринса, товуқ уйланаман, хўроз эрга тегаман деб қоларкан.

***

Виждонсиз виждонсизни мақтаса, икки виждонсизга битта кўрпа ҳам зиёд.

***

Ўз номидан гапиролмаганлар Худонинг номидан гапирадилар.

***

Итни қанча сўксанг шунча ириллайди. Сўкмай турсанг тишлайди.

***

Биттаси соқолининг калталиги билан мақтанса, биттаси узунлиги билан. Чунки улар ҳамма гап соқолда деб ўйлайдилар.

***

Иккинчи марта уйлансанг ўйлаб-ўйлаб уйлан, хотининг камида фолбин ёки дўхтир бўлсин, сенга иши тушадиганлар кўпаяди.

***

Компютерингда Фейсбукка ўхшаган сайтлар очиқ қолса, сирларим қандай қилиб дунёга кетиб қолди деган саволни берма.

***

Аҳмоқнинг ҳам ҳаммага айтмайман деган сири бўлади. Лекин у бу сирни ҳамма билишини билмайди.

***

Оёқнинг овози “тап-тап”дан нарига ўтмайди.

***

Мансаб олишингни ёки пулинг ўзингга етиб турганини ҳеч кимга айтма, дўстларинг кўпайиб кетади.

5 Responses

  1. Aziz millatdosh birodarlarim,
    Bir haqiqatni tan olaylik bugun tub maqsad va mohiyatdan uzoqlashib ketmoqdamiz.Bir-birimizni noqulayroq savol bilan qiyin ahvolga solib qo’yish asosiy ishimizga aylanib qolmoqda,albatta haqqoniy bahs-munozara bo’lgani juda yaxshi, o’zaro fikr almashishlar,do’stona suhbatlar esa rang barang va turfa xil g’oyalar bilan go’zal.
    Lekin qarama-qarshiliklarimiz, bir-birimizni pastga tortishga urinishlarimiz yuqoridagilarning tamomila aksi bo’lmoqda.
    Muhtaram janoblar,
    Aslida fikrga qarshi fikr doim mavjud, garchi u noto’g’ri bo’lsa ham.
    Shuning uchun kelinglar barcha iqtidorimizni mamlakatimizning keyingi taqdiri haqida,xalqimizning farovon turmushi,ilg’or davlatlar tajribalarini o’zlashtirishga safarbar etaylik.
    Buyuk va donishmand xalqimiz azal-azaldan dunyo tamadduniga yetarlicha ta’sir ko’rsatib,unga ne-ne olim-u fuzalolar,sarkardalar-u fotihlar,qolaversa islom olamini o’z aqli bilan g’oyatda munavvar aylagan valiy zotlarni yetkazib bergan.
    Harholda bugungiday noahil va tarqoq bo’lmagan,
    o’tkinchi dunyo havaslariga,mol-dunyoga bugungiday o’ch bo’lmagan.
    Shu sabab turli vaj-korsonlarni chetga surgan holda,mustabid rejimdan keyingi yillarda xalqimizning yaxlit bir makonda,yagona mafkura ostida birlashishi jarayonlarida shu yerdagi barchamiz munosib ulush qo’shishimiz haqida o’ylaylik bunga hozirdan tadorik ko’raylik.
    Do’stim Mister Qalampir,o’sha savolni men bergan edim.Ya’ni kelgusidagi barchamiz birgalikda harakat qilishimiz haqidagi savolni albatta.
    Bu savolga javobni keltiribsiz yashang.
    Faqat “kurashish emas” birgalikda harakat qilish bu savolimiz yanglish tushunilgan edi.Endi to’g’rilanganidan keyin unga javob berishga ham burchlisiz Jahongir aka.

    DO’Kni davom ettiramiz!

    Shu o’rinda yana bir e’tirozim bor ya’ni bahslarimiz faqat saytda qolib ketmoqda Jahongir aka shuni real hayot bilan bog’lashda,xalqni uyg’otishga boshchilik qilishingizga to’g’ri kelmoqda,siz faol siyosatdan yiroqdaman demang faqat,chunki bu siyosiy faoliyat emas shunchaki muvofiqlashtiruvchilik xolos,Agar ko’proq bo’lsa yana yaxshi.Bu iltimos emas qat’iy talabdir va siz uni rad eta olmaysiz.
    Yana shuni ta’kidlamoqchimanki biz o’zimizga xos tarzda demokratik yo’lni ma’qul deb hisoblaymiz.Boshqa harakatlar o’z yo’liga baribir cho’ponlari yo’l bermaydi birlashishga,buni havoga sovirilgan yillar isbotlab turibdi…..
    Bu bir Vatanining kelgusi taqdiriga loqayd bo’lmagan insonning ko’zqarashidir.Savollar va takliflar bo’lsa marhamat.
    Men har doimgidek xalqimizdagi konformistik ruhni yo’qotish payidaman…deb tolibingiz.

  2. Ҳурматли Жаҳонгир ака!
    Ҳурматли Шавкат ака!
    Ҳурматли Рустам ака!
    Барчаларингизнинг ёзганларингиз мени хурсанд қилади.
    Ҳеч нарса бўлмаса бу аслида жуда ёмондир…
    Бир нгап ёмон ёки яхши эканлигини мен ўзимнингфикрим билн мулоҳаза қиламан…
    Барибир барчангизни ҳурмат қиламан!
    Ҳурмат била…

    • Биз ҳам сизни ўз мустақил фикрингиз бор бўлгани учун ҳурмат қилиб жавоб ёзмоқдамиз. Ёдингизда бўлса “Биз фикр одамларимиз” деган гапдан бошланганди ҳаммаси…Ҳурматимиз давом этади…

  3. Бундай ҳикматли гапларни твиттер орқали тарқатсангиз бўларкан, биз аъзо бўлиб фикр дунёга келиши билан танишиб борар эдик.

  4. (Davomi.)
    Pavlik,Sereja,Boleslav,Kopov,serjant Bunin degan safdoshlarimiz halok bo’lishdi.
    Serejani minomyot ikkiga bo’lib yubordi.
    Kopovni topganimizda yuztuban yotar ko’zining oq qismi kosasidan chiqib qolgandi,nemis snayperi ko’krak qiyofali nishonni ermak qilganday ko’rish a’zosini nishonga olgandi…
    Bir qancha to’pni og’ziga granata tiqib stvolini qiyshaytirdik ya’ni endi bizga xavf sololmaydigan darajada yaroqsizladik.
    Biroq tezgina orqaga yo’naldik.Chunki dushman bizdan ancha ustun,ayniqsa bronetexnikasing sanog’i yo’qdek tuyulardi.Har o’nta texnikasiga esa odatda ko’pi bilan ikkita tankimiz g’ildirab maydonga kirar,ko’pchilik tankistlar esa o’qsizlikdan shikoyat qiladi.
    Poltoratskiy har doimgidek so’kong’ich.Ayniqsa muaffaqiyatsiz kompaniyadan keyin quturgan itdan ham battar yovuzlashib ketadi.Atakaga kirmagan askarlarni so’roqsiz otib tashlaydi.Uni ham ayblab bo’lmasa kerak,negaki urushni u boshlamagan,Germaniya bilan bitimni ham u imzolamagan…
    -Igorchik,agar orqaga qaytadigan bo’lsak bu yerda kimdir qolishi kerak-dedi u sariq sochli rus yigitga.
    -Xuddi shunday qilamiz o’rtoq komandir men qolib ertalablari nemischa salom beraman ularga -qarama-qarshi tarafga ishora qildi u.
    -Barakalla haqiqiy kommunistcha javob qilding o’g’lim.Lekin darrov orqaga qaytishlaringni ta’minlab beramiz!

    Oxirgi gap ko’ngil uchun aytilganini sezib turibdi hamma, biroq nimagadir ishonmasang bu chirkin olamda yashashning qizig’i yo’q.
    Uni ko’nglini ko’tarmoqchi bo’lib oldiga yaqinlashaman,
    ammo nima deyman?
    -O’zi nemischa gaplashishni eplaysanmi?
    -Faqat ertalabki salomni bilaman…-u xuddi bo’shliqqa tikilganday bir nuqtadan ko’zini uzmasdi.
    -Balki bir-ikki so’kishni o’rganarsan-dedi hazillashib Vladik.
    -Yo’q do’stim, bizlar madaniyatli xalq bilan so’kishib muloqot qilmaymiz shunchaki salomlashamiz xolos.
    -Bunga vaqt ham bo’lmasa kerak…
    Doim iljayib yuradigan bu yigit ham jimib qoldi.
    U o’yga cho’mgan edi.
    Ehtimol yana bir dovyurak safdoshi bilan xayolan vidolashayotgandir,oxirgi bor ko’rib turganini his qilib gapirgandir balki…

    Ertalab yana dushman hujumini qaytardik.
    Avval obdon artilleriya o’qqa tutdi so’ngra tanklar bostirib keldi,osmonda samolyotlar paydo bo’ldi lekin hujum keng qamrovli bo’lmadi.
    Ortlariga to’la burilib jo’nab qolishdi.
    Ularning bu harakatini
    Vladik “obed qilgani ketishdi”deya izohladi.
    -Na chora uchinchi reyxning navbatdagi qurboni bo’lish biroz vaqt kutib turadi,biz esa ularning mehnati mahsuli bo’lgan manabu konservalarni tamaddi qilib olsak yomon bo’lmasdi-u to’rvasidan konserva chiqardi!
    Hamma to’y bilan, bo’ri qo’y bilan deganlariday ataka payti o’z ishini bajarganda!

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: