Nofiziy Amriqo safarida. Hajviya. (4)

   qizilsultonKarmanizm

Yetmish yetti yil qulog’imizga “kommunizm” so’zini var-var, tar-tar suqishdi. Bu so’z qulog’imizdan g’irillab o’tib, kallamizga in qurdi. Komyuter virusiga o’xshab kallamizdan sallamizga, sallamizdan yallamizgacha o’rab oldi. Chirmoviqning ichida qoldik. Yo’q, o’rgimchak uyasida. Lekin “bechoraga bekor-a” degandek yo’lini topib spaydermenga aylandik. Tomdan-tomga shuv etib o’tib ketamiz.

Bugun Toshkanda, ertaga Nyu Yorkda. Hammaning og’zi Atlantika okeanidek osmonga ochilib qolgan.

Bir dumalab yangi mafkura – pulni kura-kura yo’lini topdik.  Kechirasiz, topdingiz. Topag’onsiz-ku! “Kommunizm” o’rniga “karmanizm” qurdingiz, Islom ota!

Nyu York vokzalida oyoqning ustiga tayoqni qo’yib shu haqda o’ylarkanim, devorga osib qo’yilgan dilbezordan Xitoyni ko’rsatib qoldi.

Birdan Islom otaning bu mamlukot bilan tuzgan shartnomai zartnomasi yodimga tushdi. 4.5 milliard dollarlik gaz yetkazib berishimiz kerak ekan. Buni eshitgan korchalon-morchalonlar darrov Urusiyatga qo’shimcha o’n mingta “Burjuyka” zakaz qilishibdi.  Hov aqli tanqislar nega O’zbekiston aholisini buncha kam deb o’ylaysizlar? Xitoyga shuncha gazni bersa, o’n minggina xonadon begaz qoladimi? Axir butunlay O’zbekiston begaz qoladiku? Xuddi qishning qoq chillasida bo’lgani kabi. Shuning uchun shagom marsh, “Burjuyka”ni millionlab zakaz qillaring! Go’laxiy nima deb xirgoyi qilgandi?

-Uylarimni qizdirgaaan,
To’ylarimni qizdirgaaan,
Qo’ylarimni qizdirgaaan,
Nikolayning “Burjuyka”si”,
Burjuykaaaa, Burjuykaaaa.

Voy blin, gaz ketsa Xitoyga foyda, “Burjuyka” olsak Urusiyatga.  Foyda chetda, ziyon betta!

Endi nafaqat Xitoyga, Oyga ham gaz jo’natishimiz mumkin. Gap Islom otada, u aytsa bas, jo’natamiz!

Lekin oldin Xitoyning planini bajaraylik. Ular pripiskani bilmaydi. Ularga haqiqiy gaz kerak. O’zbekistonda esa o’z xalqiga yetarli gaz yo’g’u Xitoyga qattan beradi?

Ba’zi-ba’zida meni Islom otaga yaxshilik qilishda ayblashadi. Nima qipti, erkatoylik qisam, qibmanda? Bugun ham olis Nyu York vokzalida o’tirib, unga bir ideya sotmoqchiman.  Buni qisqa bir maktubim orqali ifoda etmoqchiman:

“Qadrli Islom ota, hurmasdan, hormasdan yuribsizmi?

Siz Xitoyning daptariga qo’l qo’yib, endi gazni qattan topaman deb aziyat chekmang. O’limning chorasi yo’q, qolgan hamma narsaga topiladi.

Gaz planini bajarish uchun Xitoydan 30 millionta salafan xaltacha olib kelasiz. Balonga o’xshab shishadiganidan bo’lsin. Har bitta odamga bittadan…

Keyin fermerlarga paxtaning o’rniga mosh va no’xat ekdirasiz.

Xalqqa non o’rniga ham, go’sht o’rniga ham mosh va no’xat yedirasiz.

Qarabsizki, oqshom tarqatilgan xaltachalar ertalabgacha gazga to’ladi. Uyma-uy yurib yig’ib olishga hojat yo’q. Biz vallamat xalqmiz, o’zimiz olib borib topshiramiz. Foydasi kotta-qornimizning shishi pasaygani ham ulkan foyda. Sizni duoi salomlab Xitoyga deganingiz gaz planini muddatidan oldin bajaramiz. So’zmi so’z.

Sizning karmanizm mafkurangiz ham yashayveradi. Bu juda kuchli, bir necha uchli mafkura.

Foyda kelsa, sizga va hasrati zoliyachalaringiz Pulnora hamda Pulolaning karmaniga.

Mafkura tangasining bir tomonida sizlar va ikkinchi tomonida bizlar.

Bizga karmanizm bu “kar+man+izm”. Bekordan bekorga qulog’i kar, naryog’i jar demaysizku!

Xullas, mana yana sizga yaxshilik, ammo bu safar unutmang, no’mardlik bo’ladi. Hali ham sizga hurmati baland sobiq shogirdingizdan deb bilgaysiz…”.

Bu xatga Go’laxiyning mana bu xirgoyisini ham ilova qilsammikan, nima dedingiz? Yaxshisi “yutub”ga qo’yaman, Islom ota yutunib-yutunib  rohat qilsinlar!

-Ko’ngli ochiq kiri yo’q,
Karman mochiq miri yo’q,
Qo’lda sochiq, jiri yo’q,
Gapi qochiq, siri yo’q,
Pulnoraning xalqi
Pulolaning xalqi.
Ara voy, voy!

Davay dasvidaniya!

Nofiziy.

2012.

Nomani oqqa ko’chirgan: Jahongir Mamatov.

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: