Tarixiy-zamonaviy roman

qiyomat_kuni-6-

Sulaymon tog’i. O’sh.
Saidjon Dono bilan maktabda birga o’qigan. Lekin shu qizga uylanaman, deb xayoliga ham keltirmagandi.
Bir kuni dadasi׃
-Bolam, mana universitetni ham bitirayasan, endi boshingni ikki qilmasak bo’lmaydi,-deb qoldi.
Dadasi tarix o’qituvchisi edi va tez-tez o’quvchilarni olib Sulaymon tog’iga borib turardi.
Dononi o’sha erda ko’rib qolibdi.
-Sinfdoshing bor edi-ku, a’lochi qiz, hamma majlislarda she’r aytadigan, ismi ham, o’zi ham Dono qiz. Shuni ko’rib qoldim. Boshiga hijob olibdi. Mingta gapirsang, bitta javob qiladi. Surishtirdim, sovchisi ko’p ekan. Agar otni qamchilamasak, ketib qoladi…
Saidjon indamasdan erga qarab turdi. Dono uning uchun osmondagi yulduz edi. Unga gapirishdan qo’rqardi. Darhol ikki misra she’r aytib, mot qilardi. Hozir dadasiga nima desin? Yo’q, desinmi? U holda dadasi aytgan kabi Dono qo’ldan ketishi mumkin. Aqlli qiz. Adabiyot muallimi aytadigani kabi, xushro’y qiz. Agar rozi bo’lsa, zo’r ish bo’lardi. Dono ota-onasining izmidan chiqmaydi. Agar ular moyillik bildirsalar,  rozi bo’ladi. Continue reading

Туркия туркуми

oltinlar3. Рус “ёрдами”

Туркиядаги тарих китобларида 1921 йилда Ленин ва Сталин Туркиянинг ўша пайтдаги раҳбари Отатуркка 10 миллон танга ёрдам қилгани ёзилади. Бу ҳозирга қадар “Рус ёрдами” деб аталарди.

Аммо 1996 йилнинг 23-25 май кунлари Туркиянинг Қайсари шаҳридаги машҳур Эржиоз университетида ўтказилган халқаро симпозиумда бу борадаги ҳақиқат ўртага ташланди, яъни олтинлар Россияники эмас, Туркистонники. Continue reading