Savol-Javob

savollarIkki fuqarolik

SAVOL: AQShda fuqarolik olsam O’zbekiston grajdanligini yo’qotamanmi? (K.U. )

JAVOB: AQSh dunyodagi bir nechtagina davlat qatorida fuqarolik olayotgan kishilardan o’z mamlakatining fuqaroligidan voz kechishni talab qilmaydi.

Bu ixtiyoriy holga kelib qolgan va faqat hukumatning muhim idorlariga ishga o’tmoqchi bo’lsangiz bittasini tanlash zaruratida qolasiz.

 Sizning vaziyatingizda agar AQSH fuqaroligini olsangiz amalda O’zbekiston fuqarosi hisoblanaverasiz.

Chunki O’zbekistonda fuqarolikdan chiqish juda murakkab jarayon hisoblanib, bu faqat Prezidentning imzosi bilangina amalga oshgani uchun bir necha yillarga surilib ketishi mumkin.

Agar bu jarayonni chetlasangiz va bir kun davr o’zgarib, O’zbekistonga qaytsangiz hamda u yerda doimiyga qolishni ixtiyor etsangiz AQSH fuqroligidan osongina kechishingiz mumkin va bu faqat sizning ixtiyoriy qaroringiz bo’ladi, jiddiy rasmiyatchilik talab etilmaydi.

Bir kun kelib O’zbekiston AQSHdan fuqarolik olganlarning agar ular tug’ilgan vatanlariga qaytsalar har ikkala fuqaroliklarini ham saqlashlari mumkin degan insoniy qarorga kelsa, u holda ikki fuqarolik huquqiga ega bo’lasiz.

Turkiya kabi mamlaklatlar shunday qoidani yo’lga qo’yganlar. Turkiya fuqarosi bo’lib turli sabablar bilan AQSH fuqaroligini olgan shaxslar agar Turkiya hududiga kirsalar ularning Turkiya fuqaroligi kuchga kiradi. Bu esa har ikki tomon uchun ham katta imkoniyatlar yaratadi va har ikki tomonga ham foyda.

O’zbekiston ham kelajakda bu yo’lni tanlasa ko’p narsani yutadi.

Jahongir Muhammad
10 aprel, 2011 yil
“Savob so’qmog’i” kitobidan.

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: