Izohlar bo’limidan

qamoqShohi Darvesh: Agar bizning qudratimizga shubha qilsang, biz qurdirgan qamoqxonalarga boq!

Inson jamiyatda yashar ekan,oldinga umid uzatib boradi.

Kun oxirida “qani Eshmat bugun o’zingga nechchi qo’yasan,nimani qoyil qilding-u eplolmaganing nima bo’ldi?”desa,o’ziga foyda.

Shu gapni aytmasa ham uni birov urmaydi.

Unda haqiqiy kun qachon keladi axir?

Rejimning bahosini berayotganda,o’tgan voqeaga emas keladigan xavfga chim bosish kerak.

Zamonamizning xas-xashaklari o’zlarining uzoqqa otadigan to’plari bilan tutday to’kishayotgan bo’lsada,faqat bugungi kun bilan yashagan odam kelajakni ko’ra olmasligini,tarixni tutgan bugunidan umid kutmasligini bilib qo’ygan behroq.

Kal bo’lsang,ko’pni ichiga kir,bilinmay ketasan degan gap ham bor.Odamlar(jamiyat)bu siyosatning negizi, asosiy xalq, odatda mo’tadil bo’ladi.YANI ular siyosatni juda chuqur bilishmaydi,lekin haqni paypaslab bo’lsada,topib boradi. Serharakatlar. Bir chetdan sekingina:Toshmatni chaqirib yuboringlar desangiz,narigi chetdan “Padariga la’nat ekan Toshmatni” deb o’zgaradi gap.

Oddiy xalq mafkuradan yiroq,ko’proq afsuski eshitganiga ishonadi..
Ko’rganiga ishonadiganlar ham bor. Ular temperamentning kamsonli qismidir.

Har inson bilan so’zlashgandan so’ng uning dunyoqarashi,qiziqishlari,bilim darajasi, kabilar haqida dastlabki xulosa paydo bo’ladi,uni nima motivatsiyalanayotganini anglab olish mumkin.

Ko’p odam bilan turli nuqtalarda suhbat qilishga qiziqaman.Ularning orzu-umidlari nima,nima bersa,ortingdan ergashadi,ijtimoiy tarkibini ko’rib shunga aminman:
Tinch yo’l bilan o’zgarishlar xohlaydi ular.Ishonmasangiz sekin gapga soling atrofdagilarni…..

Xo’p. Mantiq qidiramiz kelajakdan:

2015 yil.Ayrimlar Gulnora opamiz yashasin deyapti.Bu yerda miyamizni uchga “bo’laylik”

a)U o’ng kelsa meniki deb maydonga ochiqchasiga otiladi.
Bu xuddi kiyimsiz ko’chaga chiqqan bilan teng. Shu sababli o’n besh metr yurgandan so’ng yo toshbo’ron yoki anhorda cho’milgani deb suvga “kalla”.

b)uyga qo’shninikidan chiqib borish. Bunda ham ko’chaga chiqiladi,faqat…faqat derazadan.Ya’nikim otasini,yoki boshqa yangi “kadr”ni orqasida albatta.

v) yon qo’shni yuvib ilgan kiyimlardan foydalanish.Bu endi kiyim turiga bog’liq sezganingizdek.
Mayli xayolni bo’lmaylik, behayoga bozor keng!

Shunday emasmi?

https://jahonnoma.com/2013/02/23/mavzu-9/

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: