-7-
Oqsaroy. Toshkent
“O’rta Osiyo o’ruslarning o’kiniga tushganmi?” Karimov daftarchasiga yozib qo’yilgan bu gapni nima uchun va qachon yozganini eslashga urinardi. Kim aytgan ekan buni? Yangi gap emas. Yangi gap bo’lganda “O’rta Osiyo” emas, “Markaziy Osiyo” deb yozgan bo’lardi. Chunki bu iborani uning o’zi topgandi. Hammani shunga o’rgatdi. O’zi ham bunga rioya qilgan bo’lardi. Demak, bu gapni to’qsoninchi yillarning boshida yozib qo’ygan. Lekin bu savol hali ham javobsiz qolmoqda.
Mana Shanxay Hamkorligi Tashkilotining majlisi Toshkentda o’tayotgani, hatto Medvedev ana u xonada uni intizorlik bilan kutib o’tirganiga qaramay, bu savol muhimligicha qolmoqda. Faqat Medvedev emas, qolganlar ham uning nima deyishini kutishmoqda.
Karimov O’sh masalasida Rossiya rahbarlari bilan ilk suhbatini esladi. O’shanda uning fikrlari Putinga yoqqandi. Lekin Putin rasmiyatchilik nuqtai nazaridan bo’lsa ham buni yangi saylangan prezident bilan gaplashib qo’yish kerakligiga ishora etgandi. Continue reading
Filed under: Qiyomat kuni | 1 Comment »
You must be logged in to post a comment.