Nofiziy Amriqo safarida. Hajviya. (4)

   qizilsultonKarmanizm

Yetmish yetti yil qulog’imizga “kommunizm” so’zini var-var, tar-tar suqishdi. Bu so’z qulog’imizdan g’irillab o’tib, kallamizga in qurdi. Komyuter virusiga o’xshab kallamizdan sallamizga, sallamizdan yallamizgacha o’rab oldi. Chirmoviqning ichida qoldik. Yo’q, o’rgimchak uyasida. Lekin “bechoraga bekor-a” degandek yo’lini topib spaydermenga aylandik. Tomdan-tomga shuv etib o’tib ketamiz.

Bugun Toshkanda, ertaga Nyu Yorkda. Hammaning og’zi Atlantika okeanidek osmonga ochilib qolgan.

Bir dumalab yangi mafkura – pulni kura-kura yo’lini topdik.  Kechirasiz, topdingiz. Topag’onsiz-ku! “Kommunizm” o’rniga “karmanizm” qurdingiz, Islom ota!

Nyu York vokzalida oyoqning ustiga tayoqni qo’yib shu haqda o’ylarkanim, devorga osib qo’yilgan dilbezordan Xitoyni ko’rsatib qoldi.

Birdan Islom otaning bu mamlukot bilan tuzgan shartnomai zartnomasi yodimga tushdi. 4.5 milliard dollarlik gaz yetkazib berishimiz kerak ekan. Buni eshitgan korchalon-morchalonlar darrov Urusiyatga qo’shimcha o’n mingta “Burjuyka” zakaz qilishibdi.  Hov aqli tanqislar nega O’zbekiston aholisini buncha kam deb o’ylaysizlar? Xitoyga shuncha gazni bersa, o’n minggina xonadon begaz qoladimi? Axir butunlay O’zbekiston begaz qoladiku? Xuddi qishning qoq chillasida bo’lgani kabi. Shuning uchun shagom marsh, “Burjuyka”ni millionlab zakaz qillaring! Go’laxiy nima deb xirgoyi qilgandi? Continue reading