Savol-Javob

kitobYemish

SAVOL: Bu ketishda Xitoy mustamlakasiga aylanib qolmaymizmi? (Abdurahmon).

JAVOB: Xitoy Tojikistonni “ishg’ol” qilib, endi O’zbekistonga kirib kelmoqda. Hudud nuqtai nazaridan bu birinchi hol emas. Uzoq tarixda Xitoy bu mintaqani bosib olib, kuchli assimilyatsiya o’tkazgani haqida ilmiy kitoblar mavjud.

Doim shunday bo’lgan – katta millatlar kichik xalqlarni “yeb” yuborishga intilishgan. Bugun ham ayni hol.

Tojiklar Urusiyatga ketgan bir paytda Tojikistonda ming-minglab xitoylik mardikorlar ishlashmoqda va ularning yerli qizlar bilan oila qurib, doimiy fuqaroga aylanayotganlari haqida xabarlar ko’p. Yaqin kelajakda tojiklar orasida xitoy ko’rinishli yangi avlod yetishib chiqishi ham turgan gap.

O’zbek qizlarining Koreya, Rossiya va boshqa joylarga turmushga chiqib ketayotgani an’anaga aylanib qolgan bugungi kunda Xitoyning O’zbekistonga katta sarmoya bilan kirib kelishi oqibatlarini taxmin qilish mumkin.

Bundan bir necha yil oldin Tojikistonga katta sarmoya kiritgan Xitoy o’zi quradigan va sarmoya qo’yadigan joylarda o’z fuqarolarini ishlatishni talab qilgan va bunga erishgan.

O’zbekistonda ham yaqin kelajakda xitoylik mardikorlar paydo bo’lsa, ajablanmayman. Ularning kelishi bor, ammo ketishi yo’q.

Rossiyaning Xitoy bilan chegarasi tomonlardan ruslar allaqachon qochib, mintaqa mardikorlar qo’lida qoldi. Bu Xitoyning katta siyosati emasmikan? Bu borada ichki tajribasi ham yetarli.

Yillardir Sharqiy Turkistonda katta qurilishlarni bahona qilib u yerga xanlarni joylashtirdi va bugun uyg’urlar o’z yurtlarida ozchilikka aylandilar. Uyg’urlarning bir qismi xanlar bilan jiddiy ravishda qo’shilib ham ketmoqda. Qon to’kilish bilan yakunlangan janjallar ham buni to’xtata olmadi.

Turkiston, Turon birligi unutilgan zaminda boshqa narsalar o’z-o’zidan unutiladi va kichik xalqqa aylanib qolganlar katta millatlarning “yemishi” bo’ladilar.

Jahongir Muhammad
22 aprel, 2011 yil
“Savob so’qmog’i” kitobidan.

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: