Jahongir Mamatov: “Aldarko’sa taxtga minganda…”

jm11.jpgSiyosiy latifalar

2005-2006

Aldarko’sa hayotining mag’zini idrok etishni istasangiz u holda mazkur kunlarda yuz bergan voqealarni ham eslang.
Shunchaki jilmayib qo’yishni istasangiz kunlariga parvo qilmasdan o’qiyvering.
Unutmang kunlar oldinga emas, orqaga qarab “yuradi”.
Zotan biz falakning charxi orqaga aylangan kunlarda yashadik…
Muallif.

26-01-06
“CHLEN”
-Mana endi men ham sizga “chlen” bo’ldim,-dedi Aldarko’sa Ittifoqqa
a’zo bo’lish majlisidan chiqar ekan.
-Nima deyapsan o’zingcha? Sen ham hech narsaga yaramaysan!
Biz hammamiz qarib qolganmiz,
bizning tirik, turadigan, chopadigan “chlen”ga
ehtiyojimiz bor,-dedi Nursulton kesatib.

25-01-06
GAZ
Oqposhsho Aldarko’sani siquvga oldi.
-Hujjatlarni imzolachi, imzoingga qarab senga baho beramiz?
-Jonim bilan..Qanday hujjatlarni?
-Mamlakatingni gazini menga berasan?
-Mayli, mayli… Faqat evaziga kichkina bo’lsa ham bir narsa
bermasangiz, odamlar nima deydi?
Oq poshsho Aldarko’sani masxara qildi:
-Bo’pti mamlakatingni butun gazi bizniki, mening shaxsiy gazim esa seniki!

IT
-Samalyotga chiqishdan oldin “Bo’linganni bo’ri yer” deb aytibsanmi,
kimni nazarda tutding, kim bo’ri?-deb so’radi Oq poshsho Aldarko’sadan.
-Sizni emas, o’zimni nazarda tutdim,-dedi qo’rqib ketgan Aldarko’sa.
-Tavba,-dedi Oq poshsho,-qanaqa davr o’zi, it ham
o’zini bo’ri deydigan bo’ldi-ya?

24-01-06
OVSAR
-Ittifoqqa qo’shilish masalasini nega buncha orqaga surdingizlar,
bu ishni o’tgan yilning dekabrida bajarishni rejalagandim,-dedi Aldarko’sa maslahatchiga.
-Tug’ilgan kuningizga to’hfa bo’lsin deb Yanvarning
oxiriga olgandik-da,-deb javob qildi maslahatchi.
-He, men tug’ilmay o’lay, sanlar qutillaring!-deya jahl qildi Aldako’sa.
-Taqsir tug’ilish orqada qolib ketdi, endi bu haqda o’ylab, asabni
egovlashning keragi yo’q, endi oldinga qarab, oldindan keladiganni o’ylash kerak!
Ovsar bo’lib qolgan Aldarko’sa maslahatchining kinoyasini anglamadi va:
-Axmoqmisan, nima, tug’ilganda odam orqadan keladimi?-dedi

23-01-06
OT VA YER
Aldako’sa tush ko’rsa, otda ketayotganmish.
Bu tushning sirini maslahatchisidan so’radi.
-Faqat otning ustidamidingiz yoki yiqilgan
paytingiz ham bo’ldimi?-deb so’radi maslahatchi.
-Yiqilgan paytim bo’lmadi, lekin oxirida
men bir qarich yerda yotgan edim, ot esa
oldinga yugurib ketayotgandi…
-Xudoga shukur, -dedi maslahatchi,-ot ketsa ham bir
qarich yer nasib etibdi,
shu ham tegmaydimi deb cho’chiridim!
-Kallavaram, bilasanku,
mening tishim teskari keladi!
-Qo’ying-e, unday bo’lsa ot orqaga qaytib
tepkilab ketishi mumkin,-dedi maslahatchi.

22-01-06
“AXMOQ EMAS”
-Saylov ham yaqinlashmoqda, biror gap e’lon
qilamizmi?-deb so’radi maslahatchi abadiy prezident bo’lib
o’tirgan Aldarko’sadan.
-Yana mendan so’raysanmi, o’zlaringdan bir taklif
chiqmaydimi?- deya o’kindi Aldarko’sa.
Maslahatchi nima deyishini bilmasdan,
gapni boshqa tomonga burmoqchi bo’ldi:
-Amerika prezidentining o’zi-ku mayliya, hatto xotini
ham 2008 yilgi saylovda nomzod bo’lmasligini e’lon qildi…
Aldarko’sa maslahatchini jerkib tashladi:
-Birinchidan, buning menga nima aloqasi bor?
Ikkinchidan esa, mening xotinim prezident bo’ladigan
darajada axmoq emas!

21-01-06
OLTINSIZ
-Shavkat nima qilib yuribdi?-dedi Aldarko’sa maslahatchiga.
-Sizni yo’qotishga urinib yuribdi,-deb javob qildi maslahatchi.
-Nima men tangamidim, yo’qotsin!
-Yo’q, siz oltinsiz!
-Oltin bo’lsam, tembole, oltinni yo’qotib nima qiladi?
-Oltinsiz bo’lib qolmoqchidur-da!

20-01-06
OTA
-Bitta mavzoley qursam, o’sha yerdan turib qizingni
nazorat qilardim, bo’lmasa u mamlakatni chohga qulatishi
mumkin,-dedi Aldarko’sa xotiniga.
-Nima, hozir nazorat qila olayapsanmiki, unda qilarding?-deya
kesatdi xotini.
-Tirikdan qo’rqmagan o’likdan, ayniqsa otasining o’ligidan qo’rqadi
degan gap bekorga aytilmagan,-dedi Aldarko’sa. Xotini yana kinoya qildi:
-Tavba qildim, nima sen Leninning o’ligidan qo’rqasanmi?

19-01-06
YAXSHI ODAM
-Kechalari uxlay olmayapman, nega?-deb so’radi
Aldako’sa do’xtirdan.
-Parvo qilmang, uyqu o’lim emas, bugun kelmasa
ertaga baribir keladi,-deya javob berdi do’xtir.
-Nima, o’lim kelmaydigan bo’lganmi?
-Bilmasam, xalqimiz, yomondan o’lim ham bezor, deydi…
-Shunaqami, men kallavaram, yaxshi odam bo’lishga
intilib yuribman-a?-dedi Aldarko’sa.

18-01-06
SARIQ CHAQAGA
-Oramizda sotqin bor,-dedi maslahatchisi
Aldarko’saga.
-Nimani sotmoqda? Necha so’mdan?-qiziqish
bilan so’radi Aldarko’sa. Maslahatchi
har bir savolga javob berishi shartligini yodda tutib:
-Sizni… Sariq chaqaga..-dedi.

17-01-06

ISHONCH
-Nega odamlar Nursultonning yana yetti yil
rahbar bo’lishiga ishonishadiyu, nega mening yana
shuncha turishimga ishonishmaydi?-deb
so’radi Aldarko’sa xotinidan.
-O’zing nima deysan, o’zing ishonasanmi?- dedi xotini.
-Xudo umr bersa, nega ishonmayin! -dedi Aldarko’sa.
-Demak, Xudo xoxlasa odamlar ham ishonishadi,-dedi xotini.

16-01-06
ROST VA YOLG’ON
-Bugungi yoshlarni aldash uchun nima qilish kerak?-dedi
Aldarko’sa maslahatchisiga.
-Hech narsa? Chunki ular shunday ham rost bilan
yolg’onning farqini bilishmaydi,-dedi maslahatchi.
-Nima, hali yo’lg’on ham bormi o’rtada?-deya ajablandi Aldarko’sa.
-Chalkashib ketishmasin deya o’rtaga rostni aralashtirganimiz yo’q…
-Ha-a…, shunday demaysanmi?

15-01-06
O’G’IL
-Otang qayerda ishlagan?- deb so’radi Aldarko’sa maslahatchisidan.
-Otam shaharning eng katta boyi bo’lgan, eng dong’i chiqqan
savdo bazasi uniki edi, kambag’allikdan
chiqib hammasiga o’zi erishgan,-dedi maslahatchi.
-Ammo, ja, poraxo’r bo’lgan ekan-da otang ,-dedi Aldarko’sa.
-Yo’q! Otam hech pora olmagan,-dedi gerdayib maslahatchi.
-Unday bo’lsa pora berishga usta bo’lgan!
-Yoq, pora ham bermagan,-dedi maslahatchi.
Aldako’saning avzoyi buzildi va:
-Bekor aytibsan, unda sen pora berishni
qayoqdan bilasan?-dedi.

14-01-06
TOSH OTISH
-Hojilarimiz sizga telefon qilib, tabrik
yo’llamoqdalar?-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Bekorchilikdan zerikib qoptilarmi?-deya kinoya qildi Aldarko’sa.
Maslahatchi darhol telefonning naryog’idagi Hajga borgan odam bilan gaplashdi va:
-Bekor emas ekanlar, shu damda
Shaytoni la’ynga tosh otish bilan band ekanlar,-dedi.

13-01-06
QARIYA
-Yana yetti yilga prezident bo’lishni hujjatlashtirding, lekin
shuncha yil yashashni qanday bajarasan?-dedi
Aldako’sa Nursultonga.
-Hey, qariya, sen bizni teng deb
o’ylayapsan, shekilli?-ajablandi Nursulton.

12-01-06
XUSHOMAD
Ostona shahriga borgan Aldako’sa qasamyod kuni
Nursultonga xushomad qilib:
-Bizda ancha mashhursan, odamlarim sen haqingda
yaxshi gaplar aytib yurishibdi,-dedi.
-Senchi?-deb so’radi Nursulton.
-Men odamlardan farqli bo’lsin deya
ba’zan sen haqingda latifa aytaman,-dedi
Aldako’sa kulib.
Nursulton miyig’ida kuldi-da:
-Men ham odamlardan farqli o’laroq seni hech so’kmayman!-dedi.

11-1-06
YANGILIK
-Qanday yangilik bor dunyoda?-deb so’radi
Aldarko’sa maslahatchidan.
-Kecha hayit va’zini qilganda
Qohiradagi eng katta mulla “Kimki xotini
bilan yalang’och holda “yotsa” dindan chiqadi” deb
e’lon qilibdi,-dedi.
-Ko’rdingmi, men seni dinsiz, desam
xafa bo’lib yuribsan, esingdami, yangi yil oqshomi
sen ham, men ham xotinimiz bilan yalang’och bo’lib
cho’milib, keyin yotib qolgandik,-dedi Aldarko’sa.

10-1-06
NIYAT
-Mana hayit ham keldi,-dedi xotini Aldarko’saga.
-Nima qipti? Qanday kelgan bo’lsa
shunday ketadi!
-Biror niyat qilmaymizmi?
-Sening niyatlaring shum bo’ladi, keyingi
safarga saqlab qo’y!,-dedi Aldarko’sa.

9-1-06
MALOMAT
-Xudo ursa qanday uradi?-deb so’radi Aldako’sa har kuni
telefon qilib turadigan oshnasiga.
-Xudoning yo’llari ko’p, har tomondan urishi mumkin.
Masalan, xotinning qo’li bilan ham uradi yoki xotinning
tili bilan malomat toshi otib sharmanda qiladi…
-Siz buni qayoqdan bilasiz?-ajablanib so’radi Aldarko’sa.
-Kecha o’zingiz hayit bilan tabriklash o’rniga faqat
xotiningizdan shikoyat qildingiz-ku!-dedi oshnasi.
-Menga malomat qilmang,-dedi Aldarko’sa,-
elning huzuriga chiqib xotindan shikoyat qilish
erning ishi emas!

8-1-06
QURBONLIK!
-Qurbonlikka ataganingiz bormi, tayyorgarlik qilaylikmi?
-deb so’radi maslahatchi Aldarko’sadan.
-Ha, bor, tayyorgarligingni ko’raver!
Kalimangni ham yodlab qo’y! -dedi Aldarko’sa.

7-1-06
XODA
-Vatandoshlar nima deb ming’irlashmoqda?-deb so’radi
Aldako’sa maslahatchisidan.
-Hamma vazifalar va hamma narsalarni boshqa xalq vakillariga
beryapti, deb tandiq qilishmoqda,-dedi maslahatchi.
-Ularni bekorchilikdan qutqarib, axlat kovlash uchun
qo’liga cho’p berib qo’yibmiz-ku,
bo’pti xoda beraylik bo’lmasa!-dedi Aldarko’sa.
-Unda o’zimiz nima qilamiz?-deya o’ylanib qoldi maslahatchi.

6-1-06
YASHASIN!
-Yashasin Aldarko’sa,-dedi maslahatchi.
-Nega unday deyapsiz?-deb so’radi undan xotini.
-U yashasa biz ham yashaymizda,-dedi maslahatchi.
-U begunoh odamlarni o’ldirib tursayu siz shunaqa
deb turibsiz-a?-deya araz qildi xotini.
-Ha, tushunmagan xotin,-dedi maslahatchi
devorda ham quloq bor degandek atrofni ko’rsatib, -qo’y yashasin,
hammaga Xudo bergan umr bor deydilar,
duo qil, shu davrni tezroq yashasin!

5-1-06
HAJGA
-Hajga haligi otarchilarni ham yubordingmi?-deb so’radi
Aldarko’sa maslahatchisidan.
-Yubordim!
-Ha, yaxshi, Hajning ta’sirida odam bo’lib qaytishadi…
-O’zimiz ham bormadik-da!-dedi maslahatchi o’kinch bilan.

4-1-06
MUXOLIFAT
-Keyingi saylovda nomzodimni muxolifatdan qo’ysam,
nima deysan?-dedi Aldarko’sa maslahatchisiga.
-Ja, zo’r bo’ladi, yuz foyiz ovoz olamiz,
butun xalq muxolifat bo’lib ketgan,-dedi maslahatchi.
-Unday bo’lsa partiyalarimizni muxolifat deb e’lon qilaver!

3-1-06
QUTULISH
Aldarko’sa mehmonda o’tirib charchadi va:
-Qutulshning biror yo’lini top!-dedi qo’riqchisiga.
-Bizning bulardan qutulishimiznimi yoki bularning
bizning qutulishlarinimi?-deb so’radi qo’riqma.
Aldarko’saning jahli chiqib ketdi va:
-Meni sendan qutulishimning!-dedi.
U yoq bu yog’iga qaragan qo’rima javob qildi:
-Tapponchani tashlab kelibman!
.
2-1-06
MADANIYAT
Yangi yilning ikkinchi kuni Aldarko’sa rus futbolchilarni qabul
qilishi kerak edi. Bu kunni bayram deb e’lon qilgani yodiga tushdida
mehmonlarni uyida qabul qiladigan bo’ldi. Uchrashuvni endi boshlayotgan
edi xotini milliy kiyimida kirib keldi.
A’ldarko’sa xotiniga boshdan oyoq qaradi-da:
-Axmoq, bor ishtoningni yechib kel!- dedi!

1-1-06
XO’JAYIN
-O’likka o’xshab dumalab yotaversanmi,
mana Yangi yil ham kirib keldi,-dedi xotini
araq ichib yumalab qolgan Aldarko’saga.
Aldarko’sa shishani quchoqlab valdiray boshladi:
-Qachon? Men izn berdim-mi? Kimdan so’rab kirib keldi?
-He o’l-e, hamma narsaga xo’jayinlik qilasan,-dedi
xotini,-tezroq go’ringga kirib qo’shmazor bo’lsang-ku,
sandan qutulardik!
-Qutulib bo’bsan! Men seni kallanga kirib olganman. Hali ko’rasan,
go’rdan turib ham xo’jayinlik qilaman, sanlarga!
Sanlar qo’rqoq qullar, xo’jayinsiz yashay olmaysanlar!
-Seni kallamku kallam, go’ringdan ham chiqarib
tashlayman, hali, mana ko’rasan-dedi xotini jahl bilan.

31-12-05
YANGI YIL
-Ana-mana demay Yangi yil ham bostirib keldi,-dedi
maslahatchi Aldarko’saga.
Xayol surib o’tirgan Aldako’saning ko’zi
qinidan chiqib ketdi:
-Nima? Qachon? Qayoqdan? Kim bostirib keldi?

30-12-05
ISH
-Hormang,-dedi ayollarga termulib turgan
Aldarko’saga bir oqsoqol.
-Nima deyapti bu chol?-dedi Aldarko’sa
maslahatchisiga.
-Ishlab nima qilasiz?-deyaptilar deb tushuntirgan
bo’ldi maslahatchi.
-Davr endi yoshlarniki,-dedi Aldarko’sa askiya qilib,-
biz ishlayolmay qolganimizga ko’p yillar bo’lgan!

29-12-05
HAYKAL
Aldarko’sa maydonlarni aylanib yurib, maslahatchiga:
-Mana shu yerga mening haykalimni qo’ysak, nima deysan?-dedi.
-Odamlar gap qilishadimi, deyman!
-Nasriddin Afandining eshagiga haykal qo’yishgan,
uni odamlar gap qilishmaydi-yu menga haykal qo’yilsa
gap qilishadimi?-deya jahl sochdi Aldarko’sa.
-Ha-ya, gapingiz to’g’ri, bachchag’arning eshagi

zap aqlli bo’lgan-da!-dedi maslahatchi.

28-12-05
SOTILMASLIK KERAK!
-Rossiya meni sotib yubormasligi uchun nima
qilishim kerak?-deb savol berdi Aldarko’sa
O’zbek radiosiga.
-Baribir sotadi,-deb javob qildi radio.
-Baribir sotishini bilaman, shuning uchun
nima qilish kerak deb so’rayapmanda?-yana
savol berdi Aldarko’sa.
-Sotilmaslik kerak-da!-dedi radio.

27-12-05
VAYSAQI
-Lo’li bilan vaysaqining nima farqi bor?-deb
so’radi Aldarko’sa maslahatchidan.
-Bilishimcha, lo’li vaysaqi, vaysaqi esa
lo’li,-deb jabob berdi maslahatchi.

26-12-05
“ODAM”
-Mana meni “qo’llayman” degan bitta odam ham bor ekan,
sizlar bo’lsa yo’q deb turibsizlar?-dedi Aldarko’sa O’zbek radiosiga.
-Ha, shu gapni aytguniga qadar odam bo’lgan
“odam”ni aytayapsizmi?-deya savol bilan javob qildi O’zbek radiosi.

25-12-05
“AQLLI”
-Aqlli odamlar kelajakni ham o’ylashadi,-dedi Aldarko’sa maslahatchisiga.
-To’g’ri aytasiz… Darvoqe, mana shu hujjatga qo’l qo’yib bersangiz…
-Nima bu!
-Ikkita shaharda yangi maktab qurib bermoqchimiz.
-Jinni-pinni bo’lding-mi, xazinadagi pulni qaytib kelmaydigan
joylarga tarqatmalaring, demaganmidim,-deya o’shqirdi Aldarko’sa.

24-12-05
QAYTIB OL!
-Almatov tuzaladigan bo’libdi,-dedi maslahatchi
Aldarko’saga.-Do’xtirlar aytishdi…
-Unday bo’lsa kecha bergan ordenlarni qaytib ol!-dedi
Aldarko’sa jahl bilan.

23-12-05
“QIL” -“QIL”
Internetda “Bir umr nafrat “qil”ib yashash mumkin
emas” degan gapni o’qigan Aldarko’sa:
-Tavba, nega mumkin emas ekan, agar men har bir so’zdan keyin
“qil” o’zagini ishlatadigan bu odamlardan
nafrat “qil”sam, qanday “qil”ib nafrat
“qil”masdan umrguzaronlik “qil”ishim mumkin?-deya
o’ziga o’zi savol berdi.
Buni eshitib turgan xotini:
-Uf, yana Internet, yana “qil”, “qil” mi?-dedi.

22-12-05
DORI MOJAROSI
Olmoniyadan qaytgan Almatovning barmog’iga qarab:
-Barmog’ing qotib qolibdimi?-dedi Aldarko’sa.
-Barmog’im uxlab qoladigan bo’lgandi,
nemislar turg’azib qo’yadigan dori berishdi, ichsam
tayoqday bo’lib qotib qoldi,-dedi Almatov.
-Olib kelmading-mi, o’sha doridan?-deya qiziqish bilan
so’radi Aldarko’sa.
-Olib kelgandim, lekin oldingizga kirishdan oldin
qizingiz olib qo’ydilar,-deya javob qildi Almatov.
-Sen hali uning oldiga kirib chiqadigan odat
chiqardingmi?-deya o’shqira ketdi Aldarko’sa.

21-12-05
QOCHIRISH
-Almatovni ham qochirdim,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Sen nega qochirasan, kerak bo’lsa uni men
ozim qochirtirar edim, buning tomoshasiga
yetadigan narsa bormi?-dedi Aldarko’sa.

20-12-05
KO’ZAYNAK
-Odamlar meni nega yaxshi ko’rishadi?-deya so’radi Aldarko’sa
O’zbek radiosidan.
-Yaxshi ko’rishsa, demak, hamma ko’zaynak taqqan,-deb
javob qildi radio.

19-12-05
KASAL
-Almatov hamma gapni aytib qo’ysa nima qilasiz?-deya
Aldarko’saga murojaat qildi O’zbek radiosi.
-U kasal, aqldan ozgan, tentak, buning ustiga saraton ham bo’ldi.
Shunday ekan bunday kasalga ishonadiganlar topiladi deb
o’ylaysizmi?- savolga savol bilan javob qildi Aldarko’sa.
-25 milion odam bitta kasalga ishonib turganda, unga ham ishonadigan
topilishi mumkin,-deya javob qildi radio.

18-12-05
“HOMIY”
Aldarko’sa qizini chaqirib:
-Homiylikni sendan boshlasin deb aytishmoqda, nima qilamiz?-dedi.
-Bitta buyruq bilan izohli lug’atdan bu so’zning
mazmunini o’zgartiramiz,-dedi qisi.

17-12-05
REYTING
-Nazarboyev qanday qilib saylovda bu qadar ko’p
ovoz oldi?-deb so’radi Aldako’sa O’zbek radiosidan.
-Sizning soyangizda,-deb javob qildi radio.
-Qanday qilib mening soyamda bu qadar ko’p
ovoz top’laydi?-deya yana savol berdi Aldako’sa.
-Odam ham shuncha go’l bo’ladimi?
Andijon voqealaridan keyin uning reytingi oshib ketdi,
qozoqlar Xudoga shukur qilib qoldilar!-deb
javob berdi radio.

16-12-05
REKORD
-Qanday rekord qo’ysak-ki bizning nomimizni
ham Gennes kitobiga kirgizishsa?-dedi
Aldarkosa maslahatchisiga.
-Manimcha, 2007 yilgi saylov-referendumdan
keyin shunday ham Gennesga kirdik
deyavering!-dedi maslahatchi.

15-12-05
SIR
-Kecha Ford kasal bo’lib qolibdi, bachchag’ar
92 yoshda ekan, yana tuzalib ketibdi. Men bo’lsam
bosh og’rig’idan qutula olmayapman, bu AQSH prezidentlari
qanday qilib buncha uzoq yashashadi?-dedi Aldako’sa xotiniga
-Buning siri ularning vaqtida pensiyaga chiqishlarida,-
deb javob qildi xotini.
-Ularning sirini qayoqdan bilasan?-deya baqirdi Aldarko’sa.
-Ularnikini bilmayman-u, lekin siznikini bilaman-da,-dedi xotini.

14-12-05
ONA TILI
-Muxolifatni yana nimalar deb tanqid qilsak ekan,
yangi ideyalar bersangiz,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Mana kecha bur murojaatlarini o’qidim. O’zbekchasini
tushunmadim, ruschasini topib o’qisam vij-vij xato…
Qanday qilib rus tilini unutishadi? Ona tilimizni shunday
tahqirlashlariga qanday chidashimiz kerak?!-dedi Aldarko’sa.

13-12-05
“OZODLIK”
-Mana “Ozodlik”ni ham bo’g’dik, endi nima qilaylik?-dedi
maslahatchi Aldarko’saga.
-Endi xalqni bo’g’ish kerak!-dedi Aldarko’sa.

12-12-05
BOYLAR
-Bu mamlakatda puldorlar ham, kambag’allar ham
bo’lmaydi,-dedi Aldarko’sa.
-U holda biz-ahli saroy nima qilamiz?-deb so’radi maslahatchi.
-Men boylar haqida gapirganim yo’q-ku?!-dedi Aldarko’sa.

11-12-05
AZA
-Vashingtondagi to’y-ziyofat qanday o’tdi?-dedi
Aldarko’sa maslahatchisiga.
-Azaga o’xshab qoldi,-dedi maslahatchi.
-Nega?
-Chunki aza edi-da!

10-12-05
“QO’ZG’OLON”

-Andijon voqealarini “qo’zg’olon” deganimizdan ba’zilar
ranjimoqda,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Bahona topishni bilasanmi o’zing, mana
Lening qilgan Rus inqilobini ham “qo’zg’olon” deyishgan,
masalani shu tomonga burib yubormaysanmi?
-U holda Ukraina, Gurjiston, Qirg’izistonda ham
qo’zg’olon bo’lgan ekan-da,-ajablandi maslahatchi.
Gapidan adashib ketga Aldarko’sa:
-Ha-da, kallavaram, biz ana shu qo’zg’olonni bostirdik!-dedi.

9-12-05
KELASI YIL
-Kelasi yilni nega “Homiylar va shifokorlar yili” deb
atadingizlar, degan savollar ko’payib ketdi.
Rostdan ham nega shunday deb atadik?-deb
so’radi maslahatchi Aldarko’sadan.
-Axmoq, shu ketishda ikkalamizning ham
kelasi yili ham homiyga, ham shifokorga ehtiyojimiz tug’iladi,-dedi
Aldarko’sa jahl bilan.

8-12-05
NIMA BO’LDI?
-Nama bo’ldi, nega Vashington radiosi menga hujum
qilib qoldi, bolalaring qayoqqa qarayapti?- dedi radio eshitib
o’tirgan Aldako’sa.
-O’zingiz aytar edingiz, agar ikki oyoq bir teshikka
tiqilsa, “bir qadam orqaga, ikki qadam oldinga”
siyosatini ishga solgin deb, shunday qildik,-dedi
hozirjavob maslahatchi.
-Tavba,-dedi Aldako’sa,- ikki oyoq
bir teshikda bo’lsa, qanday qilib ham oldinga va
hamda orqaga yurish mumkin ekan?

7-12-05
PAYG’AMBAR
-Sizni xorijiy radiodan Mo’so payg’ambar deb e’lon
qildirdik,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Nega Muhammad payg’ambar deyishmadi?-so’radi Aldako’sa.
-U hozir qora ro’yxat-da,-dedi maslahatchi.

6-12-05
“KO’RAYLIK-CHI?”
-Vashingtonda bizni propaganda qilmoqchi bo’lgan
bolalarimizning orqasi ko’rinib qoldi,-dedi maslahatchi
Aldarko’saga.
-Undan bo’lsa bu yoqqa olib kelgin,
bir ko’raylik-chi?-dedi Aldarko’sa.

5-12-05
KETMOQCHI
-Chet elda qolib ketayotganlar ko’payib ketmoqda,-dedi
maslahatchi Aldarko’saga.
-Borib tovoq-qoshiq yuvib yurishibdmi? Mayli ketishsin.
Shunda qadrimizga yetishadi. Hammani jo’nat,-dedi Aldarko’sa.
-Rahmat-ey, men ham ketmoqchi edim,-dedi maslahatchi.

4-12-05
AMNISTIYA
-Mana Amnistiya ham chiqardik, shunga amal qilib
barcha mahbuslarni ham chiqarib yuborayapmiz,-dedi Aldarko’sa
xorijdan kelgan oliy darajali mehmonga.
Mehmon ajablandi:
-Nima, davlat chegaralarini ochib yubordingizmi?

3-12-05
DEMOLAR va KRATIYA
-Ukraina va Gurjiston boshchiligida besh-oltita mamlakat bir bo’lib
Demokratik Davlatlar Hamdos’tligini tuzishibdi,-dedi
maslahatchi Aldarko’saga.
Bu xabardan uning jahli chiqdi va:
-Oralarida Rossiya bormi?-dedi.
-Yo’q…,- Aldarko’saning baqirishidan
maslahatchining tovushi ichiga tushib ketdi.
-Rossiyasiz qanday qilib demokrat bo’ladilar?
Baqiroqlar! Bilmaydilarmi, Demo bu biz,
ular ham Demo, Kratiya esa Rossiya,
shunday bo’lib kelgan, shunday bo’lib qoladi,
buni qanday qilib ajratish mumkin?

2-12-05
ISHTAHA
-20 yildan buyon avval iqtisod, keyin siyosat deya
shu kuyga tushdik, teskarisini qilsak
bo’lar ekanmi?-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Parvo qilma, vaqtimiz ko’p, ulguramiz, endigi 20 yillikda
bunisini sinab ko’ramiz,-deb javob qildi Aldarko’sa.

1-12-05
“TOZALA”
-Ruslar harbiy shartnomani ratifikatsiya qildilar, endi
tinch uxlasak bo’ladi,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Bo’lmasa beton to’siqlarni olib tashla, endi hech narsa
kira olmaydi, orqamiz baquvvat,-dedi Aldarko’sa mamnun ohangda.

30-11-05
“CHAQIRIB OL!”
-Vashingtondagi yoshlarimiz kimga ergashmoqda?-deb
so’radi Aldarko’sa maslahatchisidan.
-Sizga-da taqsir,-dedi maslahatchi.
-Qachongacha hammani men ergashtirishim kerak?
Agar hech kimni ergashtira olmasa,
elchini chaqirib ol!-deya o’shqirdi Aldarko’sa.

29-11-05
NIKOH
-Bush bilan qayta nikohga kirsakmikan? Shug’ullanib
ko’r-chi, nima qilishimiz kerak?-dedi Aldarko’sa maslahatchisiga.
-Kaliforniyada shunday nikohlar boshlangandi,
ammo sud hammasiini bekor qildi,-dedi maslahatchi.-Qolaversa, Bush
aslo rozi bo’lmaydi, chunki u bunday nikohlarga qarshi!

28-11-05
“PRIVET”
-Mana amerikaliklarga ham “gudbay” dedik, endi
osmonimizdan uchib o’tayotgan Putinxon akamizga
ochiqchasiga “privet” yo’llasak ham bo’lar?-dedi
maslahatchi Aldarko’saga.
-Faqat “privet” yo’llasak,
quloqlariga yoqmaydi, shuning uchun,
“Privet, Xonobodga kirib o’t” deymiz-da,-dedi Aldarko’sa.

27-11-05
OG’ALAR
-Og’alarimizni yaxshilab kutib ollaring,-deya buyurdi Aldarko’sa
maslahatchisiga.
-Qaysi og’alarni?-deya ajablandi maslahatchi.-Ruslarnimi?
Hali yaqinda ular bizga og’alik qilmasinlar degan edingiz-ku?
-U paytda xotinim bilan urushib qolgan edim,-dedi Aldako’sa qornini silab.

26-11-05
DEMOKRATLAR
-Shartnomalarni bekor qilib, insonparvarlik ishlari bilan shug’ullanayotgan
Olmon askarlarini ham mamlakatdan quvsak, ular ham kasalxonada yotgan
Almatovni o’z mamlakatlaridan chiqarib yuboraydilarmi?-deb
so’radi maslahatchi Aldarko’sadan.
-Qani edi quvganlarida, ammo quvmaydilar, ular demokrat,
insonparvarlik prinsiplaridan qaytmaydilr,-dedi Aldako’sa.

25-11-05
RUS
-G’arbning hamma izini butunlay yo’qotinglar!-dedi Aldarko’sa
maslahatchisiga.
-Eski kitoblarida o’qigandim, Rus ham qisman bo’lsada G’arbda,-dedi
maslahatchi.
-Unday bo’lsa kitoblarni qayta yozinglar va “Rus”ni G’arbdan chiqarib
tashlanglar,-deya buyurdi Aldarko’sa.
-Kitoblarda qilamiz, amalda G’arbni Rusdan qanday chiqaramiz?
G’arb Rusga kirib bolgan-ku?-dedi maslahatchi ajablangan ohangda.
-Nima sen Rus-mi? Kirib bo’lganini qayoqdan bilasan?-deya
masxara qildi Aldako’sa maslahatchini.

24-11-05
TAJRIBA
Aldarko’saning tushiga Rashidov kirdi.
-Nega mening otaxonim bo’lgan G’afur G’ulomning
yetimlarini quvg’inga olayapsan?-dedi u.
-Chunki ular ham otaxoningizning yo’lidan ketishdi,-deb
javob qildi Aldako’sa.
-Bu ahvolda o’zing ham yaqinda uning yo’lidan
kelasan,-dedi Rashidov.-Bilib qo’y bu yerda ham
uning gapi o’tadi.
-Hozircha u yer haqida emas,
bu yer haqida gaplashaylik, qolaversa menga mana shu yer
bo’laveradi,-deya qo’rs javob qildi Aldarko’sa.
-Seni u yer bag’riga sig’dirmaydi,
chiqarib otadi,-dedi Rashidov.
-Chiqarib otadimi yo’qmi, siz qayerdan
bilasiz?-deb so’radi Aldarko’sa.
-Tajribadan,-dedi Rashidov.

23-11-05
SNOBLAR
-Yangi jurnal chiqarib, nomini inglizcha qo’yibsanmi?- deb
so’radi Aldarko’sa qizidan.
-Ha, “PEOPLE SNOB”…
-Snob? Bu nima degani?
-Snoblar – dimog’dor boyvuchchalar… Jurnalni o’shalarga mo’ljalladim.
Tagi pastlar uchun esa siz mingtalab jurnal chiqarib yotibsiz-ku?
Bu gapdan Aldarko’saning jahli chiqdi va:
-O’hhoo, siz ham opangizga o’xshab
tagi balandlarga ishqiboz bo’lib qolibsiz-ku?- dedi
kinoya bilan.

22-11-05
BERISH
-Mana baza ham bo’shab qoldi, tantanali suratda ozod etdik,-dedi
Aldarko’sa maslahatchisiga.-Endi bo’sh joyni to’ldirish haqida
o’ylashimiz kerak. Ruslarga bersammikan?
-Berish-bermaslik qo’lingizda, beravering,
amerikaliklarni sinab ko’rdingiz, sizni qoniqtirmadi,
endi ko’nglingiz istayotgan ekan, yana eskisi kabi ruslarga
bersangiz nima qipti?-dedi maslahatchi.

21-11-05
KONTAKT
-Ba’zi vazirlar muxolifat bilan kontaktga chiqayotgan
ekanlar,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
Aldarko’saning jahli chiqdi va odatdagidek “qayoqqa”
kalimasining o’rniga tili o’rganib qolgan “nega” so’zini ishlatib o’shqirdi:
-Sen nega qarab turibsan?
-Men… men ertaga elektron maktub yubormoqchi edim,-dedi maslahatchi.

20-11-05
YANGI USUL
-Endi targ’ibotning yangi usuliga o’tish kerak,-dedi Aldarko’sa maslahatchisiga.
-Aytganingizdek qilmaiz!
-Unday bo’lsa, odam top, ishni Abdullayevani maqtashdan boshlalaring.
Chunki u ta’qiqlagan narsalarga men ruxsat berib qo’yibman.
Ko’zni yumib uni maqtasalaring oqibatda meni maqtagan
bo’lasizlar,-deya uqtirdi Aldarko’sa.
-Lekin u qizlarga ishton kiyishni, yigitlarga
soqol qo’yishni, yoshlarga machitga borishni ham
ta’qiqlagan edida,-deya o’ylanib qoldi maslahatchi.

19-11-05
“TANGRICHA”
-Kecha muxolifatdagilardan bittasi Abdullayevani “tangricha”
deya maqtab maqola yozibdi,-dedi Aldarko’saga uning qizi.
-Senga aytmaganmidim, bularning xotirasiga qurt tushgan,
hali kechagina
“Abdullayeva Navro’zni yo’qotdi”,
“Abdullayeva Bobur haqida yozishni man etdi”,
“Abdullayeva qizlarga ishton kiyishni ta’qiqladi”,
“Abdullayeva maqbaralarni buzdirdi” deb jar solib
yurgan ham shular edi. Mana unutishdi.
Parvo qilma, 15 yildan keyin bular seni ham maqtab
maqola emas, kitoblar yozadilar,-dedi otasi.
-Nega endi 15 yil kutishim kerak?-deya so’radi qizi.
-Chunki bularning xotirasi 15 yilda chirib
bitadi va sen “tangrichaga” aylanasan,-dedi
Aldarko’sa mamnun ohangda.

18-11-05
MASTLIK-ROSTLIK
Mast bo’lib o’tirgan Aldarko’saga xotini dedi:
-Buncha narsa to’playapsan, nima qilasan bularni,
bu yog’ingdan naryog’ing yaqinlashib qolgan bo’lsa,
hammasini go’rga tiqasanmi?
-Yo’q, onangnikiga… ,-dedi Aldarko’sa va
orqasidan qo’shimcha qilib qo’ydi:-jo’nataman!.

17-11-05
BOSISH
-Hamma yoqni bosib ketgan televideniyelar va radiolarni
bitta joyga markazlashtirdik. Mabodo namoyishchilar
u yerni bosib olishsa nima qilamiz?-dedi maslahatchi
Aldarko’saga.
-Axmoq, u yerni bosib olishguncha sen tuxum bosib o’tirasanmi?
Shunday lattachaynarlik qilsang
seni ham bosib qo’yishadi,-dedi Aldarko’sa jahl bilan.
Maslahatchi tilini tanglayiga bosib qoldi. Aldako’sa:
-Ha, dumingni bosib oldim-mi, nega ko’zimdan yo’qolmaysan,-deya do’q urdi.
-Taqsir, oyog’imni bosib turibsiz,-dedi maslahatchi.

16-11-05
SARATON
-Almatovga qanday diagnoz qo’yishibdi?-deb so’radi Moskovdan
qaytgan Aldarko’sa maslahatchisidan.
-Umurtqa saratoni…
-Tirik qoladimi?
-Aslida umurtqada saraton bo’lishi qiyin masala,
u albatta boshqa joydagi o’simtadan yoyiladi…
-Ishi bitibdi, unday bo’lsa hamma aybni unga to’nkaylik,
o’zi bilan olib ketsin,-dedi Aldarko’sa.
-O’lmay qolsa-chi?-deb so’radi maslahatchi qo’rqa-pisa.
-O’ladi, parvo qilma, mana men kafolat beraman,
u umurtqa saratonidan qutulsa, Jasliq saratonidan qutula
olmaydigan qilib qo’yamiz…

15-11-05
TUZOQ
Aldarko’sa Moskovda Ittifoqchilik haqidagi
shartnomani imzolab bo’lgach, Putin unga:
-Ulardan-ku qutulding, bizdan qanday qutulasan? –dedi.
-Sizdan o’lib qutulaman,-dedi Aldarko’sa,
ya’ni doim siz bilan birgaman degan
gapni hazil ohangiga burib. Putin tirjaydida:
-Oson yo’lni tanlama,endi o’lib ham qutulmaysan,-dedi.

14-11-05
GO’RGA
Aldarko’sa Moskovga uchib ketayotgan edi, birdan
uchqich silkina boshladi. Uning rangi oqarib ketdi va
-Nima gap?- deb so’radi.
-Yaqinlashib qoldik, shekilli,-dedi maslahatchi.
-Qayerga?-deya so’zga aralashdi xotini.
Jahli chiqib turgan Aldarko’sa:
-Go’rga!-dedi.

13-11-05
PAXTA
Aldarko’sa Moskovga borish uchun otlanar ekan, xotiniga dedi:
-U yerga borganda Putinxon akamizning malikalari
bilan birga yurasan, paxta qo’yib turishni unutma, xo’pmi?
-Uf,-dedi xotini,-endigina chamadonlarni bekitgan
edim, qancha paxta olsam ekan?

12-11-05
IMZO
Aldarko’sa maslahatchisidan so’radi:
-Putinxon akamlarga nima olib borsam-ki
esdan chiqmaydigan sovg’a bo’lsa?
-Ruchka,-dedi maslahatchi.
-Nega endi ruchka?
-Aytganlariga o’z ruchkangiz bilan darhol
imzo qo’yib bersangiz, sizning tarixiy imzolaringiz
esdan chiqmaydigan hadya bo’ladi-da!-dedi maslahatchi.
– Unday bo’lsa har bitta kissamga bittadan,
yo’q ikkitdan ruchka solib qo’y,
chunki bittasi yozmay qolishi ham mumkin-da!-dedi
Aldarko’sa mamnun ohangda.

11-11-05
YALANG’OCH SHOH
Aldarko’sa Putinga telefon qildi:
-Bitta iltimosim bor, mening masalamni
BMTga muhokamaga kiritib, keyin o’tmadi deb qaytarsangiz,
bu nonko’r xalqqa ham, ana u dushmanlarimga ham
haqiqat nimaligini ko’rsatib qo’ygan bo’lardik-dedi.
-Bo’pti, evaziga nima berasan?
-Nima istasangiz,-dedi Aldarko’sa.
-Unda yalang’och qolasanku?-deya kuldi Putin.
-Mayli…
-Bo’lmasa yo’lga chiq! Kremlda yechinasan,-dedi
Putin endi jiddiylashib.

10-11-05
G’AMXO’RLIK
-“Bolalar sportini rivojlantirish kerak” deb aytdingiz.
Bolalar chiniqib, kuchli bo’lib qolsalar, keyin ularni
qanday udda qilamiz,-deb so’radi maslahatchi
Saroyda shu masalaga bag’ishlab o’tkazilgan
majlisda balandparvoz nutq
irod qilgan Aldarko’sadan.
-Bu gapni o’tgan yil ham aytgan edimi?-dedi
Aldarko’sa xumrayib.
-Ha, aytgan edingiz…
-Undan oldingi yil ham aytgan edim-mi?
-Ha..
-15 yil oldin-chi?
-Har yili aytasiz..
-Bo’pti-da, yana nima deysan , keyingi yil
ham aytaman!-dedi Aldarko’sa, so’ng qo’shimcha qildi:
-Unutma, buning oti – g’amxo’rlik!

9-11-05
OTA
Aldarko’sa litsey domlalaridan birini chaqirtirib:
-Bolalaring men haqimda nima deydi,-deb so’radi.
Domla og’zini ko’pirtirib:
-O’zim o’rgatib qo’yganman, hammasi sizni “otamiz” deydi!-dedi.
-Voy ablahlarey, mana men sanlarni otaman!-deya o’shqirdi Aldarko’sa.

8-11-05
SOLIQ
-Dada soliqlarni oshiribsizmi? Bu ahvolda biz qanday
yashaymiz?- dedi kenja qizi Aldarko’saga.
-Qo’rqma, mening davrimda senga tegadigan
bo’lmaydi,-deya qizini ovutdi Aldarko’sa.
-Keyin-chi?- soradi qizi. Bundan Aldarko’saning jahli chiqdi va:
-Keyin faqat go’rkov solig’ini to’laysizlar!-dedi.

7-11-05
ANDIJON
-Soliqlarni oshirmasak bo’lmaydi,-dedi Aldarko’sa maslahatchiga.
-Xalq isyon qilmasmikan?-deya xavotirini bildirgan
bo’ldi maslahatchi. Bunga javoban Aldarko’sa:
-Xalqing ko’p ham axmoq emas, boshiga Andijon kelishini biladi,-dedi.

6-11-05
FRANSIYA va ANDIJON
-Parij atrofida yuz bergan janjallarni Andijon voqealariga
o’xshatib talqin qillaring!-dedi Aldarko’sa maslahatchisiga.
-Xudoga shukur, boyaga qadar xabar yo’q edi,
nihoyat Fransiya prezidenti ham
otishga buyruq beribdida!-dedii maslahatchi

5-11-05
SO’KAG’ON
Internet sahifalariga ruschalab “posting” yozib
o’tirgan Aldarko’sa maslahatchisiga:
-Iplos so’kinishlar kamayib qoldimi?-dedi.
-So’kadiganlardan bittasini yomon qarg’ashgan ekan,
Xudo uribdi, tili aylanmay yotgan emish,-dedi maslahatchi.
-Nima uni mendan yaxshiroq so’kinar
edi demoqchimisan?-Aldarko’sa jahl bilan
shunday deb posting yozisda davom etdi.

4-11-05
YANGI OY
To’ntarish bo’larmish degan gapdan
cho’chib qolgan Aldarko’sa maslahatchisiga
tashqarini ko’rsatib:
-Nega tomning usti yorug’?-deb so’radi.
-Yangi oy chiqqan!-dedi maslahatchi.
-Kimdan so’rab chiqadi, darhol
tushirlaring!-deya baqira ketdi Aldarkosa.

3-11-05
TABRIK
– Kimdan Hayit tabrigi keldi?-deb so’radi Aldarko’sa maslahatchidan.
-Juda ko’p odamdan,-dedi maslahatchi.
-Meni odamlardan kelib-kelmagani qiziqtirmaydi, Putindan
keldimi yo’qmi, shuni gapir,-dedi Aldarko’sa.

2-11-05
PLAN
-Saroyda to’ntarish bo’larmish degan
mish-mishlar ko’payib ketdi,-dedi
xorijlik mehmon Aldarko’saga.
-Voy ablahlarey, bu gapni darhol tarqatib bo’lishibdimi,
bu kelasi yilgi saylov arafasidagi planimiz
edi-ku?!-deya jahli chiqdi Aldarko’saning.
-Qog’ozda qolib ketmasin deyishgan
bo’lishsa kerak,-deya piching qildi mehmon.

1-11-05
RAMAZON
-Ramazon kelayapti, nima qilamiz?-dedi maslahatchi
Aldarko’saga bayramni nazarda tutib.
-Bir paytlar u SSSR Oliy Sovetida rais o’rinbosari bo’lgan,
yaxshilab qabul qilaylik,-dedi bayram
kirib kelayotgani xayolida ham bo’lmagan
Aladarko’sa Ramazon Abdulatipovni nazarda tutib.

31-10-05
O’LIKLAR
-Avropda Ittifoqi bizga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirmoqchi
ekan, bizni iqtisodiy jihatdan o’ldirmoqchi ular!-dedi maslahatchi
Aldarko’saga. Bundan Aldarko’saning jahli chiqdi va:
-Qachondan beri xulosa chiqaradigan bo’lib qolding? Nima, sen tirikmisan,
hali?-dedi.-Men seni o’lib bo’lgansan, narigi dunyodasan deb yuribman!
-Yo’g’e, xo’jayin, biz hali shu dunyoda, tirik bo’lsak kerak?-dedi maslahatchi.

30-10-05
TOPSHIRIQ
-Amerika ham bizga qarshi sanksiya
qo’ymoqchi,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Sen Amerikani og’zinga olma, Rus va
Xitoydan gapir,-deb do’q urdi Aldarko’sa.
-Kerak bo’lsa ular ham Amerikanikini yalab
qoladilarmi, deb qo’rqaman-da,-dedi maslahatchi.
-Yalagan yalatishni ham yaxshi
ko’radi, unutib qo’yma!-dedi Aldarko’sa.

29-10-05
“XUDOGA YOQMAYDI”
-Sudlanuvchilar hamma aytganlarimizni bajarishdi, berilgan jazoga
ham rozi bo’lishdi, biz ularga suddan keyin sizlarni avf etamiz
deb va’da bergan edik, shu hujjatlarni olib kelgandim,-dedi
maslahatchi Aldarko’saga.
-Ha, va’da bergandik, ammo biz odamlarning xoxish-istagiga
qarshi harakat qilmaymiz, bu Xudoga yoqmaydi, o’zlari shu
jazoga roziman, rahmat deb aytishdi, endi men qanday qilib ularning istagini
o’ldiraman, qo’y meni bunaqa ishlarga boshlama,-dedi Aldarko’sa.

28-10-05
BALO
-Dada, nega sizni A’ldarko’sa deyishadi,-deb so’radi
qizi otasidan.
-Bola tug’ilganda ism berishgandek, endi shunday nom
berishganda,-deb qo’ydi Aldarko’sa.
-Unday bo’lsa ham aldamchi va ham ko’sa bo’lishingizni oldindan
qanday bilishgan?-dedi qizi.
Aldarko’saning jahli chiqdi va:
-Sen boshimizga balo bo’lishingni men qanday qilib oldindan bilgan bo’lsam,
ular ham shunday bilishgan!-dedi.

TELBA
27-10-05
-Umarov telba bo’lib qolibdimi?-dedi Aldarko’sa maslahatchisiga.
-Siz adashib ichib qo’ygan doridan unga ham berishibdi…
-Ablahlar! Eshaklar! Hozir seni ham, o’zimni ham o’ldiraman!
Men, dori ichmasdan
oldin ham shunday edim, nega meni unga tenglashtirasan!-
deb Aldarko’sa ko’ylagini yirta boshladi.

26-10-05
OSKAR
-Ruslar, Estonlar va hatto Tojiklarning ham filmi Oskar mukofotiga qo’yilibdi,
ko’zlari ko’r bo’lgan shekilli, biznikini olishmabdi,-dedi maslahatchi
konyak ichib o’tirgan Aldarko’saga.
-Kim o’zi u Askar deganing? Bushning askarimi? Xonoboddan
quvganimga o’ch olmoqchi bo’lgandir-da, uni boplab
bir ikki maqola chiqarlaring,
ko’zi ochilib qoladi,-dedi Aldarko’sa.

25-10-05
TONISH
Aldarko’sa Rustamni chaqirib:
-Ko’rdingmi, odaming-Sanjar Umarovni qamatib qo’ydim,-dedi.
-U mening odamim emas, mening bitta odamim bor, u ham bo’lsa siz,-dedi Rustam.
-Mana shunday tonib yuborishingni men bilar edim, ammo u bilmas edi,-dedi
Aldarko’sa tirjayib.-Lekin nega Mirziyoyev bilan gaplashganda shu gapni aytmading.
-U paytda menga Umarov chetga chiqib ketdi, deb aytishgandi-da,-dedi Rustam.

24-10-05
“KIM”
-Dada, nevarangiz “Akromiy” bo’laman, xalifat quraman,
deydi ikki gapning birida,-dedi
qizi Algarko’saga.
-Parvo qilma, esingdan chiqdimi u otasini qanday boplagandi,
bunday oqpadarga
hech kim ergashmaydi,-deb javob qildi Aldarko’sa.
-“Hech kim” yigirma besh million bo’lsa, “Kim” necha million bo’lar
ekan?-dedi qizi kinoya bilan.

23-10-05
RUHSIZ
-Madhiyani “Ruhlantiruvchi emas” deb tanqid qilishmoqda. Shuni o’zgartirib,
qayta yozsakmikan,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Axmoq bo’ldingmi, odamlar ruhlansa nima bo’lishini bilasanmi?-deb javob
qildi Aldarko’sa.-Bu Madhiya odamlarni ruhsiz
tutishiga ishonganim uchun uni tanlagandim.
Ko’rdingmi, yana bir marta haq bo’lib chiqidim!

22-10-05
BIRGA
Aldarko’sa qizini chaqirib:
-Eshitdingmi, ering uylanibdi,-dedi.
-Birinchidan, sobiq erim, ikkinchidan, u yozda uylangan edi, uchinchidan,
nega endi gapni bugun ochayapsiz?-dedi qizi.
-To’rtinchidan, senga ham bittasini tanlaganimni aytmoqchiman…
-Nega siz tanlaysiz, u bilan men yotamanmi yoki siz yotasizmi?-deya jahl qildi qizi.
-Shunaqa qaysarlik qilaver… bu safar xalq qo’zg’alib qolsa,
nima bo’lishini bilsanmi, hammamiz birga
yotamiz,-dedi Aldarko’sa ham jahl bilan.

21-10-05
EMAKLAB
Aldarko’sa maslahatchisiga:
-Bu ishlarni boshlab qo’ydik, tupikka kirib qoldik,endi qanday chiqamiz?-dedi.
-Har holda emaklab…,-dedi maslahatchi.

20-10-05
GARANG
Aldarko’sa Andijon voqealari bo’yicha sudga
raislik qilayotgan sudyani chaqirib:
-Qachongacha cho’zasan, garang?-dedi.
-Qachongaha desangiz,-deb javob qildi sudya.
-E.., hammayoqni rasvo qilding,-dedi Aldarko’sa yuzini bujmaytirib.
Sudya shosha pisha hammayoqqa qaray boshladi.

19-10-05
KETISH
Aladako’sa “Pensiyaga chiqsammikan?’ deb o’ylab
o’tirgandi maslahtchisi kirib keldi.
-2007 yilda ketaman,-dedi Aldarko’sa uning munosabatini bilish uchun.
Maslahatchi odatiga ko’ra Aldarko’saga
xushomadgo’ylik qila boshladi:
-Qoyilman, haqiqatdan ham valisiz, hatto Xudoning qarorini ham
oldindan bilasiz-a? Tayyorgarlikni boshlaylikmi?
Joyni qayerdan tanlaylik? Moskovdanmi, Toshkandanmi yoki
Samarqanddanmi?

18-10-05
SOLISHTIRISH
-Men o’zimdan keyin yo prokuror, yoki sudya prezident
bo’lishini istayman, -dedi Aladarko’sa maslahatchisiga.
-Nega? –deya ajablandi maslahatchi.
-O’shanda xalq solishtirib, mening qadrimga yetadi,-dedi Aldarko’sa.
Maslahatchi Aldarko’sani maqtab, ko’nglini
ko’tarmoqchi bo’lib dedi:
-Xalq shunday ham qadringizga yetadi. Hozir ham solishtirganda
kerak bo’lsa, mingta prokuror va mingta sudyaga dars berasiz…

17-10-05
TALAB
Aldarko’sa tush ko’rsa yangi kovlangan qabrning yonida emish va
Mahbuba degan bir ayol uni go’rga tiqayotgan ekan.
-Mendan nima istaysan, qanday talabing bo’lsa ayt,
bajaraman,-debdi unga Aldarko’sa.
-Unday bo’lsa, meni ovora qilmasdan go’rga kir!,-debdi Mahbuba.

16-10-05
IZ
-Nalchikda Ozbek izi bor, deb aytibsizmi?-deb
so’radi Aldarko’sa Putindan.
-Sen Andijonda Rossiya izi bor deganingda biz qo’yib bergandik.
Endi sen ham qo’yib ber, bu izni
Afg’onistonga o’tqazib yuboramiz,- dedi Putin.

15-10-05
RANJISH
Nalchikda Rossiya hukumatiga qarshi isyon yuz berishi munosabati
bilan Aldarko’sa Putinga telefon qilib hamdardlik bildirdi.
Putin undan ranjidi:
-Sen Andijonda qilganing kabi men ham hammasini qirib tashladim,
shu bois sendan -ittifoqchimdan hamdardlik emas, tabrik kutgan edim…

14-10-05
PLANLASHTIRISH
-Nazarboyev “Sobiq SSSR davlatlari ichida biz birinchi bo’lib strategik
planlashtirishni boshlagandik” deb maqtanibdi,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Kallasi ishlaydimi, u qozoqni, men oilani planlashtirish dasturini
boshlaganimda hali SSSR yashab turgan, Nazarboyevning
xotini har yili bitta tug’ib yurgandi,-dedi Aldarko’sa.

13-10-05
QIYSHAYISH
-Rossiya bilan ittifoq tuzamiz degan gapimga munosabat
qanday bo’ldi,-deb so’radi Aldarko’sa maslahatchisidan.
-Ellik gramm ichib olgandan keyin qiyshayib, og’zining bir
chetidan shu gap chiqib ketgan-da, deb qarashmoqda, – dedi masalahatchi.
-Birinchidan, ellik gramm emas, bir shisha edi, ikkinchidan,
undan ko’p ichsam ham og’zim qiyshaymaydi,
-dedi Aldarko’sa qiyshayish kalimasini o’zicha tushunib.

12-10-05
MAYDA-CHUYDA
-Kondoliza Rays bilan Nazarboyev men haqimda ham gaplashibdilarmi? – deb
so’radi Aldarko’sa maslahatchisidan.
-Yo’q, – dedi masalahatchi.
-Qayoqdan bilasan?
-Chunki matbuot konferensiyasida ular “Biz mayda-chuyda haqida emas,
balki muhim masalalarni muhokama qildik” deb aytishdi, – dedi maslahtchi.

11-10-05
JANNAT
Aldarko’sa maslahatchisidan:
-Ro’za tutmasa ham bo’ladimi?-deb so’radi.
-Bo’ladiku-ya, ammo tutsa yaxshi, masalan jannatga ketish
mumkin,-deya javob qildi maslahatchi.
-Sanlar ketaverlaring, men uchun yurtim – jannat, men sotqin
emasman, uni tashlab ketmayman!,-dedi Aldarko’sa.

10-10-05
TUTURIQ
-Qo’shnilarimizning hammasi buyoqqa kelayotgan Kondoliza Rays
bilan uchrashadigan bo’lishibdi. Birortasi ham bizga qo’shilib Amerikaga
qarshi chiqmadi-ya?! Bularni Putinga eslatib qo’yish kerak.-dedi
Aldarko’sa maslahatchisiga.
-Men unin maslahatchisiga eslatdim. U “Agar rad etmasa va kelsa,
Putin ham uchrashadi deb aytdi,-dedi maslahatchi.
-Bularda tuturuq yo’q, tashqi siyosatda tuturuq bo’lish kerak,-dedi Aldarko’sa.

9-10-05
VATAN
-Nega Rossiya bilan ittifoq tuzishni taklif qilayapsiz? Bu kelajakda
bitta mamlakat bo’lishga yo’l ochmaydimi?-deb
so’radi maslahatchi Aldarko’sadan.
-Qaniki tezroq yo’l ochsa… Sani taklifing bilan Moskvadan
qabr joyi olib qo’ygandik. Begona mamlakatning begona
fuqarolari bo’lib, xoru mor, gulga zor bo’lib yotish yaxshimi
yoki qo’shilib ketib, o’z Vataningda yotganing yaxshimi?-dedi Aldarko’sa.

8-10-05
BECHORALAR
-Sizlar ro’zani nima uchun tutasizlar?-deb so’radi
Aldarko’sa Malayziya rahbaridan.
-Kambag’al-bechoralarning, ochlarning holini his
etish uchun,-deya javob berdi rahbar.
-Hmm, bizda na kambag’al bor, na och!-dedi Aldarko’sa.

7-10-05
RO’ZA
-Ro’zani nima uchun tutadilar?-deb so’radi
Aldarko’sa maslahatchisidan.
-Mukofot uchun…
-Menga mukofotning keragi yo’q, zotan Nobeldan bosha
hammasini olib bo’lganman,-dedi Aldarko’sa qornini silab.

6-10-05
OTA
Aldarko’sa otasi vafot etgan Alisherga telefon qildi:
-Suyangan tog’ing bo’lgan otangdan ham ayrilding, endi nima qilasan?
-Yonimda asosiy otam bo’lgan siz borsiz, shu bois ko’nglim
to’q, ammo sizdan keyin nima qilaman, bilmayman!,-dedi Alisher.

5-10-05
NORASMIY
Aldarko’sa maslahatchisidan:
-Avropaliklar endi bizga viza bermas ekanlarmi?
Shunaqa qaror olishibdimi?-deb so’radi.
-Parvo qilmang u qarorning sizga hech aloqasi yo’q, u
faqat rasmiylarga,-dedi maslahatchi.

4-10-05
BANKROT
Ba’zilar Malayziya Bosh vaziriga maktub
yo’llab, “Aldarko’sani qabul qilmaslikni” talab etishdi.
Bosh vazir maktublarni bir chetga surib:
-Qabul qilma emish, qabul qilmasam, mamlakatdagi
hamma fohishaxonalar bankrot bo’ladi-ku?!-dedi.

3-10-05
QOG’OZ
-Kallasini yegan bittasi sizning ustingizdan Putinga
shikoyat yozibdi,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Nima qipti, yana nechta kallasini yeganlar mana sening ustingdan
tinmay menga shikoyat yozadilar, shunday gapda,-dedi Aldarko’sa.
-Putin ham seyfda olib qo’yib, keyin kerak bo’lganda
ishlatmasin,tag’in,-deya gap qo’shdi maslahatchi.
-O’ldimi, katta bir mamlakatning prezidentiga
yumshoqroq qog’oz topilmasa,-javob qildi Aldarko’sa.

2-10-05
TAAM
Aldarko’sa maslahatchisiga:
-Bugun ham yarim tunga qadar ishlayamiz,
nima ovqat buyurib qo’ysak ekan?-dedi.
-Kechagi borsh zo’r bo’lgandi, taami haliga qadar
og’zimdan ketgan emas,-dedi maslahatchi suzilib.
Aldarko’sa o’ylab ham o’tirmasdan javob qildi:
-Unday bo’lsa, man o’zimga palov buyuraman,
sen yeb yurma, og’zingdagi taam buzilib qoladi!

1-10-05
DUNYONING YARMI
-Butun dunyo bizdan yuz o’gira boshladi, bir narsa
qilmasak bo’lmaydi,- dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Aqlingni yedingmi, gapingni o’ylab gapir,
dunyoning yarmidan ko’pi biz bilan, Mana
o’zlari aytib turishibdiku, Xitoy, Rossiya,
Belarus, Turkmaniston biz bilan deb!
-To’g’ri aytasiz, Shimoliy Korea ham biz bilan-a!,-deya
uni qo’llagan bo’ldi qaltirab qolgan maslahatchi.

30-09-05
VIZA
-Avropa Ittifoqi bizga chet elga chiqish uchun viza berishni
man etarmish,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Yaxshi bolarkan, sanlarga chet elda balo bormi?-dedi Aldarko’sa.

28-09-05
“PESHGIR”
-Muxoliflarimiz birlashayotgan ekan, oldini ol!-dedi
Aldarko’sa maslahatchisiga.
-Parvo qilmang, oralarida tojikcha aytganda “peshgir”larimiz, o’zbekcha
aytganda oldini oladiganlar ko’p,-dedi maslahatchi.
Aldarko’sa uni ogohlantirmoqchi bo’lib:
-Qara, agar muxoliflarim birlashib qolsalar, og’zidan suvi oqib qolgan
“peshgir”laringa va sening o’zingga ham oldini olish
qanday bo’lishini o’zim ko’rsatib qo’yaman,-dedi.

27-09-05
SO’M
-Sizning buyukligingizga, kelajakni oldindan ko’ra olishingizga qoyil
qoldim,-dedi maslahatchisi Aldarko’saga.
-Yana nima bo’ldi?-deb so’radi Aldar ko’sa.
-Yangi pul chiqarganimizda unga rasmingizni qo’yaylik deganimizda
“Mendan keyin bir kun kelib, qadri tushib ketganidan
hojataxona qog’ozi bilan tenglashsa nima bo’ladi?”
degan edingizda!,-dedi maslahatchi.

26-09-05
YASHIL
-Amerika bilan munosabatlarni yaxshilaymizmi?-dedi
maslahatchisi Aldarko’saga.
-Qancha beradigan bo’lishdi?-deya
hayajon bilan so’radi Alfdarko’sa?

25-09-05
REYTING
-Andijon voqealari borasidagi sudga odamlarning munosabati
qanday bo’lmoqda?-deb so’radi Aldarko’sa maslahatchisidan.
-Mazza qilib tomosha qilishmoqda. Reytingi hamma
spektakllardan ham o’tib ketdi,-dedi maslahatchi mag’rur ohangda.

24-09-05
O’ZBEKNING ORIYATI
Aldarko’sa maslahatchisidan:
-G’arbda ham “Onangni zo’rlayman!” desa bolasi sudda bulbul
bo’lib sayraydimi?-deb so’radi..
-Yo’q, bunday oriyat faqat bizda bor, ularda “Onamda gaping bo’lsa,
bor gaplashaver!”, deb qilmagan ishini qilmadim deb
turaveradi,-dedi maslahatchi.
-Bu gapingni mega ayting, birov eshitmasin!-dedi Aldarko’sa.
-O’sha eshitgan odamning ham onasi bor, oriyati bor, kerak
bo’lsa uni ham sayratamiz,-deya mag’rurlandi maslahatchi.
-Lekin mana sening na onang, na otang bor, sen nega
sayrayapsan, shuni tushuna olmayapman?-dedi kinoya bilan Aldarko’sa.
-Taqsir, bizning bola-chaqa bor,-dedi maslahatchi.

23-09-05
IT va MUSHUK
Maslahatchi Aldarko’saga:
-Muxoliflarimizning har biriga alohida-alohida qilib, ”Internetdagi
sahifangni yopib tashla, kimga keragi bor? Uni na it, na mushuk
o’qiydi”, deb boplab xat yubordim,-dedi.
-Axmoq, o’ylab yozsang bo’lmasmidi, uni
o’zimiz o’qib turibmiz-ku?-dedi Aldarko’sa.

22-09-05
ODAM…
Aldarko’sa prokuror Nabievni chaqirib:
-Nega davlat sirini oshkor qilding? “Yo’ldoshev MXX
yerto’lasida edi va tashqariga telefon qilgan” deb aytibsan, bu odamlarga
“MXX yerto’lasidan tashqariga bemalol telefon qilish mumkin”,
degan “signal” berishdir, bu davlat sirini fosh etishdir!-dedi.
-Lekin men telefon bizniki ekanligini davlat siri deb bilib,
uni bitta ham odamga aytmadim,-dedi Nabiyev.
-Mana menga aytding-ku, tag’in bitta ham odamga
aytmadim deysan?!-o’dag’ayladi
Aldarko’sa. Shoshib qolgan Nabiyev:
-Siz, odam emas.. siz yurtboshi-ku,-dedi.

21-09-05
JANOB
Maslahatchi Aldarko’saga Abdusaid Ko’chimov degan maddoh
shoirning “Xalq so’zi” gazetasida bosilgan she’rlarini ko’rsatdi:
-Dushmanlarimizni, ja boplabdi-da…
Aldarko’sa she’rlarni axlat qutisiga otar ekan:
-Nega bularni “Gosteleradio”ga rais bo’lib turganda
yozmadiyu, ishdan olingandan keyin yozdi?-dedi.
-Qarang-a bu tomonini o’ylamabman,-deya o’zini oqlamoqchi
bo’ldi maslahatchi,-lekin xorijiy radiolarga ishlayotgan
muxbirlarni boplagan, pul uchun xotinini
ham janoblarga qo’shib qo’yishadi,-degan.
-Bu iflosni nazoratga ol, tag’in o’zini ishga tayinlagan
paytlarimizdagi gaplar yodiga tushib, “Janob” deganda
meni nazarda tutmagan bo’lsin!-dedi Aldarko’sa.

20-09-05
MUKOFOT
Asli Andijonlik bo’lgan sobiq mufti Muhammad Sodiq
o’tgan oqshom televideniyening “Munosabat” dasturida
“akromiy”larga qarshi Fatvo e’lon qilish kerak, deya
Bobur maydonida namoyishga chiqqanlarni qoralagach, bugun
maslahatchi Aldarko’saning huzuriga kirib:
-Unga qanday mukofot bersak ekan?-deb so’radi.
-O’ziga bitta partiya tuzib olsin,-dedi Aldarko’sa.
-Keyin ro’yxatdan o’taman deb garanag qiladi-da,- o’ylanib qoldi maslahatchi.
-Dunyo keng, ana Liviya, Shvetsiya yoki Angilyaga borib o’taveradi,-dedi Aldarko’sa.

19-09-05
YULDUZ
Aldarko’sa Yulduzni chaqirdi va:
-Turkmanboshining qo’lini o’pibsanmi?-dedi.
-Uning qo’lini o’pgan bo’lsam, sizning oyog’ingizni o’paman!,-dedi
Yuldiz noz bilan boshini Aldarko’saning ko’ksiga qo’yib.

18-09-05
TAYYORGARLIK
Aldarko’sa ikki kun keyin boshlanadigan sud
hujjatlarini ko’rib chiqar ekan sudyaga:
-“Akromiylar” bo’yniga olmasa, “dokazat” qila olmasang, nima qilasan?- dedi.
-Siz nima desangiz, shuni qilaman,-dedi sudya.
-Unday bo’lsa, agar ular bo’yniga olmasa sen bo’yninga olasan, -dedi Aldarko’sa.

17-09-05
SAYLOV
-Inqilob qilmoqchi bo’lganlarning hammasini terrorist deb e’lon qillaring,-dedi
Aldarko’sa Bosh prokurorga.
-E’lon qildik, taqsir!-dedi prokuror.
-Unday bo’lsa, endi “2007 yil saylovlarida qatnashaman” deb yurganlarni ham
terrorist deb e’lon qillaring,-deb buyurdi Aldarko’sa.
-Sizdan boshqa nomzod yo’q,- dedi prokuror.

16-09-05
QORA QOZON
-Amerika bilan munosabatlarni buzib yaxshi qilmadikmi?-dedi maslahatchi
Aldarko’saga,- hisoblab chiqsak, yuz mingdan ziyod odamning
qora qozoni shuning hisobiga qaynab turgan ekan…
Aldarko’sa jahl qilib:
-Seni bu yerga boshqalarning emas, mening qora qozonim
haqida o’ylashing uchun ishga olganman,-dedi.

15-09-05
KINO YULDUZI
-Putin mehmonxonada Angelina Jolie bilan bir qavatda ekan,-dedi
maslahatchi Aldarko’saga BMTning 60 yilligiga bag’ishlangan
yig’ini haqida hisob berar ekan.
-Kim ekan, u?-deb so’radi Aldarko’sa.
Maslahtchi uning dunyodagi eng mashhur kino yulduzi va BMTning
maxsus elchisi ekanligini aytmoqchi bo’lib:
-Kino yulduzi…,-degandi Aldarko’sa uning gapini bo’lib:
-Putin menga bir og’iz “yur” demadi, agar borganimda kuni
qanaqadir artistlarga qolmasdan, men bilan turgan bo’lardi,-dedi.

14-09-05
UCHINCHI OYOQ
-Eshitdingmi, BMTning 60 yilligi nishonlanadigan assambleyasida
Aldarko’saga ham nutq so’zlash imkoni berilgandi, ammo u yig’inga
bormayman, deb maktub jo’natibdi,-dedi bir jurnalist ikkinchisiga.
-Putinning soyasida yurib, itning keyingi oyog’i bo’lib qolishdan
cho’chigan bo’lsa kerak,-dedi ikkinchi jurnalist parvo qilmay.
Birinchisi gapni yana uzatdi:
-Unda javobingdan “Hozir qaysi oyog’i?” degan savol chiqadi-ku?
-Hozir uchinchi oyog’i!-dedi talaba yana sovuqonlik bilan.

13-09-05
MASALA
-Vashingtonga borar ekansiz, mening masalamni ham
gaplashib bermaysizmi?-dedi Aldarko’sa Putinga.
-Telefon qilganingiz yaxshi bo’ldi, ko’nglim g’ash edi, boya
Gulonora telefon qilib, “Papulyamning masalasini gaplashib
kelavering” degandi, siz bilan gaplashmay unga so’z berib yuborgandim.
Demak. gaplaringiz bir joydan chiqibdi, unga rozilik berganingiz meni quvontirdi,-dedi.
Telefonning Aldarko’sa tomonidan ovoz kelmay qoldi.

12-09-05
BEKIT
-Internetni bekita boshlaganimizdan buyon siyosatga qiziqqanlar
orasida chet elga ketib qolish ko’paymoqda,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Undan bo’lsa butunlay bekitib tashla!-dedi Aldarko’sa quvonib.

11-09-05
OTASINING O’G’LI
Aldarko’sa maslahatchisidan norozi bo’lib, uni xonasidan quvdi:
-Yo’qol, ko’zimga ko’rinma, itvachcha!
-Xo’p, xo’p, otajon!,-deb maslahatchi chiqib ketdi.

10-09-05
E’TIROF
-Avropadan kelgan odam uncha kata lavozimda emas, bor yo’g’i
Markaziy Osiyo bo’yicha vakil ekan, kovushini to’g’irlab
yuboraveraylikmi?,-dedi Tashqi Ishlar vaziri Aldarko’saga.
-Kavushini men tomonga qarab to’g’irla, uyinga mehmon kirmay
qo’ysa ham yomon ekan, oltin simli bo’lsa ham mana bu to’nlarni nam
urib mog’orlab ketdi. Bu ketishda yaqin orada
o’zimiz ham mog’orlab ketamiz!-dedi Aldarko’sa.

09-09-05
PAPULYA
-Papulya, men qarorimni berdim, sendan keyin o’zim prezident
bo’laman, -ded Gulnora rus tilida Aldarko’saga.
-O’zbek tilini bilsanmi?-deb so’radi otasi.
-Ja, qiziqsan-a, papulya, nima san saylanganingda o’zbek
tilini bilarmiding?!-dedi Gulnora otasini kamsitib.

08-09-05
FARQ
-Qacongacha informatsion xuruj ostida qolamiz. Hujumga
o’tlaring,-dedi Aldarko’sa Mirziyoyevga.
-Miltiqlar eskirib qolgan, birov qaramayapti, poroxlar ham fissillab otmoqda…
Aldarko’sa uning gapini bo’ldi:
-Nega eskiradi, nega fissillab qoladi?
-Tagiga suv ketgan, shekilli,-dedi Mirziyoyev qayerda ekanligini unutib.
-Sani taginga suv ketgan!-deya o’shqirdi Aldarko’sa.
-Unday demang, meni tagim nima, sizniki nima, farqi yo’q-ku,
otaginam, – deya Mirziyoyev o’rtani yumshatmoqchi bo’ldi.
-Farqini ko’rmayapsanmi, -dedi Aldarko’sa,-men o’tiribman, sen esa
o’tirib qoyding!

07-09-05
XABAR
-Almatov va Inoyatov ketibdi,-dedi bolasi Dehqonbuvaga.
-Xudoga shukur, ketishgani rost bo’lsin! Qachon ketishibdi?
-Bugun ertalab, birinchi reysda, Moskvaga, dam olishga…
-Ha, Aldarko’sa bo’lmay qol, shunisini keyinroq aytsang ham
bo’lardi, bunday bir mazza ham qilolmadim,-dedi
gunohsiz qamalib chiqqan Dehqonbuva.

06-09-05
MONIKA
-Ertaga Klinton kelar ekan,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Men uni taklif qilmagan edim, nega kelayapti? Agar Bushdan
qochib kelayotgan bo’lsa, darhol siyosiy boshpana berlaring!
Bu andijonliklar masalasiga munosib javob bo’ladi.
-U Hindistonga ketayotgan ekan, Toshkentda to’xtab o’tmoqchi…
-Hindistonni boshiga uradimi, ko’ndirlaring, hamma sharoitni qilib
beramiz,-dedi Aldarko’sa maslahatchining gapini bo’lib.-Kerak bo’lsa,
Monikalardan bir-ikkitasini ham berib qo’yamiz!
-U qarib qolgan, rozi bo’larmikan?-dedi maslahatchi.
-Nima u mendan ham qarimi?-ajablandi Aldarko’sa.

05-09-05
YORDAM
-Butun dunyo Amerikada yuz bergan
to’fon bois yordam taklif qilmoqda.
Biz ham chetda qolmaylik,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Bo’pti biror narsa taklif qilaylik!-dedi Aldarko’sa.
-Nima yuborsak ekan?-deb so’radi maslahatchi undan.
-Xonobodda qolishlarini bir haftaga
uzatishimizni taklif qil!-dedi Aldarko’sa.

04-09-05
TASHABBUS
-Turkmanboshi “Ruhnoma” deb nomlangan
tutruqsiz kitobini Rossiyaga katta
pul to’lash evaziga, “Soyuz” kemasi orqali kosmosga
yo’llabdi,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Voy ablah-ey, Xudoga ishonib qolibdi-da! Almatovning
ro’yxatiga tirkab qo’ylaring!-deb buyurdi Aldarko’sa.
-Menimcha u Xudoga o’z dinini tiqishtirmoqchi,- deya
mavzuni davom ettirdi maslahatchi.
-Unday bo’lsa, tez yo’lini toplaring, tashabbusni qo’lga olaylik, mintaqada
biz hukmronlik qilishimiz kerak!-dedi Aldarko’sa.

03-09-05
ASOS
Maslahatchi Mustaqillik kuni munosabati bilan yuborilgan tabrik
telegrammalarini Aldarko’saga ko’rsatdi.
-Hammasini e’lon qilinglar, lekin Bushning tabrigini Rossiya va
Xitoy rahbarlarinikidan ham keyinga qo’ylaring,-dedi Aldarko’sa unga.
-Qanday bo’larkin? Ilgari doim birinchi o’ringa qo’yardik,-dedi Xayriddin.
-Endi har kimni o’z o’rniga qo’yishimiz kerak!-dedi Aldarko’sa.-
Qolaversa bu tarix kitoblariga “Bushni o’z o’rniga qo’ygandik”
deb kiritishing uchun asos bo’ladi.

02-09-05
ORZU
Aldarko’sa 31 Avgust kungi intervyusida
G’arbni ayblab “Informatsion xuruj
ostida qoldik, butun matbuot, Internet ularning qo’lida”
deb aytganini eshitgan Dehqonbuva o’g’liga:
-Nima bu galvars butun dunyodagi matbuotu
Internetni o’z qo’liga olmoqchimi?-dedi.
-Har holda shunday orzusi bo’lgan ekanki jahl qilayapti. Bechoraning
nihoyat bitta orzusi amalga oshmay qolibdi-da!,- dedi o’g’li kinoya bilan.

01-09-05
QIYO BOQIB
-G’ulomjon Yoqubov har safargidek, bu yil ham o’sha “Qiyo boqib” degan
ashulasini aytdiku?-dedi Mustaqillik bayrami tantanasini
televizordan tomosha qilib o’tirgan Dehqonbuva.
-Shu ashulasi Aldarko’saga yoqar ekan, boshqasini aytsa,
unga qiyo boqmay qo’yishi mumkin-da,-dedi o’g’li.

31-08-05
BEZGAK
-Ana u bezgaklarni ushlab qamadingmii?-dedi Aldarko’sa Almatovga.
-Bezgak avval Surxondaryoda chiqqandi, yana ikki-uch joyda qayd etildi.
Sog’liqni saqlash vazirligi shug’ullanayapti. Qamash kerak bo’lsa,
hammasini ushlab qamaymiz,-dedi Almatov.
-Man nima desam, san nima deysana-a, bezgak,-dedi
Aldarko’sa telefon dastasini otib yuborar ekan.

30-08-05
KONKURS QATNASHCHISI
-“Sharq taronalari” ko’rik- konkursida bu yil kimlar qatnashdi?-deb so’radi
Samarqandga telefon qilgan xorijiy radio muxbiri ko’rik komissiyasi raisidan.
-Eng asosiysi, esda qoladigani shu bo’ldiki, ko’rik- konkursda
Islom Aldarko’sa qatnashdilar,-dedi u iftixor bilan.

29-08-05
SHAPALOQ
-O’nta ayolni Nobel mukofotiga ko’rsatibsanlarmi?-dedi
Aldarko’sa Sodiqovga.
Sodiqov bitta Nobel mukofotiga dunyo bo’ylab mingta ayol ko’rsatilayotgani
haqida aytmoqchi edi Aldarko’sa eshitmadi va:
-Sanlardan hech tashabbus chiqmadi.Hammasini o’zim aytishim kerak.
Mana meni ko’rsatsalaring Bushga
bir shapaloq bo’ladi,-dedi.

28-08-05
ILHOM
-Bush “Men prezident ekanman, Afg’oniston va Iroqdan chiqib
ketmaymiz!”debdi,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-O’pkangni bos, men ham tirik ekanman Oqsaroydan chiqib
ketmaymiz1-dedi Aldarko’sa ilhomlanib.

27-08-05
TAVBA!
Televideniyeda Aldarko’saning Qozonga jo’nab ketishi oldidan bergan
interviyusini qayta-qayta ko’rsatishdi. U “Ochig’ini aytaman, kimlargadir
sotilgan siyosatchilar maqsadiga erishsa, xalqni xarob, uyini vayron qiladi”
dedi.Buni eshitgan dehqon buva hayron bo’lib qoldi. O’g’li:
-Na buncha o’ylanib qoldingiz? – deb so’radi.
-Tavba! Aldarko’sa xalqni butunlay xarob, uyini butunlay vayron qildi.
Xarob bo’lgan xalq yana qanday xarob, vayron bo’lgan uy yana qanday
vayron bo’lishi mumkinligiga aqlim yetmay turibdi-da,-dedi otasi.

26-08-05
MASALA
-BMTni o’zimizning masalada ayblaganimiz uchun jiddiyga olishmadi.
Rossiya va Xitoyni o’rtaga qo’shsakmikan?-dedi Bosh prokuror Aldarko’saga.
-Ana, Bush ham ayblab yotibdiku?!-deya jerkib berdi Aldarko’sa.
-Bush Eron masalasida…,-deb ovoz chiqargan prokurorning gapini Aldarko’sa bo’ldi-da:
-Kallang ishlaydimi, biz ham BMTni Qirg’iziston masalasida ayblayapmiz!-dedi.

25-08-05
ESHAK
Aldarko’sa Bakievga jahl bilan telefon qildi:
-Eshak, qolgan o’zbeklarni ham chetga chiqarib yubormoqchi ekansan!
Olov bilan o’ynashayapsan? Kimga qanday muomala qilishni bilmaysanmi?
Bakiev bosiqlik bilan javob qildi:
-Bilamiz, odamga odamdek, eshakka eshakdek!

24-08-05
“KARIMOV”
-Siz “Demokratiya” deb ko’krakka urgan edingiz, mana endi diktatordan
qochgan o’zbeklarni Rossiyaga deportatsiya qilishingizni qanday
tushunish kerak?-deya so’radi bir jurnalist prezident Yushchenkodan.
U deportatsiya qilingan o’zbeklarning ro’yxatini tarqatdi-da:
-Aksariyatining familiyasi “Aldarko’sa” ekan. Shuningu
chun ham chegarachilarimiz adashibdilar,-dedi.

23-08-05
ARIZA
-Hamma Qirg’izistonga borib, siyosiy boshpana so’rab,
ariza yozayotgan ekan,-dedi Xalilov Mirziyoyevga.
-Hamma deyapsiz, nima, “Chol” ham ariza yozibdimi?-dedi Mirziyoyev
kinoya bilan o’zi Aldarko’saga qo’ygan yangi laqabni takrorlab.
-Bilmaysizmi, u yozadigan bo’lsa, bizga yozdirtiradi,-dedi Xalilov.

22-08-05
KUYOV
-Asqar Akaevning kuyovini sudga tortishibdi,-dedi Aldarko’sani
yangiliklar bilan tanishtirayotgan maslahatchisi.
-Zo’r! Kuyov-ot ustida yov!Mana mening kelajakni oldindan
ko’rishimga va qirg’izlarning bizdan ancha
orqada ekanligiga yana bir misol. Bu xabarni
kengroq yoritinglar!-deya buyurdi Aldarko’sa.

21-08-05
“CHOL”
-Shavkat sizga “Chol” degan laqab qo’yibdi. “Qarib qolgan,
hech narsaga qaramaydi, hech narsaga yaramaydi”
deb gap qilib yuribdi,-dedi Xalilov Aldarko’saga.
-U bachcha meni qari deb
yuribdimi hali?!- jahl qildi Aldarko’sa.
-Nonko’r-da! O’n yil yeb, bir kun emasa norozi bo’ladi!-deya
qiyshangladi Xalilov,-mana men “g’ing” demay yuribman-ku!

20-08-05
IT-MUSHUK
-Hamsoya, eshitdingizmi? Gulnora Moskvadan butunlay
ko’chib kelibdi,-dedi savdogar ayol qo’shnisiga.
-Siz ham eshitdingizmi, Mirziyoyev xotinidan ajralibdi,-dedi qo’shnisi.
-Men mushuk desam, siz it deysiz-a?-savdogar
ayolning jahli chiqdi. Qo’shnisi beparvolik bilan dedi:
-Kecha televizorda ko’rsatishdi, qaysi bir mamlakatda it bilan
mushuk bir-birini yalab, bitta inda yashab o’tirganmish!

19-08-05
XALQ ARTISTI
Aldarko’saning “egizak”lari Mirziyoyev va
Xalilov saunada gaplashib o’tirishgandi.
-Mustaqillik kuni yaqinlashmoqda, cholga qanday unvon taqdim etsak
ekan,-dedi Mirziyoev Aldarko’saga nisbatan qo’llanila
boshlangan “chol” iborasiga urg’u berib.
-Hammasini olib bo’ldi,-dedi Erkin nafasini yutib, saunaning taxta
devorlarini yana bir tekshirib ko’rar ekan.
_-Nima, birorta ham orden yoki unvon qolmadimi?- dedi Shavkat unga,
“Qo’rqma hammasi nazoratim ostida” degandek, baland ovoz bilan.
-Faqat O’zbekiston Xalq artisti unvoni qolgan…-deb javob qildi Erkin.
-Demak, asosiysini bermagan ekansizda-a?!- dedi Shavkat topag’onlik bilan.

18-08-05
BARAN
Aldarko’sa maslahatchisi Xayriddin Sultonovdan so’radi:
-Ana u xalqni “qo’y” deb so’kkan jurnalistni muhokama
qilib, shahardan quvib chiqardinglarmi?
Xayriddin boshini yelkasining ichiga tortib:
-Uzr, xo’jayin, uddalay olmadik, u sizning ham
xalq haqida shunday degan gapingizni
misol qilib ketirgandi hamma mum yutib qoldi,-dedi.
-Axmoqlar, shunga ham javob topa
olmadinglarmi? Men qo’y so’zini ishlatganim yo’q,
men “baran” degandim!Baransanlar!-deya o’shqirdi Aldarko’sa.

17-08-05
UCH YO’L
-Aldarko’sa bir elchidan so’radi:
-Xo’p, qutulib qolishimning qanday yo’llari bor?
Elchi bamaylixotir javob berdi:
-Uch yo’li bor. Birinchisi qamoqlarni
tugatishingiz, ikkinchisi o’lim jazosini bekor
qilishingiz va uchinchisi fuqarolikni
topshirib, bandalikni bajo keltirishingiz kerak.
Shu sizni qutqarib qolishi mumkin.

16-08-05
2008
-Aldarko’sa 2008 yilda ketar ekan,-dedi bir talaba ikkinchisiga.
-Qayerdan bilding?- soradi ikkinchisi.
-Ko’rmayapsanmi, 2008 yildan boshlab
o’lim hukmini bekor qipti. Oldinroq
esa 70 yoshdan keyin qamalish mumkin emas,
degan qaror chiqargandi. 2008 da yetmishga kiradi-da!

15-08-05
DEMOKRATIYA O’YINI

-Endi demokratiya o’yinini boshlasak bo’ladi,-dedi
Aldarko’sa maslahatchisiga.
-Bo’lmasa birinchi bo’lib o’lim hukmini bekor qiladigan farmonni
e’lon qilaylik. Bu ularga juda yoqadi,-dedi maslahatchi.
-Keyin bu qonun chiqaruvchilarning vakolatiga
kiradigan masala deb boshimizni og’ritishmaydimi?
-Parvo qilmang, ular hamma narsa qo’lingizda ekanligini
allaqachon bilishadi,-dedi maslahatchi yaltoqlanib.

14-08-05
OTIB TASHLAYMIZ!
– Islom aka agar 2008 yildan boshlab O’lim hukmini bekor
qilsak, keyin ana u boshimizni qotirganlarni
nima qilamiz?- deb so’radi Inoyatov Aldarko’sada.
-2008 yilgacha hammasini otib tashlaymiz!-dedi Aldarko’sa.

13-08-05
CHIROYLIROQ
Aldarko’sa Gulnoradan so’radi:
-Nega mendan keyin Mirziyoyev emas-da, Azimov prezident bo’lishini istading?
-Azimov chiroyliroq, ham xalaqit qiladigan qorni yo’q!-dedi Gulnora.

12-08-05
ABADIY PREZIDENT
Aldarko’sa oltin baliqchaga murojaat qildi:
-Yana nechta talabim qoldi?
-Oxirgisi,-dedi oltin baliqcha.
-Unday bo’lsa, meni abadiy prezident
qilib qo’y!- dedi Aldarko’sa.
Bir zumda Aldarko’sa qorong’u go’rda paydo bo’ldi.
-Mana hamma istaklaringni ado etdim.
Endi xayrlashamiz,-dedi oltin baliqcha.
-Meni nega go’rga tiqib qo’yding!-baqirdi Aldarko’sa.
-Nima qilishim kerak, istagingni bajardim,
sen menga qayerga ekanligini aytmading,
bo’sh joy esa faqat shu yerda edi!-deya oltin baliqcha g’oyib bo’ldi.

11-08-05
HAZIL
-Obid Asomov “Ozodlik”da Aldarko’sa rejimini
dabdala qildi-ya,-dedi bir tinglovchi ikkinchisiga..
Ikkinchisi darhol javob qildi:
-Haligi qiziqchi-mi? Hazil qilgandir-da!

10-08-05
CHANG
-Obid Asomov “Ozodlik” radiosida Aldarko’saning po’stagini qoqqandi,
keyin tonib yuboribdimi?,-deb so’radi bir
tinglovchi ikkinchisidan. Ikkinchisi javob qildi:
-Yo po’stakdan jiringlab oltin yumalab ketgan
yoki po’stakning changi uni bo’g’ib qo’ygan!

9-08-05
XITOYNING POZITSIYASI
-Meni yiqitishga urinayotgan G’arb davlatlariga qarshi kurashsam,
Rossiya bilan birga orqamda turasizlarmi?-deb so’radi Pekinga
mehmon bo’lib borgan Aldarko’sa Xitoy rahbaridan.
-Albatta,-deb javob qildi mezbon-, agar ular sizni yiqitish uchun u
tomondan itarsalar, yiqilmasligingiz uchun biz orqadan itarib turamiz!

8-08-05
SAVOL..
-Siz nega buncha odamni o’qqa tutdingiz?-deb
so’radi bir jurnalist Aldarko’sadan.
-Nima, siz meni o’qqa tutmaydi, deb o’ylaganmidingiz?-deya
savolga savol bilan javob qildi diktator.

7-08-05
DALLOL
-O’zini muxolifatning “ota”siman, deb yurgan bittasiga radio muxbiri sim qoqdi:
-Andijonda ellik ming odam namoyish qilmoqda. Buncha odamni
bir joyga to’plash sizning tushingizga ham kirmasligi aniq.
Mana endi oldingizda eng katta imkoniyat paydo bo’ldi. Ular
o’zlarini rejimga muxolifliklarini ochiq aytishmoqda.
Bunday sharoitda siz nima qilasiz?
-Biz rejim bilan ular orasida vositachi bo’lishni taklif qilamiz,- dedi “siyosatchi”.
-Kechirasizlar,-deya muxbir tinglovchilarga murojaat qildi,- biz
muxolifat lideri deya dallolga telefon qilibmiz!

6-08-05
QIMMAT…
-Siz dunyoning narigi chetida yashaysiz va Andijondagi
namoyishchilar bilan hukumat orasida dallollik qilishni
aklif qilayapsiz. Buni qanday amalga oshirish mumkin?-deya
so’radi radio muxbiri shunday tashabbus bilan chiqqan bittasidan.
-Har ikki tomon ham menga telefon qilsin,-dedi u.
-Nega siz o’zingiz ularga telefon qilmayapsiz?
-Birinchidan, ularning telefonlarini bilmayman,
ikkinchidan esa, bu yerdan u tomonga telefon qilish qimmatroq!

5-08-05
O’RGANGAN KO’NGIL…
Mehmonxonada uxlab yotgan Aldarko’sa shovqin-surondan uyg’onib ketdi.
-Nima gap?-dedi.
-Yana Choriyevlar oilasi namoyishga kelibdi, “Yo’qolsin Aldarko’sa”
degan shior ham ko’tarib olishgan,-dedi derazadan tashqariga qarab turgan Almatov.
-Ablah, bu yerda nima qilib o’tiribsan? Tez borib o’zing
boshida turib, ularni yo’qot! Kim yo’qolishini ko’rsatib
qo’y, ularga!-deya o’shqirdi Aldarko’sa va yana uyquga ketdi.
Uyg’ongandan keyin atrofida Almatovni ko’rmadi va uning qayerdaligini so’radi.
-Aytganingiz bo’yicha Chorievlar oilasini yo’qotish
uchun ketgandi, ammo qaytmadi. Ular esa namoyishni
davom ettirishmoqda,-dedi Tashqi ishlar vaziri derazadan tashqariga qarab.
-Nega davom ettirishadi? Nega Almatov chora ko’rmaydi? He, uning onasini…
-Uni politsiya ushlab ketdi,-dedi vazir.-U soqchilaringiz bilan
birgalikda qo’liga topponcha olib, namoyishchilarni
tirqiratib quvib yurgandi, politsiya ushlab ketdi.
-Nega ushlaydi!
-Taqsir nega ushlamasin, axir biz Amerikadamiz-ku!

4-08-05
TUSH
Aldarko’sa tush ko’rsa, dindorlar jamoasi uni to’rtta
xotinga uylantirib qo’yibdi. Ertalab uyg’onib:
-Xudoga shukur-e, tushim ekan!-dedi Aldarko’sa.
-Nimani tush ko’rdingiz?-deb so’radi xotini.
Aldarko’sa tushini aytib berdi va xotini:
-Rostdan ham Xudoga shukur, tushingizda bo’lsa ham mening
ustimga boshqa xotin olganingizdan afsus chekkaningizga Xudoga shukur bo’lsin!-dedi.
-E, men nima desam, sen nima deysan-a? Umrim bo’yi to’rtta
xotinga bog’lanib qolarkanman-da deb qo’rqandim,-dedi Aldarko’sa,.

3-08-05
MAQTOV
Tatyana Akbarovna erini bug’ub o’ldirdi va u “Beqiyos, ajoyib
odam edi” deya dod solib yig’lay boshladi. Bundan ajablangan qizi:
-Mama, shuncha yaxshi ko’rar ekansiz, nega papamni bug’dingiz?-deb so’radi.
-E, uni bilmaysanmi, haqida yomon gap aytsang, o’lgan
joyidan ham tirilib ketadi,-dedi Tatyana Akbarovna.

2-08-05
“PAPA”
-Rim Papasi o’libdi,-dedi Aldarko’sa Moskovga qizinikiga
ketish uchun yo’lga otlanayotgan xotiniga.
-Bizning “Papa” qachon o’larkin?-dedi xotini.

1-08-05
NAVBATDAGILAR
Rus televideniyesida “Zukkolar” ko’rsatuviga zamonaviy
“zukko” Vladimir Putinni taklif qilishdi.
Boshlovchi birinchi savolni o’rtaga tashladi:
-Akayevdan keyin qochish navbati kimga?
Javoblar:
1.Aleksandr Lukashenko
2.Nursulton Nazarboyev
3.Aldarko’sa
4.Saparmurod Niyozov
5.Imomali Rahmonov
6. Ilhom Aliyev
Putin javoblardan qaysi birini tanlashga qiynalib, do’stiga
telefon qilish imkoniyatidan foydalanishni so’radi.Undan
kimga telefon qilishi so’ralganida “Kondalizza Rays xonimga!”
dedi. Darhol bog’lashdi va Putin savolni
o’qib berdi. Telefondan javob keldi:
-O’zingni nega qo’shmading!.

30-07-05
O’ZINIKILAR
Akayev chaqmoqdek yuz bergan inqilobdan keyin qayoqqa
qochishini bilmay turganda, Aldarko’saga telefon qildi:
-Agar bolalaring va qarindoshlaringni parlamentga
suqmasang bu hol yuz bermasdi,-deb jerkib berdi Aldarko’sa.
-Parlamentga o’zingnikilarni suq!-deb o’zingiz
maslahat bergan edingizku,-dedi Akayev.
-Axmoq, men “o’zingnikilar” deganimda bolalaringni emas,
o’zingga bo’ysunadigan odamlarni nazarda tutgandim,-deb
telefon dastasini uloqtirib yubordi Aldarko’sa.

29-07-05
ONABOSHI
Aldarko’saning maslahatchisi shoshib uning huzuriga kirdi va:
-Taqsir, yangi latifa chiqibdi,-dedi.
-Qani aytchi?
-Internetdagi bir nechta biz yopib qo’ygan
saytlarda quyidagicha xabar yozilgan:
”Farg’onada erkchilar bitta choyxonada majlis qilib o’tirishganda
10ta ayol kelib, 25 dan ziyod erkakani yarim soat kaltakladi”.
Aldarko’sa tirjaydida:
-O’sha saytarni bir-ikki kunga ochib qo’y,-dedi va qo’shimcha qildi:
-Almatovga yana bita orden berish haqida farmon hozirla!
-Menimcha Almatovga emas, pahlavon ayollarga
bersak bo’larmidi?-dedi maslahtchi.
-Oredenni xor qilasanmi, ona boshisiga bersak bo’ladi-da,-dedi Aldarko’sa.

28-07-05
AJABLANISH
-Yoshlarni qancha ko’p qamashsa, shuncha ko’p radikal
dindor yetishtirishadi, deb biz haqimizda yozishmoqda,-dedi masalahatchi Aldarko’saga.
-Qiztaloqlar, ma’lumotni qayerdan olishibdi?
Men-ku hech kimga aytmagandim?-deya ajablanib qoldi Aldarko’sa.

27-07-05
“QILGANINI QIL!”
Bir talaba qori-domladan so’radi:
-Siz falonchi onamiz aytganlariga amal etish lozim, deb aytgan ekansiz, shu to’g’rimi?
-Men faqat aytganlariga emas, qilganlariga ham amal etish
lozim, deb aytganman, bu sizga ham taalluqli,-dedi qori.
-E, yo’q, kimgadir xotin bo’lishni istamayman,-dedi
talaba yigit mullaning huzuridan chiqar ekan.

26-07-05
NAVBAT
-Jo’rabekov masalasida qanday munosabat bildirishmoqda?-deb so’radi
Karmov sobiq maslahatchisi haqida tanqidiy
maqola yozilgan gazetani stolning ustiga tashlar ekan.
-“Navbat kimga keldi ekan?”, deb ajablanishmoqda,-dedi
maslahatchi xavotir aralash.
-Qo’rqma, hali navbat senga kelgan emas,-dedi Aldarko’sa.

25-07-05
VIZA
-Agar har kuni haramda namoz qilsangiz bu yerdagi namozingizdan
27 ming marta ko’p savob olasiz,-dedi qori talabalariga.
-Makkada yashaganlarning bizdan 27 ming marta
ustunligi bor ekan-da?-deb yubordi talabalardan biri.
-Albattada,-deya jahli chiqdi qorining,-mana shunaqa bemaza
savollaringiz uchun ham sizga viza olish qiyin qilib qo’yilgan.
-Nima Makkadagilar ham haramga borish
uchun viza oladilarmi?-deb so’radi yana bir talaba.
-Yo’q, ular birdaniga narigi dunyoga viza oladilar!-deya o’shqirib yubordi mulla.

24-07-05
NAMOZ
-Samalyotda ham namoz qilish kerakmi?-deb
so’radi bir talaba mulladan.
-Birinchidan, samalyot emas, tayyora,-dedi
mulla,-ikkinchidan, bu katta imkoniyat.

23-07-05
TVlar
-Mustaqil Televideniye(TV)lar bilan hukumat TVlari orasida
qanday farq bor,-deb so’radi talaba domlasidan.
-Hukumat TVlari Aldarko’saniki!-dedi domla biroz o’ylanib.
-Mustaqil TVlarchi?-yana savol berdi talaba.
-Uf, ja, ezmalading-da kimniki bo’lardi, Aldarko’sanikiida!-qo’rs javob qildi domla.
-Nega bo’lmasa otini boshqa-boshqa qo’yishgan?-ajablandi talaba.
-To’g’risini aytsam, axmoq bola ekansan,-dedi domla,-bir oilada
hamma aka-ukalarning nomi bir xil bo’lganini qayerda ko’rgansan?

22-07-05
ORZULAR
-Yangi yilda qanday orzularingiz bor,- dedi muxbir Aldarko’saga.
-Qaysi yangi yilda, kelayotganimi, undan keyingisimi, yoki undan
ham keyingilaridami?-savolga savol bilan javob qildi Aldarko’sa.
-Kelayotganida,-dedi muxbir.
-Unday bo’lsa kelayotgani ketayotganida
kelsangiz gaplashamiz,-dedi Aldarko’sa.
-Oldingi yil ham shunday degan edingiz,-dedi muxbir.
-Demak, oldingi yil ham sen mendan sir olmoqchi
bo’lgan ekansanda-a?-o’shqirdi muxbirga Aldarko’sa.

21-07-05
YANGI YIL
-Yilimiz ham yomon o’tmadi, saylovni ham eson-omon
o’tkazdik, maqsadlarimizga yetdik, endi bir televizorga chiqib
xalqimizni tabriklab bersangiz,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Har yili shunaqa taklif bilan jonga tegasanlar,-dedi
Aldarko’sa,- bor, o’tgan yilgisini qo’yib yubor.
-O’tgan yili undan oldingi yilgisini qo’ygan edik-da!
-Nima qipti? Bir nima o’zgarib qoldimi, o’hsa yangi yil o’sha yangi yil!

20-07-05
KO’RLAR
-Ko’rlar uchun Quron chop etishibdi, ular ham terrorist bo’lib
ketishlarini istashmoqdami?-dedi Ichki ishlar vaziri yonida turgan
Bosh vazirga. Buni eshitib qolgan Aldarko’sa darhol vazirga yuzlandi:
-Nima, odam qurib qoldimi-ki, endi ko’rlarni qo’llansang!

19-07-05
“NEGA?”
-Mening kitoblarimning ko’rlar uchun mo’ljallangan nashri
bosmadan chiqdimi?-deb so’radi Aldarko’sa maslahatchidan.
-Pullari yetmay turgan ekan, topib berdim, shu
hafta bitadi bu ish,-dedi maslahatchi.
Maslahatchining javobi Aldarko’sani qoniqtirmadi:
-Nega bo’lmasa, ko’rlar uchun avval Quronni chop etishdi?!

18-07-05
ANQOVLAR
-Dunyoda shuncha odamning tug’ilgan kuni haqida lom-mim
demasdan nega endi ana u anqovning tug’ilgan kunini
nishonlash uchun maxsus dastur tayyorladingiz?-so’radi mudir xodimidan.
-Anqovligini ko’rsatish uchun-da,-dedi xodim.
-Yo’q, bu bilan uning anqovligini emas, o’zimizning
anqovligimizni ko’rsatib qo’ydingiz,-dedi mudir.
-Shunaqami, bilmasdan katta ish qilib qo’yibman-ku?!-sevindi xodim.

17-07-05
QADAH
-Bugun saylovning yaxhsi o’tganini yuvayapmizmi?-dedi
ziyofatga chaqirilgan Markaziy Saylov komissiyasining raisi Aldarko’saga.
-Sen do’rri, doim kechikib yurasan, biz buning uchun bir oy oldin ichganmiz.
-Unda hozir nima uchun ichayapmiz?
-Mening tug’ilgan kunim uchun,- dedi Aldarko’sa.
-Hali bir oy bor-ku?!-ajablandi rais.
-Unday bo’lsa, sening ishdan quvilganingga bir oy to’lgani uchun
ichamiz,-dedi Aldarko’sa qo’lidagi qadahni jahl bilan bo’shatib qo’yar ekan.

16-07-05
BALANS
-Ko’rdingizmi, ana u sobiq g’ulomingiz oldin sizni
maqtab yurgan edi, endi muxoliflaringizni maqtamoqda.
-Demak, yaqinda o’lar ekan-da, shundan oldin bu dunyoda
qarzim qolmasin, deb balans qilmoqda, bor sen
ham ishni balansla!-dedi Aldarko’sa.

15-07-05
FARQ
“Ukraina inqilobining qirolichasi” nomini olgan
muxolifat lideri Yuliya Timoshenkodan so’rashdi;
-Kuchma va Aldarko’sa orasida qanday farq bor?
Timoshenko darhol javob qildi:
-Bizning prezident Kuchmada oz bo’lsada insoniy xislatlar bor!

14-07-05
VASIYATNOMA VA QAROR
Aldarko’saning vasiyatnomasini Senat raisi o’qib eshittirdi:
“Meni o’zim bevosita bunyod etgan va butun
dunyoga dong’i ketgan tarixiy bir joyga ko’minglar!”
-Demak, Jasliqqa!-dedi uning o’rniga voris bo’lgan Bosh vazir.

13-07-05
KARIMOV O’LSA,
QAYERGA KO’MILADI?
Xorijiy radioning muxbiri “Aldarko’sa o’lsa, qayerga ko’miladi?” degan
savol bilan tinglovchilar orasida so’rov o’tkazdi. Javoblar quyidagicha bo’ldi.
O’qituvchi:.
-O’larmikan?.
Gulnora:
-Bunga men emas, Moskva meri qaror beradi.
Muxolifatchi:
-Uni yer qabul qilmaydi, krematoriyda abadiyatga qolsa kerak.
Imom:
-MXXning bizga boshqa savoliyu fitnasi qolmadi-mi?
Ismini aytmaslikni so’ragan hukumat vakili:
-Avval o’lsin, keyin ko’ramiz!
Abdulla Oripov (yig’lab yuboradi):
-Mening qalbimga!
Erkin Vohidov (yuragini g’ijimlaydi):
-Agar joy topilmay qolsa, mana o’zim uchun qurib qo’yilgan qabrni beraman!
Mustaqil jurnalist:
-Ilgari Rashidov ko’milgan joyga. Ham MXXga yaqin
ham qayta kovlab chiqarish uchun eng qulay joy!
Muxolif yozuvchi:
-Men uni allaqachon tarix qabristoniga, onasining yoniga ko’mib qo’yganman!
Tatyana xola:
-E, nima deyapsizlar? Biz uni emas, u bizlarni ko’madi!

12-07-05
ENG KATTA BAYRAM
-Agar Aldarko’sadan keyin siz prezident bo’lsangiz eng katta
bayram deb qaysi kunni e’lon qilgan bo’lardingiz?-deb
so’radi jurnalist bir muxolifatchidam.
-Aldarko’sa o’lgan kunni,-dedi muxolifatchi.

11-07-05
YILLARNING NOMI
– Mana, 2005 yilga “Sihat-salomatlik yili” deb nom berishdi.
Keyingi yillarning nomi nima bo’lar ekan?-deb so’radi bir talaba ikkinchisidan.
-Nima bo’lardi? 2006-“Aldarko’saga salomatlik yili”,
2007-“Joyingiz jannatdan bo’lsin yili”, 2008-“Aldarko’sani xotirlab yili”,
2009-“Aldarko’saning qora qilmishlari yili”…
-E, bo’ldi-e, Aldarko’sa eshitib qolsa, kelasi yilning nomini
“Talabalarning tilini kesish” yili deb o’zgartiirb qo’yadi!-dedi
savol bergan talaba pichirlagan ohangda.

10-07-05
KARIMOVA BO’LGANI UCHUN
-Qanday qilib Gulnora buncha mashhur bo’lib ketdi? Og’ri ham u,
mafiya ham u, fohishalar yo’lboshchisi ham u, boy xotin ham u,
oltinlaru olmoslarning xazinaboni ham u… bularning
hammasiga Gulnora qanday erishdi?
-Gulnora, Gulnora deyavermasang-chi, u bularga Gulnora bo’lgani
uchun emas, Aldarko’saa bo’lgan uchun erishgan!-dedi o’qituvchi.

9-07-05
O’LIM JAZOSI
-Mintaqada o’lim jazosini bekor qilmagan siz va qo’shningiz qoldi,- deyishdi
muxbirlar sessiya tanaffusida Aldarko’saga.
-Men ham shuni o’ylab yuribman, mobodo ishdan ketishimga to’g’ri kelib qolsa,
avval o’lim jazosini bekor qilib, keyin ketishim kerak,-dedi
Aldarko’sa ko’nglidagini yashirmay.

8-07-05
FEODALIZM
-Bizni kapitalizmga, liberal iqtisodga o’tmagan, feodal davr
qoidalari bilan yashayotir, deb ayblashmoqda,-dedi
maslahatchi Aldarko’saga.
-Axmoqlarga tushuntirib qo’ymasan-mi? Mana SSSR
feodalizmdan birdaniga kommunizmga sakrayman, dedi, oyog’i sinib,
mayib bo’lib, o’lib ketdi. Biz SSSR davrida qul edik, qanday
qilib quldorlikdan birdaniga kapitalizmga o’tishimiz mumkin?

7-07-05
KINOYA
-O’qidingmi,-dedi Internetdan ko’zini uzmay o’tirgan Aldarko’sa
maslahatchisiga,- muxoliflarimdan biri nega Saddamni qamashdiyu
Aldarko’sani qamashmadi, odamlarda kinoya qolmagan,
bo’lmasa bu holatga jilmayib qo’ygan bo’lardilar, deb yozibdi.
-Yo’g’e?- nima deyishini bilmadi maslahatchi.
-Yo’q emas, ha, kinoya mana bizda borda-da, Saddamning
muxolifati hezalak emas edi, Amerikani ishontira oldi,-deya
kinoya bilan kuldi Aldarko’sa.-Bizda esa men Amerikani ishontira oldim!

6-07-05
NIYAT
-Dadasi, Serbiyadan keyin Gurjiston, mana endi Ukrainada
to’polonlar, sizdan keyin bu yerda ham shunaqa
bo’lmasa deb qo’rqaman,-dedi Tatyana Akbarovna eriga.
-Mendan keyin dunyoni suv bosib ketmaydi-mi!-javob qildi eri.
-Biz-chi, biz nima qilamiz, bizni ham o’ylaysiz-mi?
-O’hho! Ishtahangiz karnay-ku! Mendan ham ko’p yashash
niyatlaring bor shekilli! Chuchvarani xom sanabsanlar!

5-07-05
“KO’RDING-MI?”
-Ukrainada saylovdan keyin muxolifat maydonga chiqib,
“hukumat g’irromlik qildi” deb namoyish o’tkazmoqda,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Axmoqlar, muxolifatni saylovga kiritgandan keyin shunday bo’ladi-da,
mana sanlar ham “G’arbdan bosqi qilishmoqda, muxoliflarga biroz yo’l bersakmi?”
deb valdirab yurgan edinglar, ko’rdingmi, muxoliflarni
yelkangga chiqarsang, keyin o’zi boshingga chiqib oladi,-dedi Aldarko’sa.

4-07-05
QO’RQISHDI
-Putin MDHga kirgan davlatlar prezidentlariga telefon qilib,
Ukrainada muxolifatning bosqisi ostida qolgan hukumatni qo’llashni
so’radi, hammasi qo’rqdi,- dedi bir jurnalist ikkinchisiga.
-Nega unday deysan? Aldarko’sa darhol telefon qilib, Yanukovichni qo’lladi-ku?
-Ha-da, Aldarko’sa Putindan, qolganlari esa muxolifatidan qo’rqishdi!

3-07-05
DEMOKRATIYA SHARPASI
-Demokratiya sharpasi Gurjistondan keyin
Ukrainaga oralab qoldi,, yaxshi bo’lmadi,-dedi
Aldarko’saning yordamchisi qabulxonada turgan maslahatchiga.
-Parvo qilma, oqsoqol bor ekanlar demokratiya sharpasi
biz tomonlarga oralamaydi,-dedi maslahatchi.

2-07-05
TAVSIYA
Aldarko’sa Ukraina Bosh vaziri Yanukovichga telefon qildi,
salom alikdan keyin Yanukovich:
-Vaziyat og’irlashdi,-dedi,-militsiya ham muxolifat tomoniga o’tdi.
-Azizim, darhol yo’lini topib ikkalasini urishtirib qo’y, unisidan ham
bunisidan ham qutulasan,-deb tavsiya berdi Aldarko’sa.

1-07-05
YEKATRINA
-Aldarko’sadan keyin kimni saylaymiz?-deb so’radi o’qituvchi.
-Qizini-da!-dedi labbaychi talaba.
-Nega?- deb soradi domlasi.
-Yekatrina zamonida Rossiyada hayot yaxshi bo’lgan,
deb o’zingiz aytgan edingiz-ku!-dedi talaba.

30-06-05
TERRORIZM
-Ilgari menga “Boshingga bir narsa bog’lab yur”, “Uzunroq kiyim kiy!”,
“Xudo so’zini unutma!”, “Qizlaringga o’rnak bo’l”, der edingiz, endi esa
“Boshingni ochib yur”, “Kaltaroq ko’ylak kiy!”, “Xudo so’zini ishlatma!”
deyayapsiz, qizlardan ham shuni talab qilayapsiz,
nima bo’ldi o’zi, sizga?-deb so’radi xotini eridan.
-Menga hech narsa bo’lgan emas, nima Islom ota
terrorizmga qarshi kurash olib borayotganini bilmaysan-mi?- deb o’shqirdi eri.

29-06-05
FARQ
Talaba o’qituvchidan so’radi:
-Aldarko’saning Hitlerdan nima farqi bor?
-Hmm..Aldarko’saning mo’ylabchsi yo’q,-dedi o’qituvchi.

28-06-05
AQLSIZ OTA
-Saylovning natijasi oldindan ma’lum bo’lsa, uni o’tkazishning nima
keragi bor, Aldarko’saga?-dedi bir vazirning o’jar o’g’li otasiga.
-Bunday narsalarga sening aqling yetmaydi,-deb uni jerkib berdi otasi.
-Kimning aqli yetadi, o’zi?-ajablandi o’g’il.
-Kimning bo’lardi, prezidentimizning-da, shuni
ham bilmaysan-a, noshud o’g’il?!-dedi vazir.

27-06-05
SAVOB ISH
-Ro’za tutamiz-mi?-deb so’radi maslahatchi Prezidentdan.
-Muftiga ayt, biz uchun ham tutsin, hech bo’lmsa
bir marta savob ish qilgan bo’ladi,-dedi Prezident.

26-06-05
IFTOR
-Mufti iftorga aytibdi, boramiz-mi,-dedi Aldarko’sa Bosh vazirga.
-Biz ro’za tutganimiz yo’q, qanday bo’larkin,- deb javob qildi Bosh vazir.
-Qachondan beri mufti ro’za tutganlarga iftor qilib beradigan
bo’ldi? Kim unga izn berdi?!-deya o’shqira ketdi Aldarko’sa.

25-06-05
RO’ZA
-Nima buncha tovushing ming’illab chiqayapti,- dedi
Aldarko’sa vazirga,- ro’za tutding-mi?
Aldarko’saning keyingi so’zlarini vazir yaxshi eshitolmay qoldi.
-Qaysi Ro’zi, aytsangiz bas, faqat o’zini emas, butun
oilasini ham tutamiz,-dedi u ovozini balandlatib.

24-06-05
SAHAR
-Saharga turasizimi?-deb so’radi yordamchi Devondan
chiqib ketayotgan Oliy Majlis raisiga.
-Tinchlikimi? Nima, oqsoqol ertaga sahar ishga keladilar-mi?.

23-06-05
TO’NTARISH
-Nomozga chiqasizimi?-deb so’radi vazir prezidentdan.
-Nima davlat to’ntarishi qilmoqchimisan?-dedi Aldarko’sa.
-Yoooq, bu gapni qayerdan oldingiz?
-Mana o’zing nomozga chiqqanlar
ushlansin,-deb buyruq chiqaribsanku?-dedi
Aldarko’sa stol ustidagi qog’ozlarga ishora qilib.
-Uni buyrug’ingiz bilan qilganman-ku…
-Davlat to’ntarishi degani ham o’ziniki bilan o’zinikini urish degani-da!

22-06-05
MURREY
-Eshitdingiz-mi, Angliyaning elchisini ishdan bo’shatishdi,-dedi
yordamchi Aldarko’saga.
-Bo’shatishgani yo’q, biz bo’shattik. Bundan keyin kimni tanqid
qilishini bilib qo’ysin, Murrey endi murrib qoladigan bo’ldi.-dedi Aldarko’sa.

21-06-05
KUCH
-Angliyaning chaqirib olingan elchisi Murrey Tashqi ishlar
vazirligini sudga beribdi,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Nima, uni biz ishdan quvdikmi-ki, bizni sudga beradi?- Aldarko’saning jahli chiqdi.
-Bir qoshiq qonimdan keching, xato qildim, u o’zlarining
vazirligini sudga beribdi,- dedi maslahatchi yumshoq ohangda.
-Uni bizga kuchi yetarmidi-ki, bizni sudga bersin!- dedi Aldarko’sa jahldan tushib.

20-06-05
“SIYOSAT”CHILAR
-Ana u o’zi haqida o’zi vebsahifa tayyorlab, buni “Shogirdlari
va muxlislari tayyorlaganlar”, deb yozibdimi?-so’radi
Aldarko’sa maslahatchidan.
-Ha, o’sha shogirdlari va muxlislari kim ekanligini bilish
uchun xat yozmoqchi bo’lsak, elektron maktubimiz uning oziga bormoqda…
-Ancha usta bo’libdi, qayerdan o’rgandi ekan, bu siyosatni?-dedi Aldarko’sa.
-Menimcha bu unga qo’ndog’ida tekkan.
-Nima, uni mendan oldin siyosatchi bo’lgan deb aytmoqchimisan?
-Yo’q, sizniki tug’ilmasingizdan oldin, ona qornida paydo
bo’lgan,-dedi maslahatchi mag’rurlik bilan.-Chunki sizning
bu mamlakatga bir umrlik rahbar, abadiy siyosatchi
bo’lishingiz tug’ilmasingizdan oldin onangizning mahramiga tushgan!

19-06-05
MOLLAR
-Inson huquqlari himoyachilari sizga yozgan maktublarida
“Mirziyoyev sovxoz direktorlarini tiz cho’kib o’t yeyishga
majbur qilmoqda” deyishibdi,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Nima qipti? Mol bo’lganlaridan keyin yeydilar-da!-dedi Aldarko’sa.
“Shu ketishda bir kun bizga ham yedirmasada-da” o’yladi maslahatchi.

18-06-05
QIYOS
-Mana, Saddam qamoqda, agar Aldarko’sa qamoqda
bo’lganda nima qilgan bo’lardi?-so’radi bir o’zbek ikkinchisidan.
-Nima qilgan bo’lardi, o’zini osgan bo’lardi-da!-javob qildi ikkinchisi.
-Yo’g’e, jon degan narsa shirin! O’zini osarmidi?
-E, men sizga militsiyaning raportini aytayapman-da!

17-06-05
QAYTAR DUNYO
Saddam sudda dedi:
-Men advokatlarim kelishini talab qilaman, demokratiyaga,
inson huquqlariga rioya qilinishini istayman,
bolalarimni o’ldirganlar jazolanishini so’rayman!
Buni televizordan ko’rib-eshitib o’tirgan oqsol sherigiga:
-Ottiz yil davomida xalq ingranib aytgan bu gaplar Saddamga
qadar borib yetmaydi der edingiz, manna hatto yod olgan ekan-ku,-dedi.

16-06-05
SUD+YA!
Aldarko’sa maslahatchisiga:
-Andijon voqealari bo’yicha sud hukmlarini qanday chiqaramiz?,-dedi.
-Ko’raylik-chi, sudya nima deydi, axmoqliq qilib
qo’ymasa, bas,-deb javob qildi maslahatchi.
Birdan Aldarko’saning jahli chiqib maslahatchiga baqirdi:
-Axmoq, sen nima deyapsan,
Sud+Ya! Sud +YA*!
(*YA- rus tilida “Men” degani)

15-06-05
ALJIRASH
-Gazetalar nima haqda yozmoqda?-deb so’radi Aldarko’sa maslahatchisidan.
-Biznikimi, ularnikimi?-dedi maslahatchi.
-Nima, biznikini hojatxonada ham hech kim o’qimasligini bilmaymanmi?,-deya
maslahatchini kamsitgan bo’ldi Aldarko’sa.
Shunda maslahatchi:
-Ularnikini ham hech kim o’qimaydi, chunki ularning tilini bilishmaydi,-dedi.
-Unday bo’lsa nega boshimni qotirib o’tiribsan,-dedi Aldarko’sa.

14-06-05
KOFE
Aldarko’sa odatdagidek ishga kech keldi. Yordamchisi BMT Bosh Kotibi
Koffe Annan uning telefon qilishini so’rayotganini aytmoqchi bo’lib og’iz juftladi:
-Koffe…,-Aldarko’sa darhol uning gapini bo’ldi-da:
-Nima kofeni yoqtirmasligimni bilmaysanmi,
menga konyak haqida gapir, boshim og’rib turibdi,-dedi.

13-06-05
“AYTSIN”
-Intervyungizda “Qani kimning haqlarini poymol qilibsiz, aytsin” degan
edingiz hammayoqni shikoyat bosib ketdi,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Men shikoyat yozsin deganim yo’q, aytsin, dedim. Aytadigani chiqib qolsa,
Almatovga ayt, ko’rgan chorasi haqida menga ham aytsin,- dedi Aldarko’sa.

12-06-05
OMIN!
Mirziyoyev va Gulnora birgalikda uch kun Jizzaxda bo’lishdi.
Uchrashuvlardan birida keksa onaxon ularga:
-Bir-biringizga uzukka ko’z qo’ygandek yarashibsizlar, qo’sha
qaringlar, bolalarim,-dedi. Ular xijolat chekib uning yonidagi
momoga qarashgandi momo sherigiga qofiyali gap qilaman, deb:
-Omin… qo’shmazor bo’llaring-dedi.
Eshitgan-eshitmagan hamma birdan “Omin!” deb yubordi.

11-06-05
OSMON
-Bugun Amerikadagi bitta gazetada “O’zbekiston narkobiznesning markaziy yo’li”
deb sateletdan olingan rasmlarni nashr etishibdi,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
Aldarko’sa:
-Ablahlarey, man sanlarga shu sateletni ham bo’gadigan narsa
toplaring deb necha marta aytishim kerak!
-Ilojini qila olmayapmiz?-dedi maslahatchi.
Aldarko’saning jahli chiqdi:
-Nega iloji yo’q bo’lsin, radio to’lqinlarini bo’g’ish mumkinmi, mumkin!
Sateletni ham bo’g’sa bo’ladi! Andijon voqealarida ham shundan tutildik.
Yo’lini topmasalaring, kerakli joylarda osmonni yopib qo’ylaring!
Darvoqe, haliga qadar osmon nega ochiq! Men senlarga ochiq joy qolmasin, deb buyurmaganmidim?!

10-06-05
BEAQL
-Bu Aldarko’sa g’irt axmoq ekan-ku!-dedi Klinton Nazarboyevga.- bizning
uchqichimiz Toshkentda qo’nib o’tishi uchun izn bermabdi.
-Uni beaql desangiz to’g’ri bo’ladi,-dedi Nazarboyev.
-“Axmoq” bilan “Beaql’ning o’rtasida qanday farq bor?-deb ajablandi Klinton.
-Biz axmoq so’zini odamlarga nisbatan ishlatamiz,-dedi Nazarboyev.

9-06-05
QAYG’U
-Andijon bo’yicha hammaga orden-medal berildi. Ammo asosiy
qahramon chetda qoldi,-dedi Aldarko’saning
yoqimtoyi Mirziyoyev ikkinchi yoqimtoy Xalilovga.
-Cholni nazarda tutayapsizmi?-dedi Xalilov.-Unga tug’ilgan kunida beramiz!
-Tug’ilgan kuniga qadar chidaysizmi?-askiya qildi Mirziyoyev.
-Bu ketishda, o’lgan kuniga qadar ham chidashimizga to’g’ri keladi,-dedi Xalilov.

8-06-05
HAMMA NARSA
-Andijon masalasida bo’ladigan sudda “Hamma narsa ko’rsatiladi”, deb
bayonot berdingiz, nima qilaylik, hamma narsani
ko’rsataveraylikmi?-dedi Bosh prokuror Aldarko’saga.-Ko’rsataver,
menikini ham qo’shib ko’rsat!-dedi Aldarko’sa jahl bilan.
-Lekin…,- Bosh prokuror yana bir narsa demoqchi edi:
-Bo’lmasa san gap qaytaradigan “mo’ylabchaga”ga mana man ko’rsataman,-deya
Aldarko’sa kamarini yecha boshladi.

7-06-05
MA’LUMOT
-G’arb davlatlari rahbarlari “Aldarko’sa axmoq diktator,
Andijonda qo’li qonga botdi, endi ketishi kerak! ” deb baralla
aytmoqdalar. Shunday qarashlarga bir zarba berishimiz
kerak, kuchimizni ko’rsatib, do’stimizni himoya qilishimiz zarur,- dedi Putin
Qozon shahrida o’tayotgan MDH majlisiga to’plangan
prezidentlarga. Aldarko’sa mamnun. Qolganlar esa jim.
-Nima, hech qanday gaplaringiz yo’qmi?- Putun ajablandi.
Yana jimlik. Putin “Bir narsa deng, qandaydir qaror qabul
qilishimiz kerak, axir!” degandek Nazarboyevga qaradi.
U “Politbuyro”ning mashhur qarorlarini
eslagandek, bir zum xayolga toldi-da, keyin:
-Ma’lumot uchun qabul qilinsin,-dedi.

6-06-05
OTLAR
Putin Moskvada o’tgan otchopar poygasiga MDHdagi
prezidentlarni taklif qildi va bellashuvga o’zining nomi bilan
atalgan otni kiritdi. Buni bilib tayyorgarlik ko’rib kelgan
Aldarko’sa, Nazarboyev, Akayev, Rahmonov ham shunday qildilar.
“Putin”, “Aldarko’sa”, “Nazarboyev”, “Akayev”, “Rahmonov”
maydonda halloslab, lo’killab yugar ekanlar, tomosha qilib o’tirgan
prezidentlar poygaga qo’shilmagan Saakashvillini askiya qildilar.
-Hali yoshda,-dedi Aldarko’sa,- shuning uchun ham
oti yo’q,”Shevardnadze”ni olib kelishga esa uyalgan.
-Otim bor,-dedi Saakashivilli,-lekin olib kelmadim,
chunki mingim kelsa shuncha ot bor-ku?!
-Bu otlar minadigan emas!-dedi Aldarko’sa.
-Lekin ahd qilgan odam minadi!,-dedi Saakashvilli.
-Chunki bularning ham “Shevardnadze”dan farqi yo’q.

5-06-05
QURT VA QURUT
Radiodan eshittim, Internetda ham o’qidim, “O’zbekiston
Italiyaga qadimiy ana’nalarimiz asosida tayyorlangan qishloq
xo’jalik mahsulotlari, jumladan qurt va turhsak sotadi” deb
yozishibdi.Qanaqa qurt sotar ekan?-deb
so’radi bir talaba o’qituvchisidan.
-Menimcha, ipak qurti, chunki ular
boshqa qurtlarni nima qiladilar?-dedi o’qituvchi.
-Balki qurutdir?-dedi boshaqa bir zukko talaba.
-O’tir, sen o’zi qurt bilan qurutning farqini
bilasan-mi?-deb jerkib berdi o’qituvchi.
Bilaman, lekin o’qituvchim bilan prezident
o’rtasidagi farqni bilmayman,-dedi zukko talaba.

Advertisements

One Response

  1. […] 17.Aldarko’sa taxtga minganda […]

Comments are closed.

%d bloggers like this: