Zehniyat chorrahasida

savollarGuruhlar

SAVOL: Xorijdagi o’zbeklar qachon birlashadi? (Qobil).

JAVOB: Million marta takrorlangan savol bu…

Bugun xorijda yashayotgan o’zbeklar va ularning mamlakatda qolgan tarafdorlari bir necha guruhga bo’lingan:

1.Islom Karimovga, shaxs diktaturasiga ashaddiy qarshi bo’lgan ozchilik guruhi. Bular hamma yomonliklar bevosita diktatorning shaxsi bilan bog’liq degan fikrga juda qattiq ishonadilar va boshqa fikrdagilar bilan kelisha olmaydilar.

2.O’zbekistondagi rejimning Karimovdan tortib, ko’cha mirshabiga qadar barcha mulozimlariga qarshi bo’lganlar. Bular o’zlarining orasida bitta vazirlikni boshqaradigan odam bo’lmasa ham bugun rejimga xizmat qilayotgan hammani ag’darish tarafdori.

3.Hamma narsa birgina Islom Karimov bilan bog’liq emas, uning atrofidagilarga ham ko’p narsa bog’liq degan bir guruh. Ular hali diktatura nimaligini o’rganishmoqda.

4.Mavjud rejimga xizmat qilgan va qilayotganlarni maqtab, ular bilan aloqa o’rnatish orqali Karimovdan keyingi rejim paytida imtiyozni ko’zlaganlar – chuchvarani xom sanaganlar guruhi.

5.”Men senga tegmayman, sen menga tegmaysan” deguvchilar-arosat guruhi.

7.Karimov rejimiga bilib-bilmay yoki ochiqcha xizmat qiladiganlar-manfaat guruhi.

8.”Siyosat-piyosat bilan ishim yo’q” deydiganlar-aksariyatchilar guruhi.

Bular ayni paytda demokrat, yarim diniy va mutloq diniy guruhlar ham hisoblanib, ular bir-birlarini aslo “hazm” qilolmaydilar.

O’zaro kelisha olmaydigan guruhlarga bo’lingan jamiyatda diktatura uzoq yashaydi.

Faqat qandaydir kor-hol yuz berib diktatura yiqilsa va o’rniga yumshoqroq, demokratikroq rejim kelsagina bu guruhlar vaqtinchalik bir oraga kelishlari mumkin, xuddi Sovet Ittifoqining oxirgi yillarida bo’lgani kabi.

Jahongir Muhammad
24 aprel, 2011 yil
“Savob so’qmog’i” kitobidan.

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: