Jahongir Mamatov: 220 latifa

jm11.jpg

 

O’NG SO’Z O’RNIDA

Navoiy hazratlarining “Turkni yakqalam qildim” degan iboralari bor. Ul ulug’ zotning panjalariga panja urmoq nafaqa tmushkul balki mumkin ham emas. Ammo men mustaqillik yillarining keyingi davrini hayotini latifa qildim, tog’rirog’i saroy va unga yaqin doiraning latifa hayotini qisqa satrlarga ko’chirdim. Ishonmasangiz oqib ko’ring, bular to’qib chiqarilgan latifalar emas, kundalik hayotning achchiq hajvlardagi in’ikosidir.(2000-2004 yillar)

Muallif.

1.”ISLOM AKAM…”

 

-Saddamning Bog’dodda yo’lning ustiga ikki qilichning uch qismini ikki tomondan keltirib, bir-biriga tekizib, qurgan ramziy ko’prigi Islom akaga juda yoqib qolgan, ayniqsa uning ostidan odamlar o’tib turgan manzarani takror-tarkror ko’radilar, sizlar ham shuni tez-tez ko’rsatib turinglar,- dedi maslahatchi televideniye xodimiga.

-Ha, Islom akam ham odamlarni qilichning ostidan o’tkazishni yaxshi ko’radilar-da,- dedi jurnalist.

 

2.QISQARTIRISH PLANI

 

-Islom akam odamlarni qisqartitish planini tuzdilar,- dedi hukumatdagi bir odam tanishiga.

-Qancha odamni qisqartirmoqchi ekanlar?- soradi tanishi.

-Bilishimcha 25 million odamni!-dedi hukumat mulozimi.

 

3.DAVRNI BELGILGAN ODAM

 

-Eshitdingmi, Moskvada “Trud” gazetasi o’zbek olimlari Murod Sharifxo’jahev bilan Faxri Rahimovlarning Karimov haqida “Davrni belgilagan odam” degan kitobini nashr etibdi,- dedi bir talaba ikkinchisiga.

-Ha, Karimov haqiqatdan ham O’zbekistonning ma’lum bir davriga o’z tamg’asini urgan odam, u diktatura, zulm, yolg’onchilk va sharmandagarchilik davrining otasidir,- dedi ikkinchi talaba.

 

4.QOCHISH YO’LI

 

-Sammit uchun qurilgan binoni oliy darajali uchrashuvdan oldin Karimovning o’z borib tekshirdi. Terroristlar hujum qilishi mumkin degan gap eshitganmish,- dedi bir mirshab ikkinchisiga.

-U bizlarga ham ishonmay qo’ygan. Bir gap bo’lsa qanday, qaysi yo’l bilan qochish kerakligini bilib qaytgan, shekilli- dedi ikkinchi mirshab.

5.KARIMOVNING YULDUZI

Prezident kechqurun bog’da aylanib yurar ekan, yulduzshunos folbinni chaqirtirib:

-Yulduzlarimizga qarachi, ular Amerikaga qarayaptimi yoki Rossiyagami yo bo’lmsa Xitoygami?- dedi.

-Mening yulduzim sizga qarayapti. Sizniki esa ko’rinmayapti,- dedi osmonga tikilgan folbin.

-Nega ko’rinmaydi?-so’radi Karimov.

-Hayronman, so’nayotgan bo’lsa kerak,- dedi folbin.

6.XOTININING JAVOBI

Prezident kutilmaganda xotinining qo’yniga kirdi va soradi:

-Bir marta to’g’risini ayt, hayotingda hech begona erkak bilan yotganmisan?

-Ha, ilgari bir marta yotganman, bugun ikkinchisi,- dedi xotini.

7.BAHONA

Prezident xotini bilan yotgan edi, birdan xotinini turta boshladi.

-Nega turtasiz,- dedi xotini.

-Yaxshi xotin bo’lmaganing, o’zingni yosh saqlamaganing uchun,- dedi prezident.

Oradan ko’p o’tmay xotini erini turta boshladi.

-Nega turtasan, axmoq xotin, -dedi eri.

-Haramda yosh qizlar bilan bo’lib qaytib, endi menga teskari qarab yotganingiz uchun,- dedi xotini.

8.QANDAY BO’LSA O’SHANDAY

-Bir haftadan beri qabulingizda kutaverib, ochlikdan yiqilay deb qoldim, ovqatning ta’mini ham unutib yubordim,-dedi qariya Karimovga.

-Parvo qilmang, ovqatning ta’mi o’zgargan emas, qanday bo’lsa hali ham o’shanday,- dedi Karimov.

9.IQROR

-Ismat Xushev “Amerika ovozi”ga interviyu berib, hamma gaplarni aytib, “Hamma ishni Karimovning topshirg’i bilan qilganman” deb iqror bo’libdi,- dedi maslahatchi.

-Ishqilib haramdagi gaplarni aytmabdimi?- so’radi prezident.

-Keyingi payt uni haramdan uzoqlashtirgan edik,- dedi maslahatchi.

-Nega menga aytmasdan qildinglar bu ishni,- baqirdi prezident.

-Bir kuni shunday iqror bo’lishini bilardik-da,- dedi prezident.

-Yo’qol ishdan aydalding,- dedi prezident.

-Sening ham bir kun iqror bo’lishingni bilaman. Yo’qol, hozirroq farmonni ham chiqarman.- dedi Karimov.

10.SABAB

-Nega muxolifat liderlari Karimovning iste’fo berishini talab qilmaydilar?,- deb so’radi bir talaba ikkinchisidan.

-Chunki Karimov iste’fo bersa, demokratiya boshlanadi va ular ham iste’fo berishlari kerak-da,- dedi ikkinchi talaba.

11.YOPISHIB QOLGAN

-Karimov o’zini qayta-qayta saylatib taxtda qolishini tushunish mumkin. Agar ketsa, o’sha kuni toshbo’ron qilishlaruini o’zi ham biladi. Lekin partiya raisligiga Karimov bilan bir vaqtda “saylangan” Muhammad Solih 10 yildan beri chet elda bo’lsa ham nega egardan tushgisi kelmaydi? ERK partiyasi uchga bo’linib ketsa ham u egardan ajralgisi kelmayotganini qanday tushunish kerak?- deb so’radi bir “Birlik”chi bir “Erkchidan.

-Menimcha egar yopishib qolgan bo’lsa kerak, bunday paytda kimning ham sharmanda bo’lgisi keladi, yoki bu ishni sizning raisingiz boshlashini kutmoqda- deb javob qildi “Erk”chi.

12.HAMMASI OCHIQ

-Asqar Akayev butun boyliklarining ro’yxatini e’lon qilibdi.Unga ergashib Nazaraboyev ham shunday qilmoqchi? Biz nima qilamiz,- dedi masalahatchi Karimovga,-buning ustiga muxolifat bizning prezident o’z boyliklarini qachon e’lon qiladi deb radiolarga chiqab jar solmoqda.

-Bu muxolifating axmoq deb sanga necha marta aytdim. Bizning yashiradigan joyimiz yo’q.O’zbekistonda nima boru nima yo’qligini bilishmasa ana, statistika ma’lumotlarini olib o’qishsin. Hammasi ochiq yozib qo’yilgan,-dedi Karimov.

12.”YIRTQICH”

-Eshitdingmi, bugun xalqaro Chegra tanimas jurnalistlar tashkiloti Islom Karimovni “yurtqich” deb e’lon qildi,- dedi bir muxolifatchi ikkinchisiga.

-Ha, radiodan eshittim, lekin u aslida ham “yirtqich” edi-ku! Axmoqni axmoq deb e’lon qilish bilan u aqlli bo’larmidi? -ajablandi ikkinchisi.

13.BIR GO’R

-Karimov bilan Madaminov orasida qanday o’xshashliklar bor?- deb so’radi bir muxolifatchining o’g’li otasidan.

-Juda ko’p. Masalan, Karimovni maqtasang yaxshi odam hisoblanasan, tanqid qilsang g’arazgo’ysan. Madaminovni maqtasang yaxshi odamsan, agar tanqid qilsang, yoki uni maqtamay qo’ysang g’arazgo’y nomini olasan. Karimovni tanqid qilsang seni onangni deb so’kadi, Madaminovni tanqid qilsang ham boshing iflos so’kishlarni eshitishdan qutulmaydi. Xullas, ikkalasi ham bir go’r!- dedi otasi.

-Tavba,qanday bir go’r bo’ladi, bittasi Toshkanda, ikkinchisi chet elda bo’lsa?- hayron bo’ldi bola.

-Hayron bo’lma, Interent go’rlarni ham birlashtirib yubordi. Sen ham boshingni ko’p Internetga suqaverma, chiqarib ololmay qolasan,-dedi otasi.

 

14.SAYLOVOLDI SUHBATI

 

-Qurultoyda partiya raisligiga Dilshodni ko’rsatsak,- dedi partiya kotibi sobiq raisiga.

-Yo’q, uning kelib chiqshi tojik, ehtiyot bo’lishimiz kerak,- deb javob qildi sobiq rais.

-Gulnorani ko’rsataylik bo’lmasa…

-Uning kelib chiqishi qozoqligini bilmaysizmi?

-Abdusamad-chi?

-Uning qirg’izligini hamma biladi.

-Norqulbekka nima deysiz?

-U eroniylardan

-Orifjonchi?

-U pirsiyonlardan…

-Mamatqulchi?

-U mang’itlardan..

-U holda partiyamizda birorta ham o’zbek yo’q ekanda?

-Mana men borman.

-Sizning Sparmurod Niyozovning urug’idan, taka turkmanligingizni hamma biladi-ku,-dedi kotib.

-Sizning ham tatar bilan qo’shimchangiz borligidan xabardormiz!- o’shqirdi sobiq rais.

15.”O’ZIMIZGA KERAK”

-Amerikalik mehmon yana nimani talab qildi?- deb so’radi Prezident Tashqi ishlar vaziridan.

-Haligi, besoqolboz Ruslanni ozod qilishimizini istashdi, yo’q deb javob qildim,- dedi vazir.

-To’gri qilibsan, qo’yib yuborsak Amerikaga olib ketishadi, yaxshigina bola ekan, o’zimizga kerak,- dedi Prezident.

16.OLDINGA SILJISH

-AQSHning “Parad” jaridasi yan bizni diktatorlar ro’yxatiga kiritibdi,- dedi maslahatchi Karimovga.

-Bu yil menga nechnachi o’rinni berishibdi, qiziqdi Karimov,

-O’n ikkinchi,- dedi maslahatchi.

-Xudoga shukur, oldinga siljibmiz, axmoqlar o’tgan yili yigirma beshinchi o’rinni berishgandi.

Keyin ro’yxatni ko’rib baqirib yubordi: – Nega axmoq Saparmurod Niyozov bizdan oldinda!

17.JARIMA

-Qiziq qamoqda qiynoqdan o’lgan bolasining aybdorlarini qidirib yurgan Muqodirovani Karimov nega qamadiyu nega qo’yib yubordi? – deb o’rtaga savol tashladi mamlakatdan tashqarida ishlayotgan bir fuqaro.

-Qamoq to’lib ketgandir-da,- dedi ikkinchi fuqaro.

-Menimcha, Karimovning tushiga onasi kirgan va “Bolam, bunday qilma!” deb aytgan bo’lsa kerak,-dedi uchunci fuqaro.

-Onasining ruhi ham undan qo’rqadi, uning tushiga kirish nimasi?- dedi to’rtinchi fuqaro.

-Karimov Muqodirovani shunday qo’yib yuborgan emas, 280 ming so’m jarima soldi. O’zbeksitonda bir narsadan norozi bo’lishdan, gapirishdan oldin yig’ib qo’ygan pulingiz bo’lishi kerak. Chunki Karimov norozi bo’lganlarni o’ldirib, onasidan jarima oladi,- dedi beshinchi fuqaro.

-Zotan shuning uchun chetga kelib, pul topalayapmizda,- dedi oltinchi fuqaro.

Qolganlar esa sukut saqlardilar. Chunki ularning hali to’plagan pullari yo’q edi.

18.FARQ

-Karimov bilan o’zini unga raqib deb bilgan ERKning sobiq raisi Muhammad Solih orasida qanday farq bor?- deb so’radi o’quvchi o’qituvchidan.

-Deyarli farq yo’q. Ammo Karimov o’zining dushmanlari, jumladan Muhammd Solih haqida ham kitob yozganlarga mukofot- mansab beradi. Muhammad Solih esa Karimovni esdan chiqarib, o’zi yomon ko’rgan odamlar haqida uydirmalar bitib, o’zini esa maqtab bohsqa bir laqmaning nomidan nashr etadi, unga pul ham beradi, keyin kitobni web sahifasida qo’yib, har kuni o’zi tomosha qilib o’tiradi.

-Karimovni dunyodagi eng battol,ichi qora, axmoq odam degan edingiz, Muhammd Solih undan ham battar , aqldan ozgan ekan-ku,- ajablandi o’quvchi.

-Ha, ya,- dedi o’qituvchi,-aks taqdirda Karimov 15 yildan beri taxtda emas, Osloda o’tirgan bo’lardi.

18.ASOSIY MASALA

“Moskvada muxolifatning bo’limi ochildi,- deb xabar tarqatdi muxolifatning web sahifasi.-O’zbekistondan chiqib ketgan yuzga yaqin kishi bu bo’limga a’zo bo’ldi. Bo’limning ilk majlisida qaysi mamlakatdan siyoisy boshpana olish uchun muxolifatning tavsiyanomasi qancha turishi va pullarni rubldami yoki dollardami topshirish muhokama qilindi”.

19.HAYVONOT OLAMIDA

“Olisdan uchub kelgan boshi katta, tumshug’i uzun Qizilishton o’rmondan quvililb tog’likdagi arshazorda in qurgan olachipor patli, yelpig’ichsimon tojli, qayrilma tumshuqli, hashorotxo’r Sassiqpopishak bilan muzokara bashladi. Tomonlar qanday qilib birgalikda ayyor Tulkiga qarshi kurashish borasida fikr almashdilar. Qizilishton tog’likdagi boshqa hayvonlar bilan ham rasmiy uchrashuvlar o’tkazishni mo’ljallagan. Sassiqpopishak bilan esa muzokaralar ertaga davom etadi”,- deb yozdi O’rmon xabarlari web sahifasi.

-Tulkiga qarshi kurashib nima qilasizlar? Qo’yinglar u ham kunini ko’rsin, o’rmon katta-ku,- deb fikrini bildirdi o’quvchi hayvonlardan biri web sahifaning mehmonlar kitobida.

“Muzokarlarning ikkinchi kuni tomonlar qanday qilib Tulki bilan hamkorlik qilish yo’llarini qidirdilar” deb yozdi web sahifa keyingi kungi xabarida.

-Tulki nafaqat og’zingizdagi pishloqni olib qo’yadi, balki o’zingizni ham tushlikka qoldirmay bitiradi,- deb yozdi yana bir o’quvchi hayvon.

-E, nima qilaylik? Biringiz unday deysiz, biringiz bunday. Bizni boqadiganlar ham kecha tulkiga qarshi bo’lsa, bugun uni himoya qilishmoqda,- deb bayonot berdi Qizilishtonga hamrohlik qilgan va hamma vaqt jim turadigan qora va kul rang patli Ola qarg’a bu safar quloqlarni qomatga keltiradigan darajada qag’g’illab..

-Jig’ildon bo’shasa gung ham gapga kirarkan,- deya kesatib yozdi Mehmonlar kitobining o’quvchi hayvonlaridan boshqasi.

 

20.QARINDOSH -URUG’CHILIK

 

-Ana u faqat mahalliychilk qilib, hammayoqni kelgindilar bosib oldi, der edi. Endi o’zi qarindoshlarini to’plab partiya tuzibdimi?deb so’radi jurnalist muxolifatchidan.

-U xalqqa emas, qarindoshlariga, ya’ni qarindosh-urug’chilikka ishonadi-da!,- javob qildi muxolifatchi.

 

21.SABAB

 

-Nega muxolifatdagi hamma partiyalarni aka-ukalar, er-xotin, tog’a jiyanlar tuzishgan?-so’radi bir ziyoli ikkinchisidan.

-Grantlarini begona bilan baham ko’rgilari kelmaydi-da.- deb javob qildi u.

 

22.ENG YAXSHI DIKTATURA

 

Karimov maslahatchisiga:

-Bizning diktaturani buncha yomonlashadi. Xo’p, dunyoda eng yaxshi diktatura qayerda ekan, ko’rsatib berishsinchi?- dedi.

Maslahatchi o’ylab ham o’tirmasdan javob qildi:

-Dunyodagi eng yaxshi narsalarning hammasi o’zimizda,oqsoqol!

 

23.RASHIDOVNING XATOSI

 

-Odamlarga biroz yaxshilik ham qilsangizmi, o’lganingizdan keyin sizni ham Rashidovga o’xshatib, ko’rdan chiqarib tashlamasinlar tag’in?,- dedi xotini Prezidentga.

-Rashidovning xatosini men takrorlamayman. Oldin meni go’rga tiqishi mumkin bo’lganlarning hammasini go’rga tiqaman, bildingmi, deb javob qildi Prezident.

 

24.ERTAGA

 

-Ertaga o’lib ketsangiz…,- deya gap boshlagan xotinini Prezident to’xtatdi.

-Kim senga aytdi, ertaga o’lishimni, yoki birovlar bilan til biriktirdingmi?

 

25.”MENI TINCH QO’Y”

 

-Ertaga o’lib ketsak.. deya yana gap boshlagandi xotini Prezident jahl bilan uning gapini bo’ldi:

-Ertaga o’lsang sen o’laver, meni esa ting qo’y!

26.QACHON?

-Jo’rabekov kasalligini aytib, prezidentdan pensiya uchun izn berishini so’radi:

-Esingizdan chiqdimi, birga keldik, o’lguncha birga bo’lamiz, degandingiz,- dedi prezident.

-Rostdanmi, qachon o’lmoqchisiz?- soradi Jo’rabekov.

27.TOVUQ

-Meni Rashidov fondiga rahbar qilib qo’ysangiz, qarilikda donimni o’sha yerdan terib yursam,- dedi Jo’rabekov Karimovga.

-U yerda tovuqlarga o’rin yo’q,- dedi Prezident.

28.JAMG’ARMAXO’R

-Nega Rashidov jamg’armasida ishlashni istayapsiz?- soradi Karimov Jo’rabekovdan.-Nafaqani yeb yotavermaysizmi?

Jo’rabekovning o’rniga maslahatchi javob qildi:

-Nafaqa jamg’arma emasda…

-Bo’lmasa Ismoil Hakimovichni bundan keyin nafaqaxo’r emas, jamg’armaxo’r deymiz,- kesatdi Karimov.

29.HUKM

O’zbekiston Islomiy Harakatining vakili Aziz Karimovni sud o’limga hukm qildi. Maslahatchi Prezidentga:

-Shuni avf etsangizmikan, xorijda “Karimov o’limga hukm etildi” deb yozishmoqda, bu kesatiqdan qutulgan bo’lardik,-dedi.

-Qutulib bo’psan,- dedi Karimov,-keyin “Karimov avf etildi” deb yozishadi. Nima men bir gunoh qilganmidim?

30.OSH VAZIR

-Shavkat qani?- deb so’ardi Karimov ertalab ishga kelishi bilan.

-Janob Mirziyoyev ertalab bir tanishimnikiga oshga o’taman, keyin ishga kelaman, degandilar,- javob qildi kotiba.

-Men uni osh vazirlikka emas, bosh vazirlikka tayinlaganman! Kimdan so’rab ketdi? Aytib qo’y, kelganda joyida tosh vazir bo’lib o’tirsin, bo’lmasa mosh vazir qilib yuboraman, bo’sh vazir bo’lib yuradi,- dedi Karimov.

31.ESHAK MIYA

Bir lofchi maqtandi:

-Men tovuqdan odam yasashni yo’lga qo’ydim. Qaqirlgani qaqirlagan!

Ikkinchisi javob qildi:

-Men itning miyasini odamga o’rnatdim, o’zimga muxolifat bo’ldi, hurgani hurgan.

Uchinchi lofchi pinagini buzmay:

-Men eshakning miyasini ho’kizga o’rnatib, odam qiyofasiga solgandim, mana o’n ikki yildan beri o’zimga prezidentlik qilmoqda,- dedi.

32.HUKUMATNING ODAMI

-Ana u ham hukumatga ishlamoqda,- dedi muxolifatchi rahbarning kassiri, rais o’rinbosarini qoralab.

-Hukumat uning ustidan ish qo’zg’ab tergov qilmoqda-ku! Qanday qilib uni hukumatga ishlayapti deysiz?- ajablandi muxolifatchi.

-Hukumat shunday qilib qo’lga oladi-da, ko’rmayapsizmi, rahbarimizni tanqid qilib yuribdi.

-Ha, endi rahbarning o’zida ham rahbarlik qolmagan-da! Kamchiligi ko’p-da. Diktatorlikda Karimovdan oshib tushmoqda. Bilmayman nega biz muxolifatmiz o’zi?!

-Voy, men axmoq sizga ko’ngil ochib yuribman-a, siz ham hukumatning odami ekansiz-ku?!- dedi raisning kassiri va qo’l siltab ketib qoldi.

33.SHIOR

-Chet el radiolarining hamkorlaridan ba’zilari nega muxolifatchilikni grant olish deb bilganlarga buncha sadoqatli bo’lib qolishdi?- ajablandi tinglovchilrdan biri.

-Radiodan quvilib qolishini sezganlari shunday bo’ladi, quvilsa nima qiladi? Chet elga ketishi yoki muxolifatning grantiga sherik bo’lish kerak. Ularning shiori: Bir eshik yopilmoqdami, ikkinchisini och!

34.ORZU

-Karimovga qarshi kurashsam jannatga ketamanmi?- deb so’radi soqoli sabza urmagan dindor yigitcha Muftiydan.

-Karimovga qarshi kurashsang jannatga emas, Jasliqqa ketasan!- deb javob berdi Muftiy.

35.TOSH OTISH

-Karimovga qarshi tinmay tosh otaveringlar, bittasi tegmasa, ikkinchisi tegadi,- dedi muxolifat rahbari.

-Tosh otish bilan ish bitganda 14 asrdan berii Minadagi shyaton bir yoqlama bo’lardi,- dedi oddiy muxolifatchi pinagini buzmasdan.

36.SIYOSIY BOSHPANA

-Jannatdan siyosiy boshpana olish mumkinmi?- soradi dindor yigit Muftiydan.

-Mumkin, Minaga borib sahyatonga tosh otsang, men o’zim tavsiyanoma yozib beraman,- deb javob qildi Muftiy.

37.SAYLOV

-Amerkada saylovda Bush yutadimi, yutqazadimi?- deb so’radi talaba domlasidan.

-Sen uning Karimovdan maslahat olib-olmaganini aytsang, men uning yutib- yutmaganini aytaman,- dedi domlasi.

38.DO’ZZAXDA HAM…

-Karimov kasal, ana ketadi, mana ketadi,- deb yozdinglar qani jin ham chalmadi-ku?- deb so’radi bir muxolifatchi ikkinchisidan.

-Xudoga yoqib qolgan bo’lsa kerak,- dedi u.

-Yoqib qolganda olib ketardi, yoqmay qolgan desang-chi, bu borib do’zzaxda ham diktatura o’rnatishi mumkin-da!-suhbatga aralashdi uchinchisi.

39.XOTIN

-Erni er qiladigan ham, xotin, qora yer qiladigan ham xotin, deyishadi, Ana Uning xotini urus. O’zi esa prezident bo’lmoqchi.Bunga nima deysan?- so’radi bir muxolifatchi ikkinchisidan.

-O’zing aytayapsanku, xotini urus deb, o’sha uni prezident qilmqochidir-da,- javob qildi ikkinchisi.

40.IMKONIYAT

-Ana U muxolifatchilar haqida yozgan kitoblariga nima uchun boshqalarning ismini qo’yib chiqaradi?- so’radi bir o’quvchi ikkinchisidan.

-Chunki bu kitoblar hojatxonaga ketishini o’zi ham biladi-da, javob qildi ikkinchisi.

-Ismini qo’yishga rozi bo’lganlar-chi?- yana savol berdi birinchi o’quvchi.

-Ular ham biladilar, bu ularga bir imkoniyat, boshda rasmlarini qo’yish sharti bilan ismlarini berishga rozi bo’ladilar,- dedi birinchi o’quvchi.

41.BECHORA

-Stalin,Lukashenko va Karimov bir kichkina xonada boshlarini Stalinning oyoqlariga qo’yib uxlab yotgan ekanlar,- deya hikoya boshlagan talabaning so’zini ikkinchisi bo’ldi:

-Kutilmaganda Putin kirib keldi… Endi ikkinchi talabaning so’zini uchinchisi kesib:

-Va borib Stalinning bir oyog’iga bosh qo’ygancha uyquga ketdi,- dedi.

-Lukashenko-chi?- deb so’ragan talaba:

-U Stalinning ikkinchi oyog’iga bosh qo’yib uxlayotgandi,- degan javob olishi bilan,

-Bechora Karimov!- deb yuborishdi hammalari bir ovozdan.

42.TO’HMATCHI KUCHUKCHALAR

Maslahatchi Karimovning huzuriga kirib: -Ablahlar yana sizni tanqi qilishayapti,-dedi.

-Nega menga aytasan, ularga qarshi ig’vogar itni ishga solsangchi, Osloda osilib o’tiraveradimi?,- javob qildi Karimov.

-U tinimsiz akkillayverganidan, hamma uning bizga xizmat qilishini bilib bo’ldi. Shuning uchun qurultoy o’yinidan ham o’tmadi,- dedi maslahatchi.

-Unda yana bir marta qurultoy… e, yo’q, suiqasd taktikasini ishga sol…

-Rostdan ham uni o’ldirib qo’yishsachi? Unda nima qilamiz?,- bo’yin burdi maslahatchi.

-Dunyoning bir qismidan savobga qolamiz, keyin ukasini uning o’rniga qo’ayasan. Qiztaloqning tili akasinikidan o’tkir. Iplos so’kishlarni yozganida mazza qilaman. Ruschani ham boplaydi. O’sadigan bola, akasi ig’vo iti bo’lsa, bu ig’vo itvachchasi. Kiprigini qimirlatmasdan har qanday to’hmatni to’qib tashlaydi.- dedi Karimov.

Maslahatchi ichida: “Oqsoqol uning allaqachon itvachchalikdan o’tib bo’lgani, endi bolalagani,kuchukchalari dunyoning bir qancha joyida ham paydo bo’lgani, bir kun kelib, akasiga o’xshab o’zimizga qarshi akkillay boshlashini bilmaydi-da” deb qo’ydi.

43.OTASINING QIZI

Gulnora Karimova “Independent” gazetasiga suhbat berdi:

Muxbir:-AQSHning sudi sizni qamoqqa olish haqida hukm chiqardi, agar notog’ri bo’lsa nega qarorni yuqori sudga appelatsiya tartibida shikoyat qilmaysiz?

Karimova:-Qilardim, ammo pulim yo’q-da!

44.SHAXS YO’Q

-Oz’bekistonda shaxsga sig’inish bor ekanmi?-so’radi G’arblik bir kishi safardan qaytgan do’stidan.

-Sig’inish bor, ammo shaxsni ko’rmadim,- dedi u.

 

45.ENG BOY

 

-Qaysi biringiz eng boy,- deb soradi Putin.

-Menda,-dedi Islom Karimov,-25 millionta qo’yim bor.

 

46.KEYINGI SAFAR

 

-Oqituvchilar Karimovning huzuriga kelishdi:

-Necha oydirki maoshlarimizni ololmayapmiz. Qo’limizda bir tiyin ham pul yo’q,-deyishdi ular.

-Bo’pti kiraveringlar, keyingi safar berasizlar,-dedi Karimov,

 

47.SHAHLIK

 

Nazarboyev, Rahmonov va Karimov borsa kelmas oroliga tushib qolishdi. Ochlik, issiqdan sillalari qurib qolishdi. Butun umidlari baliq ushlashdan edi. Rahmonov Karimovga yur, desa u bormasdan, yotib oldi. Rahmonov jahl bilan ovga borib, qaytib kelsa, Nazarboyev shashlik pishirib yeb o’tirgan ekan:

-Shu Karimov jonga tegdi. Qachon qarasang o’zini panaga oladi. Nafrat qildim, shundan,-dedi.

-Bo’pti, nafrat qilsang, yemagin,-dedi Nazarboyev.

 

48.BOLA CHAQA

 

Markaziy Osiyo prezidentlari Ostankino minorasida ichib o’tirishgandi.

-Qani telexranitellaring sanlarga qanchalik sodiqligini sinaymaiz. Sanlarga sodiq bo’lgani manashu minoradan o’zini pastga tashlasin,- dedi Rahmonov. Nazarboyevning telexranitili: -“O’dag’asi bolalarim yosh, meni avf eting,- der ekan, Akayevning telexranitili esa “Bola chaqa bor” deya iste’fo berdi.

Karimovning telexranitili o’zini otib yubordi va tasodifan tirik qoldi. Undan:

– Sen Karimovni shuncha yaxshi ko’rasanmi?-deb so’ragandilar:

-Bola chaqa bor-da,- deb javob qildi.

 

49.UNDAY BO’LSA

 

-Kimni o’zimdan keyin prezident qilib tanlasam ekan,-deb so’radi Karimov Jo’rabekovdan.

-Shavkatni-da,-dedi Jo’rabekov bamaylixotir.

-Nega?- so’radi prezident.

-Diktatura nima ekanligini dushmanlaringizga ko’rsatib qo’yadi. Ana undan keyin qadringizga yetadilar.Sizga zor bo’ladilar, yolvorib-yolvorib qaytib olib keladilar,- dedi Jo’rabekov.

-Unday bo’lsa ketib nima qilaman, bechora xalqni qiynab yuramanmi?,- dedi Karimov.

50.CHAP QO’LLAB…

Quvaytga borgan prezident qarz so’radi.

-Istaganingizcha beramiz, lekin bitta shartimiz bo’ladi,- dedi Quvayt Amiri.

-Qanday shart ekan,-dedi Karimov.

-Pora olganlarning o’ng qo’lini kesish haqida farmon chiqarasiz,-dedi Amir.

-Bosh ustiga,-javob qildi Karimov.

-Unday va’da bermang, keyin hukumatda o’ng qo’lli odam qolmaydi, pilni qanday qilib yig’amiz,- dedi maslahatchi.

-Parvo qilma, chap qo’llab olishni o’rganasizlar,-dedi Karimov.

 

51.YANGILIK

 

-Amerikada odamning boshidagi gapni o’qiydigan mashina kashf qilishibdi. Terroristlarni shu mashina bilan tekshirishayotgan ekan, biz ham sotib olsakchi?,- dedi Almatov Karimovga.

-Hammani qo’yib yuborishning yo’lini topibsan-ku, yoki hammasidan pora oldingmi?,-dedi Karimov.

 

52.EHTIYOJ

 

-Amerikada odamning boshidagi gapni o’qiydigan mashina kashf qilishibdi. Terroristlarni shu mashina bilan tekshirishayotgan ekan, biz ham sotib olsakchi?,- dedi maslahatchi Karimovga.

-Bizga terroristning boshidagi gapni o’qiydigan mashinaning keragi yo’q, bizga bizning istaganimizni terroristning boshiga yuklaydigan mashina kerak,- dedi Karimov.

 

53.YAXSHILIK

 

-“Birlik”ni ham 1999 yil portlovlariga bog’lab yubordikmi, endi,- dedi Adliya vaziri prezidentga.

-Kecha o’zing ro’yxatga olmaslik uchun yo’l qidirayapmiz degandingku, ishingni qilaylashtirib qo’ydim, sanlarga yaxshilik ham yoqmaydi,-dedi prezident.

 

54.PREZIDENT BO’LMOQCHI

 

-O’qidingizmi, ana u tentak, prezident bo’laman, deb yozibdi, birinchi farmonlari nima haqda bo’lishini ham yozibdi?,- dedi bir muxolifatchi ikkinchisiga.

– O’zingiz uni tentak, deb turibsiz-ki? Tentak bo’lgandan keyin yozaveradi-da.

 

55.BAQIROQ

 

-16 ta odamni birlashtira olmay, bitta qurultoyni eplab o’tkazaolmagan odamdan nima chiqadi?-so’radi muallim o’quvchilardan. -Prezident bo’laman, deb baqiradigan baqiroq chiqadi,-dedi siyosatchining o’g’li.

 

56.DEMOKRATIYA

 

Karimov Zayniddinni chaqirdi.

-Bo’ldimi?

-Hammasi bo’ldi. Aytganingizday qilib gapirib berdim.Ularni oqlab sizni yomonladim.

-Ko’ramiz, endi ham “O’zbekistonda demokratiya yo’q”, deydigani topilarmikan?

 

57.SIYOHSATCHI

 

-Qamoqdagilar unga qarshi gap aytsa, ular bosim bilan gapirishgan, deydi. Agar unga foydali gap aytishsa, haqiqatni aytishdi, deydi. U qanday odam o’zi?

-U siyohsatchi…

 

58.EHTIMOL

 

“Salay Madaminov O’zbekistonga prezident bo’lishi mumkinmi?”degan savolni qoldirdi bir o’quvchi “Birlik” web sahifasining mehmonlar kitobida. Unga darhol javob berishdi.

-Bo’ladi, agar Norvegiya O’zbekistonni bosib olsa!

“Abdurahim Po’latov-chi? U O’zbekistonga prezident bo’ladimi” degan savolni yozishdi keyin. Bunga ham tez javob berildi.

-Bo’ladi. Agar O’zbekiston, deganingiz websahifa bo’lsa.

 

59.NIMA BO’LADI?

 

-Karimov o’lgandan keyin nima bo’ladi?,- deb so’radi Toshkentga kelgan bir chet ellik o’zbek otaxondan.

-Qumursqalarga yeb bo’ladi?- javob qildi otaxon.

-Yo’q, O’zbekiston nima bo’ladi, deyayapman? -Qumursqalarga yeb bo’ladi,- dedi yana bamaylixotir otaxon.

 

60.AVF

 

-Ramazon hayiti munosabati bilan diniy mahbuslarga avfu umum e’lon qilaman,- dedi Karimov. Ramazon o’tib ketdi ammo avf chiqmadi. Muxbirlar Karimovga gapini eslatishdi:

-Ramazon hayitida degandimku, nima hayit bir marta keladimi? Buncha shoshazislar!

61.SAFARDA

Ramazon oyi tugab hayit kuni Karimov Bulg’oristonga bordi. -Bayramingiz muborak,-dedi prezident Georgiy Prvanov uni kutib olarkan.

-Qanaqa bayram?,- ajablandi Karimov.

-E, kechirasiz, men sizni musulmon,deb o’ylabman,- dedi mezbon.

62.O’XSHAMASA, UCHRAMAS

-Hayit kuni so’kishni istamayapman, bo’lmasa sen ablah, padar la’nati, iplosga aytadigan bir ikki og’iz gapim bor edi,- deya yozdi “Ozodbek” laqabli bir muxolifatchi Internetdagi “Birlik” sahifasining mehmonlar kitobida “O’zbek” laqabli oshnasiga.

-Mening ham hayitda so’kingim kelmayapti, bo’lmasa sen pes-moxov, xoin, andiga bir-ikki achchiqroq gap yozgan bo’lardim,-deya yozuv qoldirdi “O’zbek”.

63.BERMURD UCHBURCHAGI

-Bermud uchburchagini eshitganmisiz?,- so’radi muallim talabadan.

-Bermurdmi? Ha… Karimov, Akayev, Rahmonov-da. Ikkitasi “Ber, ber” deydi, uchinchisi, “Murd, murd”, ya’ni “O’ldi o’ldi” deydi,- javob qildi talaba.

-Kimni?

-Kimni bo’lardi, Jumani-da!

64.FARQ

-Muxolifatning kuchi bilan prezident Shevardnadze ketdi. Bu holat O’zbekistonda ham takrorlanishi mumkinmi?,- deb so’radi chet ellik muxbir Karimovdan.

-Bizda Saakashivilli va Burjanadzelar yo’q,- javob qildi Karimov.

65.SHU HAM PUL BO’LDIMI?

-Bugun MDH bo’yicha qarzdorlarni e’lon qildik. O’zbekiston ham bizdan 700 million qarz ekan,- dedi Putin Karimovga.-Shuni tezroq to’lasangiz, juda ham pul kerak bo’lib qoldi.

-Hozir yoningizda yurgan qizim Gulnoraga telefon qilaman, bitta chek yozib beradi, shu ham pul bo’ldimi?- dedi Karimov.

66.DEMOKRATIYA

-Ozarboyjonda prezidentlik otadan o’g’ilga o’tdi, buning otini ham demokratiya deyishmoqda. Gurjistonda esa xalq ishni eplolmagan prezidentni quvib yubordi. Bu ham demokratiya. Buni qanday tushunish mumkin?- deb so’ardi bir muxbir sharhlovchidan.

-Biri Sharq demokratiyasi, ikkinchisi G’arb demokratiyasi, buni tushunish uchun Aflotun bo’lish kerak emas,- deya kinoya qildi sharlovchi.

67.TA’BIR

Karimov ta’birichini chaqirtirib, tushida saylovda yutqazib qo’yganini aytib, bu nimadan ishora ekanligini so’radi.

-Bir qoshiq qonimdam kechsangiz batafsil aytib beraman,-dedi ta’birchi.

-Kechdim, gapir!-dedi Karimov.

-Bugun oyog’ingizga yiqilib yurganlarning hammasi sizdan yuz o’giradi, keyin xotiningiz va qizlaringiz ham sizni tashlab ketishadi, muxolifat bo’lsa sizni…

-Bas qilsang-chi ablah, bu gaplarni qayerdan olding! Boshqa tuzukroq gap yo’qmi?

-Taqsir, saylovda yutqazganingizdan keyin boshqa nima bo’lardi?- dedi ta’birchi.

68.XUDOGA SHUKUR!”

Karimovni sud qilishayotgandi.

-Xalqqa qarshi barcha jinoyatlaringiz uchun 20 yil qamoq jazosi berib, bu jazoni Jasliq turmasida o’tash haqida hukm qilaman,-dedi sudya.

– Iltimos, 20 yildan ortiq jazo bering, lekin Jasliqqa yubormang,- dedi yolvorib Karimov.

-Biz demokratmiz, mayli so’ngi istagingizni inobatga olib,jazo muddatini 20 yildan oshiramiz, lekin muddat yigirma yildan oshsa bu avtomatik ravishda O’lim jazosi bilan almashadi,-dedi sudya.

-Xudoga shukur,-dedi Karimov,- Jasliqqa borishdan qutuldim.

69.TESKARISI

-Eshitdingmi Abror Hidoyatovning nevarasi dehqonchilikdan xabari bo’lmasa ham dehqonlar partiyasi tuzibdi,- dedi bir muxolifatchi ikkinchisiga.

-Bizda hamma narsa bo’lishi mumkin. Bir paytlar uruslar qo’llab turganida o’z otini yozolmagan ketmonchi Oxunboboyev ham “prezident” bo’lgan. Endi teskarisi bo’ladi. Shunga ham ota go’ri qozixonami?- javob qildi ikkinchi muxolifatchi.

70.PARTIYA TUZISH

-Kelajakda demokratiya bo’lsa, O’zbekistonda qancha partiya bo’ladi?,- so’radi bir talaba mardikor ikkinchisidan.

-Qancha odam chet elga ketgan bo’lsa, shuncha partiya tuziladi?Pul yuborib tursa bas, mardikorlikdan partiya tuzish osonroq ishda,- javob qildi ikkinchi mardikor.

71.HOVLIQMA QIZ

-Haydar Aliyevdan keyin o’g’li prezident bo’ldi, mamlakat ham tinch, xalq ham tinch. Menimcha biz ham bu haqda o’ylashimiz kerak,-dedi Gulnora dadasiga.

-Buncha hovliqasan, Moskvanga yo’qolsangchi, hali Haydar Aliyevning yoshiga yetgunimcha 20 yil bor,-dedi dadasi.

72.IMKON

-Anau eski dushmanimizni bekorga kechirgan ekanmiz, mana yana muxolifatga o’tib, ochlik e’lon qilib yuribdi,- dedi vazir prezidentga.

-Tag’in qamoqqa olib yurma, aksincha bir-ikki shovvozni yubor, qo’llab tursin, shu yo’l bilan yana bittasidan qutulsak yomon bo’lmaydi,- dedi prezident.

73.MAQSAD

-Ana u chetga ketgan dushmanimiz ham ochlik e’lon qilibdi,-dedi vazir.

-U bularga o’xshagn anqov emas, maqsadi boshqa, u sog’lom yurish uchun ochlik qiladi,- dedi prezident.

74.BO’LINISH?

-Mana ERK ham ikkiga bo’lindi,-dedi sobiq “birlikchi”.

-Qiziq yuzga bo’lingan narsa qanday qilib ikkiga bo’linar ekan,- dedi sobiq “erkchi”.

75.PROGRAMMA

-Bizning programmamiz bor,-deya maqtandi muxolifatchilardan biri.

-Men uruschani bilmayman,-dedi qishloqlik yigit.

76.JINNIXONA

 

-Bizning programmamiz bor?,- dedi muxolifatchi.

-Nima qipti, jinnixonadagilarning ham programmasi bor. Programma maksimum-bosh vrachni o’ldirish. Programma minumum- oshxonadan non o’g’irlash.

-Buning bizga nima aloqasi bor?

-Aloqasi shuki, dunyo jinnixona!

77.RAQIBLAR

-Sizlarda xalqa beradigan hech narsa yo’q.Biz hokimiyatga kelsak ozodlik, so’z erkinligi beramiz!,- dedi bir “erkchi” azaliy raqibiga.

-“ERK so’zi”, “Erkin yurt”, “Ozod ovoz”, ERK matbuoti, ERK haqiqatidan boshqasiga yo’l bermaymiz, desang to’gri bo’ladi,-dedi “birlikchi”.

78.TAXT

-Ana u sargardon otdan tushsa ham egardan tushmay yurgan edi, mana egaridan ham ajraldi, “taxti”dan ajralib, endi qayerda o’tiradi?- deb so’radi ukasi akasidan.

Ot ketdi, egar ketdi, endi qoziqning ustida o’tiradi-da,-dedi akasi.

79.HOZIRJAVOBLIK

-Mansab olaman desang prezidentni maqta!- Dedi talablardan biri ikkinchisiga.

-Siyosiy boshpana olaman, desang muxolifatning “ota”larini,- deya kesatdi ikkinchi hozirjavob talaba.

80.ENG ZO’RI

-Yuzta eshaksanlaru aravani tortish menga qolgan,-dedi prezident.

-Ha, endi, oramizdagi eng zo’ri sizda,- deb yubordi Bosh vazir.

81.ESHAK

-Yigirma besh million eshakning yukini ko’tarib yuribman, yana meni tanqid qilishadi,-dedi prezident.

-Yo’g’e taqsir,-dedi qulog’i og’irroq maslahatchi,- yigirma besh million odamning yukini bitta eshak ko’tara olmaydi.

82.KIM EKAN U?

-Eshitndingmi, O’zbekistonning Hamroqulov degan elchisi ketib, o’rniga sobiq Tashqi Ishlar vaziri Komilov kelibdi,- dedi bir amerikalik siyosatchi ikkinchisiga.

-Hamroqulov dedingmi? Shunday elchi ham bor edimi?,- ajbalandi ikkinchi siyosatchi.

83.BIR TIYINGA QIMMAT

-Muxolifatni qanday baholaysiz?-dedi muxbir inson huquqlari kurashchisiga.

-5.000 dollar,-dedi u.

-Nega?

-Ularga Freedom House besh ming dollar ajratganda. Shu bo’lmaganda qolgani bir pul, bir tiyinga qimmat.

84.PULI BORNING QULI BOR

-Anau vatanparvar shoir nega vatansotganni qo’llab yuribdi?- so’radi bir shoir ikkinchisidan.

-Hozir vatansotarlikning bozori chaqqon, san ham bu ishni uddalab ko’proq pul topsang dushmanlaring ham seni qo’llashadi, puli borning quli bor og’ayni,- javob qildi ikkinchi shoir.

85.ITLAR

-O’zbek sahifalarida faqat ikki kishi bir-birini so’kib yozadi? Kim ular o’zi? Ba’zan boshqalarga ham tashlanib turishadi?- so’radi bir internet muxlisi ikkinchisidan.

-Ular Karimovning itlari. U it urishtirishni yaxshi ko’radi. Karimov boshqa ish bilan band bo’lganda ular atrofdagilarga tashlanadilar.

86.O’XSHAMASA UCHRAMAS

– Mana “Birlik” saylovlarda Oliy Majlisga kiradigan bo’ldi,-dedi bir birlikchi raqibi erkchiga.

-Unda Oliy Majlis ham “Birlik”ning Internetdagi mehmonlar kitobiga o’xshab qolar ekan-da,- dedi erkchi.

-Xavotir olmang, “ERK”ning forumiga ham joy beramiz,-kesatdi birlikchi.

87.PULBO’LTOY

-Eshitdingmi, hukumat qarshilik qilmapti, anaular qurultoy o’tkazishibdi,- dedi eski muxolifatchi do’stiga.

-Ular qurultoy emas, pulbo’ltoy o’tkazishdi,-dedi voqeadan xabardor do’sti.

88.SHARTLAR

– O’zbeksitonda prezident bo’lishning qanday shartlari bor,- deya so’radi bir xorijlik mehmonga borgan O’zbekdan.

-Beshta tamoyiliy shartlar bor,- dedi O’zbek,- birinchisi, kelib chiqishi noaniq bo’lishi kerak, ikkinchisi xotini rus bo’lishi lozim, uchinchisi aka-uka, qarindoshlari suvarakdek ko’p va ko’payuvchan bo’lishi zarur, to’rtinchisi o’zi o’g’riboshi bo’lishi darkor va oxirgisi so’zbo’yamachi, ko’zbo’yamachi, o’zbo’yamachi bo’lishi shart!

89.AKASINING UKASI

– Saxarov nomidagi mukofot qanday odamlarga beriladi?- so’radi talaba domlasidan.

-Akasining ukasi bo’lganlarga,-dedi domla.

 

90.UY MUZEYI

 

-Karimovning uylari ko’payib ketdi, kelgusida qaysi bir uning uy muzeyi bo’ladi endi?- so’radi bir olima ikkinchisidan va qo’shimchasi bilan javob oldi:

-Toshturma o’ziniki, “Qo’yliq jenkolonna” qiziniki…

 

91.G’ULOMOV BOG’I

 

-Ulug’bek bog’ining nomini o’zgartirib “G’afur G’ulom bog’i” deb atashibdi, voy ablahlarey,- jig’ibiyron bo’ldi bir O’zbek.

-Bu hali holva, shu ketishda “Amir Temur bo’g’ini” “Qodir G’ulomov bo’gi” deb nomlashadi, hali,- deya kesatdi boshqa O’zbek.

 

92.URUSGA UYLANGANDIR

 

– Falonchi ruschani bilmaydiyi rus tilida kitob yozibdimi?- so’radi bir muxolifatchi ikkinchisidan.

-U ham rusga uylangan bo’lsa kerak,- dedi savolga javob bergan muxolifatchi.

 

93.ORQASIGA TEPDI

 

-2007 yildagi saylovga hozirdanoq tayyorgarlik ko’ringlar. G’arbni aldab bo’lmay qoldi,- dedi prezident maslahatchilariga.

-“Operatsiya-91”ni yana ishlatsakchi. G’arbni ham qoniqtirgan bo’lamaiz ,- dedi Bosh masalahtchi.

-U nima deganing?

-Muxolifatni ro’yxatga olamiz, ulardan ham o’zimizdan ham nomzod chiqaramiz, saylovdan keyin ularnikini yutqazdi, deb orqasiga tepamiz,-deb javob berdi maslahatchi.

-Yana o’sha gapda, qulog’im ostidagi shovqin bitmaydi yana,-dedi prezident.

-Siz saylovda qatnashmayman, deyapsiz-ku, qo’yavering, yangi saylangan presidentning ham boshini biroz qotirishsa hech narsa qilmaydi.

-Ablah, bu xalqni bilmas ekansan, to o’lmagunimcha mendan boshqasini saylamaydi,-deya qo’l siltab joyidan turib ketdi prezident. Ertasiga Bosh masalahatchi chet elga elchilikka tayinlandi.

 

94.HAR EHTIMOLGA QARSHI

 

-Gulnora haqida gap-soz’lar ko’payib ketdi,-dedi xotini eriga.

-Moskvaga ketsin, degandimku!- baqirdi eri.

-Odamlar ona vataniga ketdi, deb aytishlaridan qurqayapti.

-Qo’rqadigan bo’lsa, Moskvadan nega uy sotib oladi?

-Har ehtimolga qarshi…

-Hozir ham har ehtimolga qarashi ko’zimdan yo’qolsin!

95.”INTERNETDAN ESHITTIM”

-Maqsudiy “Amerika Ovozi”ga interviyu beribdi,- dedi yurtboshining yordamchisi.

-Nega bo’g’mading?- achchiqlandi yurtboshi.

-U Amerikada yashagani uchun qo’limiz kaltalik qildi-da…,- gunohkor boladek tovlandi yordamchi.

-Uni bo’g’ish qo’lingdan kelmasligini bilaman, radioni nega bo’gmading.

-Bo’gib qo’yganman, xo’jayain. O’zim ham devondagilarga qo’shilib Internetdan eshittim.

96.TANGRIBOY

– Maqsudiy nima debdi?- qiziqdi prezident uning radioga interviyusi haqidagi xabardan keyin.

– Nevarangizga Islom deb u ot qo’ygan emish, shuni aytdi,-dedi yordamchi.

-U qo’ygan bo’lsa mana men o’zgartiraman,-jahli chiqdi perzidentning.

-Keyin dindorlarga qilingan hujumlarni qanday oqlaymaiz. Hozirgacha mana hatto nevaralarining ismlarini Islom va Iymon qo’yganlar, bu kishi yurakdan din tomonida, deb turibmiz.

-Berdisini aytmasdan yoqamga yopishmasangchi, men Islomchikning otini Tangriboy deb o’zgartiraman.

97.YAXSHI ODAM EDI

Maslahatchi prezidentning oldiga kirdi:

-Haydar Aliyev o’libdi,- dedi.

-Yaxshi bo’libdi, sassiq chol jonga ham tegib ketgan edi.

-O’gli Ilhom Aliyev uning joyiga perzident bo’libdi,- dedi maslhatchi qo’liagi qo’gozga tikilib.

-Hmm, otasini Xudo rahmat qilsin, durust odam edi, darrov ta’ziyanoma yubor,- dedi yurtboshi. p>

98.AQLDAN OZISH BELGISI

-O’zbekistonda nima ish bo’lsa hammasini prezident men qilganman desa, chetdan bo’layotgan hamma ishni o’zini muxolifat lideriman, deb yurganlar, men qilayapman, deydi, xo’p qiziq zamonga qoldikmi?- so’radi bir yo’lovchi yo’ldoshidan.

-Jinnixonadagi jinnilar bu gapni eshitib qolishsa, “Ular noto’gri aytishibdi, hamma ishni mana biz qilganmiz”, deyishadi,- javob berdi sherigi.

99.ELCHINING QAYNONASI O’LGANDA

Xorijdagi o’zbeklar bir- biriga telefon qilib:

-Elchining qaynonasi o’lib qolibdi, bir fotihaga borib kelmaymizmi,-der ekanlar, ulardan birining yodiga Afandi latifasi tushdi. Afandi har kuni Allohga yolvorib:

-Podshoimizning qaynonalarining jonini ol,-deb yolvorar ekan. Buni eshitib yurgan qo’shnisi bir kuni sababini so’rabdi.

-O’zlari bizni hech chaqirmaydilar, shu bahonada borib ham tanishib, ham oshlarini yeb kelardik-da,- debdi Afandi.

100.BILDINGMI, XUMPAR

Prezidentning Vazirlar mahkamasi majlisi oldidan nutqini yozib bergan maslahatchisi:

-Tayyorlangan hisobotda O’zbekiston chetdan olgan qarz va yordamlar bir necha million, deb juda ham kamaytirib aytilibdi. Balki xato ketgandur, aslida qarzlar va yordamlar 18 milliard dollardan oshdi,- dedi.

Prezidentning jahli chiqdi-da:

-Hamma senga o’xshagan “aqlli” emas,-dedi.- Biznikilarga chet eldan shuncha yordam keldi desang, “Bular shuncha milliradni yeb yuboribdi”, deyishadi, bildingmi, xumpar. Qancha kamaytirib aytsang shuncha yaxshi.

101.MUKAMMAL

-Markaziy Osiyo liderlari Qozog’istonda to’plandilar, kun tartibida nima bor edi?- soradi amerikalik jurnalist qozoq hamkasbidan.

-Nursulton og’aning, ya’ni Sultonimizning tug’ilgan kunlari edi,-javob qildi qozoq jurnalist.-Payg’ambar yoshini nishonladilar.

-Turkmaniston prezidenti nega boramdi?

-U o’zini payg’ambar deb e’lon qilganku, Nega kelsin?

-Sizlarda zo’r ekan, bittasi payg’ambar, ikkinchi Islom, uchinchisi Imom, to’rtinchisi Sulton va oxirgisi Askar. Pichog’i ham arqoni ham o’zlaringdan mukammal ekan-a?

102.DINGA BOG’LIQLIK

Internetni ko’rib o’tirgan Prezident maslahatchini chaqirib:

-Nima bo’ldi, nega Haqnazarov imzosi bilan material chiqarishni to’xtatdingizlar?-deb so’radi undan.

-“Haqnazarov” degan ot dinga bog’liq bo’lgani uchun mashhur bo’lib ketdi, keyin hamma shu ot bilan yoza boshladi. Internet deganini nazorat qilib bo’lmas ekan. Qorishib ketdi. Shuning uchun biroz kutib turaylik’chi, dedik,- javob qildi maslahatchi.

-Lattasanlarda, oti dinga bog’liq bo’lsa xo’tigini ham bog’lab qo’yavermaysanlarmi? “Haqnazarov”ni o’g’irlashsa, boshqa ot kammi? Ollohberdi Xudoynazarov, Rahmon Tangriqulov, deb to’qib tashlamaysanlarmi? Farqi nima, oti dinga bog’lansa bo’ldi, galvars olomon ishonib ketaveradi…

-Ha, galvars olomon Islom Karimovga ham ishonib yuribdi-ku?

Maslahatchi xayolidan o’tgan bu gapdan qo’rqib, lablari gezarib ketdi.

103.SOVCHISI BOR YIGIT

Amerikaga o’qishga kelayotgan ikki talaba uchqichda suhbatlashib qolishdi.

-Iltimos, menga ko’p gapiravermang, Amerikaga borayapti, deb shunday ham ko’p sovchilarim bor,- dedi soqoli sabza urmagan yigitcha so’limgina qizga.

-Voy, nima deyapsiz, biz hali Hindiston bo’lganimiz yo’q-ku, qiz tomon yigitnikiga sovchilkka borsa, buning ustiga men sizga faqat yo’ldosh sifatida gapirdim, xolos, -dedi qiz talaba.

-Men qizlar bilan emas, yigitlar bilan yo’ldosh bo’lishni orzu qilgandim, lekin… Qiz talaba uning gapini bo’ldida:

-Amerikada sovchisi bor yigitlarni “geylar” deyisharkan, qo’rqmang o’zingizga anchagina do’st topib olasiz, hali, omad, orzuga ayb yo’q-deb boshqa joyga borib o’tirdi.

“Sovchisi bor’ yigit anqovroq ham ekanmi hech narsa tushunmadi shekilli:

-Hmmm, noziga qarang,- deb qo’ydi.

104.LAYLI VA MAJNUN

-Eshitdingmi, Sodiq akamiz predentning qiziga uylanarmishlar, degan maqola chiqibdi, o’zim o’qidim, Internetda,- dedi xorijdagi talabalardan biri ikkinchisiga.

-Nihoyat oshiq-ma’shuqlar visolga qovushadigan bo’libdilar-da,-dedi ikkinchi talaba.

-Nega unday deyapsan?

-Ilgari Sodiq akamiz prezidentning qizi bilan “oldi-berdi”si uchun vazirlikdan quvilgan, keyin ham bu ishni chetda turib davom ettirgandan so’ng qo’lga tushib qolgan va xotinini haydab, prezidentning qiziga uylanishga tayyorman degach, yana Toshkentga chaqirilgandi.Xudoga shukur, o’zbek “Layli va Majnun”larining hikoyasi yaxshi tugaydigan bo’libdi.

-Lekin tarixda minglab “Layli va Majnun”lar bo’lgan, ammo hech birining oxiri yaxshi tugaman.

-O’zbekistonning hamma sohada o’z yo’li bor, kerak bo’lsa bu sohada ham o’z yo’limizni yaratamiz, bezovta bo’lma!-xitob qildi talaba.

105.O’RGIMCHAK

Saddam sakkizoyoq, axtapotga o’xshab qochishga usta ekan-a?- dedi o’zbek talaba.

-Qo’rqma,-deb javob qildi unga do’sti,-bizniki qocholmaydi, bizniki o’rgimchak, u o’zi to’qigan to’r-uyaga oyog’idan osilib o’ladi.

106.QOQSAROY

-Karimov yana besh yil qolsa nima bo’ladi?- deb so’radi chet ellik mehmon bir o’zbekdan.

-O’zbekiston-Jasliq, Toshkent-Tosh kent, O’zbek- Bo’z bek, Cho’z Bek!- bo’ladi dedi.

Chet ellik hech narsani tushunmadi.

-Qachon Karimovning kimligini bilsangiz buni ham tushunasiz,- dedi o’zbek anqayib qarab turgan mehmoniga.

107.XALQARO LAQAB

-Xalqaro maydonda Nazarboyevni “Shevron”, Akayevni, “Aeroport”, Turkmanboshini ‘Haykal”, Rahmonovni “Narkobaron” deyishadi, Karimovni nima deydilar?- so’radi Markaziy Osiyo boyicha shug’ullanadigan domla o’zbek talabadan.

-Jasliq,-deb javob berdi talaba.

-Bunisi ham yomon emas, 1991 yilning16 yanvarida Talabalar shaharchasidagi voqealar, 1999 yilning16 fevralida Toshkent portlashlaridan keyin uni “O’n oltinchi..” deyishardi,-dedi domla.

108.JAZO

-Karimovdan keyin qizi prezident bo’lsa nima bo’ladi?- so’radi bir talaba ikkinchisidan.

-Nima bo’lardi? Karimov qolib, seni mozordan chiqarib tashlashadi.

109.TARIX TAKRORLANADI

-Yurtboshining qizi prezident bo’lsa nima bo’ladi?- soradi urus mehmon o’zbek mezbondan.

– Nima bo’lardi? Rossiyaning tarixi O’zbekistonda takror bo’ladi.Bizning ham o’z Yekatrinamiz bo’ladi,-dedi o’zbek

110.O’ZINGIZNI

O’zbek rassomiga bo’lgan tazyiqlar masalasi Toshkentda Internewsning majlislar zalida muhokama qilinayotgandi. Shu haqda so’zga chiqqan taniqli bir o’zbek jurnalisti yaqinda Amerikaga borib kelgani haqida gapirib qoldi.

-Amerikaliklarga hali ham aql kirmabdi,-dedi u.- ular prezidentlarining to’shagiga qadar tekshirar ekanlar…

Zalda o’tirgan jurnalistlardan biri luqma tashladi:

-To’gri, bizda tekshirishmaydi.Agar tekshiraman, deb qolsangiz o’zingizni o’sha to’shakka yotqizishadi.

111. MAJLIS

-Buncha majlisbozlik qilishadi bular? Yana poda-poda bo’lib yurishganiga qara- dedi Toshkentga kelib qabulda kutib o’tirgan cho’pon.

-Majlis qilmasak sizga o’xshaganlarning qorni to’ymaydi-da,- deb jerkib berdi uning gapini eshitib turgan mulozim.

-Majlis bilan qorin to’yadigan bo’lsa biz nega bug’doy ekib, mol boqib yuribmiz.?dedi dehqon.- Bizni shu yerga ishga olib qo’ya qoling, asl mol ham, asl poda ham shu yerda ekan-ku!

112.OBRO’

-Oqsoqol, Avropda Tiklanish va Taraqqiyot bankidan oladiganimiz 500 million dollar ekan, ammo majlisni o’tkazish uchun qilgan xarajatlarimiz 2 milliard dollardan oshib ketdi,-dedi Moliya vaziri yurtboshiga.

-Oshsa oshar, pul nima, qo’lning kiri, sani kissangdan ketayaptimi? Bizga pul emas, obro’ kerak!- dedi prezident.

113.SEN YOLG’IZ EMASSAN!

-Eshitdingmi, Presidentning qizi Lola ” Sen yolg’iz emassan!” degan jamiyat tuzib, chet ellardan yetim bolalarga kelayotgan yordamlarni o’marayotgan ekan,- dedi muxolifatchilardan biri.

-Jamiyatning nomini, Ga’fur G’ulomning s’eridan olishibdi-da,-ajblandi sodda muxolifatchi.

-Ha, “Sen yolg’iz emassan, yoningda opang bor, otang bor, boshingni silashga bir mehribon qo’l…”

114.O’ZIMIZ TALAYMIZ

-Lola ham opasiga o’xshab, milliarder bo’lmoqchi ekan,- dedi birshbalardan biri ikkinchisiga.

-Nima qipti, opasi o’maraverib milliarder bo’lib ketdi, lom-mim demading, bunisiga nima ishing bor!- javob qildi ikkinchisi.

-Ishimku yo’q,- javob qildi mirshab.-Ovora bo’lib nima qiladi, deyman-da, shuncha to’plaganlar nima bo’ldi? Bularning ham topganlarini bir kun Bag’doddagidek birovlar talab ketmasin deyman-da!

-Birovlar deganing nimasi, o’zimiz talaymiz, qo’yaver to’playversin! Xalqdan talangani xalqqa!

115.BIRINCHI VA OXIRGISI

“Islom Karimov O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti” degan albomni taqdimot tantanlari bo’layotgndi, muxolifatchi “Islom Karimov O’zbekiston Respublikasining birinchi va oxirgi Prezidenti” deb hayqirdi. Uni darhol MXXga olib borishdi.

-Bu bilan nima demoqchisan? Yurtboshimizga qanday yomonlikni ravo ko’rmoqchisan, nonko’r?- so’radi MXX xodimi.

-Men unga uzoq umr tiladim. Mana, Gorbachev hali ham birinchi va oxirgi bo’lib yuribdi-ku!-dedi muxolifatchi.

116.”YONIB KETIBDI-KU!

Navoiy kutubxonasida “Islom Karimov O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti” albomining taqdimoti bo’layotgandi.

-Menimcha bu albomni po’latdan yashash kerak edi,-dedi mehmonlardan biri.

-Nega unday deysan?-ajblandi sherigi.

-Bugun xabarlarni o’qimadingmi? Bag’dod milliy kutubxonasi yonib ketibdiku!

117.DO’STONA VAZIYATDA

Kuchma bilan Karimovning uchrashuvlari Iroq urushi kunlariga tog’ri keldi.

-Ko’rdingmi, Leonid, xalq Saddamning haykalini yiqitib, ustiga chiqib tepkiladi,- dedi Karimov xayolchan holda.

-Ha, Saddam 25 yil xalqdan talaganini xalq ham ikki kunda undan qaytarib oldi.Hatto uning uyidagi oltinlarni ham talab ketishdi,- javob qildi Kuchma.

-Axmoqda, oltinni ham uyda saqlaydilarmi?- dedi Karimov bamaylixotir.- Yana bitta axmoq yonimizda, hamma joyga o’z haykallarini qo’ydirgan. Bir kuni buzib tashlashlarini bilmaydi, shekilli.

-Turkmanboshini aytayapsanmi? Unining rejasi bor, shunday vaziyat tug’ilsa, bir kechada haykallardan o’z kallasini oldirib, Maxtumqulinikini qo’ydirmoqchi ekan…

-U ham Saddamga o’xshagan kallavaram, hamma yoqqa qasr qurdirayotganiga nima deysan…Qasrni nima qilasan, ertaga talanchilik qilmasligi uchun olomonni tarbiyalashga qamoq qurdirsang-chi, deydigan mard yo’qda! Mana men “Jasliq”ni qurdirganimda qanday to’ldirasan, deb tanqid qilishgandi. Endi yana bittasini qurdirayapman.

-Senga qamoq nima kerak, do’stim, mamlakatning o’zini qamoqxonaga aylantirib bo’libsanku!- dedi Kuchma.

118.OGOH

-Islom, ehtiyot bo’l, amerikaliklar endi navbat boshqalarga,-deb aytishmoqda dedi Putin Karimovga.

-Men shunday deyishlarini Iroq urushidan oldin, tarafdorlar to’planayotgan kunlarda sezganman, og’ayni, sen o’zingdan ehtiyot bo’l!- dedi Karimov.

119.KETARMISH

-Istefoga ketaman, bu xalqqa qancha xizmat qilsang ham oxirida bilmas ekan,- dedi Prezident maslahatchisiga.

-Rostdanmi, qachon?- suyunib ketdi maslahatchi.

120. MULLANING AYTGANI

Ikki musulmon do’st gaplashib turishgandi. Ulardan biri dedi:

-Eshitdingmi, hamma musulmonlar sahidlikka shoshilinglar, bu Allohning mukofoti, bu mukofotni olganlar jannatning fayziga qovushadilar,- debdi yana Usama Bin Laden.

-Men hayronman, nega uning o’zi bu mukofotdan qochib yuribdi?- ajablandi bu gapni eshitgan do’sti..

-Mullaning aytganini qil, qilganini qilma, deb shuning uchun aytgan bo’lsalar kerak-da!

121.OSON ISH EMAS

-Anaular namuncha Amerikani maqtaydilar,- deb so’radi muxolifatchining Internetni o’qib o’tirgan o’gli otasidan.

-Chunki Amerika ularga boshpana bergan, yordam qilgan, ish bila ta’minlagan,- deb javob qildi otasi.

-Manabular namuncha Amerikani tanqid qiladilar,- deb so’radi u yana otasidan.

-Bularga esa Amerika boshpana bermagan, yordam bermagan, viza ham bermagan,- javob qildi ota.

-Shularga ham boshpana bersa, pul bersaku dushmanlari kamroq bo’lardi,- dedi o’jar bola.

-Berardiyu, javob qildi ota,- lekin Dunyo savdo markazini, Pentagonni qayta quraverish oson ish emasda!

122.ORZU

-Hamma Amerikada yashahsni orzu qiladiyu nega uni Afg’onistonni, Iroqni, O’zbekistonni amerikalashtirmoqda deb tanqid qiladi,- deb soradi talaba muallimdan.

-Chunkii hamma Kobulda, Bag’dodda yoki Toshkentda emas, New Yorku Floridada yashashni orzu qiladi-da,- javob qildi muallim.

123.O’QUVCHI

-Dunyoda shunday yomon so’kishlar bor ekan-a, tavba, hech eshitmagan ekanman, bir kunda Internetga yuz marta kirsam yuzta yangi so’kishni ko’raman, qanday qilib yozadilar-a buni,- dedi o’quvchilaridan biri.

-Kuniga yuz martalab kirib, orziqib kutadiganlar, hayratlanib o’qiydiganlar bo’lgandan keyin yozadilarda,- dedi ikkinchi o’quvchi.

124.AXLATXONA ISHQIBOZlARI

-Anaular bir-birlarni buncha so’kadilar, web sahifalari axlatxona bo’lib ketibdi-ya,- dedi Internet o’quvchilaridan biri.

-Bir narsa topib olganday, o’sha sahifadan chiqqingiz kelmaydi-ku!- dedi ikkinchi o’quvchi.

-Bu kishing ham qorinlari og’riganda, – deb askiya qildi uchinchisi.

125.”NE TUDA, NE SUDA”

-Ukraina prezidentini oliy darajada kutaylikmi?- deb so’radi maslahatchi.

– Nima bo’ldi, Amerika bilan aloqasi tuzaldimi?- so’radi president.

– Amerika bilan tuzalganday, ammo Rossiya bilan ham yomon emas, javob qildi maslahatchi.

-Unday bo’lsa “ne tuda, ne suda” qilib kutamiz.

126.SHOSHGANDA

-Saddam o’libdi,-dedi maslahatchi.

– Xudo rahmat qilsin!,-dedi prezident, keyin u yoq bu yoqqa qaradi-da,- O’tganlarimizni,-dedi.

127.”TIRIK DEB BILGANDA”

-Aka, Meli Qobulov qamoqdagi siyosiy mahbuslarni ozod qilish uchun birgalikda kurashaylik, deb murojaat yuboribdi, ko’rdingizmi?- dedi uka.

-Ko’rdim,-deb sovuq javob qildi aka.

-Shuni internetga qo’yib u yoq bu yoqqa tarqatsakmikan?

– Sen bola ham pishmadindg-da,- o’dag’ayladi aka.-Uning qilgan ishini ko’rdingmi? Meni kamsitishga urinibdi. Bizga ham ataylabdan jo’natgan. Taniqli odamlarni sanaganda mening otimini ataylabdan oxirroqqa qo’ygan. Agar samimiy bo’lganda haqiqatni tan olib, mening nomimni birinchi yozgan bo’lardi.

Uka qo’lidagi murojaatga qaradi. Birinchi o’rinda o’lgan safdoshlaridan birining ismi yozilgan ekan. Ajablangan holda:.

– Aka, u sizni tirik deb bilganda!- dedi.

128.YUTUQ

-Jurnalistlarning haqlarini himoya qilish bo’yicha qisqa vaqtda katta muvaffaqqiyatga erishdik,- dedi Tashi Ishlar vaziri matbuot anjumanida.

Hayron bo’lgan jurnalistlar o’rnak istashdi.

– Masalan, 7 Mart kuni “Amerika Ovozi” va “Ozodlik’ radisoning muxbirlari Toshkentda mirshablar tomonidan ham kaltaklandilar ham ish qurollari tortib olindi. 24 mart kuni Samarqandda esa mirshablar “Amerika Ovozi” muxbirining faqat diktofonini olib sindirishdi. Farqni ko’rayapsizmi? Yana qanday o’rnak istaysiz? Bu yutuq bo’lmasdan mima?

129.TAVBA

-Gulya, Jurnaldagi suhbatingda “Buvimning oti Imon”, deb aytibsanmi?- deb so’radi Tatyana qizidan.

-O’zingiz “Buvingning oti Vera” der edingiz-ku?

-Men Vera degandim, Iymon deganim yo’q-ku!

-Agar Vera deganimda qizimning asl oti ham ochilib qolardi-da.Keyin dadam boshimizni uzib taslardi,-dedi Gulya aqllilik qilib.

-Sen ham dadanga o’xshab siyosatchi bo’libsan.Dadanga qolsa mening ismimni ham qachonlardir Tavba deb o’zgartirgan bo’lardi!

130.XALQIM

-Otangizdan keyin prezident bo’lishingiz haqidagi gaplarga qanday qaraysiz,-deb so’radi “Litso” jurnalining muxbiri Gulnoradan.

-Agar xalqim nomzod qilib ko’rsatsa, nima ham deyman,-javob qildi u. Bu gapni eshitgan Karimov darhol qizini chaqirdi.

-Bu nima deganing!

-Dadajon bilasizku, mening millatim ham xalqim ham Siz o’zingiz!

131.SIYOSAT

Presidentning xotini:

– Islamchik, 8- Mart tabrigidagi manabu gaplar nima degani: “Agarki mendan, dunyodagi eng zebo, eng latofatli, oqila ayollar, suluv va dilbar qizlar qayerda yashaydi, deb so’rashsa, hech bir ikkilanmay, g’urur va iftixor bilan “Mo’tabar O’zbekiston zaminida” deb jabov bergan bo’lardim…” debsanmi? Shunday ekan, nega bittasiga uylanmagansan?,- dedi araz bilan.

-Voy, axmoq xotin-ey,- deb javob qildi prezident,- Rashkingga qara-ya?! Sen kaltafam siyosat nimalagini hech-tushunmading-tushunmadingda. Suyosatda hamma vaqt teskarisini aytgan yutadi, bildingmi?

132.”SENI HAM…”

Prezidentning xotini:

-Islamchik, 8-Mart arafasida bir to’da ayollarni qamab yoboribsanmi? O’zing-ku xotin- qizlarga hammangizni onam, opam, singlim o’rnida ko’raman, deb turibsan. Nega bunday qilding!

-Meni istamagan onaning, meni emas erini o’ylagan ayolning, meni emas akasini sevgan singilning menga nima keragi bor! Sen ham bunday keyin o’shalarni o’ylaydigan bo’lsang, sening ham kering bo’lmaydi! Seni ham…-bildingmi dedi prezident baqirib.

 

133.BOSHLIQ

 

-Qamasang qamabsan, nega 8- mart oldidan ayollarni kaltaklatding?- dedi prezidentning xotini eriga.

-Bu gapni qayerdan topding?

-Ana xorijiy radiolar mirshablardan bittasining qo’li qon edi,-deb gapirmoqda.

Prezident darhol Ichki ishlar vaziriga telefon qildi:

-Toshkent shahriga yaxshiroq boshliq topolmayapman deyayotgan eding. Kecha ayollarni yaxshilab urgan o’sha qo’li qon mirshabni top-u tezda bu ishga tayinla,- dedi va ilova qildi:- Darvoqe, men bu yerda xorijiy radiolarni eshitadigan bitta xoinni topdim!

 

134.O’RGANGAN KO’NGIL

 

Presidentning huzuriga kirgan qizi otasidan o’pkalandi.

-Dada, xalqning ichida ko’p gaplar yuribdi, “Prezidentning harami bor”, “Viloyatlarda yosh qizlarni tanlaydigan vakillari bor” deb yurishibdi.

-Axmoq qizim-ey, shu gaplarga ishonding-mi, og’ziga kuchi yetmaganlar gapiraveradi-da. Mana sen eringdan ajralgandan beri nima gaplar aytib yurishibdi, hammasiga ishonganimda, boshingni uzishim kerak edi.

Otasining javobidan qoniqqan qizi so’radi:

-Dadajon, kecha Xotin-qizlar kuni munosabati bilan o’tkazgan majlisimni ko’rdingiz-mi? Televizorda qayta-qayta ko’rsatib turibdi.

-Ko’rdim, ko’rdim, ana u yoningdagi qiz kim edi?

-Qaysi biri?

-Ko’zlari o’ynab turgani-chi?

-O’rgangan ko’ngil o’rtansa qo’ymas ekanda-a?

-Buncha qizishasan,yoningda yurgan arabni surishtirganim yo’q-ku, bo’lmasa allaqachon dumiga supurgi bog’lagan bo’lardim!- dedi prezident.

135.”CHIROQNI O’CHIRDILAR-DA!”

-Kecha qizingizning uyiga Arablardan biri mehmon bo’lib keldi,- dedi KGB boshlig’i “Katta”ga.

-Suratga olding-mi, nega keladi?- so’radi ‘Katta”.

-O’tgan kuni restoranning yonida bir BMW mashinasini ko’rib qolib, bu kimniki, egasi oldimga borsin degandilar, egasi Arab ekan, opamlaga bitta yangi BMWning kalitini olib kelib berdi,- dedi KGB raisi videoni qo’yarkan.

“Katta” kalit berish voqeasidan keyin vido uzilib qolganidan ajablandi.

-Davomi qani?- deb so’radi.

-Yoza olmadik?

-Nega yoza olmaysan, galvars?

-Nima qilaylik chiroqni o’chirib qoydilar-da!

 

136.ONASINIKIGA KETADI

 

-Jurnalga chiqibsanmi?- so’radi prezident qizidan.- Yana uruslarnikiga chiqibsan-mi?

– Nima qilay, Rossiyada ham otim chiqsin dedim-da. Sizdan keyin qayerga ham ketaman?- dedi qizi achchiq qilib.

– Ha-ya, ona vatan-da, har kim ham seni holingga tushsa onasinikiga ketadi,- dedi president qizining gapidan ranjigan qiyofada.

137.QISMAT

-Ismat yana to’polon qilayapi,- dedi Shog’ulomov prezidentga.

-Unga meni otimdan ” Qismat…” deb qo’ysang o’zi tushunadi. Mayli, “mat”ini aytib yurma!-dedi prezident.

138.ISHI BITDI

-Xudoga shukur tirik ekansiz, dedi masalahatchi prezidentning huzuriga hovliqib kirarakan,- uruslar sizni o’ldi, deb yozishibdi.

-Sevingan ko’rinasan,-dedi prezident,- O’sha maqolaning oldini olmaganing uchun bundan keyin sen tirikmisan, o’likmisan hech kim bilmaydi.

139.”OQLANADI…”

-Oqsoqol O’tkirjon bilan sizni ziyorat qilishimizdam maqsad, Internetda sizning maxsus qora ro’yxatingiz borligi haqida yozishgani bo’ldi,- dedi O’zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov prezidentga.

-Nima bo’libdi, qora ro’yxat bo’lgandan keyin oqi ham bo’ladi. Bittasiga dushmanlar, ikkinchisiga do’stlar yoziladi, bir she’ringizda o’zingiz ham ko’ngilning ikki pardasi bor, deb yozgansiz,- javob qildi prezident.

-E, kam bo’lmang oqsoqol, hamma gap anashunda-da,- dedi Erkin Vohidov,-o’sha qora ro’yxatga O’tkirjonning ham ismlari tushib qolibdi-da.

-Ha, shunga ham ota go’ri- qozixonami?-Qizishdi prezident,- Demokratiya istayapsizlar. Demokratiya shunaqa bo’ladi. Har kim og’ziga kelganini yozadi.

-Astag’furullo, -dedi O’tkir Hoshimov,- biz demokratiya istaganimiz yo’q.

-Mana meni “O’ldi” deb yozishdi,-davom etdi perzident,- nima shu bilan o’ldim-mi?

– E,e, umringiz uzoq bo’ladi,- dedi Erkin Vohidov.

-Demak, O’tkirjon ham qora ro’yxatga tushgan bo’lsa, hech qisi yo’q, bir kun kelib oqlanadi,- dedi nima deyayotganini bilmagan prezident.

140.TUMOR

Prezident o’zi haqida chiqqan tanqidiy maqolani o’qir ekan,

-Tumor degani nima o’zi?-deb so’radi maslahatchini chaqirib.

-Tumor… diniy-xurofiy tushunchaga ko’ra ko’z tegishidan, balo, ofat, qazolar, ins-jinslardan saqlaydigan, ichiga duo bitilgan uchburchak narsa, uni boyinga, qo’ltiqqa, sochga yoki kiyimga taqib yurishadi,- dedi maslahatchi bilimdonlik bilan.

-Unda nega meni “Boshida tumori bor”, deb yozishibdi,- so’radi prezident.

-Sizni barcha balo-qazolardan asrash uchun Tangri taolloning o’zi boshingizga tumor joylab qo’yganda, shunga ishorada bo’lingandir,- dedi hozirjavoblik bilan maslahatchi.

-Demak ablahlarning o’zi ham tan olibdi-da,- dedi prezident.

Maslahatchi esa uning o’zbek tilini bilmaganidam quvonib ketdi.

141.ODAT

-Ertalabdan buyon bu yerda u yoqdan bu yoqqa, bu yoqdan u yoqqa yurevergancha uyingizga ketsangiz bo’lmaydimi?- dedi Prezidentning kotibi maslahatchiga.

-Men ketsam kim u yoqdan bu yoqqa, bu yoqdan u yoqqa yurib turadi?- dedi kinoya bilan maslahatchi.

-Paxtaga o’rganib qolgan yana birortasiga tez orada qalampir munchoq qo’ysalar kerak, bir kunga bittasi bilan kifoyalanish odatga kirmagan!- dedi yordamchi kinoyaga achchiqroq kinoya bilan javob qilarkan.

142.ANQOVLAR

“Karimovning salomatligi yomon, ana o’ldi, mana o’ldi, deb jar solishmoqda, shamol bo’lmasa daraxtning shoxi qimirlamaydi, biror gap borga o’xshamoqda,-dedi anqovlardan biri ikkinchisiga.

-Axmoqlarning dunyodan xabarlari yo’q-da,gapiraveradilar, besh yil oldin Haydar Aliyevni ham o’lmoqda, deb jar solishgandi.Ammo yashamoqda. Vaholanki uning oltinlari Karimovnikidan yuz marta kam-, bamaylixotir javob qildi birinchi anqov.

-Tushunmadim, nima demoqchisiz?

-Pulingiz bo’lsa jangalda sho’rva!Dunyoning hamma do’xtirlari oyog’ingiz ostida, biz oddiy odamlar ko’richakdan ham o’lib ketaveramiz,”Allohning ishi-da” deb qo’yamiz yana, og’ayni chalish, oltiningiz bo’lsa ham saqlab qolisholmasligi aniq, ammo 80-90 yoshga qadar sudrashlari ham aniq.Buni tushunmasalik uchun faqat anqov bo’lishingiz kerak, anqovning toshi tarozisi yo’q-da!

-Unda Karimovdan qutulish yo’q ekan-da!

-Karimovdan bugun qutulsangiz undan yoshrog’i keladi, undan qutulishingiz yanada uzoq vaqt oladi…

-Nima, Karimov uzoq yashasin, deb duo qilib o’tir, demoqchimisiz,-so’radi birinchi anqov.

-Men shuncha vaqtdan beri qulog’ingizga lag’mon osayapmanmi, siz ham anqov ekansiz-ku?!- dedi o’zining ham anqovligidan bexabar birinchi anqov.

-Koshkiydi, shuncha quruq gapdan ko’ra qulog’imga la’gmon ossangiz, qornimni to’yg’azib olarmidim?-dedi ikkinchi anqov baylixotir choyni ho’plab.

143.PONAXO’R

-“Adolat” gazetasining oldida Farg’onadan kelgan bir kishi norozilik namoyishi o’tkazmoqda. U muharrirni poraxo’r, deb ayblamoqda. Butun dunyoning ko’zi unga qadaldi, yozmagan qolmadi…-deb maslahatchi o’zi yomon ko’rib yurgan muharrirni prezidentning qopqoniga otdi.

-Redaktorning ko’zi qayerda? Nega tinchitmaydi? Hammasini men tinchitishim kerakmi? Shamollab yurgan prezident xirillagan ovozi bilan muharrirga telefon qildi:

-Kimsan?- deb so’radi so’radi undan.

-Men menman, o z’ing kimsan?- so’radi muharrir.

-Men otangman, he, meni tanimagan sen poraxo’rning onangni…,- so’ka ketdi prezident. Birov o’yin qilayati, deb o’ylagan muharrir:

-Ablah nega so’kasan, onangdan pora oldim-mi?,- deb unga “loyiq’ javob qilgan bo’ldi.

-Onamdan pora olganingni bilmadimu ammo mana mendan pona olasan !– deb prezident telefon go’shagini uloqtirdi.

Ko’p o’tmay mirshablar muharrirning qo’lini orqasiga bog’lab olib ketishdi.

-Nima gap?- deganlarga ular “Pora oldi” deb javob qilishsa, maslahatchi ularni tuzatdi, “Pora emas, pona oldi, poraxo’r edi, endi esa ponaxo’r bo’ldi” deb javob berdi.

144.KLANLAR AYBDOR

Maslahatchi prezidentning huzuriga kirdi:

-Oqsoqol, yana tanqid ko’payib qoldi. Mamlakatda iqtisodiy vaziyat og’irlashganiga sizni aybdor qilib ko’rsatishmoqda. Ayniqsa g’arbliklarning og’ziga elak tutub bo’lmay qoldi. O’zingiz bir yo’lini ko’rsatib yuborsangiz,-dedi u.

-Axmoqlar sizlarga nonni ham men chaynab berishim kerak. Xalqni aldashning millionta yo’li bor. Esingdami 1991 yil 7-sessiyada menga hujum qilishganda ” Bu toshkentliklarning fitnasi” deb gap tarqatgandik, hamma laqqa ishongandi. Yana shunday deb yoz, samarqandliklar, farg’onaliklar, toshkentliklar hukumatni egallash uchun talashmoqda deb yoz. Ana Jo’rabekovni yoz, Alimovni yoz, faqat o’zimizning matbuotda chiqarma, hech kim ishonmaydi. Chetda chiqsin,- dedi prezident.

-Oltinsiz-da oqsoqol,-dedi maslahatchi quvonib.

-Senlar tezak bo’lgandan keyin men oltin bo’lamanda,- dedi prezident.

 

145.”MENI HAM YOZ”

 

Matbuot kotibi prezidentning huzuriga kirdi:

-Oqsoqol maslahatingiz bilan qilgan ishimiz yaxshi natija berdi. Internetni man etishdi, degan gap tarqatgandik klanlar haqidagi maqola qo’lba-qo’l bo’lib ketdi. Faqat eski oshnalarimizdan ba’zilari bu Saroydan chiqqan, deb yozmoqda. Ba’zilar bunga ishona boshlashdi ham. Faqat Jo’rabekov bilan Alimov aydormi, deb so’raganlar ham kop,-dedi u.

-Ana Almatovni yoz, Inoyatovni yoz, istasang meni ham yoz. Oradan vaqt o’tib birorta tirranchaning bo’yniga qo’yasan, uni yaxshilab ayblash uchun oxiriga bir ikkita o’zing bilgan chaqiriqlardan ham qo’sh,- dedi Prezident.

-Briliantsizda, oqsoqol,-dedi masalatchi.

-Ha, endi sanlar, temir-tersak bo’lgandan keyin men briliant bo’lamanda,- dedi Prezident.

146.TOSHKENTLIK MONIKA

Toshkentdan Amerikaga kelib joylasgan juvonlardan biri maqtandi:

-Harvard universitetiga ariza bergandim olishmadi. Buni eshitgan dugonam, “Ular seni yaxshi tanimaydi-da, taniganlarida Bushning oldiga olib borib qo’ygan bo’lardilar” deb ayti. Zar qadrini zargar biladi-da!

Buni tinglab o’tirgan Amerikalik:

-Bushni bilmadim-u ammo xotini Vashingtonda o’zi New Yorkda yashayotgan Bill Klintonning oldiga olib borishlari mumkin. Monika Liviniskiy uni tark etgandan beri qiynalib yurgan bo’lsa kerak, darhol stajerlikka qabul qiladi,-dedi.

147.NOBEL HUZURIGA

Samarqanddagi Tinchlik va barqarorlik muzeyida Tinchlik uchun Nobel mukofotlarini olgan odamlarning imzolari to’plandi va ro’yxatning avvaliga Karimovning imzosi qo’yildi.

Bundan ajablangan bir kishi:

-Yurtboshimiz Nobel mukofotini olganlari yo’q-ku-dedi.

-Agar Nobelning o’zi hozir shu yerda bo’lganda birinchi mukofotni u kishiga bergan bo’lardi,- deb javob qildi muzey xodimi.

-Hm, agar Nobel bu yerga kelmagan bo’lsa yurtboshimizning o’zlari uning huzuriga bora qolsinlar!- dedi “sodda” o’zbek.

148.OZINIKI O’ZIGA

Maslahatchi Turkmanboshining huzuriga kirdi.

-Boshim, bu Kerimov jinni bulib qolayotgan ekan,- dedi.

-Naga jinni bo’ladi, u mening referendum kabi bir qancha metodlarimni o’g’irlaganda biz jinni bo’lmadik-ku?! Uning “16 fevral” metodini olganimizga shuncha gap-soz, ota-go’ri- qozixona-mi? Boshqalarga qarshi ishlatmoqchi edik, o’zi yo’limizga to’gri kelib qoldi. O’ziniki o’zinikiga qattiq botadi-da,- dedi Turkmanboshi.

149.IQROR

-Turkmanlar Niyozovga suiqasd qilganlarning videoga yozilgan so’zlarini davleniye bilan olingan,-deb aytibsan, bu deyman ularning qamog’iga ham shipion kiritganmisan, nega men bilmayman?- deb so’radi yurtboshi MXXboshidan. MXXboshi darhol javob qildi.

-Siz bilmasdan odam kiritib o’libmizmi, yurtboshim! Tajribamizdan kelib chiqib, qo’rqmay aytdik. Ular odamlarni nafaqat qiynashgan, nafaqat butilkaning ustiga o’tqazishgan, balki dori ham berishgan.

150. “SOKO KARIMOKO”

Yaponiyadagi buddistlarning SOKO tashklioti yoshlarga pul berish evaziga o’z saflarini kengaytirish bo’yicha dunyoda missionerlik ishlarini olib boradi. Yaqinda ular Islom Karimovga faxriy doktorlik unvonini berar ekanlar o’z nashrlarida “Islom Karimov”ni “Soko Karimoko” deb yozishdi.

-Bu nima deganingiz?- jahli chiqqan Karimov Soko idorasiga telefon qildi.

-Hammasi joyida,-dedi Xudoga emas Buddaga ishonuvchi yapon.- Siz Misrdagi “Al Ahzar universitetidan unvon olgandan keyin ular “Islam Karimov” emas, “Islom Karim” deb yozishgandi. Biz ham shu an’ani qabul qilib, o’z a’zolarimziga “Soko” ismini bera boshladik.

151.REYTING

-Dunyoda birinchi bo’ldik,-dedi maslahatchi prezidentga.-Chin dildan tabriklayman, butun dunyo prezidentlari orasida eng yuqori reyting sizniki, xalqimizning 95 foyizi sizni qo’llab-quvvatlaganini mana endi hamma biladigan bo’ldi.

-Buncha hovliqasan, meni dunyodan bexabar, deb o’ylayapsanmi? Iroqda saylov bo’lganda xalqning 100 foyizi Saddamni qo’llab- quvvatlagandi. Shunng uchun birinchi emas, ikkinchi bo’ldik, desang-chi,- javob qildi prezident.

152.YANA REYTING HAQIDA

-Turkmanboshi xalqning 99 foyizi meni qo’llaydi, deb aytib yuribdi. Biz bo’lsak kamtarlik qilib, 95 deb yozib yuborgandik, shunday e’lon qilib yuborishdi. Bilganimzda 101 deb yozib berardik, o’shanda rostdan ham birinchi bo’lardik,- dedi maslahatchi prezidentga.

-Bir prosentini kimlar tashkil qiladi, deb sorab qolishsa nima deysan?-ajablandi prezident.

-Bugungacha ozmuncha o’lgan odamga mukofot berdikmi? Hamma o’lgan artistlar, yozuvchilar orednlik bo’lishdi, ularning ham ruhlari siz tomonda,-dedi maslahatchi g’ururlanib.

-Lofga ustasan-da , hali hammasiga berganimiz yo’q-ku?! Farmon tayyorla, qolganlariga ham beraylik, tiriklar bir kun sotib ketishlari mumkin, ammo o’liklar sodiq bo’ladi, farmondan keyin Reytingni 105 deb yozaverasan,- mamnun bo’ldi prezident.

153.BILA OLMAYSIZ

Toshkentda Inson haqlari kurashchilarini o’zlarini himoya qilishga yo’naltirilgan Xalqaro seminar-treining o’tkazildi. Chet eldan kelganlardan biri yonidagi senimar qatnashchisidan:

-Nega bu moskvalik domla o’zbek huquq himoyachilariga zarba kelganda qanday qilib qovur’gani bekitish, ko’zni ehtiyot qilish, boshni panaga olish, ko’krak qismiga zarba tushmaslik chorasini qilishni o’rgatayapti?-deb soradi.

-Chunki “SNB”chilarning, mirshablarning zarbasi qayoqdan kelishini bila olmaysizda-, dedi seminar qatnashchisi.

154.KAMARSIZ

-NATOning majlisida Karimov “Markaziy Osiyoga xafsizlik kamari kerak”, deb aytdi.Bunga siz nima deysiz,- deb so’rashdi muxbirlar Nazarboyevdan.

-Bizning kamarimiz joyida, ishtonimiz ham tushib ketgan emas,-javob qildi u kulib.

155.YURTBOSHI HARAKATI

Amerikada haydovchilar tezlikni oshirganlari uchun qattiq jazolanadilar. Jazodan qochishga uringanlarr birorta naynovni o’tkazib yuborib, orqasidan quvib ketaveradilar.Politsiya naynovni ushlar, qolganlar esa o’tib ketishaveradi.

Markaziy Osiyoda ham bitta naynov topishgan, bu Turkmanboshi, referendum, umrbod prezidentlik, man endi endi hafta va oylar nomini almashtirihs kabi masalalarda u oldinga solingan. Uning orqasidan ketayotgan Karimov, maslahatchisidan:

-Tarixni qayta yozish qanday ketmoqda?- deb so’radi.

-“Birlik’ni “Ikkilik’ deb o’zgartirdik, aka-uka qolgani uchin, “ERK”ni “BEK’ deb yozdik, bu partiyada faqat Bekjonlar oilasi qolgani uchun, Alisher Navoining “Tohir va Zuhra” sini “Botir va Zuhra ” deb o’zgartirdik,- dedi maslahatchisi.- Agar izn bersangiz ismingizni Yurtboshi deb o’zgartirsak, bilasiz, Islom kalimasi atrofida gap ko’p, buning ustiga anau ham Turkmanboshi deb o’zgartirganiga ko’p bo’ldi, juda ham orqada qolib ketdik.

– Bop’ti!- dedi Karimov.

-Namanganni Bobo Mashrab deb nomlamoqchimiz, lekin Juma kunini nima deb o’zgartirsak ekan?-so’radi maslahatchi.

-O’lgan,- deb o’zgartiringlar dedi,- Karimov va so’ngra,- Bugungi yangiliklarni o’zgartirishlar bilan yozib gazetalarga chiqaringlar, qani odamlarning munosabati qanday bo’larkin, keyin qarorlashtiramiz, dedi.

Ertasiga xabar paydo bo’ldi:

Vatannni sotib ketgan “Ikkilik’ Amerika fuqarosi, “BEK” Norvegiya grajdani bo’lishibdi. O’zbekiston Yurtboshi Harakati hali ham nafaqat Markaziy Osiyoga, balki dunyoga ham tahlika solib turibdi…

156.SABAB

NATOning 2002 yil 21 Noyabrda Pragada bo’lgan oliy darajali yig’ilishida Karimov Gavelning yoniga keldi va:

-Bizning terroristni O’zbekistonga nega topshirmaganingizga hali ham hayronman,-dedi.

-Hayron bo’lmang,- javob qildi Gavel,- Uni topshirsam, siz qamab qo’yib, undan Gavelga, ya’ni menga o’xshgan qahramon prezident yasagan bo’lardingiz. Vaholanki, ichingizdan sevinib turibsiz. Siz o’zingizdan keyin yana bitta Karimov chiqishini istamagandek, men ham o’zimdan keyin yana bitta Gavel chiqishini istamayman, buning ustiga O’zbekistonda. Agar uni sizga topshirganimda ikkalamiz ham yutqizgan bo’lardik. U birvarakayiga ham Gavel ham Karimov bo’lardi.

157.RO’ZASI BUZILAR EKAN

O’zbekiston rahbari Turkiyada islomiy yo’ldagi “Adolat va Taraqqiyot” partiyasi raisining o’rinbosari Abdulla Gul Bosh vazir bo’lgani bilan tabriklash uchun Anqaraga telefon qildi. Abdulla Gul Erboqan hukumatida turkiy jumhuriyatlar bo’yicha vazir bo’lganda Toshkent uni O’zbekiston Islomiy harakatiga yordam berishda ayblagandi.

Abdulla Gulning kotibi Karimovga ” Bosh vazir namoz o’qimoqdalar” deb javob qildi. Oradan bir soat o’tib Karimov yana telefon qildi. “Bosh vazir jomega ketdilar” degan javobni oldi. Yana bir soatdan so’ng telefon qildi va bu safar “Bosh vazir siz bilan Iftordan keyin gaplashar ekanlar” degan javobni eshitdi. “Nimaga?” deb so’aradi Karimov beixtiyor.”Hozir siz bilan gaplashsalar, ro’zalari buzilar ekan” dedi telefonga javob bergan odam.

158.JASLIQQA QANDAY BORILADI?

-Kichik Islom katta Islomdan so’radi:

-Bobo, hamma kelgan mehmonlar sizdan Jasliq haqida so’rashadi. U qanday joy, men ham borib ko’rsam bo’ladimi?

-Sen Islomcha, hali yoshsan,-dedi Islom nevarasiga.- Katta bo’lsang o’zim yuboraman.

-U yerga qanday boradi, o’zi?- yana so’radi Islomcha.

Nevarasining savollaridan jahli chiqqan Islom:

-U yera boradigan bitta yo’l bor, u ham bo’lsa sud orqali,- dedi.

-Sud nimaligini tushunmadi shekilli kichik Islom xursand bo’lib:

-Birga boramiz’a, bo’lmasa!-dedi.

159.BO’LAJAK PRESIDENT

-Adash, Amerikadagi dadang telefon qilibdi, nima dedi?- so’radi president nevarasidan.

To’qqiz yoshli Islom:

-Katta bo’lsang bobongga o’xshab president bo’lasan, dedi.

– Nega unday dedi?

-O’zingiz o’rgatib qo’ygandek, telefonni olib ” He onangni …” deb so’kkandim, shunday dedi-da,- javob qildi nevara.

160.IKKINCHISI YAXSHIROQ

-Bobo sizni kim yaratgan?- deb so’radi kichkina Islom katta Islomdan.

-Kim bo’lardi, Xudo yaratganda,- deb javob qildi katta Islom.

-Meni-chi, meni kim yaratgan?- deb so’radi yana kichkina Islom.

-Seni ham Xudo yaratganda, axmoq, buncha bemaza savollar beravermasang!

-Hmm.. Demak, Xudoning odam yaratishda tajribasi ancha oshibdi,- dedi kichkina Islom.

-Bu nima deganing, badbaxt!

-O’qituvchimiz aytdilar, tajriba oshib boraveradi, birinchi yaratilgan narsadan ikkinchisi yaxshiroq bo’ladi, deb.

161.AYASINING MAFIYAGA

-Man qilgan xatoni katta bo’lganingda sen qilma, men onangni Amerikaga berib xato qildim,- dedi katta Islom kichik Islomga.

-Men xato qilmayman. Ayamni mafiyaga beraman,- dedi kichkina Islom.

-Nima deb valdirayapsan?

-Chunki ayam, mafiya bobongdan ham kuchli, deb aytdilar, men ayamni eng kuchliga beraman,- dedi g’urur bilan kichkina Islom.

162.QIZINI ROSSIYAGA BERADI

Boshqa kun katta Islom ichib olib, yana oldingi gapini takrorladi.

-Man qilgan xatoni katta bo’lganingda sen qilma, men onangni Amerikaga berib xato qildim,- dedi u kichik Islomga.

-Yo’q. men xato qilmayman, sizdan keyin men president bo’lsam, qizimni Rossiyaga beraman,- javob qildi kichik Islom.

-Nimaga unaqa deyapsan, qiztaloq!

-Ungacha hamma o’zbeklar Rossiyaga ko’chib ketgan bo’ladi-da,- dedi topqir Islom g’o’ddayib.

163.OLTIN BOSH

-Matbuot kotibi hovliqib presidentning huzuriga kirdi.

-Oqsoqol, Amerikadan kelgan mehmon kutilmaganda bizni qattiq tanqid qildi?- dedi u.

-Qaysi mehmon, nima dedi?- so’radi prezident.

-Davlat kotibining yordamchisi, ” O’zbekistonda inson huquqlari yomonligidan tashvishdamiz, Hizbu tahrirchilarni bekordan-bekorga qamab quygansizlar” dedi.

-Bunday paytda hovliqish kerak emas, Sodiqqa ayt, butun dunyo mamlakatlariga “Hizbu Tahrir terroristik tashkilot, uni ro’yxatga olinglar” deb xat yozsin. Amerika Iroq masalasida yordam so’rab turibdi, biroz oyoq tiraymiz, tahrirchilarni terroristlar ro’yxatiga olishlarini menga qo’yib ber. Agar olishmasa, haligi mehmoning yana Toshkentga kelganda qamoqdan bir- ikki tahrirchini qo’yib yuborsang, uni olib qochishsa, ana undan keyin tomosha qilamiz,- deb tirjaydi prezident.

-Tushundim, xo’jayin, oltin boshingiz bor-da,- erkalandi kotib.

-Senlarniki xum kalla bo’lgandan keyin, meniki oltin bo’lmay, nima bo’lsin!- javob qildi prezident.

164.”IP QIDIRIB YURMAYLIK, TAG’IN!”

-Ana u Angrenlik jurnalist o’zini nega osibdi?- so’radi prezident Matbuot kotibidan.

-Davlat pulini o’margani, o’g’irlik qilgani ochilib qolgandi, shuning uchun…

-Axmoq, yaxshiroq bahona top, agar davlat pulini omargani ochilib qolgani uchun o’zini osish a’nanaga aylansa, bir kun kelib hammamiz arqon qidirib yurmaylik, tag’in.

165.LABINI TISHLAB QOLDI

Moskvadagi teatrda chechenlar tomoshabinlarni garovga olgan kunlarda Islom Karimov Vladimir Putindan xafa bo’ldi. Oktyabrning oxirgi kunlari edi, u Mojariston safariga ketayotib aeroportda bayonot berdi:

-Ba’zi katta qo’shnilarimiz og’ziga kelganini gapiradigan bo’lib qoldilar, chechenlar haqida gapirsang, chechen degin, nima emish “Islom terroristlari” emish. Buni hali isbotlash kerak!

Karmovning bu gapidan Islom dunyosidagi birqancha ulamolar mamnun bo’ldilar va unga minnatdorchilk maktubi yubordilar. Karimov jahli chiqib, maslahatchisiga o’shiqrdi:

-Ablah, san Putin “Islom terroristlari” deb aytdi, bu gap sizga tegib ketadi, deb aytgan eding! Ular hujumni sizga bog’lamoqchi, deganday bo’luvding!

-Yo’g’e, men hammamiz ham musulmon bo’lganimiz uchun “Islom terroristlari” degan gap hammamizga tegadi, degandim, oqsoqol,-dedi maslahatchi.

-Birinchidan men oqsoqol emasman bildingmi, ikkinchidan men musulmon…

U birdan labini tishlab qoldi.

166.O’XSHATISH

Shoirkalon Abdulla Oripov yosh qalamkashlarga dars berayotib:

-Bundan keyin Quyoshni xalqqa tushuntirib berish uhcun, obrazli ifodalash uchun Islom deb…

-Yo’g’e, domla, keyin bizni ham “dinchi”, deb qamab yuborishadi,-deya uning so’zini bo’ldi hali soqoli sabza urmagan yigitcha.

-Buncha shoshqaloqsanlar-a, berdisini aytmasdan urib o’ldirasanlar. Eshitsangchi, tirrancha,bundan keyin Quyoshni xalqqa tushuntirib berish uhcun, obrazli ifodalash uchun “Islom” deb, Oyni esa “Tatyana” deb yozasilar!

167.KARIMOVNING TOPQIRLIGI

2002 yilning 18 Oktyabrida Toshkentga kelgan BMT Bosh kotibi Kofi Annan Islom Karimovga:

-Islom, xalqaro tashkilotlar meni garang qilib yuborishdi, qo’y, shu siyosiy mahbuslaru dindorlarni ozod qilib yubor,-dedi.

-Kofi aka, bir og’iz so’zingiz biz uchun hukm mutlaq, lekin ikkita to’siq paydo bo’lib qoldi-da. O’zim ham sizning kelishingizga shularni qo’yib yuboraman, deb turgandim. Lekin Iroq prezidenti Saddam Husayin qamoqlaridagi hamma mahbuslarni ozod qilib yubordi. Endi Xalqaro jamoatchilik, hatto Amerika ham uni tanqid qilmoqda. Qamoqdagilarni siyosiy o’yinlariga omil qilmoqda deb. Ikkinchidan, xalqimiz ham noto’gri tushunib qoladi. Mana Saddam ozod qilgandi, bizniki ham undan o’rgandi, undan farqi yo’q, deb. Shuning uchun 2-3 yil qo’yib bering, hamaning esidan chiqsin, keyin sizning hukmingizni bajarib beraman,-dedi.

Koffi Annan mamnun bo’lib ketdi.

Karimovning maslahatchisi:

-Islom aka, biz ularni kamida 15-20 yilga qamaganmiz. 2-3 yilda qo’yib yuborsak, qanday bo’larkin?,-dedi.

-Go’lsanda, uka, 2-3 yilda yo Afandi o’ladi, yo eshagi. Kofi akangni muddati bitib, kofi ichishga ketadi, o’rniga boshqasini saylaymiz,- dedi Karimov o’zining topqirligidan xursand bo’lib.

168.WASHINGTONDA KARIMOV KERAK BO’LDI

Washington atrofida bir qotil, har ikki-uch kunda bir kishini otar ekan, uni ushlash uchun katta kuchlar safarbar qilinsa ham ish oson ko’chmayotgan edi. Odamlar bir-birlariga arz qila boshladilar.

-Bitta odamni ushlash shuncha qiyin-mi? Qachongacha u aholini qurquv, vasvasaga soladi?

Shunda Amerikadan siyosiy boshpana olgan bir o’zbek javob qildi.

-Karimov kerak bo’lib qoldi-da, u allaqachon qotilni topgan bo’lardi.

-Qanday qilib,- so’rashdi unday.

-Qanday bo’lardi,- javob qildi o’zbek bamaylixotir,-shahardagi aholining hammasini qamoqqa tiqardiyu keyin bittasining bo’yniga qo’yardi, tamom vassalom!

169.JASLIQ

2002 yilning 21 Oktyabrida Toshkentga kelgan Polsha prezidenti Aleksand Kwasniewski

Karimovga:

-Janob prezident, eshtishimcha “Jasliq” degan konslager qurdirgan ekansiz. Bizda bir paytlar shunaqa lagerlar bo’lgan. Mana endi o’sha lagerlar uchun ham sharmanda bo’layapmiz, ham yahudiylarga jarima to’layapmiz, ular buni mukofot deb bilib, yanada ko’proq so’rayaptilar, qiyin vaziyatga tushdik, bir kun kelib siz ham qiynalib qolmang -dedi.

-Bizniki bohsqacharoq-, javob qildi Karimov.- Biz yahudiylarni emas, musulmonlarni qamayapmiz. Bular bu dunyoga emas, u dunyoga ishonadilar, u dunyoning mukofotiga ishonadilar. Qarab turing, ularning hammasini mukofotni u dunyodan oladigan qilib qo’yamiz,- dedi Karimov.

170. SAYLOV-SAYLOV O’YINI

Prezident Karimov ro’yxatga olingan beshta partiya raisini chaqirdi.

-Saylov- saylov o’yanaymiz,-dedi u ularga-

-Siz aytsangiz hamma narsa o’ynaymiz deyishdi ular. Faqat o’yin shartlarini aytsangiz bas!

-Faraz qilinglar, bugun partiyangizda qurultoy va hammangiz prezidentlikka oz nomzodingizni ko’rsatishingiz kerak. Mana

varaqa, qani o’zingizga ovoz bering. Boshqalrni o’chirib o’zingizni qoldiring.

-Hayron bo’lgan partiya raislari Karimov aytganidek qilishdi. Qog’ozlarni olib qarab chiqqan Karimov,

-Saylovda men bilan XDP raisi Abduhafiz Jalolov qatnashadi,-dedi-, hayron bo’lmanglar men sizlarni sinamoqchi edim.

Faqat Abduhafiz o’z ismini chizib mening ismimni yozibdi. Demak, faqat unga ishonish mumkin. Yani u jo’jaxo’rozlik qilib, avval va’da berib, keyin saylov-saylov o’yinini buzmaydi.

 

171.PALOVXO’RLIKKA

 

Saylov yaqinlashar ekan Karimov Markaziy saylov kommissiaysi raisi Najmiddin Komilovga

-Chet ellardan minglab, kerak bo’lsa millionlab nazoratchi chaqir,-dedi.

-Oqsoqol, unda saylov uchastkalarida o’tirib, odalamlarga kimga ovoz berishlarini aytib turadigan vakillarimiz nima qilishadi?- boynini ichiga tortgancha savol berdi Komilov.

-O’z ishlarini bajaraveradilar. Chet elliklar qachondan beri o’zbekchani tushunadugan bo’lib qolishdi, galvars. Ularga palov qilib bersang bas!

-Demak, saylov emas palovxo’rlik desangiz-a, oqsoqol!

172.SANDIQLAR OCHILMASIN

-Markaziy saylov kommissiyasi hay’atini qabul qilgan Karimov:

-Odamlar istaganidek ovoz beraversin, bizda demokratiya,-dedi.- Faqat birorta axmoq ciqib sandiqlarni ocib yurmasin.

Ocmasdan yoqib yuborsa yaxshi yonadi. Zotan saylov qishda, saylov uchastkasidagilar mazza qilib isinishadi-dedi

-Oqsoqol natijalar nima bo’ladi?

-Haya sen galvars kommunistik idorada ishlamagansan. Natija 99.99

-Kimning foydasiga?

-Onagning erining foydasiga, bildingmi?

-Bildim!

 

173.O’G’IL TOPILDI

 

Karimov Internetda “Birlik” sahifasini o’qib otirib dodlab yubordi:

-Topildi, topildi. O’g’lim topildi. O’n ikkinci xotinimdan bo’lgan o’g’lim, merosxo’rim yo’qolib qolgandi, topldi!

Devon boshlig’i Internetga qarab hayron bo’ldi. U yerda faqat g’rt bemaza so’kishlardan iborat bir xat bor edi.

-Xojayin qanday qilib bildingiz og’lingiz ekanligini, -ajablandi Devon boshlig’i.

-Xunasa, dunyoda menga o’xshatib faqat o’glim sokinishi mumkin, bildingmi!

 

174.SODIQ SODIQMI?

-Karimov O’zbekistonning Amerikadagi elchisi Sodiqqaa telefon qildi:

-Sodiq sodiqmisan?

-Albattada xojayin.

-Unda nega xotining bilan ajralganingni aytmading, menga.

-Oltinga teng vaqtingizni olmay dedimda, xojayin.

-Sodiq sodiqmisan o’zi?

-Albatta xojayin.

-Unda nega seni Kongressda sud qilishganini aytmading menga.

-Siz ucun sud bo’lish u yoqda tursin, o’limga ham tayyorman, xo’jayin.

-Yaxshi, tayyor bo’lib tur, yaqinda telefon qilaman.

174.SIR

-Karimov Sodiqqa telefon qildi:

– Computering bormi?

-Bor xojayin…

-Unday bo’lsa “Shift”ni bosib turib ayni vaqtda “4” raqamini ham bos.

-Bosdim xo’jayin.

-O’shandan tayyorla, borayapman.

175.KLINTONNING JAVOBI

-Karimov AQSH prezidenti Klintonga telefon qildi:

-Assalomu alykum Bill aka.

-Hello.

-Iltimos, Amerikadagi muxoliflarimni ushlab bersangiz degandim.

-Bu ishni qilolmayman, chunki sen yaxshi do’stimsan. Esingdami majlisda yonimda olib o’tirgandim.

-Do’stim bo’lsangiz nega qilolmaysiz.

-Shu ketishda sen ham bir kun Amerikaga kelib qolasan. Keyin seni ham ushlab berishga to’g’ri keladi-da!

176.BOSHGA-BOSH!

Karimov Said Abdullo Nuriyga sim qoqdi:

-Akamullo, Tohirning boshini istayman!

-Xo’p, Islom aka, lekin bitta shart bilan.

-Roziman, qanday shart ekan?

-Biz ham sizning boshingizni istaymiz.

 

177.TUSH

 

Karimovning tushiga Brejnev kirdi:

-Islamchik, okruglay, olti million tonna paxta berasan,-dedi u.

-E, Leonid Ilich u zamonlar o’tdi. Hozir hamma narsa barter. Evaziga siz nima berasiz.

-Hmm… Bo’pti, agar seni ham Sharafchikka o’xshatib go’rdan chiqarib tashlasalar, Novodevichyedan siyosiy poshpana beraman.

178.AVTOGRAF

Karimov huzuriga maslahatchisi O’tkirjon kirdi.-Oqsoqol chet ellik jurnalistlar kelishgandi, yangi yozilgan kitobingiz dunyoda mashhur bo’lib ketdi, shu bo’yicha…

-Nima deyapsan o’zi, o’qimasdam qol qo’yib berganimni unutdingmi, nima haqda edi o’zi?

-Hozir ular kitobbo’yicha savol berishmaydi, balki avtograf olishmoqchi.

-Ayt kirishsin! Yaxshiroq yozadigan ruchka ber!

179.SHAYTANAT

-Meni shayton deyishibdi, Arkadiy Dubnovdan eshitib qoldim- dedi Karimov matbuot kotibi Murodxonga.

-“Oq saroy”ni esa “Shaytanat” deyishibdi,- qizdirdi Murod.

-Shoshmasangchi, shayton degani nima o’zi?

-Aqli o’tkir degani har holda,- dedi Murod.

-Unda “Vremya MN” gazetasiga telefon qil, Dubnov “Sayton” so’zini sarlavhadan bersin. Biroz qizilchadan ham uzat! Ha,

“Oq saroy” so’zini o’zgartirib “Saytanat” deb yozib qoyinglar, yaxshi so’z ekan, menga yoqdi.

180.QAHRAMONLIK

Karimov “O’zbekiston Qahramoni” unvonini olgan shoir Erkin Vohidovga telefon qildi.

-Tabriklayman, Erkin aka, agar o’sha paytda “ERK” dan ajralmaganingizda bugun qahramon bo’lmas edingiz,-dedi.

-Bunchaligini taxmin qilganda Muhammad Solih ham ajralgan bo’lardi,- dedi Erkin Vohidov.

-Sizni buyukligingiz shunda-da. Kelajakni oldindan korgansiz.

-Taqsir hali yana bitta qahramonlik berihsga qarzdorsiz,- dedi Vohidov erkalanib.-Onangni deb so’kkanlaringizni ko’tarish ham bir qahramonlik.

-Nima, butun hukumat a’zolari, barcha rahbarlar qahramon demoqchimisiz?

-Astag’furulloh,-dedi Erkin Vohidov Karimovning jahli chiqqanini korib.- So’kkaningiz so’k oshi, ya’ni har bir so’kkaningiz bir mukofot demoqchi edim, yana bir so’kib qoysangiz o’zimni ikki karra qahramon his etaman!

181.ANTIQA TAYYORAGOH

Tohir va Jimaning yigitlari Qirg’izistondan sog’-omon chiqib ketganini eshitgan Karimov vajohat bilan Asqar Akayevga telefon qildi.

-Asqar og’a uxlayaptilar,-dedi yordamchisi.

-Uyg’otsang-chi, men Islom bo’laman!

-Islam bo’lsangiz manga nima, kerek bo’lsa Taxir Yuldash telefon qilsa ham uyg’otma deganlar,-dedi yordamchi.

-Prezidentingga ayt, kal boshiga CU-29 dan beshtasini qo’ndiraman!- dedi Karimov jahl bilan.

Qirg’zistonda demokratiya ekanligini unutgan Karimov yordamchidan darhol javob oldi:

-Vay buyayov, bizim preziden uygangancha beklab turesizmi, CU larin benzinlari bitib qalar, hazircha o’z bashingizga

qo’ndirib tursangiz-a, falakatning aldini algan bulesiz!

182.ISLOM DAVLATI

-Tohir Yo’ldosh “Islom davlati quraman” deb bayonot beribdi,- dedi Abdulaziz Komilov Karimovga.

-Borib ayt, qo’lidan kelsa Tohir davlati tuzsin! Islom davlatini tuzganimga yaqinda o’n yil bo’ladi,- dedi Islom Karimov g’urur bilan.

183.ISLOM UNIVERSITETI

Husni Muborak Karimovga telefon qildi:

-Islomga qarshiman deysizu Islom Universiteti ochibsiz-ku?

-Islomga qarshi kurashish uchun Islomni organishimiz kerak,- javob qildi Karimov.

Kop o’tmay Saudiya Arabistonidan qirol Fahd telefon qildi:

-Sizga Ka’baposh berdi, deb meni qoralab yurishgandi. Mana ularga siz javob berdingiz, Alloh sizdan rozi bo’lsin!

-Rahmat, yordam berib turasiz, Islomni birga rivojlantiramiz. Universitetni shuning uchun ochdik,- dedi Karimov.

Uyiga kelsa xotini soradi:

-Dadasi, Islom universiteti ochibsiz-mi?

-Xafa bo’lma keyingi universitetni sening nomingga qo’yaman,- javob qildi Karimov.

184.HOJI va HOJILAR

Karimov Makkaga borib kelgandan keyin Jizzaxdagi majlisda:

-Bilib qoyinglar, men ham hoji bo’lib keldim,-dedi.

Majlisda chiqarkan hamma unga:

-Hoji Islom aka! Kamina ham hoji!- deb murojaat qildi uzoqdan bir kishi.

-Bu jinni bo’lgan-mi? Hoji bitta bo’ladi!- dedi Karimov atrofidagilarga.

-Taqsir Makkaga borib kelgan har bir kishini hoji deyishga majburmiz, bu qoida,-dedi mufti.

-Unday bo’lsa men hoji emas, nima bu ipirisqilar bilan tenglashib qolaman-mi? Meni Makkadan hoji bo’lmay… yo’q,

hojilikni qabul qilmay qaytgan, deb e’lon qilinglar,- dedi Karimov.

185.ABRAMOV MUZLIGI

Karimov Imomali Rahmonov bilan Almatida uchrashdi.

-Abramov muzligiga ikkita bomba tashlasam nima bo’ladi?- dedi Karimov.

-Tojikiston ham O’zbekistonga o’xshab qoladi,- javob qildi Rahmonov.

-Qanday qilib?- ajablandi Karimov.

-Bilmasam, biznikilar O’zbekistonni “Abramov muzligi” deyishadi.- yelkasini qisib javob qildi Rahmonov.

186.TABRIKNOMA

Moskvada GKCHP davlat to’ntarganda Karimov Hindistondan qaytayotgandi.

-Darhol o’rtoq Yanayevga tabriknoma yubor,- dedi u maslahatchisi Shoxobbiddin Ziyomovga.

Toshkentga yetib kelganda hokimiyat Yelsinning qo’liga o’tgandi.

-Darhol hurmatli Boris Nikolayevichga tabriknoma yubor,- dedi u Ziyomovga.

-Balki ertaga Gorbachevning o’zi qaytar,- dedi Ziyomov.

-Bo’pti har ehtimolga qarshi o’rtoq Gorbachevga ham tabriknoma yubor,- dedi Karimov.

187.INTERNET DUSHMANLARI

-Internetning nechta dushmani bor,- so’radi talaba talabadan.

-Ikkita,- dedi talaba.

-Kimlar?

-Karimov bilan Saddam.

-Nega?

-Karimov o’zi haqida latifalar yozganlari uchun Internetga dushman. Saddam esa o’zi haqida yozmaganlari uchun.

188.HAMKASBLAR

Karimov eski hamkasbi Vladimir Putinga telefon qildi.

-Tabriklayman, chechenlarni iniga kirgizib yubordingiz,- dedi.

-Yaqinda navbat senga keladi,- dedi Putin.

-Men bir so’zingizni ikki qilganim yoqku,- hayratlandi Karimov.

-Bir oy oldin Masxadovni Toshkentga men taklif qilgan ekanmanda-a?

-E, nima deyapsiz, Vladimir aka, uni sizga ushlab bermoqchi edim,- dedi Karimov.

– Eshitding-mi, Aslan,-dedi Putin yonida o’tirgan Masxadovga.

 

189.TAJRIBA

 

Boris Yeltsinga Moskvada uylar portlashi munosabati bilan Karimov ta’ziya bildirdi.

-Rahmat senga,- dedi Boris.- Sening tajribangni qo’llashga qaror qildik. 16 fevral nafaqat O’zbekiston, balki Rossiya tarixiga ham kirdi.

-Faqat bizning muxolifat bilib qolgani yaxshi bo’lmadi-da,-dedi Karimov.

-Bu yog’ini o’ylama, dunyoda hech kim muxolifatga ishonmaydi,- dedi Boris.

To’g’ri aytasiz, yaqinda muxoliflar Karimov 50 ming kishini qamadi deyihsgandi, hech kim ishonmadi.

 

190.KOMMUNIST VA DINDOR

-Kommunist va dindor orasida qanday farq bor,- so’radi talaba domlasidan.

-Hech qanday far yoq,-dedi domla.- Kommunist ham Karimov, dindor ham Karimov. Ishonmasang ” Turkiston” gazetasini varaqla.

 

191.BYUST

 

-Byustni kimlarga qo’yadilar,- so’radi talaba domlasidan.

-O’lgan odamlarga, Leninga, Stalinga masalan, – dedi domla.

-Unda Farg’ona darvozasiga nega Karimovning byustini qoyishgan?

192.TELIA

“Teli”aga muxolifat sahifasini bekitib qo’ying, deb xat yozgan Karimovga javob keldi:

-Ovora bo’libsiz, o’zimizda yumshoqroq tualet qog’ozi bor.

193.MONIKA

-Muxolifatning lideri o’zining Internetdagi sahifasiga hech qanday aloqam yoq, deb yozibdi,- shunga ishonsa bo’ladimi dedi bir talaba ikkinchisidan.

-Monika Levinskiy ham avval Klinton bilan hech qanday aloqam yo’q deb yozgandi,- javob qildi ikkinchi talaba.

194.CHANDIQ

-Bugun BBC radiosi “Karimov portretiga chizgilar” degan eshittirish berdi,- deya gap boshladi bir muxolifatchi.

-Nomini yaxshi eshitdingmi? Menimcha “Karimov portretida chandiqlar” bo’lsa kerak!- dedi ikkinchi muxolif.

195.BUTILKA METODI

-Ibrohim Qirg’iziston haqida gapirganda nega o’tirmay gapirdi,- so’radi Karimov MXX boshlig’i Inoyatovdan.

-Gapirmayman degandi, butilka suqib qo’ydik,- dedi Rustam Inoyatov.

-Unda qanday qilib anau kechagilar bemalol o’tirib, ayblarini boynilariga olib gapirishdi?

-Butilkalar kichiklik qilgandi,- javob qildi Inoyatov.

196.ERMAK

-Mavlon aka, bu “Birlik” safifasida so’kinganlar o’zbekmi o’zi?- so’radi Halima yaqinda qamoqdan chiqqan eridan.

-Hech kim eshitmasin, men olti yil Karimov bilan ishlab bilaman, bunday so’kishlar faqat undan chiqadi. Oldin televizorni

quchoqlab yotardi, endi ermagi Internet bo’lib qolganga o’xshaydi.- dedi Mavlon.

196.LIVIYA FUQAROSI

Karimov sobiq muftining xatini “Xalq so’zi” gazetasi bosh muharriri Abbosxonga berarkan:

-Bojasini prokurorlikka tiklaganimiz ish berdi. Mana Tohirga ham Bakir og’liga ham qarshi xat yozib berdi,- dedi,- Birinchi sahifada chiqaringlar. Bularni itlar kabi bir-birlari bilan olishtirib tomosha qilish kerak!

-Oqsoqol, ostiga Liviya fuqarosi deb yozib qo’yaylikmi?- soradi Abbosxon.

-Unda qo’rqib yana qochib yuradi. Qaytib kelsin u sotqin, Vatan xoiniga Liviya fuqaroligini ikkinchi marta o’zimiz beramiz.

Almatovga bachasevar Qaddafi rolini oynatamiz. O’zi ham barzangi emasmi, boplab o’ynaydi!

197.OQMODAR

-Maqolani boplabsizlar. Asqrova nomidan “O’g’limi oq qildim” deb yozibsizlar, bu rostdanam, Tohirning onasimi, rostdanam oq qildimi?- soradi Karimov maslahatchisi Narzulladan.

-Onasi. Lekin bilasiz-ku, onalar boshiga qilich kelsa ham og’illarini Oq qilishmaydi, odamlar ishonishi qiyinmi, deb turibman.

-Nega oq qilmas ekan, mana mening onam Sanobar opa tirik bo’lganda, oddiygina narsaga qanday qilib meni oq qilib yuborganini senlarga gapirib bergan bo’lardi. Hali jo’jaxo’rozsizlar, hayotdan xabarlaring yo’q, qo’rqmasdan bosaveringlar,

bir kishi ishonsa ham foyda qilgan bo’lamiz! Ha, anau “Oqpadar” degan sozni “Oqmodar” deb ozgartiringlar. Sen bolani tojik, deb yursam, hech narsani bilmaydiganga o’xshab qolding!- dedi Karimov jahl bilan.

198.YAPONLARNI KIM OZOD QILDI?

Karimov huzuriga yugurib kirgan maslahatchisi:

-Yangi gap chiqdi, tojiklar yaponlarni shoira Gulruxsor Safiyeva ozod qildi deb bayonot berishdi,- dedi.

-Sen buyruq ber, biznikilar shoir Abdulla Oripov ozod qildi, deb yozishsin,- dedi Karimov.- Chunki Islomchilar hech qachon xotinlar bilan muzokara olib borishmaydi.

-Bizga ishonarmikan odamlar…

-Anqov bo’lsang, tabiiyki ishonishmaydi, Abdulla Oripov haqida bachcha degan gap tarqalganidan xabaring bor. Endi yaponlar masalasida mullalar bilan aloqa qildi, desang, eshak ham ishonadi!

199.OSHKORALIK

Karimov kotibasini ichkaridagi xonaga tortib yechintira boshladi.

-Voy, buncha shoshasiz, to’xtang, eshikni yopay,- dedi u.

-Yopib nima qilasan, bizda oshkoralik, yopsang, anau axmoqlar, bular yana konyak ichayapti, deb o’ylaydi.

200.KIM AQLLI?

Internetdagi latifalarni o’qib o’tirgan Karimov javob yozdi:

-Hamma latifalaringda meni axmoq qilib ko’rsatishga urinibsizlar!

Darhol javobga javob keldi:

-Kechirasiz, xato bizdan o’tibdi. Latifada teskarisi ko’rsatilishini unitibmiz. Bundan keyin sizni aqlli qilib ko’rsatamiz.

Karimov javobni o’qib qornini siladi:

-Bu boshqa gap, xatolaringni topsa senlar ham uzr so’rashga majbur bo’lar ekansizlar-ku!

201.ONASI O’LIBDI

Har kunlik ishlar haqida raport bergan maslahatchi Alimov:

-Jo’rabekovning onasi o’libdi,- dedi.

-Xato qilmayapsanmi,- so’radi Karimov.

-Yoq, fotihaga ham borib keldik.

-Qiziq, men ishdan quvganlardan birinchi marta o’zi qolib, onasi o’layapti,- ajablandi Karimov.

202.KOMISSIYA

-Bugun Xuyman Rayts Watch tashkilotidan komissiya keladi,- dedi Inson huquqlari komissiyasi raisi Sayyora Rashidova.

-Xuyman,- dedingiz-mi.

-Ha, radioda ham xuyman deyishadi…

-Radioda erkak kishi aytgan bo’lsa kerak,- dedi Karimov.

203.ISTE’FO

Islom Karimov prezidentlikni saqlab qolgan holda Vazirlar mahkamasi raisi lavozimidan istefo berdi va

-Bu lavozimni ham O’tkir Sultonov o’z zimmasiga oladi, butun ekonomikaga u javob beradi,- dedi va davom etdi:- Oliy

Majlis raisi Erkin Xalilov ham har yerda sang’ib yurmasdan parlamentdagi joyida otirsin!

Majlisdan chiqisharkan Karmov maslahatchisi Alimovning qulog’iga shivirladi:

-Ayt endi matbuot arman parlamentidagi voqelarni bemalol kursataversin!

204.FALUNGONG

-Buncha gapirihsadi, bu Falungog degani nima o’zi,- so’radi Karimov Tashqi ishlar vaziridan.

-Xitoyning muxolifati, vahobiylarga o’xshagan,- dedi Komilov.

-Unda nega Amerika ularga yordam berayapti?

-Amerika “Birlik”ka ham yordam berayaptiku…

Komilovnig gapini Karimov kesib tashladi va:

-Tovushingni o’chir, Amerika Flaungogni Xitoyda hokimiyatga olib kelish uchun yordam berayapti!- dedi.

205.JIYAN

-Bugun qanday xabarlar bor, Tojikistonda?- deb so’radi Karimov Xafsizlik kengashi kotibi Rahmonqulovdan.

-Bugun prezidentlikka nomzod Davlat Usmonning jiyanini o’g’irlab ketishibdi,- dedi u.

-Qayerdan o’qiding! Qayerda chiqdi bu xabar?

-O’qiganim yoq, hali hech qayerda chiqqan emas…

-O’qimaganingcha g’ing dema, boshingini uzaman!

206.NARKOTIK

-BMT hayati nega kelibdi?- so’radi Karimov Komilovdan. -Narkotik masalasi bo’yicha tashkilot tuzishni istayapti,- dedi Komilov.

-Ha, tuzaversin.

-Markazi Toshkentda bo’lar ekan va shaharga bir gramm ham narkotik kirmasligi ucun hammayoqqa maxsus apparat qo’yisharkan.

-Unda markazini Qo’qonda tuzishsin, nima endi kunimiz ularga bog’liq bo’lib qoladimi?- dedi Karimov cho’ntagiga qo’l suqarkan.

207.CHUKCHILAR

-Bugun Toshkentga OBSE ning kam sonli xalqlar bo’yicha bosh komissari Max Van DER Stoel kelyapti, siz bilan uchrashmoqchi,- dedi Komilov Karimovga.

-Bo’pti uni xursand qilib jonataylik. Bitta qaror tayyorla, chukchilarni O’zbekistonga qabul qilamiz.

-Nima uchun Islom aka?

-Latifachilikni rivojlantiramiz.

-Qarorni qanday yozay?

-Senlarga nonni ham chaynab berishim kerak. Xrushevning makkajo’xorichilikni rivojlantirish haqidagi qarorini top!

-Xop, xop…

-Yana makajo’xorini chukchi deb o’zgartirihsni unutma!

208.KAM SONLI XALQ

OBSE komissari Max bilan uchrashgan Karimov unga:

-Bizda kam sonli xalq yoq, bizda faqat O’zbek xalqi bor,- dedi.

-Lekin muxolifat…

-Kechirasiz, gapingizni bo’ldim, haqiqatdan muxolifat degan xalqimiz bor va juda oz. Ularni darhol kam sonli xalqlar ro’yxatiga kiritishingiz aqlga to’g’ri kelmaydi.

-Kechirasiz men ham soz’ingizni bo’laman,- dedi kinoya bilan janob Max.- Muxolifatingiz haqiqiy o’zbek ekanligini bilamiz. Muxolifat der ekan, ular taqdim etgan bazi hujjatlar haqida to’xtalmoqchiydim….

209.QIYNOQ

-Islom aka, BMT Venada Inson huquqlari masalasida bizni ham muhokama qilmoqchi,- dedi Almatov Karimovga.

-Nega bu masala bilan sen qiziqib qolding?

-Chunki qiynoq masalasini ko’rishmoqchi, ancha hujjat toplashganga uxshaydi.

-Men o’zim bazilarning yoniga, yerto’laga tushganimni adashmasam videoga olib, keyin tomosha qilgandik. Qayerda shu kasseta?

-Seyfingizda, Islom aka!

-Unday bo’lsa muhokama qilaversin, qo’rqma, yuborgan qog’ozini o’zingga beraman…

210.KOFIR VA JOSUS

Sauidiya Arabistoni valiahdi O’zbekiston safaridan qaytgandan keyin saroydagilarga:

-Bu O’zbekiston prezidenti kofir ekan, shuncha birgalikda yurdik, yonimda turdiyu lekin bir marta ham namoz o’qimadi,-dedi.

Buni eshitgan O’zbekiston prezideni javob qaytardi:

-Men uning josusligi haqida ko’p eshitgandim, shuni isbotladim, namoz o’qigan paytda odam o’zini Allohga bag’ishlashi kerak, u esa birovlarni poylar ekan, mana eni kim kofirligini o’zingiz topib olavering!

211.ESHAK

 

Turkmanboshi Putinga bir ot hadya qildi.

-Samarmurod Atayevich, men uchqichni minishni bilaman, lekin ot minishni bilamayman,-dedi Putin xijolat tortib. Keyin

Kremelda otxonamiz yo’q, otga beradiga ozuqlar ham yo’q, buning ustiga Kremlda otboqar shtati ham yo’q.

Turkmanboshi ajablangan qiyofada, dedi.

-Unday bo’lsa Kremlda Yelsin degan ho’kizni 10 yil qanday boqdingizlar?

Putin bamaylixotir javob qildi:

-Turkmanlar “Turkmanboshi” degan eshakni qanday boqqan bo’lsalar biz ham shunday qilganmiz-da!

 

212.OT

 

Turkmanboshi Putinga “Turkmanboshi” deb nom berilgan otni hadya qildi. Putin:

-Samarmurod Otayevich, uzr men bu otni ololmayman,- dedi.

-Nega bu dunyodagi eng yaxshi ot, mazza qilib minasiz- dedi Niyozov.

-Dunyoda shuncha otu eshshak turganda kelib kelib “Turkmanboshi”ni minamanmi?-dedi Putin.

 

213.BAVOSILLAR

 

-Bir prezident muxoliflari tanqid qilib qolishsa jilmayar va ularni ziyofatga chorlar ekan. Bir necha soat suhbatdan keyin, mehmonlar rosa och qolishgach, ovqat berilar va hamma ovqatga dunyodagi eng acchiq qalampirdan qo’shilar ekan. Sho’rlik tanqidchilar terlab- pishib ovqatni yeb, “mazza bo’ldi-da” deb mamnun holda chiqib ketishar ekan. Bu holdan ajblangan prezidentning xotini:

-Dadasi nega bunday qilasiz, ular sizni tanqid qilishsa-yu siz ularni ziyofat qilasiz-a,- deb so’rabdi.

-Xotinsan, bu narsalarga aqling yetmaydi, men ulardan gemaroy(bavosil)lar partiyasini tuzmoqchiman,-deb javob qilibdi prezident.

 

214.VA’DA

Bir otaxon prezidentdan so’radi:

– Avgust oyiga qadar jannat qilib beraman, degan eding, bolam, mana o’nta Avgust o’tdi hamki, jahannamda yashaypmiz.

Va’daga qachon vafo qilasan?

-Aytaylik, men qaysi Avgust ekanligini aytgan edim-mi,- jahli chiqdi prezidentning. Keyin bir oz nafasini rostladi-da yonidagilarga yuzlanib bamaylixotirlik bilan dedi:

-Aytaylik, bu odam, oilasi, qarindoshlari, tanish bilishlari, bu odamni mening oldimga chiqishiga yo’l qo’ygan mulozimlar ham haqiqiy jahannam nimaligini bilmaydilar, shekili. Bir ko’rsatib qo’yinglar.Ammo unutmanglar, va’da vafosi bilan bo’lishi kerak!

215.GRANT

O’zini muxolifat kattasiman deb yurgan bir kishini atrofidagilar tashlab ketishdi, u yakkalanib qoldi. Keyin bilishsa u xorijdan kattagina “grant” olgan va dollarni ko’rgandan keyin safdoshlarini unutib, mo’may pulni o’z yoniga urgan ekan.

Bundan ranjigan safdoshlari birin-ketin uni tashlab ketishibdi.Muxbir undan so’radi:

-Hamma sizmi tashlab ketdi, bir o’zingiz qanday qilib muxolifat bo’lasiz?

-Ular men bilan emas, pul bilan do’st bo’lmoqchi edilar. Ular bilan urushga kirib bo’lmaydi,-deb javob qildi U.

-Endi nima qilmoqchisiz…

-Mana shu suhbatimiz e’lon qilingandan keyin saflarimiz yana oshib qoladi, mana ko’rasiz. Pulning jozibasi yomon bo’ladi, hammani o’ziga mahliyo qiladi,-deb javob berdi u keyingi savolga. Suhbat tugagandan keyin u muxbirning qulog’iga shipshidi:- Bu safar endi men ularni tashlab ketaman, ketganda ham juda uzoqqa ketaman!

-Unda nima qilasiz yana ularni yig’ib,-ajblandi muxbir.

– Eh, soddasiz-da uka, grantni meni soyam uchun berishmaydi. Grant olish uchun ularga ehtiyoj bor. Boshqacha aytganda ular grant safdoshlar!

– O’zingiz ham grant muxolifat ekansiz-da, bo’lmasa-,dedi muxbir xuddi “Sufe sizga” degan kabi..

 

216.QONUNLAR DOIRASIDA

 

2002 yilning 29 avgustida Mustaqilik kuni oldidan o’tkazilgan sessiyada Karimov nutq so’lzadi.

-Matbuot erkin bo’lishi kerak, odamlar o’z fikrlarini ochiq aytishlariga sharoit bo’lishi kerak, istagan odamlarini tandiq qilishsin, faqat qonunlar doirasida,- dedi.

-Ha,-deb o’yladi o’z fikrida isyon qiluvchi deputatlardan biri,- qonunlar doirasida, qonularga ko’ra prezidentni, uning siyosatini tanqid qilish mumkin emas-da!

 

217.UNUTISH

 

Shu sessiyada Karimov bir maktabga borgani va 15-16 yoshli bollar Brejnev va Gorbachev kim bo’lganini bilmaganlaridan xursand bo’lganini maroq bilan hikoya qildi.

-Ha,- deb o’yladi fikrida isyon qiluvchi deputat,- ular yaqin tarixni unutganlaridan xursand bulayapsan. Unaqada sen ketganingdan keyin ham oradan o’n yil o’tib shu hol takrorlanadi-ku. Yaqin tarixini unutishga o’rganganlardan nima kutasan!

 

218.DEMOKRATIYA

 

Sessiyadan oldin Tashqi Ishlar vaziri Karimovning huzuriga kirdi.

-Amerikaliklar, agar Karimovning o’zi xalqning oldida aytmasa, sizlarning demokratiya borasidagi va’dalaringga ishonmaymiz,- deyisihyapti, dedi.

-Ishonmasa ishonmasin…

-Lekin beriladigan pulni shunga bog’lashaypti-da.

-Unday bo’lsa aytamiz,-dedi Karimov.

-Atsak, keyin bajaringlar deb turib olishadi-da,- dedi Komilov.

-Galvars, sanlarga o’rgataverib, chrachab ketdim, 65 ta masalani birinchi galda bajarishimiz kerak, deb sanaymiz, shuning ichida demokratiyangni ham. Navbat kelganda bajaramiz, deysan, bildingmi, har bittasiga bir yildan vaqt ketsa, ularning talabiga 65 yil kerak bo’ladi,- dedi Karimov va minbarga chiqib birinchi galdagi vazifalarni sanay boshladi.

219.DA’VAT

Sessiyadan keyin muxbirlardan biri Karimovga murojaat qildi.

-Keyingi paytda sizning so’gligingiz yomonlashgani haqida ko’p mish-mishlar tarqalmoqda, bunga o’zingiz nima deysiz?

-Kimki sog’lig’imdan shubha qilsa, men tennis o’ynaydigan kortga kelib o’yinimni tomosha qilsin,-dedi Karimov.

-Ha, deb o’yladi kuzatib turga “fikr”chi deputat.-Kort joylashgan mintaqzga odamku odam, qush o’tishiga yo’l qo’ymasliklarini bilasanda-a?

220.YAXSHILIK

-Men xalqimizga yana bir katta yaxshilik qilmoqchiman, nima uchun farzandlaringiz ikki yil harbiy xizmat qiladi, bir yil ham

yetarli,-dedi Karimov.-Endi bolalaringizni ikki yilga yulib oladigan qo’llarni kesaman!

-Ha, deb o’yladi “fikr”chi deputat,- armiyaga juda ko’p pul ketayapti, bolalaringizni tekinga boqaman-mi, desang-chi, kecha ichkaridagi majlisda shunaqa deganding-ku!

One Response

  1. […] 14.220 latifa […]

Comments are closed.