Nyu York safarimni davom ettirib, “Eskijuva” nomini olgan Brayton Bichga bordim. Eskijuva bir paytlar Toshkanning “yuragi” edi. 24 soat tinmasdan “yurardi”, kecha-kunduz gupillab turardi.
Brayton Bich biznikilar urushlarsiz bosib olgan Bruklinning “jigari” ekan. Bir jigarki, serroz bo’lishiga oz qolgan. Hamma yog’i idrab to’kila boshlagan, axlatxonaga aylangan “jigar”, ustidan eskirib ketgan poezdlar taqa-taqa ezib o’tadigan “jigar”.
Samarqandliklar “Jigar jigar ast, digar digar ast” degan gapni shu joyda to’qigan bo’lishsa kerak? Hamma bir-biriga jigar, hamma biriga digar bu yerda.
Bizga nima? Ho’kiz bo’lsin sut bersin, chinor bo’lsin tut bersin.
Bitta do’konning eshigini sharaqi ochib ichkariga kirdim. Odamning olasi tugul, bolasi ham ko’rinmaydi. Xuddi maskali ninzalar hozirgina chiqib ketgandek sukunat. Birdan prilavkaning orqasida kalla ko’rindi.
-Xabaryu!-dedim.
Amriqoda hamma bir biriga yo “Xabaryu” yoki “Xavdudu” derkan.
Kalla birdan gavdaga aylandi va ishonasizmi yo’qmi, o’zbekcha javob qildi:
-Bugun hech qanaqa xabar yo’! Gazit hafatada bir chiqadi. Continue reading
Filed under: Nofiziy | Tagged: Jahongir Mamatov | Leave a comment »
You must be logged in to post a comment.