Savol-Javob

savollarKosa tagida nim kosa

SAVOL: So’rovlarga munosabatingiz qanday? (Barot).

JAVOB: So’rovlar deyarli har kun o’tkazialdi. Masalan, so’rov o’tkazadigan Gallup(Gallup) hamda Meridian(Meridian) deb nomlangan tashkilotlar dunyo mamlakatlari aholisining boshqa mavzular qatori AQShga, uning rahbariyatiga munosabatini ham o’rganibdi. Ular so’rovlarga aholining turli qatlamlaridan va hatto hukumat tarkibidan ham odamlarni jalb qilganlar.

Shunga ko’ra, O’zbekistonda so’rovga tortilganlarning qariyb yarmi AQSh rahbariyatiga xayrixoh ekan. Faqat 20 foizga yaqini yoqtirmasligini aytgan. So’ralganlarning uchdan bir qismi esa javob berishga qiynalibdi.

 Buni qanday tushinish kerak? Har kim o’zicha xulosa chiqaradi. Masalan, AQSh rahbariyatini qo’llaganlar soni qariyb ellik foyiz va qo’llamaganlar juda oz ekanligidan sevindim. Bu favqulodda muhim xabar.

 Negami? Chunki savolda AQSh rahbariyati demasdan Shri Lanka yoki Ballo Battar mamlakatining rahbariyati desangiz ham ayni natijani olardingiz. Bizning xalq kosa tagida nimkosa qo’yib fikrlaydigan aqlli xalq.

Bu degani shuncha odam Karimov rejimiga ochiqdan ochiq qarshi. Bular “Qani edi bizda ham o’shanaqa rahbariyat bo’lsaydi?” degan fikrdagi odamlar.

 Javob berishga qiynalganlar ham aslida ayni fikrda. Faqat ular kosaning tagida bola-chaqalarini ko’radilar. Shunga qaramasdan “javob berishga qiynalaman” deyishlarining o’zi ham katta jasorat.

Ana u 20 foyizli guruh kimlar ekanligini o’zingiz taxmin qilavering. Aslida ularning ham dillari tubida shu gap bor, faqat dillaridagi tillariga chiqmaydi, chiqsa tillarini kesishadi.

Jahongir Muhammad
28 mart, , 2011 yil
“Savob so’qmog’i” kitobidan.

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: