BITMAGAN BAHS
SHAVKAT MUHAMMAD: (“Jo’mrak va Jamiyat“ni o’qib).
Jahongir aka, notanish ishni boshlashdan avval bir kompni ochib gugllating. Foydasi bor. Ilk sauna obshivkamni gugllab gugllab o’rganganman. 2 xaftada 280 AQSh so’mi olgandim. Hozir 4 kunda bitiraman. Amerika santexniklari bir jo’mrak almashtirib 200 olsa,men boradigan erlar ekan. Hukumatni robotlashtirish kerak. Pora olmaydi. Har yili kottej solmaydi, dam olmaydi. Ming minglab parazit amaldorlardan ekonom qilganimizni boshqa sohaga sarflaymiz. Mayli, ishimni davom ettiray, bugungi planni bajaray. Salomat bo’ling.
Post skriptium: qaysi onlayn messenjerda topsam bo’ladi sizni?
JAHONGIR MUHAMMAD: “Feysbuk” sizning ma’lumotlaringizni sotib pul qiladigan joy, sizni manipulyatsiya qiladi, “Odnoklasniki” FSB va SNBning kontrol markazi-boshqaruv joyi. Sizni boshqarishadi. Massanjerlar bularning asl basharalarining kseriokopiyasi. Shunday ekan bu joylardan meni topolmaysiz. Eng yaxshisi elektron pochtamga yoki ushbu saytimga “prosto” yozishdir.
Uzr, nima qilamiz, “shunaqa zamondan” orqada qolgan, konservativman.
SHAVKAT MUHAMMAD: Gaplarimni sal jiddiyroq qabul qilibsiz, oxirgi gapingizdan ma’lum. Savol: “Buning ustiga bu jamiyatga begona esangiz, hech qachon hukumatda ishlamagan va boshqarish nima ekanligini bilmasangiz, tajribasiz bo’lsangiz” o’rinli e’tirof, aynan hukumat ishlarini tushunmaydigan, ammo fidokor va vatanparvar odamlar juda ko’p. Bular qanday yo’l tutishi kerak?
Ikkinchi savol: Siz tanqidni (har qanday kimsadan va har qanday ko’rinishda) ko’tara olasizmi? Uzoq o’ylab haqqoniy javob bering. Masalan men o’zimni nastoyashiy tanqidxo’r deb bilardim yaqin kunlargacha, ammo kibrdan to’liq qutulmagan ekanman, bir tanqid(asosli) eshitib(ko’ngilga yaqin kishidan) biroz kalovlanib yurdim.
Uchinchi savol:Asarlaringizda ayrim shaxslarning xoinligi haqida yozgansiz faktlarga asoslanib.Ular ham o’z navbatida sizni ayblashadi. Balkim ularam haqdir.Siz ham ideal insonmassiz, biror joyda bila turib xato(xiyonat va hk)qilganmisiz?
Hozircha shu, savollar paydo bo’lsa murojaat etaman.
JAHONGIR MUHAMMAD:
-Har qanday gap ham jiddiydir, hatto hazil ham, satira ham jiddiydir.
-Konservativligimni anglaganingiz uchun rahmat.
-Hukumat ishlarini tushunmaydigan, ammo fidokor va vatanparvar odamlar juda ko’p debsiz. Marhmat maydon ularniki. Kamina bir necha yil oldin “muxolifat”dan “pensiyaga” chiqqanman. “Muxolifat” a’zosi bo’lmaslikka haqqim bormi yoki bundan ham mahrummanmi?
-Asosli tanqidni ko’tarolmaganimda bu maydonda 40 yildan beri turmasdim. Qachonlardir paqirning joyi panada bo’lardi.
Muxoliflik hech qachon kaminaga yashash manbai bo’lmagan. Xudoga shukur siz kabi boshqa kasbim bor. Nonimni harom siyosatdan emas, siz kabi halol mehnatimdan topaman. Agar tanqid deb asossiz tuhmat qilishsa, so’kishsa javobsiz qoldirmayman. Bir “musht”ga ikki “musht”. Muttahamlargina tuhmatlarga qo’l siltaydi.
-To’g’ri ideal inson emasman, xatolarim oshib-toshib yotgan oddiy bir insonman. Lekin hech qachon millat va mamlakatga xiyonat qilmadim. Aslida xiyonat qilish mumkin bo’lgan vazifalarda ishlamaganman. Xizmat qilish qiyin bo’lgan vazifalarda millat va mamlakatga bor kuchim bilan xizmat qilganman. Bu kimgadir maqtanish bo’lib ko’rinar, lekin qalbimni, iymonimni ko’tarib yurgan katta haqiqatim bu.
-Maqtovkutarlarni maqtay olmasligimni xiyonat deguvchilar bor. Nima qilay, arziganlarida maqtardim. Maqtaganlarim ham ko’p. Ularning aksariyati shunga loyiq deb bilaman. Ba’zilarida adashdim ham. Maqtovkutarlarni bundan keyin ham maqtay olmayman. Ular o’zlariga “paxtakor”lardan do’st qidirsinlar. Zotan shunday bo’lib kelgan va shunday bo’lmoqda ham.
MISTER QALAMPIR:
Hurmatli Jahongir aka!
Shavkat Muhammadning “TURONZAMIN”da yozganlarini o’qib, unga tan berib izoh yozgan edim.
Shavkat Muhammad – bu Jahongir Muhammadning o’g’li emasmikin deya ko’pdan beri savol ham yubormoqchi edim….
Shavkat Muhammadning hajvlari juda ham ajoyib, unga tan berishdan boshqa choram yo’q!
Ammo men bilgan liderlardan biri bo’lmish bu kabi insonni oddiy narsalarga e’tibor bermagani meni hafsalamni pir qildi!
Jahongir aka!
Shu kunlarda “Quvg’in” asarining 2- qismini tugatdim.
Men birinchi qismda uni qismlarga bo’lib o’qishga majbur bo’ldim. Chunki bir insonning va uning atrofidagi insonlarning holati har bir kishini istasada yoki istamasa ko’ziga yoshlar kelishiga sabab bo’lishi aniqdir!
Ikkinchi qismga o’tar ekanman, rosa ichak uzdi hangomalar bo’lgani xuddi Afandi hazratlarining oldiga borib ulardan suhbat olganim kabi bo’ldi…
Birinchi qismda achingan bo’lsam, ikkinchi qismda kuldim!!!
Keyin o’ylab ko’rsam, men o’zbek xalqi ustidan va o’z ustimdan kulayotgan ekanman…
Adib yozgan asarning ikkinchi qismi chiroyli yozilgan va unda haqiqatlar ochib berilgan.
Men esa shu haqiqatlar sabab kulgan ekanman!!!
Ikkinchi qism mening to’liq bir kunimni oldi…
Bunga esa avtor sababchi..
Avtor bir kunimni yo’qotish evaziga menga mehmon bo’lishiga qarzdor!!!
Uchinchi qismni o’qishni boshlasam, unda necha kun yoki necha yil yoxud necha asr avtorning qarzdorligini aytishim mumkin bo’ladi!…
To’g’ri! Qo’pol qilib aytsak bu hayot aslida jo’mrak va jamiyat ekan… Uni almashtiradigan ustalar ko’p!!!
Ular ham o’z jo’mraklarini qurib bizni o’zlariga “bog’lab” qo’yadilar. Bu degani kimni lider qilish aslida “JO’MRAKChILAR”ning ishidir.
Bizlar esa eski jo’mrak va jo’mrakchilardan qutilishimish lozim deb o’ylayman…
Vaqt o’g’risi aslida jo’mrakchilar ekan….
JAHONGIR MUHAMMAD:
-Gap jo’mrak va jo’mrakchida emas, gap suvning kelib kelmasligida. Vaqtingiz behudaga ketmadi. Hech bo’lmaganda vaqtni bekorga yo’qotmaslikni o’rgandingiz. Na iloj soxta vatanparvarlik qilib sizni alday olmayman. “Ertaga inqilob qilaman” deb ham aldamayman, “O’zgarishlar ostonada, kuting” deb ham aldamayman. Chunki ko’pchilik aldovni kutsada, siz haqiqatni kutishingizni bilaman. Haqiqat esa achchiq.
-Bir necha yil oldin aytgan galarimdan ba’zilarini yillar o’zgartirdi.
-Shavkat Muhammad haqiqatdan ham zo’r qalamkash, Qalamning piri!
SHAVKAT MUHAMMAD:
-Hukumat ishlarini tushunmaydigan,ammo fidokor va vatanparvar odamlar juda ko’p debsiz. Marhmat maydon ularniki. Men aniq javob kutgandim…
Savolim shunchaki engil elpi emas. Sizda tajriba bor.Tajribangizga asoslanib aniqroq javob bersangiz.Siz faol siyosatdan pensiyaga chiqdim dedingiz, lekin hodisalarni kuzatishda davom etyapsiz. Mening savolim sizga mas’uliyat yuklaydi, shuning uchun javobdan qochmang va sizdan kelishi ehtimoli bor “qalbingizga quloq tuting” degan chiroyli javoblarni qabul qilmayMIZ. Qaysi yo’ldan ketishni bilmaganlar ko’p.
JAHONGIR MUHAMMAD:
-Tajriblarim, O’zbekiston qaysi yo’ldan ketishi haqidagi mulohazalarimni qayta-qayta bir necha marta yozganman. Hammasi saytda turibdi.
-Bugungacha savoldan qochmadim, bundan keyin ham shunday bo’ladi.
-”Pensiya” masalasida bir paytlar “Nega yoshlarga yo’l bermaysizlar?” deb bot-bot tanqid qilishganda tanqidni qabul qilib,marhamat deb faol siyosiy ishni yoshlarga topshirgandim. O’shani nazarda tutgandim.
-Agar kimda-kim maslahat so’rasa va qo’limdan kelsa, albatta bundan chekinish yo’q.
-Siz kabi o’zbek demokrat yoshlari orasida yangi bir harakat tuzish niyati borligini eshitib qoldim. Ular agar istasalar va lozim bo’lsa yordam berishga hozirman. Istamasalar ham ortdan qo’llayman. Chunki bugun O’zbek hukumatiga qarshi alternativ demokratik siyosiy kuch yo’q. Bu bitta mening fikrim emasyu dunyo jamoatchiligi va hatto hukumatlari ham shu fikrda. Shuning uchun ham Karimovni qo’llashdan boshqa yo’llari yo’qligini bahona qilmoqdalar.
Darhaqiqat maydon bo’sh va demokrat yoshlar bu bo’shliqni to’ldirsalar mamlakat kelajagini bugungidanda dahshatli kunlardan qutqarib qolgan bo’ladilar.
SHAVKAT MUHAMMAD:
Aytgancha, Jahongir aka va Mr.Qalampir, men haqdagi yoqimli fikrlaringiz uchun katta rahmat. Men shunchaki bekorchilikdan yozib yurgan yozuvlarimga e’tiborli baho beribsiz, tashakkur Sizga. Bundan keyin yozadigan yozuvlarimga mas’uliyat bilan qarayman.
MISTER QALAMPIR:(“Mustaqillik chinori”ni o’qib).
Hurmatli Jahongir aka!
Meni lol qoldirishda davom etmoqdasiz, ammo bu safar sal beriroqda!
Men oldin mirzo Ulug’bekning muammosi masalasida Valiy to’g’risida so’ragan edim…
Nima degandingiz?..
Ulug’bekning asarlarini saqlab qolish uchun Ali Qushchi bu asarlarni Turkiyaga tuyalarga ortib jo’nab qoldi demaganmidingiz???
Sizning asarlaringizni internetdan ola bilamiz!
Ammo fikrlaringiz amerika dunyosiga o’ralashib qolibdiku!!!
Bir ajoyib adibning “BIRLAShMADI O’ZBEKLAR!” asarini o’qib chiqishingizni tavsiya etaman!
“BIRLAShMADI O’ZBEKLAR” is UZBEKAN but not AMERICAN!!!
Bir narsa yodimga keldi…
Amerikan lagerida deyarli amerikalik bo’lib qolgandim…
I said: A booom chiki booom? chiiki rocky chiiky booom!
JAHONGIR MUHAMMAD:
Inson o’z hayotini qutqargan, tuz-namak bergan, o’z vatanida, o’z vatani kabi qabul qilgan o’lkada begonaga aylangan paytda quchoq ochganga nonko’rlik qilmasligi lozim. Bugunga qadar menga yaxshilik qilganlarga yaxshilik bilan javob qildim. Buni ko’rolmaganlar tuhmat yog’dirdilar. Hisobimga kun ko’rib, tag’in bezbetlarcha aybladilar. Nachora, zehniyatmizdagi yaxshilik qilganga yomonlik qil degan tushuncha o’sha qoralovchilar, kimnidir qoralab pul topishga uringanlar bilan yashayversin. Ularning tirikchilik uchun boshqa yo’llari yo’q.
Kim nima desa desin, lekin Amerikaga dushman bo’la olmayman. 20 yil G’arbning grantini eb bir kuni uni sotadiganlar toifasiga kirmayman.Bir marta ham grantini olmaganim Amerikada halol mehnat qilib halol yashayapman. Shu imkoniyat uchun ham undan minnatdorman. Siz ham buning uchun mendan nafrat qilsangiz, ustimdan kulsangiz xafa bo’lmayman. Chunki bir kun kelib gap nimadaligini tushinishingizga ishonaman.
MISTER QALAMPIR:
Hurmatli Jahongir aka!
Avvalambor meni kechirarsiz degan umitdaman.
Oldingi maktubni yozib yuborgandan keyin o’zimdan o’zim xafa bo’lib ketdim. Yoshlik va ahmoqligimdan.. Ammo yuborilgan maktub otilgan o’q kabi ketdi bordi..Bugan javob xatingizni o’qib juda xursand bo’ldim…O’ylagandimki, mendan juda va juda xafa bo’lsalar kerak deya!. Ammo Siz fe’lingizning kengligi va mushohadali bir inson bo’lganligingiz sababli bu kabi qusurlarni to’g’ri tahlil eta olasiz..
Balki o’z fikrlarimni to’g’ri ifodalay oladigan darajada emasman balki…
Menga, biz yoshlarga, butun o’zbek xalqiga ham alam qiladida…
Oddiygina aytganda bir kishi yaqin kishisidan, o’zi haqida qayg’urgan kishidan ajralib qolsa uni g’am bosadi, aniqroq aytadigan bo’lsak qaysi rejim bo’lsada uzoqlashib borayotganidan afsuslanadi.
“Birlashmadi O’zbeklar” asari chinakam tarix va kelajak bashoratidir!!!
U bo’lgan va doim shunday bo’lib qolsa kerak…
U asarda aytiladiki ba’zi o’zbeklar vatan va makon masalasida o’z tug’ilib o’sgan yurtlaridan borar bora uzoqlashib boradilar… Yana shu bir holatni aytish mumkinki, agarda ularga vatanga qaytish masalasi oldilariga qo’yilsa ularning vatanga qaytib kelishlari ehtimoli juda kam.
Bir kishining savoliga nisbatan shunday javob bergan edingiz…
“Kim bilan kurashmoqchisiz?, yuzi cho’tir yoki undan ham battar bilanmi?, Bizlarni vatanga borolmaydigan qildi. O’lsak o’ligimiz boshqa yurtlarda qolib ketadigan bo’ldi”
Mana shu erda, o’z asaringizni adib emas balki boshqa bir inson sifatida haqiqat ko’rinishida ifodalagan edingiz.
Endi mening fikrimga e’tibor bering.
Men Sizni tanishni boshladim.
O’g’illarim Sizni tanishlari uchun qay holatda bo’ladilar?
Ular Sizni va bolalaringizni Amerikalik deb o’ylaydilar.
Sizning avlodingiz esa, “Quvg’in” asarining 1-qismida atganingizdek toshbaqani izlab unga hurmat ko’rsatishni sizdek eplay olishmaydi, Agarda ular hayotlari davomida toshbaqaning asli nimaligini bilsalar kam katta gap bo’ladi.
Men bilan Siz bir zamonda yashayapmiz. Afsuski, bir o’zbek olimi bora bora “chistiy”! amerikan bo’lib bormoqda..
Bizga esa bu alam qiladida albatta!!!
Bizning amerikan bo’lolmaganimiz uchun emas albatta.
Jahon Muhammad is Uzbekan but not American!!! Mana shunga kuyamizda…Shu uchun yig’laymizda…
JAHONGIR MUHAMMAD:
Bugun dunyo Ibn Sinolardan Xorazmiyga qadar barchasini arab deb biladi. Gap ularni dunyo kim deb bilishida emas. Gap ularning nima yarata olganlarida. Bu er bilan osmonni solishtirgan kabi… Lekin Amerikaga 10 yil kechikib kelganimni aytaman doim. Agar kelganimdan 10 yil oldin kelganimda dunyo uchun bir narsalar qoldira olardim. Afsus…
Ayzek Azimovning ota-onasi Farg’onadan chiqib ketganida u bolakay ekan. Bugun butun dunyo rivojlanishida uning fantastik asarlari katta rol o’ynagani va uning asarlari asosida 14 ta ilmiy labaratoriya ochilgani aytilganda men xursand bo’laman. Chunki uning tarjima holida Farg’ona degan so’z bor va uning “Farg’ona malikasi” degan asari ham bor.
Men O’zbekistonni ixtiyoriy tark etmadim. O’zbekistonda qolsam bundan 20 yil oldin o’ldirilgan bo’lardim. Bugun ham oddiy bir imkon tug’ilsa, halol mehnatim evaziga yashash imkoni bo’lsa darhol qaytaman. Hozircha foydaga qolgan umrimni yashab yuribman va bu imkoniyatni Amerika berdi. Bu erda men erkinlik, hurriyat va eng asosiysi mutloq kamsitilmagan insonman.
“O’zbekistonda u qilaman, bu qilaman” deb baqirishim oddiy xalqqa yomonlikdan boshqa narsa olib kelmasligini 20 yillik tajribamda ko’rdim. Millatchilik ko’rinishini berib qahramon bo’lib yurishni istamayman. Bu bugun juda oson ish. Ammo vijdon ko’tarsa.. Xato qilayotgan bo’lsam kelajak ko’rsatadi.
Amerikani anglash uchun bu erda kam deganda 10 yil yashab ko’rish kerak.
Amerika, Amerika xalqi va Amerika hukumatini bir-biridan ajrata olish darkor.Bu haqda ko’p va batafsiz yozganman.
Sizni ham tushunaman. 15 yil oldin aynan siz kabi fikrlar edim. Ko’zguda o’zimni ko’rib turibman va shuning uchun aslo ranjimayman. Siz kabi insonlar ko’payishini har kun, har soat orzu qilaman.
SHAVKAT MUHAMMAD:
Tovariщ Qalampir, ko’ngilni xotirjam qiling, Jahongir Muhammad hech qachon amerikan boyga aylanmaydi. Allaqachon stabil holatda. videolarni ko’rgan bo’lsangiz kerak, jaydari odam, jaydari o’zbek. Ayrim o’zbekning Komillari kabi Rusyaga borib Kolya bo’lib ketmagan. Ko’p gaplar bor, yozaversam yozaversam deymanu, lekin odamlar to’g’ri tushunmasdan,Shavkat “paxtachi” ekan deb o’ylashi mumkin. Mening ham yoshim 50-60ga borganda Jahongir aka kabi tilim hech kimdan qisiq bo’lmay yo’lning o’rtasidan mag’rur yurish nasib qilsin.
RUSTAM:
Aziz millatdosh birodarlarim,
Bir haqiqatni tan olaylik, bugun tub maqsad va mohiyatdan uzoqlashib ketmoqdamiz. Bir-birimizni noqulayroq savol bilan qiyin ahvolga solib qo’yish asosiy ishimizga aylanib qolmoqda, albatta haqqoniy bahs-munozara bo’lgani juda yaxshi, o’zaro fikr almashishlar, do’stona suhbatlar esa rang barang va turfa xil g’oyalar bilan go’zal.
Lekin qarama-qarshiliklarimiz, bir-birimizni pastga tortishga urinishlarimiz yuqoridagilarning tamomila aksi bo’lmoqda.
Muhtaram janoblar,
Aslida fikrga qarshi fikr doim mavjud, garchi u noto’g’ri bo’lsa ham.
Shuning uchun kelinglar barcha iqtidorimizni mamlakatimizning keyingi taqdiri haqida, xalqimizning farovon turmushi,ilg’or davlatlar tajribalarini o’zlashtirishga safarbar etaylik.
Buyuk va donishmand xalqimiz azal-azaldan dunyo tamadduniga etarlicha ta’sir ko’rsatib, unga ne-ne olim-u fuzalolar, sarkardalar-u fotihlar, qolaversa islom olamini o’z aqli bilan g’oyatda munavvar aylagan valiy zotlarni etkazib bergan.
Har holda bugungiday noahil va tarqoq bo’lmagan, o’tkinchi dunyo havaslariga, mol-dunyoga bugungiday o’ch bo’lmagan.
Shu sabab turli vaj-korsonlarni chetga surgan holda, mustabid rejimdan keyingi yillarda xalqimizning yaxlit bir makonda, yagona mafkura ostida birlashishi jarayonlarida shu erdagi barchamiz munosib ulush qo’shishimiz haqida o’ylaylik bunga hozirdan tadorik ko’raylik.
Do’stim Mister Qalampir, o’sha savolni men bergan edim. Ya’ni kelgusidagi barchamiz birgalikda harakat qilishimiz haqidagi savolni albatta.
Bu savolga javobni keltiribsiz yashang.
Faqat “kurashish emas” birgalikda harakat qilish bu savolimiz yanglish tushunilgan edi. Endi to’g’rilanganidan keyin unga javob berishga ham burchlisiz Jahongir aka.
DO’Kni davom ettiramiz!
Shu o’rinda yana bir e’tirozim bor, ya’ni bahslarimiz faqat saytda qolib ketmoqda Jahongir aka shuni real hayot bilan bog’lashda, xalqni uyg’otishga boshchilik qilishingizga to’g’ri kelmoqda, siz faol siyosatdan yiroqdaman demang faqat, chunki bu siyosiy faoliyat emas shunchaki muvofiqlashtiruvchilik xolos. Agar ko’proq bo’lsa yana yaxshi. Bu iltimos emas qat’iy talabdir va siz uni rad eta olmaysiz.
Yana shuni ta’kidlamoqchimanki biz o’zimizga xos tarzda demokratik yo’lni ma’qul deb hisoblaymiz. Boshqa harakatlar o’z yo’liga, baribir cho’ponlari yo’l bermaydi birlashishga, buni havoga sovirilgan yillar isbotlab turibdi…..
Bu bir Vatanining kelgusi taqdiriga loqayd bo’lmagan insonning ko’zqarashidir. Savollar va takliflar bo’lsa marhamat.
Men har doimgidek xalqimizdagi konformistik ruhni yo’qotish payidaman…deb tolibingiz.
(Jahonnoma saytining izohlar bo’limidan).
Filed under: Savol-Javob |
Leave a Reply