fayzbog.uz

Jahongir Muhammad: Afandining tarvuzi yoki kamchilikni nega yashiramiz?

Eshitgansiz, Afandining uyiga mehmon kelganda u xotiniga “Tarvuzlar orasidan bitta eng yaxshisini tanlab, so’y!” deydi. Xotini qay birini so’yishni so’rab, bitta tarvuzni uch-to’rt marta qayta-qayta olib kelib ko’rsatadi.

Buni biz tek tarvuzni xirmon qilib ko’rsatgan xotinning donoligi, deb baholab kelganmiz. U erining so’zini erda qoldirmaslik, oilasini badavlat ko’rsatish uchun rol o’ynaydi. Eri shop mo’ylovini burab, ko’krak keradi.

Ikki aldov bir o’lim, o’zgarmasdir bu yo’lim, degandek bu xususda minglab latifalaru rivoyatlar, she’rlaru hokoyatlar mavjud. Bugunga kelib kamchilikni yashirib, o’zimizni ko’z-ko’z qilishni milliy qadriyat darajasiga chiqarib qo’ydik. Continue reading