OzodNazar: Savollarga javoblar

Жаҳонгир Муҳаммад

Иноятовнинг МХХси билан Абдуллаевнинг ДХХси орасида нима фарқ бор?

“Oozdlik”/Sarvar Usmon. Prezident Mirziyoev Milliy xavfsizlik xizmatini isloh qilish haqida, bu xizmat to’g’risida qonun qabul qilish lozimligi haqida gapira boshlaganidan, ayniqsa, xizmatning ko’p yillik raisi Rustam Inoyatovni egallab turgan lavozimidan ozod qilganidan so’ng o’zbek jamiyatida MXXning vazifalari va ish usullari tubdan o’zgaradi, degan fikr paydo bo’lgan edi.

Biroq Davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullaevning kuni kecha qilgan chiqishi sarlavhaga chiqarilgan savolni paydo qildiki, uni va boshqa savollarni AQShda istiqomat qilayotgan jurnalist Jahongir Muhammadga berdik.

https://www.ozodlik.org/a/ozodnazar/29142546.html

OzodNazar

“Karimov bir paytlar qo’shnisi bilan pochcha talashgan edi”
Sarvar Usmon/Ozodlik. Islom Karimov davrida qo’shni Tojikiston bilan muzlab qolgan munosabatlarning Shavkat Mirziyoev davrida erishi, huquq-tartibot organlaridan birin-ketin surilayotgan qarindosh-urug’lar hamda informatsiyani adekvat qabul qilish madaniyati haqida suhbatlashdik AQShda yashayotgan jurnalist Jahongir Muhammad bilan.

Savollarga javoblar

U jallodning “janob”i edi

“Ozodlik”/Sarvar Usmon. “Ahmadboy” ustidan chiqarilgan hukm adolatlimi? Bu ish bo’yicha qo’lga olingan mulklaru 12 mln. dollar egalariga qaytariladimi? Serial mojarosi davomida qay tomon haqu qay tomon nohaq bo’ldi? Millat nomidan, xalq nomidan gapirishga kim haqli?

Shunday savollar atrofida bo’ldi jurnalist Jahongir Muhammad bilan bugungi suhbat.

Sarlavhaga chiqarilgan gapdagi “U” kim? Javob suhbatning oxirrog’ida.

https://www.ozodlik.org/a/ozodnazar-jahongir-muhammad/29057135.html

fayzbog.uz

Jahongir Muhammad: Afandining tarvuzi yoki kamchilikni nega yashiramiz?

Eshitgansiz, Afandining uyiga mehmon kelganda u xotiniga “Tarvuzlar orasidan bitta eng yaxshisini tanlab, so’y!” deydi. Xotini qay birini so’yishni so’rab, bitta tarvuzni uch-to’rt marta qayta-qayta olib kelib ko’rsatadi.

Buni biz tek tarvuzni xirmon qilib ko’rsatgan xotinning donoligi, deb baholab kelganmiz. U erining so’zini erda qoldirmaslik, oilasini badavlat ko’rsatish uchun rol o’ynaydi. Eri shop mo’ylovini burab, ko’krak keradi.

Ikki aldov bir o’lim, o’zgarmasdir bu yo’lim, degandek bu xususda minglab latifalaru rivoyatlar, she’rlaru hokoyatlar mavjud. Bugunga kelib kamchilikni yashirib, o’zimizni ko’z-ko’z qilishni milliy qadriyat darajasiga chiqarib qo’ydik. Continue reading

OzodNazar

MXX raisi o’zgardi. “Idora”ning o’zi ham o’zgaradimi?

Sarvar Usmon/Ozodlik. Yoshi 73 ga kirgan odamning xizmatdan ketishi, bir qarashda, hech qanday voqea emas: keksa odamga dam berish, uni pensiyaga chiqarish mutlaqo tabiiy amaldir. Biroq Rustam Inoyatovning MXX raisi lavozimidan ketishini jamoatchilik favqulodda voqea sifatida qabul qilmoqda. Nega shunday? Bu va boshqa savollarini OzodNazar AQShda yashayotgan jurnalist Jahongir Muhammadga berdi.

Ha, aytgancha, Jahongir Muhammad bilan suhbat yozib olinganidan so’ng Rustam Inoyatovning prezident ma’muriyatiga ishga o’tgani ma’lum bo’ldi.

ozodlik.org

Fayzbog.uz:

Eksklyuziv interv’yu!

Jahongir Muhammad: Qalbimiz, yuragimiz, xayolimiz O’zbekistonda

Ma’lumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbuslari bilan yurtimizda turli islohotlar ro’y bermoqda. Xususan, so’nggi paytlarda matbuotimizda erkinlik havosi uf urib kelyapti. Qo’shimchasiga, ajib zamonlarni boshdan kechiryapmiz. Misol uchun, bundan bir necha yil avval xoin va “vatanfurush” deb nom olgan bir qancha sobiq mahbuslar ozodlikka chiqarilgan bo’lsa, aksincha — yaqin vaqtgacha “yurtimiz xaloskorlari” deya e’tirof etilib kelingan bir qancha ikkiyuzlamachi “kalamushlar” esa, bir qismi ishdan olindi, boshqalari hibsda.

Bugungi saytimiz mehmoni — O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan jurnalist, sobiq deputat Jahongir Muhammad. Ochig’ini aytadigan bo’lsak, jurnalistning Feysbukda yozib qoldirgan mana shu kichik posti bizni shu suhbatni uyushtirishga undadi: Continue reading

Savollarga javoblar

Мирзиёевнинг ҳокимлари билан Худоёрхоннинг ҳокимлари ўртасида фарқ борми?

Sarvar Usmon. “Ozodlik”. Sarlavhaga chiqarilgan savolni AQShda yashayotgan jurnalist Jahongir Muhammadga Farg’ona viloyat hokimi Shuhrat G’anievning toshloqliklar sha’niga aytgan haqorati munosabati bilan berdik. Suhbatdoshimiz boshqa bir mavzu yuzasidan fikr bildirar ekan, O’zbekistonning AQShdagi elchixonasi xodimlaridan eshitgani – bir yangilik bilan ham o’rtoqlashdi.

https://www.ozodlik.org/a/ozodnazar/28998150.html

Savollarga javoblar

“Karimovni uch-to’rtta olim aldab qo’ygan edi”

Sarvar Usmon/Ozodlik. Vatan nimayu Vatanizm nima ekanligi, fuqaroparvar bo’lib borayotgan hukumat, O’zAning o’zgarib borayotgan stilistikasiyu shoshma-shosharlikni yoqtirmaydigan til haqida gaplashdik AQShda istiqomat qilayotgan jurnalist Jahongir Muhammad bilan OzodNazarning bugungi sonida.

https://www.ozodlik.org/a/ozbekiston-ozodnazar/28978977.html

Ўзгармаган мавзулар

Ўзбекистонни ўзбекларсиз оёққа қўйиб бўлмайди

Президент Шавкат Мирзиёевга!

Ўзбекистонда янги давр бошланди. Мамлакат ичидаги ва ташқарисидаги ўзбеклар Сизга катта ишонч билдирдилар. Сайловдаги ғаланбангизни қутладилар. Ўзингиз ҳам буни ҳис этганингиз ва ишончни оқлаш учун хизмат қилишингизни айтганингиз, кўпчиликда келжакка умид уйғотди.
Аҳли некбинлар биладики, энди Сиз ўзбекнинг лидерисиз. Ўзбек дунёнинг қаерида яшамасин, юрагининг бир четида ватанини сақлайди. Сиз ана шу Ватанда бугун лидерсиз! Демак, бу катта маъсулият ва катта юкдир!
Бугун ўзбеклар дунёнинг турли бурчакларига тарқаб кетдилар. Бир томондан ёмон, иккинчи томондан яхши. Ёмонлиги улар ўз ихтиёрлари билан кетмадилар. Ҳаёт ташвишлари, қийинчиликлар, муаммолар уларни шунга мажбур қилди. Яхшилиги эса бугун Ўзбекистоннинг дунёнинг ҳамма бурчида тамсилчилари, кўнгилли элчилари бор.
Continue reading

“Yer ostida ilon qimirlsa ham bilaman”

 

Ozodlik radiosi/Sadriddin Ashur: OzodnazarPlus eshittirishining bugungi mehmoni AQShda yashayotgan yozuvchi va jurnalist Jahongir Muhammad prezident Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasidan inqilob yasash kerak emas dedi. Jahongir Muhammad nazaricha, prezidentning bu majlisda aytgan gaplarining 90 foizi uning bir yillik faoliyati davrida bir necha marta aytilgan.

“Prezidentning bu chiqishidan so’ng, menda ko’pchilik go’yoki qayiqning bir tomoniga o’tib olganday taassurot uyg’otdi. Bunday holatda qayiq bir tomonga og’ib qoladi va bu xatarli”, deydi Jahongir Muhammad.

Jurnalist fikricha, prezident aytgan juda ko’p muammolar bir qo’ng’iroq bilan hal qilish mumkin bo’lgan:

“Masalan, viloyatlar orasidagi behisob postlarni Ichki ishlar vaziriga telefon qilib, “yo’qot bu postlarni” deb aytsa masala hal edi. Yoki jurnalistlar uchun maxsus universitet ochish shart emas, uning o’rniga barcha redaktorlarni yig’ib “muammolarni ochiq yozinglar” desa tamom vassalom, zo’r jurnalistlarni ana o’shanda ko’rasiz”, deydi Jahongir Muhammad.

Islom Karimov: Bu xalqning onasini…

Mirziyoyevning ustozi kim?

Аян Калмурат

Жахангир Маматов:
“Было бы замечательно, если бы обсуждение алфавита проходило сообща, чтобы была возможность выяснить, какой вариант латиницы будет удобным для всех тюркоязычных народов”
Жахонгир Маматов – узбекский политик, лингвист и писатель. В 1993 году при первом президенте Узбекистана Исламе Каримове был арестован за оппозиционную деятельность и заключен в тюрьму. Сбежав из тюрьмы, Жахонгир Маматов отбыл за границу и создал оппозиционное движение «Демократический конгресс Узбекистана». 62-летний политик и лингвист сейчас живет с семьей в США.

Continue reading

Аян ҚАЛМҰРАТ:

Өзбек лингвисі: «Латын» халықты жас пен кәріге қақ жарды

Жахонгир Маматов-Өзбекстандық саясаткер, лингвист, жазушы. Өзбекстанның тұңғыш президенті Ислам Каримовтің режимі тұсында (1993 жылы) оппозициялық қызметі үшін түрмеге қамалған. Түрмеден қашып шетелге кетіп қалған Жахонгир Маматов «Өзбекстан демократиялық конгресі» оппозициялық қозғалысын құрған. 62 жастағы саясаткер әрі лингвист отбасымен АҚШ-та тұрады. Continue reading

Kamronbekning hayotidan

Yanvar oyida 3 yoshga kiradigan nevaram Kamronbek bilan ayvonda o’tirgan edik, bir yarim yoshli ukasi Doniyorbek:
-Ana Quyosh ketti,-dedi barmoqchasi bilan оsmonni ko’rsatib.
-Yo’o’o’,-dedi Kamronbek.-Quyosh ketmadi. Uni bulut yopdi.

***

-Kamronjon sizni yomonam, yomonam yaxshi ko’raman,-dedi buvisi.
-Nanajon, yomon so’zni ko’p ishlatmang!

***

Uchinchi qavatdan pastga tushayotgan edik. Kamronbekning qo’lida to’rt-beshta o’yinchoq:
-Bittasini pastga otib yubor,-dedim.-Tushganda olamiz.
-Yo’o’o’ bobojon, odamlarni boshiga tegadi!

JM 4 noyabr. 2017 y.

***

Камронбекнинг ҳаётидан

Январ ойида уч ёшга кирадиган неварам Камронбек билан айвонда ўтирган эдик, бир ярим ёшли укаси Дониёрбек:
-Ана Қуёш кетти,-деди бармоқчаси билан осмонни кўрсатиб.
-Йўўў,-деди Камронбек.-Қуёш кетмади. Уни булут ёпди.

***

-Камронжон сизни ёмонам, ёмонам яхши кўраман,-деди бувиси Камронга.
-Нанажон, ёмон сўзни ишлатманг!

***

Учинчи қаватдан пастга тушаётган эдик. Камронбекнинг қўлида тўрт-бешта ўйинчоқ:
-Биттасини пастга отиб юбор,-дедим.-Тушганда оламиз.
-Йўўў бобожон, одамларни бошига тегади!

ЖМ
4 ноябр, 2017 й.

IAK. PDF formati

 

Jahongir Muhammad:

“IAK” (Memuar)IAK-lotin_pdf

Жаҳонгир Муҳаммад:

ИАК”(Mемуар)IAK_kirildaPDF

Shunchaki fikrlar

Internetning katta xizmatlaridan biri shuki, xalqni oyoq uchida ko’rsatganlarni xalqning oyoq uchiga tushirib qo’ydi.

XXX

Ishni o’zimizni isloh qilishdan boshlash kerak, deymizu boshqalarni isloh qilishga kirishamiz. Hamma balo mana shu “dahoizm”da!

JM

Jurnalist juzdoni

17. “Bo’tam”

Hozirgi “Zarafshon” ro’znomasi Sovet davrida “Lenin yo’li” deb nomlanardi. Gazetaning “Qishloq xo‘jalik” bo’limida mudir edim. Bo’limda Asqar Jalilov degan jurnalist ishlardi. Doim yuzi kulib turar, soddaligi va samimiyligi chehrasiga chizib qo’yilgandi. U hammaga “Bo’tam” deb murojaat qilardi. Yoshi bizdan ulug’ bo’lgani uchun bu so’z og’ir botmasdi. Uning bu “vizit kartochkasi”ga shunchalik o’rganib ketdikki, oxiri o’zini “Bo’tam” deydigan bo’ldik.
U Kattaqo’rg’ondan Samarqandga qatnab ishlardi. Saharlab yo’lga chiqib, to’g’ri kelgan mashinaga “ilinib” kelardi. Ba’zan bizdan oldin, gohida kechikib kelar va darhol bo’limdagi mashinka oldiga o’tirib, tinmay “tiqillatardi”, bir qo’llab nimadir yozardi. Lekin qog’ozni deyarli almashtirmasdi. Boshini ko’tarib atrofga ham qaramasdi.
Ishdan keyin Samarqandning o’sha kezda xalq orasida “Povorot” degan joyiga kelib, yo’l mashinalariga qarab turar va “bo’ta”laridan biri uni bekаtdan “yulib” ketardi.

Continue reading

“Ozodlik” radiosida

Mirziyoevning ortidan O’zbekistonga Amerikadan kimlar ketdi?

Sarvar Usmon/Ozodlik: Sarlavhaga chiqarilgan savolga AQShda yashayotgan jurnalist Jahongir Muhammad o’zida bor javobni berdi. Lekin uning javobi to’liq bo’lmasligi ham mumkinki, savolni Siz tinglovchi uchun ham ochiq qoldiramiz: Mirziyoevning ortidan O’zbekistonga Amerikadan kimlar qaytdi? Javobingiz bo’lsa, yozing.

Bugungi OzodNazarda suhbatdoshimiz muhim bir yangilik bilan o’rtoqlashdi: Continue reading

Ziyo NUR

якуний 2-қисм

МАХСУС СОН: ПРЕЗИДЕНТ Ш.МИРЗИЁЕВНИНГ БМТ БОШ АССАМБЛЕЯСИНИНГ 72-СЕССИЯСИДАГИ МАЪРУЗАСИГА ДОИР СИЁСИЙ-ИҚТИСОДИЙ ТАҲЛИЛИЙ ДАСТУР (якуний 2-қисм)
(эшиттириш)

Ziyo Nur
28.09.2017

Аввал хабар қилганимиздек, Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 19 сентябрь куни БМТ Бош Ассамблеясининг 72-сессиясида сўзлаган нутқи юзасидан бир қатор хориждаги экспертлар билан 24 сентябрь, якшанба оқшомида суҳбатлашганмиз.

Президент маърузасида тилга олинган асосий масалаларни соҳа мутахассислари иштирокида сиёсий-иқтисодий жиҳатдан атрофлича таҳлил қилганмиз.

Мазкур эшиттиришимизнинг 1-қисмини Ziyo Nur студиясининг Youtube канали орқали: https://www.youtube.com/watch… манзилда тинглашингиз мумкин.

Қуйида эса, дастуримизнинг якуний 2-қисмини тинглайсиз.

Эслатиб ўтамиз, дастуримизда: Continue reading

SH.MIRZIYOYEVNING BMT BOSH ASSAMBLEYASIDAGI MA’RUZASINING SIYOSIY TAHLILI (1-qism) – Ziyo NUR

BBCUzbek: Jonli muloqot

Мирзиёев билан учрашув: айтилмай қолган гаплар

BBC O’zbek хизматининг навбатдаги OK LIVE жонли дастури Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёевнинг АҚШга сафарига бағишланди. Нью-Йоркда Президент Мирзиёев АҚШда яшаб фаолият юритаётган ўзбекистонлик ватандошлар билан учрашди. Ушбу мулоқот мамлакат ичкарисида ҳам, четда ҳам жуда илиқ қарши олинди. Аммо, шу билан бирга, айтилмай қолган гаплар ҳам бўлди. Улар қайсилар эди? BBC O’zbekнинг OK LIVE жонли мулоқоти иштирокчилари -“Америка овози” мухбири Навбаҳор Имамова, Ўзбекистон парламентининг собиқ аъзоси Жаҳонгир Муҳаммад ва ҳуқуқшунос Суҳроб Исмоилов ана шу ҳақда суҳбатлашдилар. Дастур бошловчиси Шодиёр Сайф.

OzodNazar

“Ko’p narsa kutsangiz ko’p ranjiysiz”

Prezident Shavkat Mirziyoevning 19 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasida so’zlagan nutqi yuzasidan fikrlari bilan OzodNazar mehmoni, AQShda yashayotgan Jahongir Muhammad o’rtoqlashdi.

https://www.ozodlik.org/a/28746927.html

“Quvg’in” romanining PDF formati

Jahongir Muhammad: Quvg’in_lotinda

Жаҳонгир Муҳаммад: Қувғин-кирилда

PDF formatida

O’quvchilarning istagiga ko’ra

Jahongir Muhammadning “Assassin” tarixiy-zamonaviy romani.

PDF assassin_lot

 

Жаҳонгир Муҳаммаднинг “АССАССИН” тарихий-замонавий романи.

PDF assassin_krilda