Izohlar bo’limidan

qorBahorga oz qoldi

Toshkentda qor yog’moqda!

Bahorga bir kun qolganda sovuq oqim qirib keldi. Bu- o’lkamiz tabiatiga xos.

Ko’p yillar oldin Samarqanddagi uyimiz derazasidan erta tongda tashqariga qaraganimda kurtak otgan daraxtlarning shoxi oppoq qorga o’ralgan bo’lardi.

Keksalar qishning o’jarligi,baribir o’z aytganini qilishi haqidagi hikmatlarni ko’p aytishardi.
Bugun ham bu qahr yo’qolmabdi.

Biroq bu sovuqlikni quyosh nurlari eritishini,qorlar yerga singib,yana daraxtlar ozod bo’lishini aniq bilasan kishi.Buyam haqiqat.Shunday haqiqatki,yaratgan barchaga ayon qilgan.

Qarg’alar o’rnida qushlar sayraydi hali.

Shunda biz ham dunyoga boshqacha nazar tashlar ekanmiz,yangi orzularni,yangicha taraqqiyotni shodon kutib qolamiz.

Zero bahorga oz qoldi!

Shohi Darvesh.

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: