Savol-Javob

mashinalarTezlik

SAVOL: Amerikada mashinalarni juda tez haydashadi deb eshitaman, shu to’g’rimi? (Ravshan).

JAVOB: Biz Amerikaga kelganda dastlab Oregon shtatiga qo’ngandik. Havosi toza go’shalardan biri. Odamlari ham juda samimiy.

Oregonning eng katta shaharlaridan biri Portlanddir. Bu shaharda uruslar juda ko’p. Ular shaharni “Kichkina Rossiya” ham deb atashadi.

Ruslar bor joyda qoidabuzarlik, qonunlarni pisand qilmaslik avjiga chiqadi. Ular Rossiyani qay ahvolga tushirgan bo’lsalar, bu yerda ham qaerda yashasalar o’sha yerda “hunar”” ko’rsatadilar.

Har kuni AQSH matbuotiga nazar tashlasam, albatta, jinoyat haqidagi xabarlardan birortasi uruslar bilan bog’liq ekanini ko’raman. Ular yo o’ta vahshiy yoki o’ta ahmoqona jinoyatlar qiladilar.

Bugungi matbuotda men bilgan Portland shahridan berilgan xabar diqqatimni tortdi. Yo’l mirshabi soatiga 118 mil (190 km) tezlikda kelayotgan yengil mashinani to’xtatibdi.

Rulda Stanislav Bakanov degan “baran”… tag’in qancha tezlikda haydab kelayotganini videoga ham olayotgan ekan.

-Nega videoga olayapsan?-deb so’rashsa u:

-Yutub(Youtube)ga qo’ymoqchiman,- debdi.

Video tasmani qarab ko’rishsa, u o’zining soatiga 140 mil(225 km) tezlikda haydaganini ham suratga olgan ekan. Uning video apparati musodara qilinib, o’zi qamoqqa tiqilibdi.

Chunki Oregonda katta tezlik soatiga ko’pi bilan 104 kilometr. Urus-da… o’zining kelajagini mahv etibdi.

Buni saboq bo’lsin, deya Amerikaga yaqindagina kelgan yigitlardan biriga aytib bersam u:

-Ahmoq urus ekan-ku?-dedi.

Bundan xursand bo’ldim. Demak, biz uruslarga o’xshamaymiz, aqllimiz, bunday ahmoqona harakatlarga to’g’ri baho bera olamiz. Bir zum shunday o’ylarga toldim. Haligi yigit esa so’zini davom qildi:

-Montana shtatiga bormaydimi? Shundaygina yonginasida…

-Montanada nima qiladi?

-U yerda tezlik chegaralanmagan…

Amerikada shuncha yashab, shunga e’tibor qilmagan ekanman, lekin bir oy oldin kelgan yigit buni bilarkan. Ana buni tezlik desa bo’ladi. Demak, urusdan o’tib ketibmiz…

Jahongir Muhammad
16 fevral, 2011 yil
“Savob so’qmog’i” kitobidan

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: