Maslahat o’rnida

kitobAQSh fuqarosi…

Kecha AQSh fuqaroligi borasidagi bir savolga javob yozayotib shu ishni bekor qilayapman, endi savollar yog’ilib ketadi-yov, deb o’ylagandim. Rostdan ham shunday bo’ldi.

Gapimning indallosida aytib qo’yay: yurist emasman, hamma huquqiy savollarga javob berolmayman, faqat o’zim bilganim qadar mulohaza yuritishim mumkin, hayotiy tajribam bilan o’rtoqlashishim mumkin, xolos.

Ma’lumki, AQSh da qonunlar tez-tez o’zgarib turadi va buni faqat yuristlar kuzatib boradilar.

Masalan, “Patriot Akt” nomi bilan mashhur bo’lgan qonun muhojirlar hayotiga oid juda ko’p hujjatalarga boshqa talablar qo’ygan yoki qoidalarni o’zgartirgan.

2001 yil voqealaridan keyin qabul qilingan bu qonunning o’zi ham “vaqtincha” deb ataladi va muddatini uzaytirish uchun tez-tez kongress kun tartibiga chiqib turadi. Har safar undan nimadir olib tashlanadi va nimadir qo’shiladi.

Shuning uchun savollar yo’llagan ba’zi mehnat muhojirlariga eng yaxshi maslahatim shuki, muammongiz bo’lsa hech kimga quloq solmang va faqat yuristning huzuriga boring, advokatning maslahati bilan ish qiling. Bo’lmasa ham pulingizdan ayrilasiz, ham orzularingiz sarobga aylanadi.

Xat yozganlardan biri o’zining atrofidagilar qonunlarni buzib yurgani bois u ham shunday qilib, endi ishi pachava ekanligini aytgan. “Hamma o’zini tomdan tashlasa, siz ham tashlaysizmi?” degan ibora bor.

Masalan, o’zimni bilaman, doim qonunlarga rioya qilaman, oila a’zolarimdan ham shuni talab etaman. Men bilan yaqin bo’lgan yoshlarga ham doim shuni uqtiraman. Bu borada xulosam shunday:

-Qonunlar buzish uchun emas, bo’ysunish uchun yaratiladi.

-Qonun sizga yoqmasligi mumkin lekin uni inkor etsangiz, boshingiz dardga kiradi.

-Qonunlarni buzmasdan yashash – erkinlikning nashidasini kuchaytiradi. Aksi esa umrni barbod etadi.

-AQShga keldingizmi, hujjatlaringizni qonunlar asosida rasmiylashtiring va qonunlarni hurmat qilib yashayvering, o’shanda ozodlik nima ekanligini his etasiz.

-Ozodlik shaxs diktaturasi emas, balki qonunlar diktaturasi ostida yashashdir.

-Qonunsiz hayot – o’rmon hayoti.

Jahongir Muhammad
11 aprel, 2011 yil
“Savob so’qmog’i” kitobidan.

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: