Ўзгармаган мавзулар

sapojnikДиктаторнинг туфлисини ялтиратувчилар

САВОЛ: Бугун диктатурага қарши ким ҳам нима қила олар эди? (Адҳам, 18 Июл).

ЖАВОБ: Жуда ўринли савол. Ёдимга арманиларнинг Дашноқ партияси томонидан 1898 йилда ёзилган ва ҳар бир армани учун дея тарқатилган бир қўлланмасида, “Душманга қарши (ўша пайтда руслар ва турклар назарда тутилган) сендан қурол билан чиқишинг талаб этилмайди, агар пойафзал тозаловчиси бўлсанг душманнинг туфлисини ялтиратиб қўймасанг, шу сенинг катта улушинг”, деган тавсияси тушди.

Бугун Ўзбекистонда демократия ўрнатилиши учун ким нима қила олади?

Шоирнинг қуроли у ёзган шеъри, унинг сўзидир. Бу сўз маддоҳликдан эмас, адолатдан ёна бўлса бас!

Олимнинг қуроли у яратган янгилик, унинг ибратидир. Бу ибрат тилёғламаликдан иборат эмас, ҳақни айтишдан иборат бўлса етади!

Муаллимнинг қуроли у тарқатадиган зиё. Унинг зиёси ҳақиқатнинг томиридан сув ичган бўлса кошки!

Толибнинг қуроли унинг китоби, бу китобни кўр-кўрона эмас, танқидий назар билан ўрганса қанийди!

Ёшларнинг қуроли уларнинг юракларидаги жасорат, бу жасорат қўрқувдан ёна бўлмаса бас!…

Ва ҳоказо, барча соҳадагиларга ана шундай кўз билан қарамоқ керак.

Хўш ишни нимадан бошлаш керак? Ўзингизга савол беришдан?

Хўп, ана у шоир ёки адиб ёхуд сиёсатдон ҳақни айтмоқда ана улар эса ҳақни кўммоқдалар? Мен шуни сезиб турибману нега тан олмаяпман, деган саволга жавоб беришдан бошламоқ керак. Содда қилиб айтсак, ҳар бир киши биринчи галда ўзига баҳо бериши, ўзининг нима қила олишини белгилаши лозим.

Нега диктаторлар ҳақ сўзга қарши аёвсиз курашадилар? Чунки дунёдаги энг кучли қуроллардан бири ҳақ сўздир.

Бугун диктатурага қарши чин сўзингиз билан курашмоқдан ортиқ жасорат борми?

Чин сўз, адолатдан ёна бўлган сўз сўқир қалбларга ниш бўлиб урилади, ёлғон билан тўлган дилларга ирмоқ очади.

Мана, қилишингиз мумкин бўлган нақадар қудратли иш бор!

ЖМ

“Оқсарой сирлари”, 1994 йил.

7 Responses

  1. Ас. Ал Жахонгир ака гапингиз тугрию, лекин кадим замонларда хонлик, императорлик вхкз лар даврида хак сузлиларни бошини сапчадай узишган. Бизда Узбда хам шу нарса буладику хак суз у.н. Шунга нима к.ш к.к.
    Ха яна бир нарса хозирги пайтда сиз б.н богланиш мумкин буган электрон адресингизни берсангиз илтимос.

    • AS AL
      Albatta gapingiz tug’ri. Lekin chin so’zni aytganlarning aksariyati bosh saqlab qolishni ham bilganlar. Masalan, Siz doimiy bir taxallus ostida aytishingiz mumkin.

    • Ас.ал. Жахонгир ака гапингизни тушундим. Баъзида уйлаб коламан шу фикирлашингиз б.н сиз бизга юртбоши булганингизда муболагамас манимча жаннатда яшардик. Бу бизни ширин орзуимиз. Ха яна бир гап шу оилангиз хакидаям ёзсангиз…

  2. ochig’ini aytsam,bugun ko’p sohalarda:ta’lim,sog’liqni saqlash,va.hkz.larda nomingizni ko’p tilga olishadi.Shu ishonchga munosib ish qi la olyapmizmi deb o’ylab qoldim.Savolni manabunday qo’yganda,menimcha jahonnomani o’ta kengroq targ’ib qilish yo’llarini topish kerak.Katta avlod sizni biladi,ammo yoshlarga e’tiborni kuchaytirish lozim.To’g’rirogi ak.litsey va kollejlarga ayniqsa.Ular demokratik g’oyaga moyil bu aniq.Biz tutgan yo’lni bilishsa,mohiyatini anglab yetishsa,mana ular uchun to’g’ri yo’l.Va yana ular davlatni boshqarishda ishtirok etishni istashadi.Sizdan ruxsat olganimdek ishlamoqdaman kamtarona.

  3. Agar bizning qudratimizga shubha qilsang,biz qurdirgan qamoqxonalarga boq!

    Inson jamiyatda yashar ekan,oldinga umid uzatib boradi.
    Kun oxirida “qani Eshmat bugun o’zingga nechchi qo’yasan,nimani qoyil qilding-u eplolmaganing nima bo’ldi?”desa,o’ziga foyda.
    Shu gapni aytmasa ham uni birov urmaydi.
    Unda haqiqiy kun qachon keladi axir?
    Rejimning bahosini berayotganda,o’tgan voqeaga emas keladigan xavfga chim bosish kerak.
    Zamonamizning xas-xashaklari o’zlarining uzoqqa otadigan to’plari bilan tutday to’kishayotgan bo’lsada,faqat bugungi kun bilan yashagan odam kelajakni ko’ra olmasligini,tarixni tutgan bugunidan umid kutmasligini bilib qo’ygan behroq.
    Kal bo’lsang,ko’pni ichiga kir,bilinmay ketasan degan gap ham bor.Odamlar(jamiyat)bu siyosatning negizi, asosiy xalq, odatda mo’tadil bo’ladi.YANI ular siyosatni juda chuqur bilishmaydi,lekin haqni paypaslab bo’lsada,topib boradi. Serharakatlar. Bir chetdan sekingina:Toshmatni chaqirib yuboringlar desangiz,narigi chetdan “Padariga la’nat ekan Toshmatni” deb o’zgaradi gap.

    Oddiy xalq mafkuradan yiroq,ko’proq afsuski eshitganiga ishonadi..
    Ko’rganiga ishonadiganlar ham bor. Ular temperamentning kamsonli qismidir.

    Har inson bilan so’zlashgandan so’ng uning dunyoqarashi,qiziqishlari,bilim darajasi, kabilar haqida dastlabki xulosa paydo bo’ladi,uni nima motivatsiyalanayotganini anglab olish mumkin.Ko’p odam bilan turli nuqtalarda suhbat qilishga qiziqaman.Ularning orzu-umidlari nima,nima bersa,ortingdan ergashadi,ijtimoiy tarkibini ko’rib shunga aminman:
    Tinch yo’l bilan o’zgarishlar xohlaydi ular.Ishonmasangiz sekin gapga soling atrofdagilarni…..

    Xo’p.Mantiq qidiramiz kelajakdan:
    2015 yil.Ayrimlar Gulnora opamiz yashasin deyapti.Bu yerda miyamizni uchga “bo’laylik”
    a)U o’ng kelsa meniki deb maydonga ochiqchasiga otiladi.
    Bu xuddi kiyimsiz ko’chaga chiqqan bilan teng. Shu sababli o’n besh metr yurgandan so’ng yo toshbo’ron yoki anhorda cho’milgani deb suvga “kalla”.
    b)uyga qo’shninikidan chiqib borish. Bunda ham ko’chaga chiqiladi,faqat…faqat derazadan.Ya’nikim otasini,yoki boshqa yangi “kadr”ni orqasida albatta.
    s) yon qo’shni yuvib ilgan kiyimlardan foydalanish.Bu endi kiyim turiga bog’liq sezganingizdek.
    Mayli xayolni bo’lmaylik,behayoga bozor keng!
    Shunday emasmi?

  4. Toshkentda qor yog’moqda!
    Bahorga bir kun qolganda sovuq oqim qirib keldi.Bu- o’lkamiz tabiatiga xos.
    Ko’p yillar oldin Samarqanddagi uyimiz derazasidan erta tongda tashqariga qaraganimda kurtak otgan daraxtlarning shoxi oppoq qorga o’ralgan bo’lardi.
    Keksalar qishning o’jarligi,baribir o’z aytganini qilishi haqidagi hikmatlarni ko’p aytishardi.
    Bugun ham bu qahr yo’qolmabdi.
    Biroq bu sovuqlikni quyosh nurlari eritishini,qorlar yerga singib,yana daraxtlar ozod bo’lishini aniq bilasan kishi.Buyam haqiqat.Shunday haqiqatki,yaratgan barchaga ayon qilgan.
    Qarg’alar o’rnida qushlar sayraydi hali.
    Shunda biz ham dunyoga boshqacha nazar tashlar ekanmiz,yangi orzularni,yangicha taraqqiyotni shodon kutib qolamiz.
    Zero bahorga oz qoldi!

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: