Eskiyu eskirmas gaplar

savollar“Arabning o’ligi…”

SAVOL: Arabning o’ligi…? Bu yog’ini davom ettirsangiz. Rahmat. (Faxriddin).

JAVOB: O’zbek tilida asrlardan buyon yashayotgan “Arabning o’ligi…” degan gap bor. Bu iborani turli holatlarda qo’llanishgan.

Masalan, “Arabning o’ligidek og’ir” yoki “Arabning o’ligi ekansanku?” va hokazo.

Endi buni “Arabning o’ligidek qimmat” deb ham ishlatsa bo’ladi. Chunki Liviyani 40 yildan oshiq boshqargan qattol Mummar Qaddafiyning o’ligi nafaqat Amerika va Avropaga balki arablarning o’ziga ham juda qimmatga tushdi.

G’arb jaraq-jaraq millionlarini bu mamlakatdagi neft hisobiga chiqarib olishi mumkin. Lekin arablarning o’zlari yo’qotganlarini hech qachon qaytarib ololmaydilar.

Xarobazorga aylangan Liviyani tiklash mumkin. Ammo bu 6-7 oylik urushda o’lgan son-sanoqsiz insonlarning hayoti ortga qaytmaydi.

Shuningdek, bu mamlakatdagi qabilalar orasiga tushgan sovuqlik ham bu yaqin orada isimaydi. Qaddafiyga qarshi birlashganlarni endi hukumat degan “asal” ajratadi va ular allaqachon bir-birlariga ko’z qirmoqdalar.

Qaddafiy zolim va ablah edi. Qo’li qonga botgandi. Uni ushlab sud qilsalar, balki Misirning misi chiqqan Muboraki kabi tarix oldida qora nomlik bo’lib qolardi.

Ammo Qaddafiy haqida bu gapni aytish qiyin. Oradan besh-olti yil o’tib, u “G’arbga qarshi jang qilib, jangda o’lgan” qahramon-simvolga aylanishi ham hech narsa emas. Chunki Liviyada demokratik jamiyat quramiz, deb aytayotganlarning o’zlari demokratiyani istashmaydi.

Shuning uchun bu jarayon oson bo’lmaydi va bu narsa xalqning tuzumga va G’arbga ishonchini qulatishi hamda Qaddafiyning nomini tiriltirshi mumkin.

Agar bugun hokimiyatni qo’lga olganlar bu haqda o’ylamasalar ular kelajak avlodlarning demokratik jamiyat qurish orzusini yo’qqa chiqaradilar. Boshqacha aytganda bunday vaziyatda demokratiya ham “Arabning o’ligi” bo’lib qolish aniq.

Demokratik G’arb esa diktatorlardan qutulishning osonroq va arzonroq yo’lini topmas ekan, bu jarayonlar uning o’ziga ham juda qimmatga tushaveradi.

Qissadan hissa qilib o’zbek jamiyati haqida gapiradigan bo’lsak, Karimov rejimi ham demokratiyani so’zda bayroq, diktatorlikni qo’ynida qayroq qilib xalq hokimiyati degan tushunchani “Arabning o’ligiga ” aylantirib bo’ldi ham.

Jahongir Muhammad
29 oktyabr, 2011 yil
“Savob so’qmog’i” kitobidan

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: