Matbuot masalalari

turkgazetaO’zbek jurnalistlari orasida o’z fikrini ochiq ayta oladiganlari ko’p

SAVOL׃ Savolimga javobingiz bilan o’zbeklar orasida erkin yozadigan mustaqil jurnalist yo’q demoqchimisiz?(Komil).

JAVOB׃ Aksincha, o’zbeklar orasida fikrini erkin ayta oladigan jur’atga sohib jurnalistlar anchagina. Karimov rejimiga muxolif kuchlarning aksariyatini ham jurnalistlar tashkil qiladi.

Siz mustaqil jurnalist bilan fikrini erkin ayta oladigan jurnalist orasidagi farqni bilib olishingiz kerak.

Oldingi javobda inson zotining deyarli mustaqil emasligi haqidagi falsafani tushuntirishga uringandim.

Inson tug’ilarkan mustaqil emas, u qaysi bir dinga mansub bo’lib tug’iladi.

Keyinchalik ham qaysi bir madaniyat va mafkura uni jilovlab oladi.

Keyin…keyin… davom etaveradi.

Bu inkor etib bo’lmaydigan hol. Ya’ni inson mutloq mustaqil bo’lishi juda qiyin masala.

Shunday ekan jurnalsit ham shu insonlarning biri.

Endi fikrni erkin aytish masalasiga kelsak, buni Yer kurrasidagi aksariyat odamlar amalga oshiraoladilar.

Jumladan, o’zbek jurnalistlari orasida ham o’z fikrini ochiq ayta oladiganlari ko’p, lekin O’zbekistonda ularga minbar yo’q.

Tashqaridan turib ularni yoppasiga qoralash ahmoqlikdir.

1990 yillar arafasida ularga minbar berilganda xalqimizning qanday kuchli jurnalistlari borligini ko’rganmiz. Bugun ham juda ko’p jurnalistlar qiyin sharoitlarda yo’lini topib, fikrlarini erkin aytmoqdalar.

Jahongir Muhammad
24 fevral, 2011 yil
“Savob so’qmog’i” kitobidan

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: