Posted on August 2, 2014 by Jahongir Muhammad
OTBOYNIK
Amriqodan vatanga qaytish oldida azgina “ko’ki”dan karmanga solmoqchi bo’ldim. Nyu Yorkda yigitlar:
-Aka “stroybayt”da ishlash qo’liyizdan kelsa, yuring, ishdan keyin “ko’ki”ni yaraqlatib -jaraqlatib naqd sanab beradi,-deb qolishdi.
O’libmanmi, bormay? Bolaligimda hovlimizni paxsa bilan o’raganda men ham loy tepgandim. O’shanda “tepishga usta ekansan”, deb ustaning o’zi maqtagandi. Shuni eslab yigitlarning qulog’iga tepdim:
“Liboy ish bo’lsa bajaraman, eng katta ustadan oq fotiha oganman!”
Yigitlar “Oshin bulvar”da to’planib turar ekan, “Koni ayland” degan tomondan bittasi “marshrutni taksi”da kelib, terib olarkan.
-Bratan, yangi keldingizmi, Samarqanddanmisiz?
-Yo’… Toshkandanman.
Sho’tta xato qibman. Agar samarqandlik bo’lsam, nasiyaga ob borarkan. Boshqa joyliklarga:
-Aka, peshnihod,-der ekan.
-Bu nima deganingiz, uka?
-Avval “ko’ki”dan uchtasini cho’zing, degani. Continue reading →
Filed under: Nofiziy | Tagged: Jahongir Mamatov | Leave a comment »
Posted on August 1, 2014 by Jahongir Muhammad
Oq terakmi, ko’k terak?
Iltimos, siyosat, din va sevgi haqida yozishimni kutmang ham, yoz deb qo’limdan tutmang ham. Aqli mixlar-mashoyixlar nima degan? Bu uchta masalada og’zingni yirma, bekorga gapirma, bahsga kirma, juningni qiy, tilingni tiy! Agar ko’rpani sirsang, bahsga kirsang, onangni Puchqo’rg’ondan, otangni Kuchqo’rg’ondan ko’rsatishadi. Xo’sh, oq terakmi, ko’k terak, bizdan sizga nima kerak?
Aqli mixlar-mashoyixlar avval kavob topishgan, keyin birgalashib bunga javob topishgan.
1.Siyosatga qarshi bosh ko’tarmaysan, osh ko’tarasan, faqat bo’yinsunasan.
2.Din haqida gap ochilsa, tappa gungsan, latta mungsan, faqat eshitasan.
3.Sevgi masalasida imi-jimida harakat qilasan, bo’lmasa uloqni quloq olib ketadi.
Bu ming yillik gap. Bilmagan odamning o’zi yo’q, O’zbeklarning orasida. Chetda bilishmas ekan. Amriqoda ko’zlarim ting bo’lib ko’rdim, quloqlarim ding bo’lib eshittim, din haqida bahslashaverib hammasi dindorga aylanib ketibdi. Continue reading →
Filed under: Nofiziy | Tagged: Jahongir Mamatov, oq terak | Leave a comment »
Posted on July 7, 2014 by Jahongir Muhammad
TO’FON
Niagaradan eshakday horib-sorib qaytarkanmiz, oshnam bir do’stinikiga boshladi. Tavba qildim, eshak desam, eshakka yo’liqdim. Eshikning bir tomoniga eshak, ikkinchi tomoniga filning surati ilib qo’yilgan. Oshnamning oshnasi bizni qarshi olarkan, eshakka tikilib qolganimni ko’rib, “hm” deganday bosh silkitdi. Nimadir demoqchi edi, ammo kaminangiz yodimga tushgan bitta latifani ayta boshladi. Aytib olsam, aytib oldim. Bo’lmasa esdan chiqib qoladi. Esxaltaning og’zi ochildimi, oltinni olishim kerak. Aks holda ninaning dumiga aylanadi. Topolmay yuraman..
Oshnamga “Tarjima qil”, dedimda latifani qo’yib yubordim:
Bir kishi eshakni xalacho’plab kelayotsa, yo’lda mirshab to’xtatibdi.
“Dakumetingiz?”
“Dehqonman, manda dokunet nima qiladi?”
“Birinchidan, dokunet emas, dakumet, ikkinchidan, dakumet bo’lmasa, jarimani kimga yozaman, eshakkami?”
“Uka, qo’ying shuni eshakka emas, menga yozing, eshak hali yosh”
“Bu nima deganingiz?” Continue reading →
Filed under: Nofiziy | Tagged: Jahongir Mamatov | 1 Comment »
Posted on July 2, 2014 by Jahongir Muhammad
PIRYOD
Amerika o’zimizning “Amir aka” degan gapdan kelib chiqqanini bugun butun dunyo biladi. Bilmaganlar bilib qo’ysin.
Zotan dunyoda birinchi o’zbeklar paydo bo’lgan, ikkinchi o’zbek tili va qolganlarning hammasi uchinchi.
Men bilan tortishmoqchimisiz? Yutqazasiz. Dalillarim dalalarni bosib yotibdi. Nechta kerak? Toqatni to’qillatib turing.
Bundan ming yillar oldin safarga chiqqan o’zbek gasterbayterlari aylanib-aylanib bitta joyga kelib qolishibdi. Ularni nimadir chaqaveribdi.
Ha, endi bir qarich joyda sakkiz kishi yotgandan keyin nima bo’ladi? Kechasi bilan hamma:
“Bu nima?”, “Bu nima?” deb baqirarmish.
Oxiri bitta o’zbek gasterbayter xurrakni kesibdida: Continue reading →
Filed under: Nofiziy | Tagged: Jahongir Mamatov | 1 Comment »
Posted on June 30, 2014 by Jahongir Muhammad
Trashkent
Nyu York safarimni davom ettirib, “Eskijuva” nomini olgan Brayton Bichga bordim. Eskijuva bir paytlar Toshkanning “yuragi” edi. 24 soat tinmasdan “yurardi”, kecha-kunduz gupillab turardi.
Brayton Bich biznikilar urushlarsiz bosib olgan Bruklinning “jigari” ekan. Bir jigarki, serroz bo’lishiga oz qolgan. Hamma yog’i idrab to’kila boshlagan, axlatxonaga aylangan “jigar”, ustidan eskirib ketgan poezdlar taqa-taqa ezib o’tadigan “jigar”.
Samarqandliklar “Jigar jigar ast, digar digar ast” degan gapni shu joyda to’qigan bo’lishsa kerak? Hamma bir-biriga jigar, hamma biriga digar bu yerda.
Bizga nima? Ho’kiz bo’lsin sut bersin, chinor bo’lsin tut bersin.
Bitta do’konning eshigini sharaqi ochib ichkariga kirdim. Odamning olasi tugul, bolasi ham ko’rinmaydi. Xuddi maskali ninzalar hozirgina chiqib ketgandek sukunat. Birdan prilavkaning orqasida kalla ko’rindi.
-Xabaryu!-dedim.
Amriqoda hamma bir biriga yo “Xabaryu” yoki “Xavdudu” derkan.
Kalla birdan gavdaga aylandi va ishonasizmi yo’qmi, o’zbekcha javob qildi:
-Bugun hech qanaqa xabar yo’! Gazit hafatada bir chiqadi. Continue reading →
Filed under: Nofiziy | Tagged: Jahongir Mamatov | Leave a comment »
Posted on June 29, 2014 by Jahongir Muhammad
Karmanizm
Yetmish yetti yil qulog’imizga “kommunizm” so’zini var-var, tar-tar suqishdi. Bu so’z qulog’imizdan g’irillab o’tib, kallamizga in qurdi. Komyuter virusiga o’xshab kallamizdan sallamizga, sallamizdan yallamizgacha o’rab oldi. Chirmoviqning ichida qoldik. Yo’q, o’rgimchak uyasida. Lekin “bechoraga bekor-a” degandek yo’lini topib spaydermenga aylandik. Tomdan-tomga shuv etib o’tib ketamiz.
Bugun Toshkanda, ertaga Nyu Yorkda. Hammaning og’zi Atlantika okeanidek osmonga ochilib qolgan.
Bir dumalab yangi mafkura – pulni kura-kura yo’lini topdik. Kechirasiz, topdingiz. Topag’onsiz-ku! “Kommunizm” o’rniga “karmanizm” qurdingiz, Islom ota!
Nyu York vokzalida oyoqning ustiga tayoqni qo’yib shu haqda o’ylarkanim, devorga osib qo’yilgan dilbezordan Xitoyni ko’rsatib qoldi.
Birdan Islom otaning bu mamlukot bilan tuzgan shartnomai zartnomasi yodimga tushdi. 4.5 milliard dollarlik gaz yetkazib berishimiz kerak ekan. Buni eshitgan korchalon-morchalonlar darrov Urusiyatga qo’shimcha o’n mingta “Burjuyka” zakaz qilishibdi. Hov aqli tanqislar nega O’zbekiston aholisini buncha kam deb o’ylaysizlar? Xitoyga shuncha gazni bersa, o’n minggina xonadon begaz qoladimi? Axir butunlay O’zbekiston begaz qoladiku? Xuddi qishning qoq chillasida bo’lgani kabi. Shuning uchun shagom marsh, “Burjuyka”ni millionlab zakaz qillaring! Go’laxiy nima deb xirgoyi qilgandi? Continue reading →
Filed under: Nofiziy | Tagged: Jahongir Mamatov | Leave a comment »
Posted on June 25, 2014 by Jahongir Muhammad
Go’laxi
Aylanib-saylanib, avtobusda oyoqlarim uxlab-muxlab Nyu Yorkka yetib keldim.
Birinchi qilgan ishim mahallamizdan bu shaharga kelib, o’rnashib qolgan sinfdoshimni qidirish bo’ldi. Unga sim qoqdim. Hazillashib “Toshkandan telefon qivomman” dedim. Odatdagidek uning jag’i shalop etib tizzasiga tushdi:
-Haliyam beshinchi tramvayga osilib Toshkanda yuribsanmi? Ketmaysanmi u pivoning bo’tqasi bosgan shahardan. Mana bu yoqqa kel, mashina desang mashivotti, uy desang qalashivotti, ovqat desang achivoti, yesang oldingda, yemasang ham oldingda…
Sinfdoshim vaysab tursin, sizga nega “Toshkandan telefon qivomman” deganimning sababini aytay. Continue reading →
Filed under: Nofiziy | Tagged: Jahongir Mamatov | Leave a comment »
Posted on June 24, 2014 by Jahongir Muhammad
TAQQOS
Paqqosdan keyin taqqos deydilar. Amriqo ajabtovur-sajabtovur mamlakat ekan. Kecha mashinada ketayotsak “xumkalla odamlarga oid xabarlar”ni eshittik. Do’stim piqir-piqir, shiqir-shiqir kula boshladi. “Ingliz tilini bilmay o’l, do’stingni nazarga ilmay o’l”, dedim o’zimga o’zim.
Mana endi undan “Nimaga kuldingiz, menga ham aytib bering”, deb so’rashim kerak, unga yalinishim-salinishim kerak. Balki u baloni ham tushinmagandir? Menga o’zini ko’rsatish uchungina kulgandir?
Uni sirtmog’ida bo’g’moqchi bo’ldim. Endi savolga yutingandim, uning o’zi gap boshladi. Continue reading →
Filed under: Nofiziy | Tagged: Jahongir Mamatov | Leave a comment »
Posted on June 23, 2014 by Jahongir Muhammad
DO’ST
Hozir Amriqo safaridaman. Do’stimning uyidagi kompyuterdan “Facebook”dagi sahifamga kiraman, desam mezmon qarshilik qildi. Jonim halqumimga keldi. Mehmon otangdan ulug’, do’sting tog’angdan degan gap bor, nega qarshilik qilasan?
Yuziga qarab shunday deb yuborishim mumkin edi, ammo u ham ters-qo’rs odam, shartta-shurtta eshikni ochib, zahrini sochib ko’chani ko’rsatsa nima qilaman? Tilimni tishladim.
Mayli chidab turay. Uch-to’rt kun ishdan qolib, moshinasiga mindirib u yoq-bu yoqni tomosha qildirdi, restoranlarga olib bordi, yana bir-ikki kun dollarining belini sindiraylik, so’ng xayr-xo’sh, endi men bo’sh!
Ketganimdan keyin bir narsani bahona qilib, orani uzaman. O’z nomim bilan yozsam omi odamlar “tuzini yeb tuzligiga tufuribdi” deyishadi. Yo’lini topib buni yasayman.
Hali sanmi “Facebook”dagi sahifamga kirishga qarshilik qiladigan? Continue reading →
Filed under: Nofiziy | Tagged: Jahongir Mamatov | Leave a comment »
Posted on June 19, 2014 by Jahongir Muhammad
Xorijdagilar
SAVOL׃ Chet elga chiqqan o’zbeklar haqida ko’p yozgansiz. Ularning Vatanga qaytish istaklari haqida ham yozganlaringizdan o’qiganmiz. Xorijdagi o’zbeklarning yaqin kelajakda Vatanga qaytish imkonlari bor deb o’ylaysizmi? Bor bo’lsa qachon va qay sharoitda? Yo’q bo’lsa, ularni nima kutadi? Bular sotsiologik muammolardir. Lekin bu masalada fikringizni aytsangiz. (Abror).
JAVOB׃ Ilgari bir javobda o’zbeklarning chetga ketish sabablarini alohida solgandim. Aslida ko’p narsa o’sha chiqib ketish sabablari bilan bog’liq. Lekin modomiki chetda ekanmiz, bugunga qadar bosib o’tilgan yo’lga nazar solib, kelajakni taxmin qilish, bashorat emas, taxmin qilish mumkin. Continue reading →
Filed under: Savob so'qmog'i | Tagged: Jahongir Mamatov | Leave a comment »
Posted on June 17, 2014 by Jahongir Muhammad
Xalq aybdor emas!
SAVOL: Xalqimiz nega buncha tebranmas bo’lib qoldi? (ISMSIZ).
JAVOB: Bundan bir necha yil oldin diktatura fitrati haqida yozganimda, bu rejim beradigan “mahsulot”lardan biri xalqni loqayd etishi va jamiyatni ma’nan buzishi ekanligini aytgandim. Nazarimda shu nuqtaga kelganga o’xshaymiz. Ya’ni diktatura o’z maqsadiga erishgani bugungi chiqishlarda ham ko’zga tashlanmoqda.
Bunday sharoitda mirshabdan boshlab o’qituvchiga, hokimiyat idorasidagi xodimdan boshlab mamlakat ichidagi rejim muxolifiga qadar hammadan bir nuqs topish qiyin emas. Ularni befarqlikda yoki ma’nan buzilganlikda ayblash ham oson.
Rejimni o’zgartirib berishi kerak deya butun xalqni ayblash o’zimiz ham diktaturaning qarmog’iga ilina boshlaganimizdan darak bo’ladi. Continue reading →
Filed under: Savob so'qmog'i | Tagged: Jahongir Mamatov | 2 Comments »
Posted on June 15, 2014 by Jahongir Muhammad
Тангрини топиш
Кимдир қулоғимга пичирлади. Кейин тинмай нималардир деди.
Йиллар ўтди. Ўша таниш овозларга қулоқ тутдим. Кўп гапирди. Гап… гап… гап… Нимларнидир тушунтирди. “Буни қил, буни қилма”, деди. Кузатсам менга “қилма” деганларини ўзи қилар экан. Тўғриликдан гапириб ўғрилик, одобдан сўзлаб одобсизлик, ҳақдан гап очиб ҳақсизлик, диёнатга даъват этиб, диёнатсизликни кўрсатди. Золимни қоралаб ўзи ҳам золимлик қилди: алдов, ёлғон, мақтовдан ёна, ҳақ гапдан юз буриб, ноҳақликдан ёна. Изидан кетмадим. Эшитадиган қулоқларим битди. Тангрини тополмай қолдим.
Бошқасининг ҳаракатларини кузатдим. Одобли, аҳлоқли, босиқ, ибратомуз… Унга эргашгим келди. Бир куни ўзи ортда қолиб, мени олдинга ўтказиб юборди. Бунчалар саҳовтпеша ва камтар, бунчалар меҳрибон… Бир қўли кўксида, иккинчиси билан олдинни кўрсатди. Олдинда эски, осма кўприк. Қадам қўйишим билан синиб кетди. Чоҳга тушиб кетдим.. кетавердим, кетавердим, қутқазадиган йўқ. Қўлларим, оёқларим ҳаракатсиз, кўзим кўрмай қолди. Бир зум зим-зиё тубанликда муаллақ қолдим. Тангрини тополмадим. Continue reading →
Filed under: Maqolalar | Tagged: Jahongir Mamatov | Leave a comment »
Posted on June 12, 2014 by Jahongir Muhammad

Suratda: Abdulqosim Mamarasulov va Jahongir Mamatov(2014)
Navoiyni tushunamizmi?
SAVOL: Alisher Navoiy asarlarini o’qisangiz tushunasizmi?(Rohila).
JAVOB: Agar rahmatli Porso Shamsievning “Navoiy asarlari lug’ati” yonimda bo’lsa, albatta tushunaman. Bo’lmasa, qiynalaman va so’zlarni ma’nosiga qarab taxmin qilib, o’zimni o’tdan suvga uraman.
Darvoqe, o’sha lug’at G’afur G’ulom nashriyotida chop etilgan bo’lib, qariyb sakkiz yuz sahifadan iborat va yigirma ming atrofida so’zu iboralarni o’z ichiga olgan. Kitob o’sha paytda (1972) o’n ming nusxa nashr etilganini eslasak, demak O’zbekistonda o’n ming odam Navoiyni u yozgan tilda bemalol tushuna oladi. Darvoqe, mukammal tushunmoqni istaganlarning esa arab alifbosida o’qishni bilishlari ham shart.
Shuning uchun ham biz-ko’pchilik Alisher Navoiyni bugungacha boshqalar orqali bildik va o’rgandik.
Dastlab Navoiy asarlari 16-asr boshlarida madrasalarda o’qitila boshlangan va u paytdagilar uni bizdan ancha va ancha yaxshi tushunganlar. Continue reading →
Filed under: Savob so'qmog'i | Tagged: jah, Jahongir Mamatov | 3 Comments »
Posted on June 11, 2014 by Jahongir Muhammad
Dushmanlar haqida
SAVOL׃ Kuzatishlarimga ko’ra sizga dushmanlik qilayotganlar ham bor ekan. Bu dunyoda dushmansiz odam bormikan o’zi? (Farida).
JAVOB׃ Bilasizmi, qadimda bir zolim shoh bo’lgan ekan. Uning davrida daryolarda qon oqar, qamchilardan jon uzilar ekan… U shunchalar zolim ekan-ki, biror kishi ham unga bu qilmishlari yaxshi emasligini aytolmas ekan. Shunday kunlarning birida Hotamtoyning yo’li uning o’lkasiga tushibdi. Xalqning azob uqubatlaridan larzaga tushgan Hotamtoy saroyga qarab yo’l olibdi va shohni odillikka chorlabdi.
Shunda shoh׃
-Sen xalqimni tanimas ekansan, uning yettidan etmish yashariga qadar meni do’st deb biladi. Sen begonasan, seni dushman deb biladi. Ishonmasang ana Devonbegi bilan xalq huzuriga chiqinglar,-debdi. Continue reading →
Filed under: Savob so'qmog'i | Tagged: Jahongir Mamatov | Leave a comment »
Posted on June 10, 2014 by Jahongir Muhammad
Siyosat juda murakkab o’yin
SAVOL: Amerika boshchiligida Yevropa davlatlarining bosh maqsadi islomga/islom davlatlarining birlashmasligiga qaratilgan. Islomni o’zlariga eng katta xavf deb bilishadi. Olib borayotgan urush siyosati ortida faqatgina o’z manfaatlari yotadi (neft, resurslar, strategik joylashuv). Va o’zida yadro qurollar bo’la turib, boshqalarning ichki siyosatiga aralashishini qanday tushuntirasiz. Patriotizmni chetga surib, haqqoniy javob bersangiz. Xitoyning bir maromda, ishonch bilan rivojlanishini hisobga olsak, tez orada dunyoga o’z so’zini o’tkazishi ehtimoli qanchalik. (Shavkat Muhammad).
JAVOB: Bitta savol ichiga beshta savolni “zip”laganingiz uchun “davnlod” qilgandan keyin ularni ”open”lashtirib, alohida fayllarga bo’lib, muxtsar (Aks taqdirda bu masalalarga javob bitta kitobga ham sig’maydi) javob qilmoqchiman. Continue reading →
Filed under: Savob so'qmog'i | Tagged: Jahongir Mamatov | 1 Comment »
Posted on June 7, 2014 by Jahongir Muhammad
Insoniyat hali bundan yaxshiroq jamiyat qura olmadi
SAVOL׃ Demokratiya ko’zbo’yamachilik, o’g’rilik. Men kommunistik partiyani, ya’ni sotsializmni yoqlayman. G’arb demokratiyasining bosh maqsadi dunyoni qo’lga olish, tinchlikka barham berish. Shumi siz aytayotgan demokratiya? Vetnam, Afg’oniston, Iroq bu davlatlar tinch aholisi o’sha demokratiya qo’l ostidagi xunrezliklar emasmi?(Nazokat).
JAVOB׃ Demokratiya yomon desak, sotsializm dunyoga nima qilib berdi? Kuba jannatmi? Venesuelada erkinlik bormi? SSSR yashab turibdimi?
Inson zoti mukammal bo’lmaganidek demokratiya ham mukammal emas. Lekin bugungacha dunyo sinab ko’rgan tuzumlar orasidagi eng yaxshisi shu. Boshqacha aytganda yomonlarning yaxshisi.
Insoniyat hali bundan yaxshiroq jamiyat qura olmadi. Laq-laq gapdan nariga o’tilgan emas. Continue reading →
Filed under: Savob so'qmog'i | Tagged: Jahongir Mamatov | Leave a comment »
Posted on June 5, 2014 by Jahongir Muhammad
Ватан кимники?
Ушбу сатрларни Ватандан олисда, юракдан қон эмас, зардоб оқиб турган бир пайтда ёзарканман, нега чин маънода мустақил бўлолмадик деган саволдан эзиламан.
Нега Ўзбекистон мустақиллиги барбод бўлди ва золимнинг қўлига ўтиб кетди?
Нега ижтимоий-тарихий фурсат, Тангри берган имкониятдан фойдалана олмадик?
Нега Ўзбекистон халқи нима нима юз берганини сезмай қолди?
Сезганлар ҳам нега бепарво?
1990 йил 20 июнда Ўзбекистон Олий Кенгаши Мустақиллик Декларациясини қабул қилди. Аммо Ислом Каримов тўдаси бу тарихий хужжатни “бир парча қоғоз” деб туриб олди.
Орадан йил кечиб, Москвада 21 август тўнтариши юз берганда, Ислом Каримов уни қўллади. Тўнтарувчилар тез мағлуб бўлишди. Россия муаллақ ҳолда қолди. Барча жумҳуриятлар бирданига “озод” бўлдилар. Тўнтариш тафтиши бошланди. Бундан чўчиган ва боши узра айланган қора булутни сезган Каримов мустақиллик эълон қилди. Continue reading →
Filed under: Maqolalar | Tagged: Jahongir Mamatov | Leave a comment »
Posted on June 5, 2014 by Jahongir Muhammad
O’zbek jurnalistlari orasida o’z fikrini ochiq ayta oladiganlari ko’p
SAVOL׃ Savolimga javobingiz bilan o’zbeklar orasida erkin yozadigan mustaqil jurnalist yo’q demoqchimisiz?(Komil).
JAVOB׃ Aksincha, o’zbeklar orasida fikrini erkin ayta oladigan jur’atga sohib jurnalistlar anchagina. Karimov rejimiga muxolif kuchlarning aksariyatini ham jurnalistlar tashkil qiladi.
Siz mustaqil jurnalist bilan fikrini erkin ayta oladigan jurnalist orasidagi farqni bilib olishingiz kerak.
Oldingi javobda inson zotining deyarli mustaqil emasligi haqidagi falsafani tushuntirishga uringandim.
Inson tug’ilarkan mustaqil emas, u qaysi bir dinga mansub bo’lib tug’iladi. Continue reading →
Filed under: Savob so'qmog'i | Tagged: Jahongir Mamatov | Leave a comment »
Posted on June 3, 2014 by Jahongir Muhammad
Mustaqil jurnalistikaning o’zi yo’q
SAVOL: Kimlarni mustaqil jurnalistlar deb ayta olasiz va qaysi nashrlar mustaqildir?(Komil).
JAVOB: Jurnalistika hech qachon mustaqil bo’lmagan.
Chunki insoniyatning qariyb hammasi mustaqillikdan ko’ra tobelika moyildir.
Bu uning fitratiga jo etilgan tuyg’u.
Juda oz odamlar borki, ular tobe emas, balki boshqaruvchilardir.
Lekin ular ham baribir o’z yaratuvchisiga, qandaydir mafkuraga, qandaydir kuchga bo’ysunadilar.
Biror bir dinga mansub shaxslar yoki guruhlar tomonidan boshqariladigan jurnalistika hech qachon o’sha dinga qarshi bosh ko’tarmaydi.
Biror mafkuraga oid jurnalistika hech qachon boshqa mafkurani qo’llamaydi. Continue reading →
Filed under: Savob so'qmog'i | Tagged: Jahongir Mamatov | Leave a comment »
Posted on June 2, 2014 by Jahongir Muhammad
“Do’zax” va “pulisirot”
SAVOL: Dunyoni haqiqatdan ham fikrlar o’zgartiradi, mana sovuq urush davrini(1945-1991) olaylik ikki bipolyar tizim, mafkuraviy-siyosiy, harbiy- strategik jihatdan o’z ta’sir zonasiga aylantirishga uringani, ularning qarama-qarshiliklari nihoyasi o’laroq, (garchi hozir ham davom etayotgan bo’lsada) Padarla’nat ittifoqda(CCCR) M.S Gorbachev boshliq bir guruh haromxo’rlarning “oshkoralik” haqidagi “fikrlari” AQSh prezidenti ta’biri bilan aytganda “YOVUZLIK IMPERIYASI”ning oshkoralikning ilk nafasidanoq jahannamga ravona bo’lganligi bir misoldir. O’sha davr “hikoyalari” esa sizning kitoblaringizda…
Voqealar esa teskarisiga ketdi…
“Xo’sh biz yashayayotgan davr qanday xususiyatlarga ega? Jahonda yuz bergan, berayotgan, dunyoning jug’rofiy-siyosiy tuzilishini va xaritasini tubdan yangilagan o’zgarishlar hozirgi zamon va kelajak uchun qanday tarixiy ahamiyatga molik?”(shu haqda mulohazalaringiz) bular haqida TO’G’RI mulohaza yuritish haqiqatdan ham muhimdir. Shunday emasmi? Continue reading →
Filed under: Savob so'qmog'i | Tagged: Jahongir Mamatov | 2 Comments »
Posted on June 1, 2014 by Jahongir Muhammad
Islom respublikasidan Putin Ittifoqiga…(?)
SAVOL: O’zbekistonda kelajakda islomiy jumhuriyat quriladimi yoki demokratik davlatmi? (Bahora).
JAVOB: O’zbekiston yaqin kelajakda islomiy jumhuriyatga aylanishi mumkinmi? Bu shunchaki savol emas, balki anchadan beri kun tartibiga tushib qolgan savoldir.
Bu savolga mumkin deb javob qilsa bo’ladi.
Hozircha bu hol odamlarni qamoqlarga tiqish yo’li bilan orqaga surilmoqda.
“Ta’sir-aks ta’sir” deydilar. Zolimlik mazkur yo’lni tobora qisqartirmoqda.
Ma’lumki, har qanday diktaturalar ag’darilgandan keyin jamiyatlarda tubdan o’zgarish qilishga intiluvchilar bo’ladi va oldingi rejimning teskarisi kabi boshqa bir tuzum barpo etishga intilinadi. Continue reading →
Filed under: Kundalik | Tagged: Jahongir Mamatov | Leave a comment »
Posted on May 31, 2014 by Jahongir Muhammad
Mavjud tarixning in’ikosi
SAVOL: Nega “Quvg’in”ni tarixiy roman deb atagansiz?(Erkin).
JAVOB: Aslida “roman” so’zining adabiyotga kirib kelishi “tarixni xalq tilida ifodalab berish” anglami bilan bog’liq.
Lekin keyinchalik bu anglam romantik, sevgi-muhabbat ustun bo’lgan asarlar va tarixiy-voqelikka tayangan ikki yo’nalishga ayrildi.
Tarixiy romanlar tufayli biz bugun dunyoda yo salbiy yoki ijobiy iz qoldirgan son-sanoqsiz sarkardalar, siyosiy liderlar va dong’i chiqqan shaxslar, urushlar silsilasi haqida tasavvurga egamiz.
Badiiy romanda deyarli hamma narsa to’qima atrofiga quriladi. Hatto voqelik ham to’qima uchun xizmat qiladi. Continue reading →
Filed under: Savob so'qmog'i | Tagged: Jahongir Mamatov | Leave a comment »
Posted on May 30, 2014 by Jahongir Muhammad
Qayta yozmaysizmi?
SAVOL: Nima bo’lganda ham “Quvg’in” Karimov hukmdorligi paytida uning qilmishlarini ochib tashlagan ilk asardir. Shundan keyin ham shu mavzuda ko’p narsalar yozildi. Shu yozilgan narsalar sizga kitobni qayta yozish kerak degan fikrni bermadimi?(Ahmad Sobirov).
JAVOB: Yo’q. Aytganingizdek, keyingi yillarda ko’p yozildi va hali yana ko’p va xo’p yoziladi. Lekin shu narsa diqqatga sazovorki, bugunga qadar yozilayotganlarda “Quvg’in”, “Assassin” tarixiy va “IAK” avtobiografik romanlarining ta’sirini aniq ko’rib turibman. “Quvg’in”ning ba’zi nuqtalarida voqelikni kengroq ochish uchun to’qimaga ham o’rin berilgan. Continue reading →
Filed under: Savob so'qmog'i | Tagged: Jahongir Mamatov | Leave a comment »
Posted on May 29, 2014 by Jahongir Muhammad
“Quvg’in” dagi Mirtemir kim?
SAVOL: “Quvg’in”dagi Mirtemir o’zingiz bo’lsangiz kerak. Nega uni buncha maqtab yuborgansiz, ya’ni o’zingiz o’zingizni?(Nodirbek Latipov).
JAVOB: Avvalo shuni aytishim kerakki, “Quvg’in”da badiiy romanchilikdagi ijobiy va salbiy qahramon degan eski usul asosida yo’lga chiqilgan. Bundan 17 yil oldin bugungi qarashlarimda bo’lganimda boshqacha yo’l tutgan bo’lardim.
Islom Karimov tarixda mavjud shaxs, hayotda bo’lgani kabi romanda ham u salbiy qahramon, Mirtemir esa tarixda bor bo’lgan shaxslarning umumlashtirilgan va davr uchun xos bo’lgan obrazidir. Continue reading →
Filed under: Savob so'qmog'i | Tagged: Jahongir Mamatov | Leave a comment »
Posted on May 27, 2014 by Jahongir Muhammad
“Arabning o’ligi…”
SAVOL: Arabning o’ligi…? Bu yog’ini davom ettirsangiz. Rahmat. (Faxriddin).
JAVOB: O’zbek tilida asrlardan buyon yashayotgan “Arabning o’ligi…” degan gap bor. Bu iborani turli holatlarda qo’llanishgan.
Masalan, “Arabning o’ligidek og’ir” yoki “Arabning o’ligi ekansanku?” va hokazo.
Endi buni “Arabning o’ligidek qimmat” deb ham ishlatsa bo’ladi. Chunki Liviyani 40 yildan oshiq boshqargan qattol Mummar Qaddafiyning o’ligi nafaqat Amerika va Avropaga balki arablarning o’ziga ham juda qimmatga tushdi.
G’arb jaraq-jaraq millionlarini bu mamlakatdagi neft hisobiga chiqarib olishi mumkin. Lekin arablarning o’zlari yo’qotganlarini hech qachon qaytarib ololmaydilar.
Xarobazorga aylangan Liviyani tiklash mumkin. Ammo bu 6-7 oylik urushda o’lgan son-sanoqsiz insonlarning hayoti ortga qaytmaydi. Continue reading →
Filed under: Savob so'qmog'i | Tagged: Jahongir Mamatov | Leave a comment »
You must be logged in to post a comment.