Savol-Javob

kitobDushmanlar haqida

SAVOL׃ Kuzatishlarimga ko’ra sizga dushmanlik qilayotganlar ham bor ekan. Bu dunyoda dushmansiz odam bormikan o’zi? (Farida).

JAVOB׃ Bilasizmi, qadimda bir zolim shoh bo’lgan ekan. Uning davrida daryolarda qon oqar, qamchilardan jon uzilar ekan… U shunchalar zolim ekan-ki, biror kishi ham unga bu qilmishlari yaxshi emasligini aytolmas ekan. Shunday kunlarning birida Hotamtoyning yo’li uning o’lkasiga tushibdi. Xalqning azob uqubatlaridan larzaga tushgan Hotamtoy saroyga qarab yo’l olibdi va shohni odillikka chorlabdi.

Shunda shoh׃

-Sen xalqimni tanimas ekansan, uning yettidan etmish yashariga qadar meni do’st deb biladi. Sen begonasan, seni dushman deb biladi. Ishonmasang ana Devonbegi bilan xalq huzuriga chiqinglar,-debdi.

Devonbegi va Hotamtoy qayerga borishmasin xalq shohni do’st deya ulug’lab Hotamtoyni dushman deya haqoratlabdi.Saroyga qaytishganda Hotamtoy shohga׃

-Ular Devonbegidan qo’rqqanlaridan bir narsa deya olmadilar,-debdi.

Shunda shoh׃

-Unday bo’lsa, tunda janda kiyib chiqingiz,-debdi.

Yana Devonbegi va Hotamtoy qayerga borishmasin va kimdan so’rashmasin hamma Hotamtoyni la’natlabdi. “Agar u bizga do’st bo’lganda bizni shunday qiyin sharoitga qo’yarmidi? U begona-da, bizni bilmaydi-da, bizda nima qasdi bor uning?” deyishibdi.

Saroyga qaytishganda shoh yana Hotamtoyni izza qilibdi.

-Bechora xalq, ikki kishidan biri josus bo’lishi mumkin, deb o’ylab, chekayotgan azob-uqubatlaridan so’z ochmadi,-deb javob qilibdi Hotamtoy.

Shunda shoh׃

-Bo’lmasa bor, o’zing so’ra, qani nima deyishadi?- debdi.

Hotamtoy ko’chaga chiqsa, hamma undan yuz burib, uzoqroqdan yurar, ba’zilar esa ming’irlab uni so’kishibdi. Buning sababini so’rayman desa, uni toshbo’ron qilishibdi. U qonga belanib yotgan ekan, bir darvesh uning yoniga kelib׃

-Ko’rdingmi, kimning dushmani ko’p,-debdi.

Hotamtoy darveshning ovozidan tanibdi. Bu o’sha shoh ekan. Janda kiygan shoh. Xalq zolim shohning ana shunday kezib yurishlarini bilar va yurak oldirib qo’ygan ekan.

Ko’rdingizmi, dushman har xil bo’ladi.

Bizni so’kib yuradigan ismsiz-jismsizlarga qarab shunday deyayotgan bo’lsangiz, u holda aniq bilaman, do’stlarimiz dushmanlarimizdan ko’p. Juda ko’p. Qanday bilaman-mi׃ dushmanlar nomlarini yashiradilar, do’stlarning esa nomlari aniq.

Hatto Xudoning ham dushmani bor-Shayton, iblislar va hatto ba’zi odamlar…

Payg’ambarlarning ham dushmanlari bo’lgan. Toshbo’ron qilganlar, quvg’in etganlar, xachga tortganlar…

Har qanday oddiy odamning esa tabiiyki dushmani bo’ladi. Chunki o’rtada hasad, ko’raolmaslik, anglashilmovchilik, tarafkashlik, mansab va manfaatparastlik, tobelik va muridlik kabi ming-ming dushman yasovchi “komponent”lar bor.

Savolingizga javob ana shundan kelib chiqadi. Lekin bu u qadar ahamiyat beradigan narsa emas. Qo’ying, dushmanlar ham bor bo’lishsin. Buning foydasi ko’p. Hushyor tortasiz, noma’qulgarchiliklardan uzoq turasiz, loqayd bo’lib qolmaysiz, yolg’izlik qurboniga aylanmaysiz, kurash hissini yo’qotmaysiz…

Jahongir Muhammad
5 fevral, 2011 yil
“Savob so’qmog’i” kitobidan.

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

w

Connecting to %s

%d bloggers like this: