Savol-Javob

iakvaqubghin7Mavjud tarixning in’ikosi

SAVOL: Nega “Quvg’in”ni tarixiy roman deb atagansiz?(Erkin).

JAVOB: Aslida “roman” so’zining adabiyotga kirib kelishi “tarixni xalq tilida ifodalab berish” anglami bilan bog’liq.

Lekin keyinchalik bu anglam romantik, sevgi-muhabbat ustun bo’lgan asarlar va tarixiy-voqelikka tayangan ikki yo’nalishga ayrildi.

Tarixiy romanlar tufayli biz bugun dunyoda yo salbiy yoki ijobiy iz qoldirgan son-sanoqsiz sarkardalar, siyosiy liderlar va dong’i chiqqan shaxslar, urushlar silsilasi haqida tasavvurga egamiz.

Badiiy romanda deyarli hamma narsa to’qima atrofiga quriladi. Hatto voqelik ham to’qima uchun xizmat qiladi.

Tarixiy romanchilikda esa aksi – badiiylik yoki to’qima voqelikni anglatish uchun ishlaydi.

Shu nuqtai nazardan kelib chiqiladigan bo’lsa, “Quvg’in” romani voqelikning, mavjud tarixning in’ikosi.

Jahongir Muhammad
29 noyabr, 2011 yil
“Savob so’qmog’i” kitobidan

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: