Savolga javob

savollarQayta yozmaysizmi?

SAVOL: Nima bo’lganda ham “Quvg’in” Karimov hukmdorligi paytida uning qilmishlarini ochib tashlagan ilk asardir. Shundan keyin ham shu mavzuda ko’p narsalar yozildi. Shu yozilgan narsalar sizga kitobni qayta yozish kerak degan fikrni bermadimi?(Ahmad Sobirov).

JAVOB: Yo’q. Aytganingizdek, keyingi yillarda ko’p yozildi va hali yana ko’p va xo’p yoziladi. Lekin shu narsa diqqatga sazovorki, bugunga qadar yozilayotganlarda “Quvg’in”, “Assassin” tarixiy va “IAK” avtobiografik romanlarining ta’sirini aniq ko’rib turibman. “Quvg’in”ning ba’zi nuqtalarida voqelikni kengroq ochish uchun to’qimaga ham o’rin berilgan.

Keyingi yillarda yozilayotgan asarlar yoki maqolalarda ana shu to’qimalarni bo’lgan voqea yoki odamlar o’zlarining ko’rgan kechirganlari kabi talqin etishlarini ko’rdim.

Bir tomondan, to’qimalarga o’rin bermasligim kerak edimi, deb o’ylasam, ikkinchi tomondan, shu to’qimalar hayotiy ekan, balki boshqalar rostdan ham shunday to’qimadagi kabi jarayonning guvohi bo’lgan bo’lishlari mumkin, deya quvonaman ham.

Qolaversa, asl tarix ba’zan chetda qolib, juda ko’p tarixiy romanlardagi voqealarni biz chin tarix deb yuramiz. Bu bir necha yuz yillardir davom etayotgan hol. Xuddi mana shuning uchun ham “Quvg’in”da “Assassin”ga nisbatan to’qimaga juda oz o’rin berilgan.

Albatta, vaqt kitobni qayta yozish uchun turtki bo’lmadi, balki kitobga kirgan haqiqiy shaxslarning aniq ismlarini ochiq aytish kerak ,degan xulosaga olib keldi va bu oxirgi nashrida amalga oshdi.

Jahongir Muhammad
3o oktyabr, 2011 yil
“Savob so’qmog’i” kitobidan

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: