Savol-Javob

savollarMuhojirlar

SAVOL: Qonunsiz yashayotgan muhojirlar haqida o’zgarish bo’ladimi? (H.H).

JAVOB: AQShning 22 nafar Senatori prezident Obamaga xat yozib, bir paytlar bu mamlakatga g’ayriqonuniy ravishda kelgan muhojirlarning farzandlarini deportatsiya qilishni to’xtatishni so’radi. AQShga qisqa muddatli viza bilan kelib, shu yerda qolib ketgan o’zbeklar orasida ham bu ketegoriyaga tushadiganlari bor.

Ilgari bu boradagi qonun loyihasi Kongressda muhokama qilingan, lekin senatdan qaytgan edi. Shuning uchun bu harakat tarafdorlari Obamadan o’z kuchini ishga solishni so’rashmoqda. Obama prezident sifatida shunday vakolatga ega.

Darhaqiat, kecha TVda bir paytlar ona-onasi bilan Meksikadan kelgan bir qizning suhbatini tingladim.

U AQShga kelganda bir yoshli ekan. Onasining quchog’ida kelgan. Hozir oliygohni bitirmoqda.

U Meksikada mening hech kimim yo’q va u mamlakatga begonaman, chunki men bu yerda ulg’aydim der ekan ko’zlarida g’ilt-g’ilt yosh aylandi. Balki uni bugun deportatsiya ham qilishgandir?

AQShga noqoniy kelganlarga o’rnatilgan qoidalar bo’yicha munosabat qilish kerak. Lekin ular kelganlarida juda yosh bo’lgan bolalariga nisbatan rahm-shavqat ko’rsatilish zarur. Chunki bu mamlakat bitta millat, bitta xalqqa oid emas.

Yuz yillardir inson zulmidan, tabiat zulmidan, sharoit zulmidan qochib kelganlar bu yerni vatan qilishgan.Qaysi bir ma’noda Amerika dunyoning barcha xalqlari uchun ikkinchi vatandir.

Shunday ekan butun dunyodan to’plangan Amerika xalqi mehr-shavqat masalasida xasislik qilmasligi zarur. Bu fikrimni bugun Obamaga ham yozib yubordim.

Qonunlarni buzgan ota-onalari bilan ishim yo’q, ular o’zlari uchun o’zlari javob bersinlar. Lekin begunoh bolalarni chinqiratish Amerikaga yarashmaydi, aksincha shunday ham oshib-toshib ketayotgan nafratni yanada ko’chaytiradi.

Jahongir Muhammad
15 aprel, 2011 yil
“Savob so’qmog’i” kitobidan.

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: