Jahongir Mamatov: “Kulmagan elning baxti kulmaydi”

Siyosiy latifalar
Vashington-2006-2007 yillar

jm11.jpgSo’z boshi o’rnida
Keyingi asrlarda G’arb mamlakatlarida, jumladan ruslarda ham siyosiy latifa juda katta janrga aylandi. Hokimiyatning qusurlari va o’ziga yarashmagan harakatlari ustidan kulish bu jamiyatlarning muhim bir qismi bo’lib qoldi. Masalan, Amerikada har kuni deyarli barcha umummiliy telekanallarda tungi satira ko’rsatuvlari namoyish etiladi. Ularda Kongress a’zolari, Prezident va mashhur kishilarning shu kungi gaplari va harakatlari siyosiy latifalarga asos qilib olinadi. Bu ko’rsatuvlar mamlakatdagi eng reytingi baland dasturlar hisoblanadi. Ularning boshlovchilari ham juda mashhur bo’lib ketishgan va butun hokimiyat tizimlari ularning kulgi aralash tanqidlariga jiddiy qarashadi.
Hatto yilda bir marta Oq uyda Prezidentning o’zi qatnashgan kulgi kechasida uning harakatlari, faoliyatidagi kamchiliklari ustidan kuladilar va uning o’zi ham o’zini siyosiy latifa qahramoniga aylantirib jurnalistlarga tabassum yoyadi.
Bu bizda ham azaldan bo’lgan, ammo keyingi asrlarda qatag’onga uchragan. Amir Temur haqidagi latiflarni eslasak, bu janr bizda naqadar kuchli ildizga ega bo’lganini ko’ramiz. Har qanday shohlar ustidan ham kulishgan va ularni tanqid qilib, siyosiy latifalar yaratishgan.
Sovet davrida ruslar bu borada oldinda edilar. Qayta qurish yillari ular xalq og’zida yurgan siyosiy latifalarni to’plab bir necha kitoblar nashr etishdi. Stalindan Brejnevga qadar hamma zolimlar siyosiy latifa “qahramoni”ga aylantirilgandi.
Bizda ham bor edi. Ammmo juda oz va ular to’plab nashr etilmadi, aksincha Karimov paytida bu janr deyarli o’ldi.
Biz talaba ekanimizda juda ko’p siyosiy latifalar bor edi.
Masalan׃
Avtobusda bir kishining oyog’ini ikkinchisi bosib turgan ekan. Oyog’i bosilgan odam׃
-Aka siz Samarqanddanmi,-deb so’rabdi.
-Yo’q…
-Akajon bo’lmasa siz Jizzaxdanmi?
-Yo’q..
-He, iflos, bo’lmasa nega oyog’imni bosasan!
O’shanda militsiyaning kattasi Samarqanddan va Partiyaning rahbari Jizzaxdan edi.
Bugun ham xalq orasida siyosiy latifalar juda ko’p. Chunki xalq qaynar chashma. Mening qilgan ishim esa kundalik siyosiy voqealarga munosabatni ozgina hajviy yo’l bilan ifoda etish bo’lmoqda, xolos.
Bu ko’pchilikka ma’qul keldi. Orada bir necha marotaba to’xtatganimda bu rukni tiklashni talab qilishdi. Demak, xalqimiz kulishni istaydi.
Zotan kulmagan elning baxti ham kulmaydi.
MUALLIF.

O’TISh
-Kecha televizorda ko’rib qoldim, sudda bir ayol muxolifatchi dinsizlarning kitobini ko’tarib turgandi, nima bo’ldi, sizlarda hamma boshqa dinga o’tmoqdami?-deb so’radi Nursulton Aldarko’sadan.
Aldarko’sa parvo qilma degandek qo’l siltadi-da:
-Ha, umi? U biz tomonga o’tdi!-dedi.(27-01-2006)

QAMOQXONA
-Ittifoqqa a’zo bo’lding, endi chegaralarni ochasanmi?-deb so’radi Nursulton Aldarko’sadan.
-Ishtahang baland-ku, nima xalqingni bizning hisobimizdan boqmoqchimisan?-dedi Aldarko’sa.
-Yo’q, meni noto’g’ri tushunding, sen ochmoqchi bo’lsang, men qochmoqchiman!-dedi Nursulton.
-Nega qochasan?-deya ajablangan Aldarko’saga Nursulton kinoya qildi:
-Faraz qil, qamoqxonaning eshigi birdan ochilsa, nima bo’ladi!(28-01-2006)

BITTA ODAM
-Televidenieni isloh qilib, yakka shaxs ko’rinishidan qutulamiz deb aytibsanmi?-deb so’radi Aldarko’sa TV raisidan.
-Ha, hozir ekranda faqat bitta shaxs ko’rinadi, shundan qutulmoqchimiz!
-Nima deding, yaramas? Kimdan qutulmoqchisan?-deya baqirdi Aldarko’sa.
Raisning nafasi ichiga tushib ketdi:
-Bitta diktorni ikkita yoki uchtaga almashtirmoqchi edik…
Bu gapni eshitib Aldarko’sa jahlidan tushdi va:
-Ha, bu yaxshi gap, doim ekranda bitta odamni ko’raverish jonga tegib ketar ekan!-dedi.(29-01-2006)

AFANDI VA EShAGI
-Tug’ilgan kuningiz bilan qutlayman,-dedi shoirlardan biri Aldarko’saga.
-Yana qalang’i-qasang’i she’rlardan olib keldingmi?
-Yo’q, bu safar yaxshisini yozib keldim…
-O’tgan yil ham shunday degan eding, hali kelasi yil ham shunday deysan, afandi,-dedi Adarko’sa shoirni kamsitib.
-Kelasi yilga Xuddo poshsho!-deb javob qildi shoir,- xalqimizning kelasi yilgacha yo afandi o’ladi, yo eshagi degan gap bor, taqsir.(30-01-2006)

SOVG’A va G’OVG’A
-Tug’ilgan kunimda tushgan sovg’alarni nima qilding?-deb so’radi Aldarko’sa xotinidan.
-Tiribdi. Nima qilardim? Buncha ochko’zsiz, nima, sabil qolgur sovg’alarni go’rimga ko’tarib ketarmidim?-deya jahl qildi xotini.
Bundan ovsar Aldarko’saning jahli chiqdi va:
-E, buncha noz qilasan? Sen ko’tarib ketmasang, o’zim ko’tarib ketaman,-dedi.(31-01-2006)

SINMAGAN BO’YIN
-Muxolifat orasida nima gap?-deb so’radi Aldarko’sa maslahatchisidan.
-Bo’yinsunmaslik harakatini boshlaymiz, deyishmoqda,-deb javob qildi maslahatchi.
-Unday bo’lsa, sanlar bo’yinsindirish harakatini boshlanglar,-dedi Aldarko’sa.
-Sinmagan bo’yin qolmadi hisob,- dedi maslahatchi va Aldarko’sani nazarda tutib qo’shimcha qildi:
-Manimcha, faqat bitta qoldi…
-O’sha bittani ham sindirlaring!- deya baqirdi ovsar Aldako’sa.(1-02-2006)

VIRUS
-Muxoliflarimiz “Demokratiya dushmanlari” degan kitob tashkil qilishibdi,-dedi Aldarko’saga yangiliklar haqida ma’lumot bergan maslahatchi.
-Sen darhol “Demokratiya do’stlari” degan kitob chiqar,-deb
buyurdi Aldarko’sa.
-Uni ham muxolifat chiqarmoqda…
Bu gapni eshitib, Aldarko’saning jazavasi qo’zidi:
-Axmoq, muxolifat chiqarsa sen qarab turasanmi? Sen ham chiqar, ko’rsat!
Ana Internetga chiqar, ko’rsat! Haligi, kompyutermidi, oti nimaydi-ya, o’sha asbobingni ishga sol!
-Taqsir virus tushib u asbob ishlamay qolgan,-dedi maslahatchi.
-Bo’lmasa, ana menikini ol!
-Siznikiga ham tushgan,-dedi maslahatchi.
-Nima deb valdirayapsan?-deya yana qattiqroq baqirdi Aldarko’sa.
Maslahatchi tutoqib ketdi:
-Taqsir, mening asbobimga virus tushgandan keyin, sizniki sog’ qolarmidi!( 2-02-2006)

G’O’DDAYISh
-“Demokratiya dushmanlari” kitobiga yozish uchun nega meni nomzod qilib olishibdi? Qanday asoslari bor ekan?-dedi Aldarko’sa maslahatchiga.
-17 yildan beri hokimiyatni boshqaga bermayapti, shuning o’zi demokratiyaga dushmanlik, deyishmoqda,-deya javob qildi maslahatchi.
-Nega muxolifatni olishmaydi? Uning “lider”lari ham mendan qolishmaydi, nima ular demokratiyaga rioya qilishmoqdami? Yoki demokratiyada bir umr raislik degan gap bormi?
-Bor bo’lsa kerak-ki, ular demokratik davlatlarda qaerga borishsa, o’sha erda g’o’ddayib turishibdi…
-Ular g’o’ddayib turishgan bo’lishsa, biz ham bir umr g’o’ddayib o’tiraveramiz,-dedi Aldarko’sa.( 2-02-2006)

YO’L
Aldarko’sa Putinga sim qoqdi:
-Afg’oniston bizga yaqin kelishini istamaymiz dedingiz, yaxshi gap, endi birgalashib shuning chorasini qilsak, degandim.
-Bu ishni birgalashib qilib bo’lmaydi,-dedi Putin.
-Unday bo’lsa, yo’lini ko’rsatsangiz o’shanga qarab ish tutardim…
-Yo’li shuki, Afg’oniston bizga yaqin kelguncha, sen Afg’onistonga ketaqolsang bizga yaxshi bo’ladi,-dedi Putin.(4-02-2006)

ABLAH
-Taqsir, mana bu shoirimiz sizni “payg’ambarim” deya she’r yozdi,-deya maslahatchi qo’lidagi qog’ozni Aldarko’saga uzatdi.
-Uni darhol javobgarlikka tortinglar,-dedi Aldarko’sa qog’ozni uloqtirib,- u kelgusida mening suratlarim va rasmlarim hech qaerda e’lon qilinmasligini nazarda tutganga o’xshaydi. Voy, ablah-ey!(5-02-2006)

MALAY
-Dushmanlarimiz yaqin orada davlat to’ntarishi bo’lishi mumkin, deya mish-mish tarqatishmoqda,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Juda ham yaxshi, endi “Davlat to’ntarishiga urinish” deb atrofni yana bir tozalab chiqlaring, butun dunyo ishonadi-qo’yadi.
-Unaqada bu ishni oldindan bilgan ekan deb dushmanlarimizning obro’yi oshib ketmaydimi?
-Axmoq, davlat to’narishi tashkilotchiligini o’sha dushmanlarga yuklaysan, qolganlarni esa ularning malaylari deysan!
-Yana malaylar desak qanday bo’larkin?
-Nima malak deylikmi? Mana sen kimsan? Malaysan? Hamma ham kimgadir malay! Malay bo’lmasang yashay olmaysan, badbaxt!
Shu payt Oqposhsho telefon qilib qoldi, Aldarko’sa maslahatchiga “tez chiqib ket” ishorasini qilib, o’zi o’rnidan turdi-da, qo’lini ko’ksiga qo’ygancha savollarga yumshoqlik bilan javob bera boshladi.(6-02-2006)

DEMOKRAT
-Ba’zi og’ziga kuchi etmaganlar Amir Temurni so’ka boshladilar, Rashidovga tosh otmoqdalar,-dedi maslahatchi Aldako’saga.
-Nima qipti?-
-Oldini olsakmikan?
Ovsar Aldarko’sa maslahatchiga baqira ketdi:
-Nima, sen demokratiyaga qarshimi? So’z erkinligini bug’moqchimisan? Nima ishing bor, kimni so’kadi? Istasa Amir Temurga, istasa Rashidovga tosh otsin! Bizga tegmasa bas!(7-02-2006)

QO’ShILISh
-Dunyoda nima gap?-dedi Aldarko’sa maslahatchiga.
-Dunyo musulmonlari Daniyaga qarshi norozilik bildirmoqdalar. Payg’ambar haqida rasm chizib, hajv qilishganini qoralashmoqda,-dedi maslahatchi.
-Biz nima qilamiz?
-Ular keyingi paytda sizni ham hajv qilib kelishmoqda-da,-dedi maslahatchi.
Bu gapni eshitib, Aldarko’saning avzoyi buzildi:
-Darhol bir bayonot ber, biz ham musulmonlarga qo’shildik.(8-02-2006)

“QAChON?”
-Xavfsizlik Kengashiga kirasizmi?-dedi Oqposhshoning vakili Aldarko’saga.
-Kirmasak nima bo’ladi?-dedi Aldarko’sa yaltoqlanib.
-Kirmasangiz o’zimiz itarib bo’lsa ham kirgizib qo’yamiz,-dedi vakil.
-Qachon?(9-02-2006)

ONA TILI
-Chetdan investitsiyalar kelishi kamayib ketibdimi?-deb so’radi Aldarko’sa maslahatchidan.
-Chetdan kelish kamaygani bilan chetga ketish kamaygan emas,-dedi maslahatchi.
-Qanday qilib balans saqlayapsan?-deya qiziqdi Aldarko’sa.
-Emoqning qusmog’i bor, davrimizda boy bo’lganlardan haqimizni olayapmiz.
Aldarko’sa maslahatchiga dashnom berdi:
-Axmoq sanlar ona tilini ham bilmaysanlar, birinchidan, “davrimiz” emas, “davringiz”, ikkinchidan esa “haqimiz” emac “haqingiz” deyiladi!(10-02-2006)

TAYYoRGARLIK
-Nursultonning kelishiga yaxshilab tayyorgarlik ko’ringlar. Hammayoq tozalansin, yo’llarda qatnov bo’lmasin, ziyofatlarda bo’lmagan narsaning o’zi bo’lmasin, sovg’a-salomlar ko’zni qamashtirsin, kutib olish va kuzatish eng oliy darajada bo’lsin,-dedi Aldarko’sa maslahatchisiga.
-Undan bo’lsa, kutib olishga o’zingiz ham chiqasizmi?-deya so’radi maslahatchi.
Aldarko’saning avzoyi buzildi:
-Axmoq meni kim deb o’ylayapsan!(11-02-2006)

VAZIYaT
-Bozorlaringizda odam kamayib ketibdimi?-deb so’radi Nursulton Aldarko’sa bilan shaharni aylanar ekan.
-Sen o’z yurtingdagi vaziyatdan bexabarga o’xshaysan, shekilli,-dedi Aldarko’sa.
-Nima bo’pti mening yurtimga?-ajablandi Nursulton.
-Bozorlaringizda odam ko’payib ketganini ko’rganingda menga bu savolni bermasding-da!(12-02-2006)

SEVIShGANLAR
-Ertaga sevishganlar kuni ekan, bayram qilamizmi?-deb so’radi xotini Aldarko’sadan.
-Sevishganing bor bo’lsa bayram qilaver, men esa qilmayman.(13-02-2006)

DARS
-“Kuchishlatar vazirliklarni Parlament nazorat qilishi kerak”, degan gapingizni Senatdagi ba’zilar jiddiy olganga o’xshaydi,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Ular jiddiy, ya’ni mo’may olib o’rgangan, endi bu vazirliklardan ham olishmoqchimi? Ularga nojiddiylik haqida jiddiyroq dars berib qo’y!(14-02-2006)

HOZIRGI ZAMON
-Bishkekda bir uchqichda qizlarimizni Dubayga olib borishmoqchi bo’lishganda ushlashibdi,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Balo bormi Bishkekda, ana o’zimizdan yubormaysanlarmi?!-dedi Aldarko’sa jahl bilan.
-O’zimizda uchqich etmay qolayapti ekan…
-Ana menikini ishlatlaring!
– Maslahatchi past ovozda qo’rqa-pisa gapirdi:
-Bir kor-hol yuz bersa meniki darhol uchib ketishga shay tursin degandingiz-da!
-U o’tgan zamon edi, sen hozirgi zamonga qayt!(15-02-2006)

USTOZ
-Olimpiada qatnashchilarimizning odimlari qanday?-deb so’radi Aldarko’sa maslahatchidan.
-Yana bokschilarimiz oldinda…-dedi maslahatchi.
-Offarin ularga, maktab yaratishmoqda, maktab! Dunyoga ana shunday musht bilan dars berish kerak!-deya xursand bo’ldi Aldarko’sa.
Hamma narsani Aldarko’saning nomi bilan bog’lashga o’rganib qolgan maslahatchi:
-Maktabni o’zingiz yaratib qo’ygansiz, ular faqat shogirddirlar,-dedi.(16-02-2006)

MILLAT
-Pokiston chegarasida bizga oid ikki kishini ushlashibdi, ular..-deya gap boshlagan maslahatchining gapini Aldarko’sa bo’ldi va:
-Tez razvedka boshlig’ini top, qanday qilib bizga oid odamlar qo’lga tushadi? Men ularni yaxshilab tayyorlab, keyin yubor demaganmidim?-dedi.
-Kechirasiz, bizga oid deganda millatini nazarda tutgandim, ammo..- yana Aldarko’sa maslahatchini jerkib tashladi:
-Axmoq bilasanku meni millat-pillat qiziqtirmaydi!(17-02-2006)

“MUSTAQIL…”
-Televidenie haqidagi qonun tayyor bo’ldimi?-dedi Aldarko’sa maslahatchiga.
-Deyarli tayyor bo’ldi, faqat “Mustaqil televidenielar” degan iborani qo’shaylikmi yo’qmi deb o’ylanib turibmiz,-deya javob qildi maslahatchi.
Ovsar Aldarko’sa darhol maslahatchiga “maslahat” berdi:
-“Mustaqil O’zbekiston” degan ibora hammaga va hamma narsaga taalluqli. Nima, endi yana har birini mustaqil qilib chiqish kerakmi?(18-02-2006).

HALOKAT
-Qaerdadir vertalyotga bir balo bo’libdimi?-deya so’radi Aldarko’sa maslahatchidan.
-Ha, bitta vertalyotimiz halokatga duch kelib, qulab tushdi,-dedi maslahatchi.
Ovsar Aldarko’saning xayoli qochdi va:
-Halokat! Qayoqqa qarayotgan edinglar! Qanday qilib u halokat bizning havo hududimizga kirib qoladi? Tez aybdorni topib jazola!-dedi.
-Ekipaj a’zolari halok bo’lgan deyishmoqda…
-Deyishmoqda deganing nimasi? Tez borib xabar ol, hali o’lmagan bo’lsa jazolashga ulgurasan!(19-02-2006).

TAQSIMOT
-Qirg’izilarni ikkiga bo’lib, taqsimlab, bo’lib olsak, shunga nima deysan?-dedi Aldarko’sa Nursultonga.
-Yaxshi gap, bo’pti, teppa qismi bizniki, pasti esa seniki!- deb javob qildi Nursulton.(20-02-2006).

OLDIN va KEYIN
-Senga nima bo’ldi, saylovdan keyin muxoliflaringni bir-bir o’ldirayapsan? Yutqizdilar-ku, qo’y, yuraverishsin, -dedi Aldarko’sa Nursultonga.
-Saylovdan oldin muxoliflarimni o’qqa tutganimda sharmandai sharmisor bo’lardim-da!-dedi Nursulton.(21-02-2006).

KURASh
-“Ozodlik”ni qo’lga oldingmi?-deb so’radi Aldarko’sa maslahatchisidan. Nima deyishini bilmagan maslahatchi:
-Qo’lga olgandik, lekin yana chiqib ketadiganga o’xshaydi,-dedi.
-Agar kurashni boy bersang, o’zing ham eshik qolib derazadan chiqib ketasan,-dedi Aldarko’sa.(22-02-2006).

VAQT
-Hamma asarlaringizni 12 ta diskka to’pladik, endi o’zingiz o’lsangiz ham asarlaringiz o’lmaydi,-dedi maslahatchi ovsar Aldarko’saga.
-Sanlar juda egosit bo’lib ketibsanlar,-dedi Aldarko’sa.-U asarlar meniki emas, hammasini o’zlaring yozib bergan, men faqat o’qib berganman. Demak, meni emas o’zlaringni o’ylayapsanlar. Meni o’ylaganlaringda asarlarni emas, o’zimni o’lmaydigan qilishlaring kerak edi…
-Sizni qachonlardir o’ladi deyishgandi, buning ustiga tezroq o’lsin deb qarg’aganlar qancha, lekin siz o’lmayapsiz, o’lmas rahbarsiz,-dedi maslahatchi.
-Shunday ekan, nega bo’lmasa asarlarimni diskka joylab yuribsan!-deya o’dag’ayladi Aldarko’sa. Maslahatchining ensasi qotdi va :
-E, nima qilay, tobutga joylaymi? Uning ham vaqti kelar!-dedi.(23-02-2006).

QIZIL KITOB
-Mana “Qizil kitob”ning ham yangi nashri chiqdi,-deya maslahatchi nasli yo’qolib ketgan hayvonlar haqida nashr etilgan yangi kitobni Aldarko’saga uzatdi. U kitobni qaytib maslahatchining o’ziga berdi-da:
– Yangi chiqqan har bir kitobning qaerida ismim bo’lsa o’sha joyiga qog’oz qo’yib olib kelarding, ko’rishim uchun oson bo’lardi. Bilasan, vaqtim kam, nega bunga qo’ymading?-dedi.
-Bu erda hali ismingiz yo’q-da.
-Hali deganing nimasi!
Ovsar Aldarko’sa hech narsani tushunmaganidan foydalangan maslahatchi:
-Kelajakda albatta kiritamiz,-dedi.(24-02-2006).

QIZLAR
-Bishkekda Dubayga fohishabozlik uchun olib ketilayotgan 45 ta qiz qo’lga tushibdi,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Mana revolyutsiya, inqilob, mana demokratiyaning natijasi, davlatni boshqarolmay qolishdi, battar bo’lishsin,-dedi ovsar Aldarko’sa.
-Lekin ular bizning qizlarimiz ekan…
-Balki sening qizingdur! Menga bunaqa da’vo qilma, mening qizim ikki yildan beri Dubayga bormay qo’ygan!(25-02-2006).

BO’ShATISh
-Ustozingizni bo’shatib yuborganimiz yaxshi bo’lmadimi, deyman-da,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Birinchidan, sen emas, men bo’shatib yubordim, ikkinchidan, bo’shatib yuborgim kelganda o’zimni tutib turolmayman, bu sog’lig’imga zarar.(26-02-2006).
AYNIGANXO’R
O’zi tarafida bo’lgan “muxolifat”chi saytlardan birini ko’rib o’tirgan Aldarko’sa:
-Odam kaltak eb kallasi aynib qolsa, nima bo’ladi?-deb so’radi maslahatchisidan.
-Aynigan sosiska sotuvchi bo’ladi,-dedi maslahatchi.
-Nega?-deya qiziqdi Aldarko’sa.
-Kallasi aynigan odamning aytgani ham, yozgani ham aynigan bo’ladi-da!-dedi maslahatchi Aldarko’sa o’qib o’tirgan saytga ishora qilib.
-Unday bo’lsa, odamlar nega uning sotganini eyishadi?
-Puli kuygan qozoq sovunni egandan keyin, istagan odam aynigan sosikani ham eydi-da!-dedi maslahatchi va qo’shimcha qildi:-O’zingiz nega o’qib o’tiribsiz?(27-02-2006).

NOSIR ZOKIR
-Nosir Zokir ozodlikka chiqibdi,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Qachon chiqibdi, nima debdi?-deya hayajonini yashirolmadi Aldarko’sa.
-Qamoqdagi muddati bitib, ozodlikka chiqibdi,- deya maslahatchi aytgan gapiga izoh berdi.
-Xudoga shukur-e, -dedi Aldarko’sa,- men esa u yana radioga chiqibdimi debman!(28-02-2006).

BIZDA
-Dunyoda nima gap?-deb so’radi Aldarko’sa maslahatchidan.
-Bizda semitizm bor deb yozishmoqda,-dedi maslahatchi.
Aldarko’sa quvonib ketdi va:
-Men ham shunday deb yurgandim. Mana nihoyat o’zlari tan olib, “Bizda semitizm bor” deb yozishibdi. Ko’rdingmi, Xudo tillaridan tutib beradi.(1-03-2006).

“DEMOKRATIYa”
-Haligi ayolning yosh bolalari bor ekan, sud o’n yil berdi, qamalib ketaversinmi?-deb so’radi maslahatchi Aldarko’sadan.
-Demokratiyani men emas, ular istashdi. Demokratiyada ayol yoki erkakligiga qaramaydi. Jinoyat qildimi, qamalib ketaveradi. Agar diktatura bo’lganda edi, men bir telefon qilib, uni bo’shatib yuborar edim,- dedi Aldarko’sa.
-Sudya advokatga “Agar kassatsiya tartibida ariza yozsangizlar, balki qayta ko’rarmiz, deganmish…
Bu gapni eshitib Aldarko’saning jahli chiqdi:
-Darhol telefon qil, sudyaning o’sha ko’radigan ko’zini o’yib qoyishsin!(2-03-2006).

AMOLOT
Aldako’sa o’zining buyrug’i bilan ochilgan yangi veb saytlarni ko’rib o’tirar ekan:
-“AMOLOT” degani nimasi,-deb so’radi maslahatchisidan.
-Bu yoshlarning yangi sahifasi, KOMSOMOL, e, kechirasiz, KAMOLOT tashkilotiniki,-dedi maslahatchi tutila-tutila.
-Unday bo’lsa “K”si qani?
-Ana, barglar bilan chizib qo’yishgan, qo’shib o’qish kerak…
-Qo’shuv belgisi bo’lmasa men qanday qo’shaman! Yoki qo’shuv belgisi ham ko’rinmay qolganmi? Balki har ikki harfdan keyin qo’shuv belgisi qo’yib chiqishim kerakdur?(3-03-2006).

TOG’ va …
-Ozgina o’pkangni bosib ol, hali yozga chiqib och qolsang, nima eysan, bor buting tog’, tog’ni eysanmi? Oyog’imga bosh urib kelasan hali,-dedi Aldarko’sa qirg’iz hamkasbiga.
Qirg’izni jahli chiqib turgan ekan:
-Men oyog’ingga bosh qo’yganim bilan tog’ni esam, sen mening oyog’imga bosh qo’ysang, nimani eysan?-dedi.(4-03-2006).

TAYVAN
-Amerika Tayvanni mustaqil deb hisoblamoqda. Xitoy esa meniki deb bilmoqda. Biz nima deylik?-deya so’radi maslahatchi Aldarko’sadan.
-Hammasi bekor aytibdi, Tayvanchik mana meniki,-dedi Aldako’sa.(5-03-2006).

MUTTAHAM
-Ana u “O’tyurak” degan ayolning sudi nima bo’ldi?-deya so’radi Aldarko’sa maslahatchidan.
-Hukm oldidan savol paydo bo’lib qoldi: “Agar birovni muttaham deb so’ksa, bu jinoyat bo’ladimi yoki bu gapni kechirib yuborish kerakmi?” degan. Shunga o’zingiz aniqliq kiritib bersangiz.
-Gap o’sha mutahhamning egallab turgan lavozimiga bog’liq,-dedi Aldarko’sa.-Agar oddiy odamni shunday degan bo’lsa, bu jinoyat, agar kattaroq ishda ishlagan odamni shunday degan bo’lsa, bu haqiqat. Kattalarning hammasi muttaham!
-Unday bo’lsa u ayolni ozod qilib yuborishimiz kerak ekan-da!-dedi maslahatchi.
-Hammangni mutahham degan bo’lsa, haq gapni aytibdi, chiqarib yuborlaring, senlarga haq gap yoqmaydi,-deb jahl qildi Aldarko’sa.
-Lekin… u sizni aytgan-da!
-Unday bo’lsa, nega tilini kesmading, muttaham!(6-03-2006).

BOLALAR DAVRI
-Mening davrim tugayapti, demak muxolifat “boshliqlari”ning ham davri bitayapti, chorasini toplaring,-dedi Aldarko’sa maslahatchiga. Allaqachon ishni boshlab yubordik, o’rinlariga bolalarini etishtirayapmiz. Avvaliga “Yoshlar klubi”ga rais, keyin muxolifatga. Buni o’zlarining qo’llari bilan butun dunyoga targ’ib ham qilayamiz.
-Ishni parallel olib borlaring, mening qizimni ham unutmalaring!-dedi Aldarko’sa.
-O’libmiz-mi unutib,- dedi maslahatchi taltayib,- unutsak xazina boshqalarga o’tib, biz quruq qolamiz-ku?!(7-03-2006).

TABRIKLAR
-Bugungi pochta qani?-deb so’radi Aldarko’sa maslahatchidan.
-Bugungi pochtaning hammasi qizingizga ekan,-deb javob qildi u.
-Nega qizimga bo’ladi?- ajablandi Aldarko’sa.
-Axir bugun 8- Mart-da!- dedi maslahatchi.
-Voy ablahlar-ey, allaqachondan yuraklarida meni ishdan bo’shatib qo’yibdilarda-a? Qani olib kel-chi, unga nimalar deb yozishibdi ekan…
-Olib kelardimu lekin uyalib ketasiz-da,-dedi maslahatchi.
-Nega uyalaman, qachondan beri uyaladigan bo’lib qoldim?- deya o’shqirdi Aldarko’sa.
Maslahatchi biroz o’ylanib turdi-da, keyin:
-Chunki tabriklar asosan Dubaydan-da!-dedi.(8-03-2006).

YaNA BIR MARTA
-Hammangizni yana bir marta tabriklab, qo’ltig’imning tagiga bosib, mahkam quchaman,-dedi Aldarko’sa xotin-qizlarni bayram qilan qutlar ekan.
-Xodoga shukur-e,-dedi bir ayol,- demak kelasi yil yana bir marta quchib, shu bilan daf-mo’minon bo’lar ekan-da!
Buni eshitib o’tirgan dugonasi:
-Bunday majlisga men har yili kelaman, sizning birinchi marta kelishingiz, shekilli,-dedi.(9-03-2006).

MUShTOQLAR
-Navro’zga tayyorgarlikni boshladinglarmi? Nega aytmasam unutasizlar,-dedi Aldarko’sa maslahatchiga,- Axir bu Yangi kun degani, Yangi davrning boshlanishi degani…
-Albatta,-deb javob qildi maslahatchi,- Chunki hammamiz boshlanadigan Yangi davrga mushtoqmiz!(10-03-2006).

TUZATISh
-Bular nimalar deb vaysashmoqda?- Aldarko’sa shunday deb 8-Mart haqida yozgan gazetalarni maslahatchining oldiga otdi:
– Nega eng ko’p tabrik menga emas, qizimga keladi? Kim bu erda rahbar? Aldarko’saning buzuq avzoyidan qo’rqib ketgan maslahatchi:
– Siz…Yo’… Yo’q… Ular xato qilishgan, eng ko’p tabrik sizga kelgan, bugunoq tuzatish beramiz,-dedi.( 11-03-2006).

NARX
-Nursulton qora dori olarkan-mi?-deya so’radi Aldarko’sa maslahatchidan.
-Olmaganda xalqni ezib o’tirmagan, o’rnini bo’shatib qo’ygan bo’lardi-da,-dedi maslahatchi.
-Nega unday xulosa qilayapsan?-deya so’radi Aldarko’sa.
Maslahatchi tovushini ichiga yutib:
-Bilmasam, o’zingiz shu juvonmargni narxi oshib ketmaganda, pensiyaga chiqib olgan bo’lardim, degan edingiz-da…,-dedi.(12-03-2006).

OShNALAR
-Aldarko’sa, meni kutishga tayyorgarlik qilayapsan-mi?-deya oshnasiga sim qoqdi Nursulton.
-Tayyoragarlikni men emas, sen qilishing, kerak,-dedi Aldako’sa.
-Haliyam, men qilishimni bilaman, lekin sen ham tayyor turishing kerak-da,-dedi Nursulton Aldarko’saning yana qovun tushirganidan foydalanib.(13-03-2006).

PUL
-Nima gaplar bor?-deb so’radi Aldarko’sa maslahatchisidan.
-Amerika bizga qarshi 180 million dollarlik ishlarni amalga oshirish bo’yicha qonun tayyorlamoqda ekan?
-Kimga berarmish bu pulni?-deya qiziqdi Aldarko’sa.
-Kimki bizga qarshi bo’lsa…
Maslahatchining gapini kesgan Aldarko’sa buyruq ohangida dedi:
-Unday ekan, darhol ularga etqaz, o’zimiz o’zimizga qarshi!(14-03-2006).

OChLIK va TO’QLIK
-Bizdan borgan bittasi Vashingtongda ochlik qilayotgan emish, shuni xabar qilib matbuotga berib yuborsakmi-kan?-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Kimga qarshi ochlik qilmoqda?-deya jahl qildi Aldarko’sa.
-Demokratiyani bo’g’ayotganlarga qarshi…
-Bunaqa xabarlarning qizig’i yo’q, och odamga ochlik haqida emas, to’qliq haqidagi xabarlar yoqadi!-dedi Aldarko’sa qornini silab.(15-03-2006).

GO’ShT
Nursulton Aldarko’saga telefon qildi:
-Borsam osh damlaysanmi?
-Qozoqsanda-a? Shuni ham so’raydilarmi?-dedi Aldarko’sa kinoya bilan.
-So’ramas edim-ku, lekin bugun gazetada bir maqola o’qib qoldim, sarlavhasi “O’zbek xalqining osh pishirishga go’shti ham yo’q” ekan. Shuning uchun go’shtini o’zim olib boraymi, deya telefon qilayotgandim,-dedi Nursulton.
-Bo’lmasa bo’lmas,-dedi Aldarko’sa,- Bizning O’zbek xalqi bilan nima ishimiz bor! Xudoga shukur, bizning o’z go’shtimiz etarli.
Nursulton yana kinoya qildi:
-Demak o’z go’shtingni o’zing eb o’tirgan ekansanda-a!(16-03-2006).

“USTA”
-Biz qidirib yurgan qorini sen sakkiz yildan beri yashiribsan, ja, yashirishga usta ekansan!-deya Nursultonga arz qildi Aldarko’sa.
-Ha, ustaman, -dedi Nursulton,-qara, Andijon voqealarini ham yashirib o’tiribman.
-Andijonga nima qipti? Uni sanga nima aloqasi bor?-deya Aldarko’sa ovozini balandlatdi. Nursulton ham past kelmadi:
-Ha, qoriga nima qipti, unining sanga nima aloqasi bor?
-U meni yo’qotmoqchi edi…-dedi Aldarko’sa.
-Shunday kuchi bor edimi?-deb so’radi Nursulton.
Aldarko’sa jahl qildi:
-Bor bo’lmasa qidirarmidim?
Nursulton chuqur tin olib:
-E, attang, usta emas ekanman, oldinroq bilganda uni chet elga yubormas edim, shunday qulay imkoniyatni qo’ldan chiqarib yuboribman-a!-dedi.(17-03-2006).
TAHLIKA
-Mening borishimdan oldin Xafsizlik kengashining yopiq majlisini o’tkazibsan, tinchlikmi?-deb so’radi Nursulton Aldarko’saga telefon qilib.
-Tinch kelib-ketgin deb xavfsizlik choralarini ko’rib qo’ydik-da,-dedi Aldarko’sa.
-Nima, mening borishim va ko’chalarga chiqib sen bilan birga yurishimda biror tahlika bormi?-deya gap otdi Nursulton.
-Senga tahlika yo’q, ammo mening sen bilan birga yurishim tahlika,-dedi Aldarko’sa nima deyayotganini ham bilmay.
Nursulton esa yana “uzib oldi”:
-Juda soz, tahlika bo’lmasa, asosiy vaqtimni ko’chalarda o’tkazishni rejalayman!(18-03-2006).

DUM
-Sen ba’zi super kuchlar bilan ko’p ham yaqin bo’lma, keyin senga ham dumlarini ko’tarib, hamla qilib qolishlari mumkin,-dedi Aldarko’sa Nursultonga.
-Ularni yaxshi taniyman,-dedi Nursulton, – sunbulaga kirgan itning falsafasini biladilar va kim dumini ko’tarsa o’shanga hamla qiladilar.(19-03-2006).

OVOZA
-O’qib turibsanmi, Internetda faqat sen haqingda yozadigan bo’lib qolishdi, hammayoqqa ovoza bo’lding-dedi qozoq Nursulton o’zbek Aldarko’saga.
-Nima, faqat sen haqingda yozishsinmi?-dedi gerdayib Aldarko’sa.
-Men latifalar haqida gapirayapman,-deya gapiga aniqlik kiritdi Nursulton.
-Ha, latifalarmi? Parvo qilma, o’zbekchani, buning ustiga lotinda yozilgan o’zbekchani hamma ham o’qiy olmaydi,-dedi Aldarko’sa bamaylixotir.
-Men faqat ovsar Aldarko’sa haqidagi latifalarnigina nazarda tutayotganim yo’q,-deya yana izoh berdi Nursulton.
Aldarko’saning ko’zi o’ynab ketdi:
-Sen o’zbekchani qayoqdan bilasan?(20-03-2006).

ChIGIRTKALAR
-Chegaradan o’tib qaytishlarni ham ko’rib chiqsak,-dedi Nursulton Aldarko’saga.
-Senga nima bo’ldi, do’stim, qarib qolding shekilli, nimaga qo’l qo’yganingni ham darrov unutding. Axir “Chigirtkalarga qarshi birgalikda kurash” haqidagi shartnomaga hozirgina imzo chekding-ku, hammasi o’sha erda yozib qo’yilgan,-deya javob qildi Aldarko’sa.
-Men chigirtkalar haqida gapirayotganim yo’q,-dedi Nursulton.
Aldarko’sa oshnasiga jahl qildi:
-Ja, qiziqsan-a, farqi nima?!(21-03-2006).

SAFAR
-Nursulton, safaring qanday bo’ldi?-dedi Aldarko’sa qozoq oshnasini
kuzatib qo’yar ekan.
-Xudoga ming qatla shukur, tugadi,-dedi Nursulton.
-Nega bunday deyapsan?-Aldarko’sa ajablanganini yashira olmadi.
-Menga hech tugamaydigandek ko’ringandi-da,-dedi Nursulton.(22-03-2006).
BIR YILDA
-Bir yil oldin kelganingda kutib olish boshqacha bo’lardi, deb aytding, nimani nazarda tutding?-dedi Nursulton Aldarko’saga.
-Bir yil oldin bo’lganda, itday kelib, itday ketarding,-deya javob qildi Aldarko’sa.
-Endi-chi?- deya qizishmasdan yana savol berdi Nursulton.
-Endi teskarisi,-dedi Aldarko’sa xafaqon ohangda.
Nursulton jilmaydi-da:
-O’zim ham akkillashingga hayron bo’lib turgandim!-dedi.(23-03-2006).

SO’Z ERKINLIGI
-“Demokratiya bizga to’g’ri kelmaydi” deb aytding, odamlarning oldida indamadim, lekin endi o’zingga aytishga majburman, senga qachon vakolat berdim-ki, “menga” demasdan “bizga” deding. O’zboshimchalik ham evi bilan-da!?-dedi Nursulton Aldarko’saga.
-Senga demokratiya kerakmi? Unday bo’lsa, aytganlarim uchun qizishma, bu so’z erkinligi, bu demokratiya,-dedi Adarko’sa(24-03-2006).

“QANI EDI…”
-Meni tanqid qiluvchilar ham bormi?-deb so’radi Aldarko’sa maslahatchisidan.
-Ha, maqtaganlar ham bor,-dedi maslahatchi.
-Men nima desam, sen nima deysan-a? Sen o’zi rost gapirishni bilasanmi?-jahl qildi Aldarko’sa.
Maslahatchi boshini elkasining ichiga tortib:
-Ha, maqtaganlar ham bor, lekin ular ham o’zgarib qolmoqda, shuning uchun ularga ham o’zimiz yozib berayapmiz,-dedi.
-Nega zarda qilasan? Nima men yozib beraymi?-deya baqirdi Aldarko’sa. Maslahatchi endi ovozini ichiga yutib:
-Qani edi shunday qilganingizda…-dedi.(25-03-2006).

“FARQI YO’Q”
-Bugun qanday kun?-deb so’radi Aldarko’sa maslahatchisidan.
-Bugun siz yaxshi ko’rgan birinchi Apreldan besh kun oldingi kun,-dedi maslahatchi.
-Men kunlarni ajratmayman, nima, bilmaysanmi, men uchun har kun ham birinchi Aprelday gap,-dedi Aldarko’sa.(26-03-2006).

OTASINING QIZI
-Ilgari “Harvardni bitirganman” deb yurganding, endi “Texnologiya institutini ham bitirdim”, deb aytibsan, mening xabarim yo’q, qachon bitirding? Yolg’oningni bilib qolishsa, menga yana tosh otishadi,-dedi Aldarko’sa qiziga.
-Mana sizning Xalq xo’jaligi oliygohida qachon o’qib-o’qimaganingizni hech kim bilmadi, tosh ham otmadi-ku?!-deb javob qildi qizi.
Aldarko’sa qiziga jiddiy qarab:
-Nima, Texnologiya oliygohining arxivini yondirib yubordingmi?-dedi.(27-03-2006).

HALIM
-Nega menga halim yubormading?-dedi Aldarko’saga telefon qilgan Oqposhsho.
-Qoyilman sizga, halim nima ekanligini ham bilar ekansiz,-deya hayajon bilan javob qildi Aldarko’sa.
-Men faqat halim nima ekanligini emas, birovni qozonga solib, halim qilishni ham bilaman,-dedi Oqposhsho.
Aldarko’saning boshidan ter sizib chiqdi va nima deyishini bilmay qoldi.
Yana Oqposhshoning ovozi keldi:
-Ha, halim bo’lib qoldingmi?(28-03-2006).

TAShVIQOT
-Shu bilan mushukning dumining ostidan ham kichik bo’lgan Koreyaga to’rtinchi marta keldik, shu zarurmidi?-deya so’radi xotini Aldarko’sadan.
-San siyosatni bilmaysan, tovuq miya,-dedi Aldarko’sa xotiniga.-Ko’rmayapsanmi, bu safar faqat televizorchilarni olib keldim…
-Nima, Koreyani xalqimizga yaqindan tanishtirmoqchimisiz? Axir bular ham demokratiyaga o’tishgan, qanday bo’larkin?-dedi xotini.
Aldarko’sa biroz qizishgan ohangda javob qildi:
-E, axmoq xotin-a! Tushunmading tushunmading! Axir bularning mehmonga bosh egib turish odati bor. Ana shuni xalqingga ko’rsatmoqchiman. Ko’rib qo’ysin, dunyo menga qanday tiz cho’kib, qanday bosh egishini!(29-03-2006).

ZARBA
-Bular nega hamma shartnomalarga demokratiya, inson huquqlari masalasini tiqishtirmoqda?-deya so’radi Koreyada yurgan Aldarko’sa.
-Okean ortidan shunaqa topshiriq olganga o’xshashadi,-dedi maslahatchi.
-Yo’lini topib bu gaplarni yo’qotinglar-ki, okean ortiga ham zarba bo’lsin,-dedi Aldarko’sa.
-Yo’lini topganmiz,-dedi maslahatchi, barcha hujjatlarning ostiga “1-Aprel” deb yozib qo’ymoqdamiz!(30-03-2006).

JOY
-Koreyadan qanday taassurot va orzular bilan qaytib keldingiz?-deya so’radi maslahatchi Aldarko’sadan.
-Tuprog’i yoqdi, hamma yoq ko’m-ko’k, gulu gulzor, qabristonlariga qadar gul to’shalgan, havasing keladi, meni hayratda qoldirdi, qabristonlarida joy juda arzon ekan. Yana qaytib borgim kelayapti,-dedi Aldarko’sa taltayib.
Maslahatchi biroz o’ylanib turdi-da:
-Sizga Koreya shu qadar yoqqan bo’lsa, nima qilaylik, “Novodevichie”dan juda qimmatga olib qo’yilgan joyni sotib yuboraylikmi?-dedi va qo’shimcha qildi:- Darvoqe, gazetada o’qib qoldim, Koreyada o’likni qabrdan chiqarib tashlash degan gap ham yo’q ekan!.(31-03-2006).

TUSh
-Tush ko’rsam umrbod taxtda o’tirgan ekanman,-dedi Aldarko’sa xotiniga.-Bilasanku, mening tushim doim o’ngidan keladi.
-Lekin bugun birinchi Aprel-da,-dedi xotini g’amga botib.(1-04-2006).

DO’ZZAXDA
Aldarko’sa tush ko’rsa, do’zzaxda emish. Yonida Bush va Putin. Har uchchalasi ham Shaytonga yalinib uylariga telefon qilishni so’rabdilar. Shayton izn beribdi. Ammo ikki daqiqadan keyin Bush va besh daqiqadan keyin Putinning suhbatini kesib qo’yibdi. Aldarko’sa esa uyali telefonni qulog’iga bosib, tinmasdan gapiraveribdi, ammo Shayton uzib qo’ymas emish. Shunda Bush va Putin unga shikoyat qilibdilar:
-Biz shunday obro’li odamlar bo’lsagu nega bizning suhbatimizni buncha tez uzib qo’yib, Aldarko’saga hech narsa demaysan?
Shayton parvo qilmasdan javob beribdi:
-Bilmaysanlarmi? Axir do’zzaxdan do’zzaxga telefon bepul!(2-04-2006).

TOPIShMOQ
Aldarko’sa maslahtchining ishidan qoniqmadi va unga jahlini sochdi:
-Bilmadim, sanlar mendan keyin nima qilasizlar?
Maslahatchi darhol javob qildi:
-Doim dilimizdagini topib aytasiz, rostdan ham sizdan keyin nima qilamiz?(3-04-2006).

VIDEO
-Mana, Andijon voqealarini ipidan ignasiga qadar videoga olganmiz,-deya kassetani Aldarko’saga uzatdi maslahatchi.
-“Ipi bilan ignasi” hal bo’layotganda o’rtada video yo’q edi-ku?-dedi Aldarko’sa ajablanib,-yoki mening xonamga ham video yashirganmisizlar?(4-04-2006).

KAMPIR
-Qizim, agar joyimni senga bersam, nima bo’ladi? Tariximizda bo’lgani kabi meni qoralaysanmi?-deya so’radi Aldarko’sa katta qizidan.
-Bu savolni nevarangizga bering, chunki siz taxtdan ayrilguncha men kampir bo’lib qolsam kerak,-dedi qizi.
Aldarko’sa ajablanish bilan:
-E, hozir kimsan?-dedi.(5-04-2006).

SEZGI
-Informatsion jangda vaziyat qanday?-dedi Aldarko’sa maslahatchiga.
-Yomon emas…
-Yomon emasmish…Mana bu maqolani kim yozdi? Menikiga gol urib qo’yibsanlarku?-deb maslahtchiga zug’um qildi Aldarko’sa.
-Kecha teskarisini yozgan edik, uni ham shunday degan edingiz,-deya zorlandi maslahatchi.
Aldarko’sa baqirdi:
-Ko’rdingmi, sanlar u holda ham, bu holda ham faqat menikiga urayapsizlar!
Maslahatchi xayolida o’ziga-o’zi gapirdi:
“Sezgi organlari juda kuchli-da, buning!” (6-04-2006).

TA’QIQ
-Internetga kiruvchilarning soni bir milliondan oshdi,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Ko’rdingmi? Sanlarga saytlarni ko’paytirlaring, har bir partiya, har bir idora bittadan sayt ochsin demaganimda bunday marraga etmagan bo’lardik,-deb javob qildi Aldarko’sa va maslahatchidan so’radi:-Eng ko’p qaysi saytlarga kirishmoqda?
-Eng ko’p ta’qiqlab qo’yilgan saytlarga…-dedi maslahatchi.
-Ta’qiqlab qo’ygan bo’lsang qanday kirishadi?-ajablandi Aldarko’sa.
-Eshikni yopsak, teshikdan kirishmoqda…
-E, teshikni ham yop!
-Unda o’zlari teshadilar,-dedi maslahatchi xunob bo’lib.
Aldarko’sa esa oltin topganday sevinib:
-Unday bo’lsa, menikini ham ta’qiqla! (7-04-2006).

HAYKAL
-Hamma joyda Afandiga haykal qo’yilgan, o’zi-ku o’zi, hatto eshagiga ham haykal qo’yishgan, nega otamga qo’yishmayapti?-dedi Aldarko’saning qizi maslahatchiga.
-Har kimning nomi o’z ustida, bittasi xalq tomonida bo’lgan, afandi odam bo’lgan, ikkinchisi qarshi tomonda, ham yolg’onchi, ham ko’sa…
-E, sizdan tuzuk gap chiqadimi, o’zi?,-deya maslahatchining gapini bo’ldi qiz. Maslahatchi o’zini o’nglab olgan bo’lib, javob qildi:
-Xafa bo’lmang, agar xalq tomonga o’tsangiz, Afandi va eshagiga qo’yilgani kabi bir kun siz va otangizga ham haykal qo’yiladi!(8-04-2006).

JAZO
-Men o’lsam kim haqida latifa to’qishar ekan-a?-dedi Aldarko’sa xotiniga.
-Juda qiynalishadi. Har kuni bitta yangi latifa to’qish oson ish emas. Sening turgan bitganing latifa. Shunday ko’chirib olayaptilar. Menimcha sendan keyin senga o’xshaganini topa olmasalar kerak,-dedi xotini.
-Demak, jazolarini berar ekanman,-dedi Aldarko’sa sevinib.
Xotini ham sevingan holda:
-Shu ishni tezroq qilsang-chi?-dedi.(9-04-2006).

XIZMAT
Aldarko’sa oqshom payti shaharni aylanishga chiqdi.
-Nega ko’chalarda odam zoti yo’q,-deb so’radi u maslahatchidan.
-Buni soqchilardan so’rashimiz kerak,-deb javob qildi maslahatchi.
-Men bo’lsam bu seni xizmating deb o’ylab, hali senga mukofot ham bermoqchi edim,-dedi Aldarko’sa.
Maslahatchi Aldarko’saga “paxta qo’ymoqchi” bo’ldi:
-Aslida bu mening ham, soqchilarning ham emas, o’zingizning xizmatingiz!(10-04-2006).

SIR
-Hamma sirlar tashqariga chiqib ketmoqda, nima qilsak ekan?-deya so’radi maslahatchi Aldarko’sadan.
-Axmoq, shunga ham aqling etmaydimi?-dedi Aldarko’sa.- Sirni yaxshi saqlash uchun yaxshiroq xolodilnik kerak!
-Siz meni tushunmadingiz, men davlat sirlari haqida gapirayotgandim…
Aldarko’sa maslahatchining gapini kesib tashladi:
-Siz tushunasiz-u biz tushunmaymiz-mi? Yoki davlatdan yashirib xususiy sir ham ishlab chiqayapsizlarmi? (11-04-2006).

DEMOKRATIYa ISTAGANLAR
-Demokratiya istaganlarning qolganlarini ham cho’chitinglar, chiqib ketishsin, demokratiya bo’lgan joylarga ketishsin,-dedi Aldarko’sa maslahatchisiga.
-Chiqib ketmaganlarini nima qilaylik?-dedi maslahatchi.
-Ulardan qo’rqish kerak, bir ish qilsa ana shular qiladi,-dedi Aldarko’sa.
-Bo’lmasa nazoratni kuchaytiraylik…
-Nega hovliqib qolding? Nima gap?
-Chunki hali 99,9 foyizi shu erdada!-dedi maslahatchi. (12-04-2006).

KESUVChI
-Sizdan keyin o’rningizga qizingizni tanlasakmi yoki boshqa odamnimi?-deb so’radi maslahatchi Aldarko’sadan.
-Men senga tanlash huquqini berdimi?-deya jahli chiqdi Aldarko’sa.
-Endi bu hayot, yomonni o’ylamasak yaxshi bo’lmaydi. Har ehtimolga qarshi so’ray degandimda,- deya javob qildi maslahatchi.
-Men senga so’rash huquqini berganmidim?-deya baqirdi Aldarko’sa.
-Tilim kesilsin, bundan keyin bunday axmoqgarchilik qilmayman,-dedi maslahatchi vaziyatni anglab.
-Bunga imkoning ham bo’lmaydi! Eski maslahatchini chaqir, u urus bo’lsa ham uniki allaqachon kesilgan, o’zim kesganman!
Maslahatchi yalingan ohangda:
-Undan bo’lsa menikini ham o’zingiz kesib qo’ya qoling!-dedi.(13-04-2006).

HOMIYLIK
-Viloyatlarga borib kelayapsan, nima gap?-deya so’radi Aldarko’sa qizidan.
-Bu yil homiylar yili ekanligini unutdingizmi?-dedi qizi otasiga.-Homiylarga homiylik qilib yuribman!
-Tiling buncha burro! Bu ketishda homiylarga homiylik emas, xodimlik qilib qo’yma tag’in!-deya jahl qildi Aldarko’sa.
-Nima qipti? Homiylarga xodimlikmi… xotinlikmi, farqi nima?-dedi qizi jahl bilan eshikni yopib chiqib ketar ekan.(14-04-2006).

OYoQ…
-Nega bitta hofizni deb hamma oyoqqa turdi?-dedi xayol surib o’tirgan Aldarko’sa xotiniga.
-Manimcha hamma emas,-deya javob qildi xotini.
-Men bir narsani bilmasam aytamanmi? Nega mahmadana bo’lib qolding?-dedi Aldarko’sa jahl bilan.
-Agar hamma oyoqqa turganda siz bilan men oyoqqa yiqilgan bo’lardik, bunday gaplashib o’tirarmidik,-dedi xotini.
-Sen bilan adi-badi aytib o’tiribman-a? E, ko’tar oyoq-poyog’ingni! -deya baqirdi Aldarko’sa.(15-04-2006).

“O’ZINGIZ…”
-Demokratlarni mamlakatdan chiqarib yuborish kerak degan gaplaringga rozi bo’lgandim, lekin endi ular boshimga balobo’lmoqda,-dedi Internetni ko’rib o’tirgan Aldarko’sa maslahtchisiga.
-Agar ularni chiqarib yubormasak, o’zimiz ketishimiz kerak edi,-dedi maslahatchi.
-Sen yana o’zimiz deb gapiradigan bo’ldingmi?-deya jahl qildi Aldarko’sa.
Maslahatchi darhol uzr so’rab:
-Xato qildim, bir qoshiq qonimdan keching, o’zimiz-mas, o’zingiz deyishim kerak edi!-dedi.(16-04-2006).

BEKORXO’JA
Aldarko’sa Oqposhshoga telefon qildi:
-Nima gap? Yana bir-kor hol yuz berdimi?-dedi Oqposhsho.
-Yo’q, hammasi tinch, faqat siz bilan bir gaplashgim keldi-da,-dedi Aldarko’sa.
-Men juda ham bandman, bilasan-ku bekorxo’ja emasman, uchinchi muddat haqida bosh qotirayapman,-dedi Oqposhsho.
-Ha, biz uchun bo’lsa ham yana bir muddat taxtda turishingiz shart…
-Uf, charchadim, ayniqsa, sanga o’xshaganlar charchatdi meni,-dedi Oqposhsho.
-Bundan keyin sizni charchatmaslikka so’z beraman,-dedi Aldarko’sa yaltoqlanib.
-Gaping chin bo’lsa, telefon go’shagini joyiga qo’y,-dedi Oqposhsho.(17-04-2006).

BAYTALTALAB
-Taxtingizga da’vogarlar ko’payib qoldi. Hatto o’zini sizga raqibman deb maqtanadigan baytal ham maydonga kirmoqchi,- dedi “Xunasa” laqabli maslahatchi Aldarko’saga.
-Indama kirsin, baytaltalab bo’lib turibman,-dedi Aldarko’sa.
-Nega eski baytalga intilasiz, nima, biz kamlik qilayapmizmi?-dedi o’pkalanib maslahatchi.(18-04-2006).

QOZIQ
-15 yil sizga bachchalik qilgan bola endi raqibingizni etagidan tutib yurganmish,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Meni qarib qoldi deb adashganga o’xshaydi, parvo qilma, ot aylanib qozig’iga qaytadi,-dedi Aldarko’sa.
-U qaytib kelsayu qoziq topilmasa-chi?-deb so’radi maslahatchi.
-U holda uni senga bog’laymiz,-dedi Aldarko’sa.(19-04-2006).

“INTERPOL”
-Maslahatchi qani?-dedi Aldarko’sa kotibiga.
-Kelayaptilar, hozir huzuringizga “Interpol”ni olib kiradilar,-dedi kotib.
-Nima, Interpol? Hammayoqni Interpol bosdimi?..
-E, Yo’q, Interpol haqida chiqqan “Interpol” degan kitobni nazarda tutgandim,-dedi kotib kulgisini ichiga yashirib.
-E, base, buncha bu idoraning nomini takrorlaysan, yana bir marta aytsang yuragim qinidan chiqib ketadi,-dedi Aldarko’sa.
Kotibga jon kirib qolgandek bidirlay boshladi:
-Xo’jayin, men Interpol idorasini emas, Interpol idorasi haqida chiqqan “Interpol” kitobining nomini aytayapman! Bu kitobning nomi “Interpol” bo’lgandan keyin “Interpol” demasdan nima deyishim kerak?(20-04-2006).

XUDO URGAN
-Nihoyat ikkitasini nomzod qilib e’lon etdik,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Xudoga shukur-e, sendan ham hadya olarkanman, ular birlashib qoladilarmi deb qo’rqqan edim,-dedi Aldarko’sa.
-Qo’rqmang, biz bo’lmasak ham ular birlashmaydilar, ularga duo ketgan!
-Duo ketgan emas, Xudo urgan desang-chi,-deya taltaydi Aldarko’sa,- endi kampaniyani to’xtat, ovoragarchilikning keragi yo’q!(21-04-2006).

YoRDAM
-Xorijdagilar o’zlarini maqtashga tushib ketdilar?-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Nima deb maqtashmoqda?-deya qiziqdi Aldarko’sa.
-Masalan, bittasi “Mening na uyim bor va na mashinam” deb jar solmoqda…
-Ketganiga qancha bo’ldi?
-10 yildan ancha oshdi…
-Chet elga kecha borganlarning mashinasi va uyi bor-ku, u shuni ham uddalay olmaptimi?-dedi Aldarko’sa.
-Chet elda yordamlar bilan yashagandan keyin nima ham bo’lardi?
-Nima? Bizga kelmay qolgan yordamlarni u ola boshladimi?-dedi Aldarko’sa hovliqib.(22-04-2006).

BIR GO’R!
-Bu xalq degani nima?-deb so’radi xotini Aldarko’sadan.
-Xalq degani bu – men degani. Xalq uchun kurashaman degani esa, o’zim uchun kurashaman deganidir,-deb javob qildi Aldarko’sa.
-Prezident bo’laman degani nima bo’lmasa?-deya so’radi yana xotini.
-Baynalminal doirada o’zimni tan oldiraman degani,-dedi Aldarko’sa.
-E, Xudoga shukur-e, sen ham bir marta rost gapirar ekansan,-dedi xotini.
-To’g’risini aytsam, bu mening fikrim emas, bu raqiblardan bittasining fikri,-dedi Aldarko’sa.
-Seni fikring qanday bo’lmasa?
-Meniki ham aslida shunday!
-Unda hammang bir go’r ekansanlarda,-dedi xotini.
Aldarko’sa jahl qildi:
-Nafasing o’chsine, e, qo’y, hech bo’lmasa go’rimiz boshqa-boshqa bo’lsin?! (23-04-2006).

MEHMON
-Hindiston Bosh vaziri qabulingizda!-dedi Tashqi ishlar vaziri Aldarko’saga.
-Nega qaqqayasan? Olib kir!-dedi Aldarko’sa.
Eshik ochilib, mehmon kirishi bilan Aldarko’sa yuragini g’ijimlab “uh” dedi-da, arang o’rnidan turib, ichkari xonaga yugurdi. Maslahatchi va yordamchilar uning orqasidan yugurdilar.
Aldarko’sa:
-Voy ablahlar! Voy sotqinlar! Meni qanday sotishdi-ya?! Qanday bilmay qoldim-a?! Endi nima qilaman, qaerga ketaman?! -deya baqira boshladi.
Mulozimlar hech narsani tushunmas edilar.
Oxiri vazir:
-E, toqatni toq qildingiz-ku, nima gap?-dedi.
-Sen ham u bilan birgami, hali?-dedi Aldarko’sa.
-U deganingiz kim?-deb so’radi vazir.
-Ana u, ana… u, sallalik odam!-deya mehmon qolgan tomonni ko’rsatdi Aldarko’sa.(24-04-2006).

ChAQIRUV
– Ilhom Alievni Amerikaga chaqirishibdi, Haydar Alievning o’g’li bo’lgani uchun shunday qilishganda,-dedi Aldarko’saning xotini.
-Nima qipti?- deya xotinini jerkib berdi Aldarko’sa, keyin bir qog’ozni xotini tomonga otib yubordi:
-Mana, seni qizingni ham har kuni chaqirib turishibdi!(25-04-2006).

KIMNING NEChA PULLIGI
-Putin bilan Baqiev nimani gaplashibdi?-dedi Aldarko’sa maslahatchiga.
-Putin uni juda qisqa vaqtda javob berib yuboribdi,-dedi maslahatchi.
-Biznikidan ko’pmi yoki oz vaqtdami?-deya so’radi Aldarko’sa.
-Bizni ancha vaqt kuttirgan ham edi. Shuni ham qo’shib hisoblaganda bizniki ko’p,- dedi maslahatchi.
Aldarko’sa taltaygan holda:
-Ha, Putin axmoq emas, u kimning necha pulligini yaxshi biladi,-dedi.(26-04-2006).

SURAT
-Ko’rdingizmi, bosh vazirning surati chiqibdi, yonida xotinchasi bilan,-dedi Aldarko’saga umr yo’ldoshi.
-Agar sen oyoq uqalashni o’rgansang sening ham surating chiqadi,-dedi u xotiniga.
-Bosh vazir bilanmi? Bo’pti, o’rganaman,-dedi xotini.
Aldarko’sa darhol javob qildi:
-Bo’lgan bo’lsa bo’pti! Suvratning ostiga “Bosh vazir onasi bilan birga”, deb yozib qo’yaman!(27-04-2006).

MAXRAJ
-Seni kasringga qizlarim ham yomon otliq bo’ldi,-dedi xotini Aldarko’saga.
-Ular yomon otliq bo’lishsa, mening kasrimdan emas, o’zlarining maxrajidan,-dedi Aldarko’sa jahl bilan.(28-04-2006).

ChAPPA
-Bitta tramvay izdan chiqib ketib, chappa bo’libdi,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
Bu xabarni eshitib ovsar Aldarko’saning jahli chiqdi va:
-Shaharda chappa bo’lmagan nima qoldi o’zi?-dedi.(29-04-2006).

KAMPANIYa
-Hamma saylov kampaniyasini boshlab yuboribdimi?-dedi Aldarko’sa maslahatchisiga.
-Yo’q, bizda unaqa gaplar yo’q, hamma gap chet elda,-dedi maslahatchi.-Lekin biz qachon boshlaymiz?
-Qachon biz ham chet elga ketsak!-dedi Aldarko’sa.(30-04-2006).

NAMOYISh
-Shu, 1-May bayramini tiklasang bo’larmidi, qanday yaxshi edi, bayram qilardik, hamma namoyishga chiqardi,-dedi xotini Aldarko’saga.
-Seni turgan-bitganing dishmanlik ekan-ku!-dedi Aldarko’sa xotiniga. Men butun kuchim, aytaylik butun umrimni sarflab odamlarni namoyishdan arang saqlab o’tiribmanku, sen bo’lsang namoyish haqida gapirasan! (1-05-2006).

SAROSIMA
Pokistonga borayotgan Aldarko’saning ko’zi uchqichning oynasidan ayrilmasdi. U boshini cho’zib pastdagi tog’larga qaragani-qaragan edi.
-Tinchlikmi, taqsir?-dedi uning huzuriga chaqirilgan muftiy.
-Shu tog’lardan o’tib olsak, bas, tinchlik bizniki, qani bir duo qiling,-dedi Aldarko’sa muftiyga.
-Nima, qaytishda boshqa joydan qaytamizmi?-qiziqib so’radi muftiy.
-Qaytishda o’qiydigan duoning ham haqini hozir olmoqchimisiz?-jahl qildi Aldarko’sa.
-O’libmizmi haq olib…
Aldarko’sa muftiyning gapini kesib tashladi:
-Buncha nafasing sovuq, o’limdan gapirmay tursang-chi! (2-05-2006).

UShLA-UShLA!
-Menga yaxshilik qilishni istasangiz Tohirni ushlab berasiz,-dedi Aldarko’sa Pokiston rahbariga.
Pokiston rahbari ajablanish ohangida javob qildi:
-Tavba qildim, sizlarga nima bo’lgan o’zi? Faqat ushla-ushla! E, ushlashdan boshqa narsani ham bilasizlarmi? Boya ayni gapni Tohir ham aytib, sizni ushlab berishimni iltimos qilgan edi!(3-05-2006).

TAJRIBA
-Siz o’zi nimaga keldingiz,-deya so’radi Pokiston rahbari Aldarko’sadan.-Hali kechagina bizga tosh otib yurgan edingiz-ku?
-Tajribangizni o’rganishga keldim…,-dedi Aldarko’sa.
-Nima, generallar bosh ko’tarib qoldilarmi?-deb so’radi Musharraf.
-Bu boradagi tajribangizdan foydalanib, allaqachon hamma generallarni bichib tashlaganman. Hozir Okean naryog’i bilan o’yin qilish tajribangizni o’rganmoqchi edim, qancha hunar ko’rsatsam ham ularning diqqatini o’zimga torta olmayapman, nima qilsam ekan?-deya javob aralash savol berdi Aldarko’sa.
-Haligi “Bizga dum ko’targanlar…” deb aytgan gapingizni eshitgan edim, o’sha gapning teskarisini qilib, tinmay dum ko’tarib turaversangiz, albatta ularning diqqatini tortasiz,-dedi Musharraf. (4-05-2006).

OT
-Alievning qizi to’y bo’libdi, ham Bush, ham Putin tabrik va hadyalar yuborishibdi,-dedi xotini Aldarko’saga. Bunga Aldarko’saning jahli chiqdi va xotiniga zahar sochdi:
-Sen ham qizingni to’y qilsang, Turkmanboshi hadya yuboradi, Ahaltekin otlaridan!(5-05-2006)

ORZU
-Men yo’g’imda nima gaplar bo’ldi?-deb so’radi safardan qaytgan Aldarko’sa qizidan.
-Tinchlik,-dedi qizi.
-Bo’lmasa tez-tez safarga borishim kerak ekan-da,-dedi Aldarko’sa kinoya bilan.
-Ovora bo’lib, borib-kelib yurasizmi, birato’la ketish kerak,-dedi qizi.(6-05-2006).

BOSh AKTYoR
-Chetga ketganlar dod faryod qilishmoqda,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Nima uchun?
-Andijon voqealarini xotirlab…
-Oradan bir yil o’tib dod faryod qilishadimi, ja, xurofotchi bo’lib ketishibdimi, biz teskarisini qilamiz, ayt hamma yoqda kontsert, tomoshalar boshlansin, hamma chiqsin!- deya buyruq berdi Aldarko’sa.
-Siz ham chiqasizmi?-deya so’radi maslahatchi.
Aldako’sa javob qildi׃
-Har doimgidek, bosh rolni o’zim bajarmasam sanlar ishni rasvo qilasanlar! (7-05-2006)

NOMZOD
-Saylov haqidagi qonunga o’zgartirish kiritinglar,-dedi Aldarko’sa Senat raisiga.
-Darhol kiritamiz, yoshulli, qanday o’zgartirish bo’lsin,-deya qo’liga qog’oz oldi Senat raisi.
Aldarko’sa jiddiy ohangda dedi:
-Kamida 10 yil prezident bo’lmagan odam saylovda o’z nomzodini ko’rsata olmaydi! (8-05-2006).

BAYRAM
Aldarko’sa Oqposhshoga telefon qildi va:
-G’alaba kuni bilan chin dildan tabriklayman,-dedi.
-Rahmat! Men ham seni tabriklayman,-dedi Oqposhsho.
-Nima bilan?-deya qiziqdi Aldarko’sa.
-Andijonning bir yilligi bilan-da!
-Rahmat, lekin bu aslida Sizning xizmatingiz, agar Siz bo’lmasangiz bugun motam qilib o’tirgan bo’lar edim,-dedi Aldarko’sa.
Oqposhsho birdan hayratlangan ohangda:
-Nima, Jasliqda motam marosimlariga izn berganmisan?-dedi. (9-05-2006).

SPID
-Yuragimda bitta yara bor edi, endi shu butun vujudimni qoplab oldi,-dedi o’zbek tilini yaxshi bilmaydigan Aldarko’sa Xotira kuni muxbirlar bilan gaplashar ekan.
Muxbirlar birdan undan uzoqlashdilar. Aldarko’sa hayron bo’lib maslahatchidan nima gapligini so’radi.
-Kecha televizorda doktorlar hamani tezlik bilan tarqalayotgan yuqumli kasallik haqida ogohlanirishgan edi-da,-dedi.
-Yuqumli kasallik deganing nimasi? Har qanday narsani o’z oti bilan aytish kerak, men ham eshittim, doktorlar SPID haqida gapirishdi,-dedi Aldarko’sa yana ovsarlik qilib.(10-05-2006).

DO’MBIRA
-Amerikaliklar Sizni informatsion urush degan bahonada orqasini do’mbira qilib chalqmoqda,-deb ayblashdi dedi maslahatchi Aldarko’saga.
Aldarko’sa darhol muxbirlarni chaqirdi va Amerikaga qarshi gapirib:
-Avval o’zingga boq, keyin do’mbira qoq,- dedi.
Hamma kulib yubordi. U zo’r gap aytibman deb o’zi ham kuldi.
-Kulmang-e,-dedi maslahatchi.
-A, nimaga?-deb so’radi ovsar Aldarko’sa.
Maslahatchining avzoyi buzildi va:
-E, “qoq” demangda taqsir!-dedi.(11-05-2006).

QAHRAMONLIK
-Ko’rdingmi, birortang Bushni tanqid qilolmaysan, ammo men qo’rqmasdan, qahramonlik bilan uni tanqid qildim,-dedi Aldarko’sa maslahatchisiga.
-Bushning reytingi 30 foyizga tushib qolibdi, bu demak, uni Amerikaning etmish foyiz xalqi ham tandiq qilmoqda, qoyilman siz ham ularning safiga qo’shildingiz,-dedi maslahatchi.
-Esingda bormi, Elttsinni ham reytingi ana shunday tushib ketgandi,-dedi ovsar Aldarko’sa yaltoqlanib.
Maslahatchi uning avzoyiga moslab javob qildi:
-Ha, esimda bor, o’shanda uni ham qahramonlik bilan tanqid qilgandingiz! (12-05-2006).

BAZM
Qatliomning bir yilligi kuni Aldarko’sa Oqposhshoning uyiga bordi.
-Andijonni eslamaymizmi? -dedi Oqposhsho Aldarko’saga.
-Avval shu qadahlarni ko’tarib olaylik, keyin eslasak eslayveramiz,-dedi Aldarko’sa.
-Bizda avval eslab, keyin qadah ko’tarishadi,-dedi Oqposhsho.
-Sizu biz degan gap yo’q, sizda qanday bo’lsa, bizda ham shunday!-dedi Aldarko’sa.
-Unday bo’lsa, avval ichamiz, keyin qadahlarni sindiramiz!-dedi Oqposhsho.(13-05-2006).

UChLIK
-Shu itni menga hadya qiling,-dedi Aldarko’sa Oqposhshoga.
Aldarko’saning ikki oyog’ining orasiga bosh cho’zgan itga qaragan Oqposhsho:
-Sizni bizning ostonaga shu it bog’ladi va qanday harakat qilishni ham shu it o’rgatdi, agar uni sizga hadya qilsam, unda mening oyog’imga kim bosh qo’yadi!-dedi. (14-05-2006).

NUTQ
-Shu nutqingiz etti yil ichidagi eng zo’ri bo’ldi, eshitib turib, o’zimga o’n ikkita topshiriq belgilab oldim,-dedi Aldarko’sa Oqposhshoga.
-Yolg’on ham evi bilan-da!-dedi Oqposhsho.
-Nega yolg’on bo’lsin?,-deya ajablandi Aldarko’sa.
-Sizni nutqingizni bir ko’ray deb olgandim, adashib shuni o’qib yuboribman,-dedi Oqposhsho.
Aldarko’sa hang-mang bo’lib qoldi va:
-To’xtang, hali men ham shuni o’qib yubordimmi?-dedi.(15-05-2006).

IT va ITLAR
-Oq poshshoning yonginasida yuradigan iti boru nega seni iting yo’q,-deb so’radi xotini Aldarko’sadan.
Aldarko’sa xotinini jerkib berdi:
-Mana yonimda sen borsan-ku, bo’ladi-da!
Xotinining jahli chiqdi. Uni hovuridan tushirish uchun Aldarko’sa:
-Savoling ham qiziq-da xotin, axir eshitmayapsanmi, qanchadan-qancha itlarim G’arbga qarab akkillab yotibdi-ku,-dedi. (16-05-2006).

TANLOV
-O’lganingizdan keyin sizni qaerga ko’mamiz,-deb so’radi maslahatchi Aldarko’sadan.
Bu savoldan uning jahli chiqdi va:
-Onangnikiga!-dedi.
Maslahatchining onasi va Aldarko’saning xotini urus bo’lgani uchun bu javobni u boshqacharoq tushundi va:
-Xullas, yanganikini tanlabsiz-da!-dedi. (17-05-2006).

DUNYo
-Dunyoda bizga qarshi nima chiqsa, hammasiga qarshi bir narsa yozlaring!-dedi Aldarko’sa maslahatchisiga.
-Sizni maqtab yozilgan narsalarga hammi?-deb so’radi maslahatchi.
-E, hali shunaqasi ham chiqmoqdami?-deya xursand bo’ldi Aldarko’sa.
Maslahatchi bamaylixotirlik bilan javob qildi:
-Bizning Internet saytlarimiz ham dunyoga chiqib qoldi! (18-05-2006).

MUALLIF
-“Bugungi Andijon” kitobini aytganingizday qilib uch tilda yozib, uch tilda nashr etdik, shuni bir ko’rib berasizmi?-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Nima men sanlarga korrektormi?-deya jerkib berdi Aldarko’sa.
-E, yo’q, muallif sifatida ko’rib bering demoqchi edim…(19-05-2006).

RAZVEDKA
-Moliyaviy razvedka tuzibsiz, bu nima degani?-deb so’radi xotini Aldarko’sadan.
-Qizingdan so’rasang, tushuntirib beradi,-deb javob qildi Aldarko’sa.(20-05-2006).

OTA
Buxoroga borgan Aldarko’sa hokimga:
-U yoq- bu yoqqa bormaymiz, meni Amir Olimxon qizlarga olma otgan joyga olib bor,-dedi.
-Olma ham otasizmi?-deb so’radi hokim.
-Otamiz,-dedi Aldarko’sa.
Hokim Aldarko’saning bu gapini “ Farzandlarim bor, axir!” deb tushundi va:
-Amir Olimxon ham ota bo’lgan, lekin olmani ham otgan,-dedi.
Aldarko’sa hokimga yomon qaradi va dedi:
-Men senga otaman demadim, otamiz dedim, ellik-ellik ham qilamiz dedim!.
-Men bo’lsam sizni otasiz deb tushunibman,-deya hokim izoh bergan bo’ldi. Endi Aldarko’sa uni xato tushundi va:
-Xudoga shukur mening otam bo’lgan, ammo sening otang bormi, yo’qmi, bilmayman,-dedi.
-Mening otam mana siz bo’lasiz!-deya hokim xushomad qildi.
-Men onangni tanimasam, qanday qilib otang bo’laman!
-Siz faqat menga emas, hammamizga otasiz!
-Unday bo’lsa sen oqpadarlarni peshanangdan otaman,-dedi Aldarko’sa.
-Nima qildikki, oqpadar bo’laylik?-deya ajablandi hokim.
-Chunki hovuzga sut to’ldirmabsan, bir, hovuzda qizlar yo’q, ikki, men otadigan olmani keltirmabsan, uch, yarimtani ham unutibsan, tort!-dedi Aldarko’sa jahl bilan. (21-05-2006).

XUDOGA AYTGANI
-Bir paytlar Rashidov Oqposhsho bilan uchrashib qaytgach, viloyatlarga safar qilgan va o’sha yoqda o’lib qolgandi, lekin sen uyga qaytib kelding, Xudoga aytganing bor ekan,-dedi xotini Aldarko’saga.
-Men ketsam qutilib ketgan bo’lardim, ammo sen nima qilarding? Manimcha sening Xudoga sening aytganing bor ekan, -deb javob qildi Aldarko’sa.
Xotini esa o’ksingan ohangda:
-Ha, Xudoga aytganim bor, lekin har doimgidek. bu safar ham nazarga olmadi-da,-dedi. (22-05-2006).

UChAR LIKOPChA
-Osmonimizda uchar likopchalar paydo bo’libdimi, tag’in ummon ortidan kelgan bo’lmasin,-deya vahima bilan so’radi Aldarko’sa maslahatchisidan.
-Ummon emas, iymon ortidan keldi, xalqni shu yo’l bilan laqillatib, hatto boshqa sayyoralardagilar ham bizga mahliyo ekanligiga ishontirmoqdamiz,-dedi maslahatchi.
-E, Xudoga shukur!,-Aldarko’sa shunday deb ko’ylagining yoqasini ochib ko’kragiga uch marta tupurib qo’ydi va:
-Ishontirsang ishontiraver, lekin yuragimni ham yorib yubormagin!-dedi. (23-05-2006).

TUYa
-Eshitdingmi, dunyoning oxiri kelibdi, Andijonda tuya ikkita tug’ibdi,-dedi Aldarko’sa xotiniga.
-Nima qipti? O’tgan yil Mayda sen Andijonga borganda men bu erda to’rtta tug’ib o’tirgandim, dunyoning oxiri kelganda o’shanda kelardi,-dedi xotini.
-Sen tuya bo’lmasang, qanday qilib to’rtta tug’asan?-dedi ovsar Aldarko’sa.
Xotini asabiylashdi-da, erining laqabiga ishora qilib:
-Men tuya emas, lekin “Tuya”ning xotini,-dedi. (24-05-2006).

“MEN?”
-G’afur G’ulomning bolasi sudda jim o’tiribdimi?-deya so’radi Aldarko’sa maslahatchisidan.
-Sobiq Mudofaa vazirimi? Jim o’tirarmidi, otadan o’g’il, moxovdan nevara deganlar, otasi ham vaqtida ko’rgazma beraverib, ko’p odamni qamatib, xonavayron qilib yuborgan,-dedi maslahatchi.
-U paytda sudlar Oqposhshoga qaragan, bu tomonidan ko’ngling to’q bo’lsin, u faqat odamlarni otish uchun buyruqni kimdan olganini aytmasa bo’ldi!
-Bu tomonidan sizning ko’nglingiz to’q bo’lsin, sudni yopiq tarzda o’tkazayapmiz, buyruqni siz berganingiz haqidagi gap aslo tashqariga chiqmaydi-dedi maslahatchi. Aldarko’sa asabiylashdi va:
-Axmoq, devorning ham qulog’i bor! Bilib qo’y, bu gap tashqariga chiqsa, keyin sen ham tashqariga chiqa olmaysan,-dedi.
-Men?..,-maslahatchi labini tishlab qoldi.(25-05-2006).

“HE, O’L-E!”
-Suv bosar ekan, faqat Amerikani…
Maslahatchining gapini Aldarko’sa bo’ldi:
-Ana shunaqa shirin xabarlar olib kel-da! Qachon bosar ekan?
-Yozishlaricha, yoki uch yildan keyin yoki uch yuz yildan keyin,-dedi maslahatchi.
Aldarko’sa qo’lini ochib, yuziga tortar ekan:
-E, Xudo, meni o’sha kunlarga etkaz!-dedi.
-E, taqsir, suv bosar ekan, butun dunyoni, lekin, faqat Amerikani saqlab qolish yo’lini topishibdi!- dedi maslahatchi boshlagan gapini davom ettirib.
-He, o’l-e!-dedi maslahatchiga ovsar Aldarko’sa, keyin qo’lini qaytadan ochib, duo qildi:
-E, Xudo gapimni qaytib oldim!(26-05-2006).

KESAK
-“O’zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo’lmaydi” degan kitobingizni arabchaga o’girib, Quvaytdagi “Al-Bobtin muassasasi”ga tantanali topshirib qaytdik,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Qanday qabul qilishdi?,-deya qiziqdi Aldarko’sa.
-Avval kitob haqida ma’lumot so’rashdi, ayniqsa, qanday qog’ozga nashr etganimizga juda ham qiziqishdi.
-Ularga buning nima ahamiyati bor ekan?-deb so’radi Aldarko’sa.
Maslahatchi elkasini qisib javob qaytardi:
-Bilmasam, juda yumshoq qog’ozga nashr etilganini bilishgach, uning har bir sahifasida sizning rasmingiz bor bo’lganidan quvonib, kitobni darhol qabul qilishdi.
Ovsar Aldarko’sa jahl bilan dedi:
-Ablahlar! Ularga kitob emas, kesak olib borish kerak edi! (27-05-2006).

GAP
-Kechagi konferentsiya qanday o’tdi?-deb so’radi Aldarko’sa dam olish kuni ham “lippillab” kirib keladigan maslahatchisidan.
-Mamlakatimizda sakkiz mingdan ziyod kishi SPIDga yo’liqqani aytilganini inobatga olmasak boshqa gap bo’lmadi,-dedi maslahatchi.
-Axmoqlar! Sanlarga gap qurib qolganmi? Mana Indoneziyada kecha er qimirlab, qariyb uch ming kishi o’ldi, Iroqda qancha odam portlab ketdi, Afg’onistonda ham o’lganlar bor, Amerikada ham SPID qaynab yotibdi. Yozish shart bo’lsa, biz Amerika bilan bordi-keldi qilib yurganimizda SPIDni yuqtirib qaytganimizni ochiq yozinglar,-dedi.
-Yo’g’e!!!- Maslahatchi rangi oqarib,Aldarko’saning choy ichib o’tirgan qiziga qarab qoldi.(28-05-2006).

BAYTAL
-Bu dunyoga kelib, iz qoldirish uchun nima qilish kerak?-deya xotiniga savol berdi Internet sahifalariga qarab o’tirgan Aldarko’sa.
-Oyoq yalang bo’lib, to’rt tomonga yugurish kerak,-dedi xotini.
Xotini savolini boshqacha tushungani uchun oddiyroq qilib so’radi Aldarko’sa:
-Bu dunyoda ot qoldirish uchun nima qilish kerak?
-Baytal bo’lish kerak,-dedi xotini.(29-05-2006).

XOTIN
-Mening xotinim urus ekanligini yozayotganlarga javob qildinglarmi?-deb so’radi maslahatchidan Aldarko’sa.
-Nima deyishni bilmay turibmiz, o’zingiz donolik xazinasidan bir narsa aytsangiz, qolganini biz boplar edik,-deb javob qildi maslahatchi.
-Sovet davrida kimning ham xotini urus emas edi deb yozlaring,-dedi Aldarko’sa.
Hali yaqindagina oila qurgan maslahatchi qo’shimcha qildi:
-Bugun ham kimning xotini urus emas?!(30-05-2006).

TEShIKLAR
-Moskvadagi kontsert qanday o’tdi?-deb so’radi Aldarko’sa qizidan.
-Siz aytgandek, hamma eshiklarni yopib qo’yib o’tkazdik,-dedi qizi.
-Ammo suratlarni ko’rdim, eshiklarni yopgan bilan teshiklarni ochib qo’yibsizlar,-dedi Aldarko’sa jahl bilan.(31-05-2006).

KUN
-Bugun qanaqa kun o’zi?-deb so’radi tushga qadar uyg’onolmay yotgan Aldarko’sa xotinidan.
-Bugun Butun dunyo bolalari kuni,-dedi xotini.
-E, meni bolalar bilan nima ishim bor, menga kun kerak!
-Qachondan beri kunga qiziqib qoldingiz,-dedi eridan tojikchani hiyla o’rgangan xotini.(1-06-2006).

YIRTQICh
-Dunyoda nima gap?-deb so’radi Aldarko’sa maslahatchisidan.
-Chegara bilmas muxbirlar sizning nomingizni erkin matbuotga hujum qiluvchi “yirtqichlar” ro’yxatiga kiritibdi,-dedi maslahatchi.
Ovsar Aldarko’sa jahl bilan dedi:
-Tava qildim, ular rostdan ham chegara bilmas ekanlar-ku? Yolg’on ham evi bilan! Mening biror marta biror gazetani yirtganimni ko’rdingmi?(2-06-2006).

ShUMAK
-Papasi, faqat haramga borasan, menga ham qarab qo’ysang-chi,-dedi xotini Aldarko’saga.
-Esdan chiqib qolmoqda, buning ustiga charchab qolayapman, ha, bo’pti, bir kunni tanlagin,- dedi Aldarko’sa.
Xotini o’ylanib turib:
-Kelishib olaylik, men ham ko’p istamayman, haftada bir marta etadi, shuning uchun hafta kunlari nomidan qaysi birida “Sh” harfi bo’lmasa o’sha kun meniki.
-Qaysi kunning nomida “Sh” yo’q ekan?-deya o’ylanib qoldi Aldarko’sa.
-Shuni ham bilmaysan-a papasi, Juma-da J-U-M-A!-dedi xotini.
-Hmm,-deya o’ziga o’zi pichirlay boshladi Aldarko’sa.-Demak, bir Farmon chiqarib, “Juma”ni “Shuma” qilib o’zgartirishim kerak bo’ladi.
Shuma so’zini arang ilib olgan xotini:
-Bo’pti shumak bo’lsa, shumak-da,-dedi.(3-06-2006).

GAZ
Aldarko’saga biror gapni to’ppa to’g’ri aytib bo’lmasdi. Albatta u qiziqadigan masala orqali aytish kerak edi. Hatto xotini ham shu usulni qo’llardi. Shundan kelib chiqib:
-Rossiya bilan Amerika urishib qolsa nima qilamiz?-deb so’radi u eridan.
-Ikki tomon urushsa nima qiladilar? Tomosha qiladilar!-dedi Aldarko’sa gerdayib.
-Agar yarashib qolsalar-chi?
-Buncha gaping sovuq bo’lmasa!-dedi Aldarko’sa.
-Uyda gaz yo’q, o’chib qolgan-da!-dedi xotini.
-Nima, navbat bizga ham etib keldimi? Qani vazirni chaqir!
-Uning ovozi menikidan ham sovuq!-dedi xotini.
-Unday bo’lsa, bor ovozlaringni birlashtirlaring, ikkita minusdan bitta pilus hosil bo’ladi,-dedi topag’onlik bilan Aldarko’sa.(4-06-2006).

ISh
Aldarko’saning qizi unga telefon qildi.
-Yarim tunda qaerda yuribsan?-dedi Aldarko’sa.
-Ertalabga qadar idorada qolaman, maslahatchingiz ham shu erda, birga ishlayapmiz, saylovga tayyorgarlik ko’rayapmiz,-dedi qizi.
Aldarko’saning asabi buzildi va “Nima gap?” deya unga qaragan maslahatchisiga:
-Sen bilan birga ishlayotgan ekan,-dedi. (5-06-2006).

OLTIN HARFLAR
-Xizmatlaringizni tarixga oltin harflar bilan yozib qo’yamiz,-dedi bir jurnalist Aldarko’saga.
-Qani o’sha oltin harflarni bu yoqqa olib kel-chi, keyin bir qaror beramiz,-dedi Aldarko’sa ko’zlari o’ynab.(6-06-2006).

“ShOH”…
“GUAM” va “ShOS” ni nima deb yozishmoqda?-deya so’radi Aldarko’sa maslahatchidan. -“GUAM”ni “GUAM” deb, “ShOS” ni “ShOS” deb yozishmoqda,-dedi maslahatchi.
-Unday bo’lsa, sanlar “GUAM” ni yozganda birinchi ikki harfini tashlab yozlaring, “ShOS”ni yozganda esa “ShOH” deb yozlaring. Chunki u shoh tashkilot,-dedi ovsar Aldarko’sa.
Maslahatchi ajablangan holda savol berdi:
-Ikkalasini yonma-yon yozaylikmi? Qanday bo’larkin? (7-06-2006).

ChIGIRTKABOShI
-Hammayoqni chigirtka bosmoqda,- dedi maslahatchi ovsar Aldarko’saga.
-Nima, chigirtkalar ham bosishni bilar ekanlarmi?
-Ular xalqni emas, dalalarni bosishdi,-dedi maslahatchi.
-Bizning ishimizga aralashmagan bo’lishsa, nega buncha hovliqasan?-deya maslahatchini koyidi Aldarko’sa.
-Ularning chigirtkaboshisi o’zidan ketib, dalalarni emas, xalqni bosinglar, deb qolsa-chi?
Aldarko’sa sevingan ohangda dedi:
-Qaniki shunday bo’lsa, ancha engil tortardik! (8-06-2006).

QOZIQ
-Men ketsam, hammalaring chiqqan joylaringa kirib ketasanlar,-dedi Aldako’sa maslahatchilariga.
-Siz ketmasligingizni yaxshi bilamiz,-dedi ulardan biri.
-Unday bo’lsa, mana sen ketasan,-dedi Aldarko’sa jahl bilan.
-Siz ketmaganingizdan keyin qanday qilib men ketishim kerak?
-E, buncha “ket”, “ket” deysan, nima ketimga bog’langanmisan?-dedi jahl bilan Aldarko’sa. Maslahatchi bo’ynini cho’zib, Aldarko’saning orqasiga qaradi va:
-Nima, qoziq bormi?- dedi.(9-06-2006).

MAShG’ULOT
-Hammalaring uyqusirab yurasizlar, kechasi bilan nima ish qilishlaringni bilaman,-dedi Aldarko’sa maslahatchilariga. Ular birdan ranglari uchib, qo’rqib qoldilar.
-Bo’ldi, zirillamalaring, nima men erkak emasmi, men ham kechalari uxlamayman,-deya qo’rqib qolgan maslahatchilarini ovutgan bo’ldi Aldarko’sa. Shunda maslahatchilardan biri:
-Siz kunduzi ham, kechasi ham Internet o’qiysizmi?-dedi.(10-6-2006).

OQPADAR
-Mashhur shoirni o’ldirtirmoqchi bo’libsizmi?-dedi xotini Aldarko’saga.
-Bu gapni qayoqdan olding?-deya so’radi Aldarko’sa.
-Muxolifatdagi saytdan…
-Voy ablahey, sen ham dushmanlarimga qo’shildingmi? Kim muxolifat saytlarini o’qisa oqpadardir, deb e’lon qilganman. Mana sen ham oqpadar bo’lding!
Xotini erining baqirqaniga baqirib javob qildi:
-E, men Internetga kirishni bilmasam, o’zingiz unutib ketgan ekansiz, o’sha sahifani o’qidim-da!(11-6-2006).

OMAD
-Taqsir, sizga doim omad kulib boqadi, buning bir siri bormi?-deb so’radi maslahatchi Aldarko’sadan.
-Omad senga o’xshamaydi, u menga orqasini o’girishga qo’rqadi,-dedi Aldarko’sa. (12-6-2006).

XITOY
Aldarko’sa Xitoy jurnalistlari bilan uchrashdi.
-Siz ikki mamlakatning juda yaqinligi haqida gapirdingiz. Ikki xalqning yaqinligi, buning tarixi haqida ham to’xtala olasizmi?-deya so’radi ulardan biri.
-Bo’lmasam-chi. Bolaligimdan Xitoy kalimasini eshitib katta bo’lganman. Masalan, uyimizning yonida bozor, orada Xitoy devori, bozorda esa, auksion bor edi. U erda bitta odam o’rtaga chiqib, ertalabdan oqshomgacha “Xtoy bolshe, Xtoy bolshe “ deb baqirani-baqirgan edi, biz esa buni xitoy bo’lmasdan eshitardik,-dedi. (12-6-2006).

OVORAGARChILIK
-Hali kechagina maoshlarni oshirgandik. Allaqachon bir yil bo’libdi. Xazinada pul yo’q paytida bu og’ir botayapti. Bu yilgisini bir iloj qilarmiz. Ammo kelajak uchun boshqa yo’lini toplaring,-dedi Aldarko’sa maslahatchiga.
-Bundan keyin shu Farmonni 29 Fevralda e’lon qilsak-chi,-dedi maslahatchi.
Aldarko’sa hayron bo’lib:
-Nega?-deb so’radi.
Maslahatchi yaltoqlanib javob qildi:
-O’shanda ovoragarchilik har to’rt yilda bir marta bo’ladi-da! (14-6-2006).

A’ZO
Oqposhsho Shanxayda uchrashgani Aldarko’saga:
-Harbiy Ittifoq tuzish uchun borgan vakilimni qo’li quruq qaytaribsanmi?-dedi.
-Biz sizga takror a’zo bo’lsak, keyin taqdirimiz nima bo’ladi?-deya so’radi Aldarko’sa.
-Parvo qilma, men birinchi navbatda o’z a’zoim taqdiri haqida o’ylayman, axir erkakman-ku!-dedi Oqposhsho.(15-6-2006).

JINNIXONA
Shanxayda majlislarda o’tiraverib, u yoqdan bu yoqqa boraverib, ting’ir-ting’ir kontsertlarni ko’raverib Aldarko’saning xotini charchab, tili osilib qoldi. Yarim tunda yotoqxonasiga kelganda eriga qarab:
-Bu er dunyoning eng katta jinnixonasi-ku, nega biz uchun bu joyni tanlashdi ekan?-dedi.
-To’g’ri tanlashgan,-deb javob qildi Aldarko’sa.- Bugunga qadar borgan joylarimizdan o’zimizga xos va o’zimizga mos bo’lgani mana shu er!(16-6-2006).

MUSTAQILLIK
-Oddiy odamlar “Ijtimoiy fikr” markazining savollariga qanday javob berishdi?-deb so’radi Shanxaydan qaytib kelgan Aldarko’sa maslahatchidan.
-Masalan, qaysi bir savolga?-deya qog’ozlarga qaradi maslahatchi.
-Masalan, mustaqillik haqidagi savolga nima javob berishibdi?
Maslahatchi qog’ozlarga qarab:
-99.99 foyiz respondent “Menga aloqasi yo’q!” degan uchinchi javobni tanlabdi! (17-6-2006).

MEHMONLAR VA MEZBONLAR
-Nega Oqposhshoning vakillari senikiga borishsa ko’p turishmaydi-yu menikidan esa ketgilari kelmaydi,-deya maqtangan ohangda gapirdi Aldarko’sa Nursultonga.
-Ularni mening navkarlarim kutib olib, kuzatib qo’yadilar,-deya javob qildi Nursulton va keyin qo’shib qo’ydi: -Bilaman sen navkarlaringga ishonmaysan, menimcha, ularni sening qizlaring kutib olsa kerak!(18-6-2006).

TAShVIQOT
Shanxaydan Almatiga kelgan Aldarko’sa tinmay Xitoyni, u erdagi rejimning yumshoqligini, odamlar prezidentini har qancha so’ksa ham indamasligini, dunyoda Xitoy haqida vahima qilinayotganini, aslida esa unday emasligini gapiraverdi.
-U holda vaziyat o’zgarib, qochishing kerak bo’lsa o’zingga joy topibsan,-dedi Nursulton.
-Qiziqmisan, axmoqmanmi issiq joyimni sovutib, u yoqlarga borsam, meni peshanamdan otishadi,-dedi Aldarko’sa.
-Hozirgina maqtab turgan eding-ku?
-Ketib qolarmikansan deb seni qiziqtirmoqchi edim-da! (19-6-2006).

NEVARA
-O’g’ling buzilib ketibdi, menga shikoyat qilishmoqda,-dedi Aldarko’sa qiziga.
-Yo’g’e, qayoqdan buziladi?-ajablandi qizi.
-Giyohvand bo’lib qolibdi-ku!-dedi Aldarko’sa jahl bilan.
-Qo’liga jaraq-jaraq pul berib qo’yganingizdan keyin nima ham bo’lardi?
-Bilmasam, nima qilishni bilmay qoldim?,-dedi qizi.
-Men unga sigaret-migaret, aroq-paroq uchun hamda qizlar-pizlar bilan o’yin kulgiga pul berardim, u bo’lsa buni nashavandlikka sarflabdi.(20-6-2006).

HURMAT
Amerika rahbari Aldarko’saga xat yozdi:
“Janob Aldarko’sa, siz keyingi kunlarda haddingizdan oshib ketdingiz, agar sizga ko’nglimdagini ochiq yozay desam xatlarni jo’natadigan ayoldan uyalaman. U garchi erga tegib, ko’p narsadan xabari bo’lsa-da baribir meni madaniyatsiz deb o’ylashi mumkin. Siz bo’lsangiz, mana endi, o’zingizni demokrat deb e’lon qilibsiz. Menimcha, bizdagi demokratik partiyaning ramziga qarab hangrayotgan bo’lsangiz kerak. Yaxshisi, Oqposhshoning itidan qolmang. Biz eshakka nisbatan itni ko’proq hurmat qilamiz”. (21-6-2006).

DABBA
-Shanxayga borib katta qadam tashladik,-dedi Aldarko’sa xotiniga.
-Ha, sezilib turibdi. Kelganingizdan buyon yurishingiz dabbalashib qoldi,-dedi xotini. (22-6-2006).

KARNAY
-Konferentsiya qanday o’tdi?-dedi Aldarko’sa qiziga.
-Yaxshi o’tdi,-dedi qizi.-Hamma sizni maqtab-maqtab ketdi.
-Mehmonlarga hadya-madya ham berib yubordingmi?
-Ha, har biriga alohida-alohida berdim…
-Ishtahalari qanday ekan?
-Karnay! (23-6-2006).

BIR QADAM
-Shanxayga borib bir katta qadam tashlagan bo’lsak, Almatiga qaytib yana bir katta qadam tashladik,-dedi Aldarko’sa Nursultonga.
-Shuni aytsang-chi, odamlar bo’lsa bizni yurolmay qolgan, dabba deb gap qilishmoqda,-dedi Nursulton.
-Ha, ishlarimiz zo’ru lekin bu yog’i ham bir qadam qoldi-da,-dedi Aldarko’sa nafasi ichiga tushib.
-Xudoga shukur, yaqin qolibdi, bo’lmasa bu yog’iga o’zing ketaver,-dedi Nursulton. (24-6-2006).

ZO’RLASh
-Bojxona va chegarani qachon ochasiz?-deya so’radi Nursulton Aldarko’sadan.
-Nega endi men ochaman, ochsang o’zing ochaver,-deya kesatdi Aldarko’sa.
Nursulton ham past kelmadi:
-Ha, endi ochgandan keyin egasi ochadi-da, aks taqdirda zo’rlash bo’ladi! ( 25-6-2006).

BILIMDON
Xotini Aldarko’sadan so’radi:
-Aldarchik, nechta til bilasan?
-To’rtta: ruscha, o’zbekcha, turkcha va yana qozoqcha! Almatida gapirganimni o’zing eshitgan eding.
-Voy, turkcha ham bilasanmi? Bo’lmasa ayt-chi, “Xush kelibsiz”, degani turkchada nima bo’ladi?
-Shuni ham bilmaysanmi, “Xush omaded” bo’ladi-da…
-Bu tojikcha-ku?-deya kulib yubordi xotini.
-O’pkangni bos, demak, beshta til bilar ekanman,-dedi Aldarko’sa xotinini jerkib.(26-6-2006).

BORSA-KELMAS
-Odamlar Amerikani tanlashmoqdami yoki Rossiyani ko’proq istashmoqdami?-deb so’radi Aldarko’sa maslahatchidan.
Maslahatchi o’ylanib qoldi va:
-“Rossiyaga borsang albatta qaytib kelasan, yo o’z oyog’ingda yoki tobutda, Amerika esa borsa kelmas” deyishmoqda,-dedi.(27-6-2006).

UMUMIYLIK
Aldarko’sa Oqposhshoning tozisiga aylangandan beri unga “sotarchi” deb laqab qo’yishdi. Shu munosabat bilan O’zbek radiosiga savol tushdi:
-Otarchi bilan sotarchi orasida qanday umumiylik bor?
-Ikkalasi ham televizorga chiqib narxini oshiradi. Bittasi har kuni kontsertda chiqsa, ikkinchisi har kuni xabarlarda,-deb javob qildi radio.(28-6-2006).

YuTUQ
-Qanday yutuqlarimiz bor? Dunyoga ko’z-ko’z qilib turishimiz kerak, axir,-dedi Aldarko’sa maslahatchiga.
-Hamma sohada yutuqlar bijirlab ketgan!
-Inson huquqlari sohasida vaziyat qanday?
-Juda ham katta yutuqqa erishildi. Masalan, diniy qarashlari uchun qamalganlar soni eng yuqori bo’lgan yildagidan ikki kishiga kamaydi!
-Nega kamayadi?
-Sudgacha o’lib qolishdi-da! ( 29-6-2006).

ShON-ShARAF
Televizorda Dubayga borib, qo’lga tushgan fohishalar haqida ko’rsatuv berilayotgandi. Aldarko’saning xotini:
-Shular endi Dubayda erkaklarni mahliyo qilib yuribdi-mi? Voy apting qurg’urlar, ayol bo’lmay o’llaring, badbashara, xunukligini qara,-dedi.
Xotiniga jilmayib qaragan Aldarko’sa:
-Namuncha so’kasan, ana unisi Natasha, mana bunisi Oymomo-ku! Ularning aftiga qarama, ularga teng keladigani yo’q,-dedi.
-Voy, nimalar deyapsiz, siz bularni qayoqdan bilasiz! Tengi yo’qligini qayoqdan bilasiz?…
Aldarko’sa nima deb qo’yganini birdan tushundi-da:
-O’pkangni bos! Nima, men faqat oddiylarini bilaman-mi? Bularning tengi yo’q! Bular shon-sharafimiz! Men bilmasam, kim biladi! Mana televizorda ham shuning uchun ko’rsatayapmiz!-dedi qo’lini paxsa qilib.(30-6-2006).

NARSA
Kanadalik uyg’ur eson-omon Xitoyga etib olibdimi?-deb so’radi Aldarko’sa maslahatchidan.
-O’zimiz olib borib, o’z qo’limiz bilan topshirib qaytdik. Sizning topshirig’ingizni boshqaga ishonib bo’ladimi?
-Xitoylarning o’zi kelib, olib ketmadimi?
-“Qimmatga tushadi, baribir yana Kanadaga qaytarishimizga to’g’ri keladi”, deyishdi. Biror qimmatbaho narsaga almashishsa kerak-da. Aldarko’saning ko’zlari o’ynab ketdi va:
-Shunaqa imkon bor ekan, nega oldinroq aytmading! Bundan keyin bunday qimmatbaho narsalarni qo’ldan chiqarma!-dedi.(1-7-2006).

“BILMASAM…”
-Andijon voqealari haqidagi film qanday qilib chet ellik jurnalistlarning qo’liga tushib qoldi?-deb so’radi Aldarko’sa maslahatchidan
-Topshirig’ingiz bilan o’zimiz jo’natgan edik-ku!
-Nima men axmoqman-ki, o’zimning orqamni o’zim ochsam?
-Bilmasam… (2-7-2006).

SOTQIN
Sudya G’afur G’ulomning o’g’li Qodirni sud qilib, hukm qanday bo’lishni Aldarko’sadan so’radi.
-Aybini bo’yniga oldimi?-deb so’radi Aldarko’sa.
-Olmasa qo’yamizmi?
-Sotqinlik qilganini ham tan oldimi?
-Tan olmasa qo’yamizmi?
-Rostdan ham sotqinlik qilgan ekanmi?
-Siz bilmasangiz, bir narsa demaysiz-ku, uni ishdan olayotganda “Xoin”, “Sotqin” deb so’kkaningizni o’zim eshitgan edim,-dedi sudya. (3-7-2006).

IBRAT
-G’afur G’ulomning o’g’li yiqqan pullarini topshirdimi?-deb so’radi Aldarko’sa Bosh prokurordan.
-Ha, mana olib keldim. Hatto bir-ikkitasi yo’qolib qolmasin, deb undan sanab olayotganda videoga ham tushirganman…
-Bo’pti, ana uni tashlab ket, videoni esa Senatdagilarga ko’rsat, ular ham ibrat olsinlar!- dedi Aldarko’sa. (4-7-2006).

XIYoNAT
-To’laganov yiqqan pullarini topshirdimi?-deya so’radi Aldarko’sa Bosh prokurordan.
-E, kallamni garang qilmoqda: “Menga o’zlari aytgandilar, istaganing qadar olaver, mening ishim yo’q, faqat menga xiyonat qilmasang, bas, degandilar” deb takrorlagani takrorlagan.
-To’g’ri, aytgandim, ammo u xiyonat qildi.
-“Hech xiyonat qilmadim”, deb turib olgan.
-Meni ag’darmoqchi bo’ldi-ku, nima bu xiyonat emasmi?
-Men ham shuni aytdim. U bo’lsa, “Ag’darmoqchi bo’lib, erdan oyoqlarini bir uzib, yana joylariga qo’yib qo’ymqochi edim” deyapti.
-Yiqilib ketsam nima bo’lardi?
-Bir yiqilib ko’rish kerak edi, qani nima bo’lardi? (5-7-2006).

G’ALABA
-Nima bo’ldi, yana muxolifatchilar bir-birining boshlarini yormoqdalar?-deya so’radi Aldarko’sa maslahatchidan.
-Ana u eski raqib yana ish berdi, saylov boshlanmasdan yutqizdilar, shuning uchun-da,-dedi maslahatchi.
-Unday bo’lsa, saylovni o’tdi deb hisoblasak ham bo’laveradi!
-Albatta, g’alaba muborak! (6-7-2006).

LO’TTI
-Lo’ttiboz degani nima?-deb so’radi Aldarko’sa maslahatchidan.
-“Lo’tti” degani qo’g’irchoq, “kukla” degani. Bu so’zga “boz” qo’shilsa,
ana shu “kukla”ni o’ynatgan odamga berilgan sifat bo’ladi. Ko’pincha “kukla”lar ishdan chiqqanda, meni kim buzdi deya to’g’ri kelgan odamga qarab, “lo’ttiboz” deya baqira boshlaydilar…
-Bas, men sendan nima so’rasam, sen nima deyapsan, lo’ttiboz! (7-7-2006).

BOLALIK
-Eski do’stingiz o’zining bolaligi haqida allambalolar yozibdi, siz ham gapirib bersangiz qog’ozga tushirib, e’lon qilar edik,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Bolalik haqida yozishning o’zi bolalik! Nima, u kimlar uchundir Leninmiki uning yoshligiga birov qiziqsa? Bunaqa axmoqchilikni faqat Lenin qilgan. O’sha Oktyabryatga tenglashib yuramizmi?
Maslahatchi biroz o’ylanib qoldi-da:
-Aslida bu ana’na Krupskayadan me’ros,-dedi.
-Tem bolee! Me’ros bo’lsa, menga nima, me’ros bo’lsa, nevarasiga me’ros,-dedi Aldarko’sa.
Maslahatchi esa uni ko’ndirish uchun:
-Shu me’rosni ulardan tortib olaylik deyapman-da!-dedi. (8-7-2006).

BEST-SELLER!
Qismatvoy tushida Aldarko’saga sim qoqib hol ahvol so’radi. Aldarko’sa darhol uni savolga tutdi:
-Men haqimda deb yozganlaringni gapirib, o’zingni “besteller” deb atabsanmi?
-Ha, endi bor narsada!-dedi Qismatvoy ovozini balandroq olib.
-Sen avval ularni menga pullading, keyin meni ularga, mana endi hatto ularning orasida ham birini-biriga pullay boshlading. Shunga moslab so’z topishga intilibsanu ozgina xato yozibsan. Aslida “Best-seller” senga mos tushadi.
-Ie, bu nima degani? -deya hayron bo’ldi Qismatvoy.
-Hozir yangi tayinlangan kotibim Alisherbek lug’atni ko’rsatdi, “best” -“yaxshi” degani ekan, “seller” esa “sotuvchi”! (9-7-2006).

TILANChI
Yana Qismatvoyning tushiga Aldarko’sa kirdi. Bu safar Qismatvoy undan ranjidi:
-Erkatoyingiz bo’lsam ham “bestseller” deb qattiq ranjitdingiz, bu sotqin degani ham ekan-ku,-dedi u shumshayib.
-Men yozganimni qayta ko’rib chiqdim, xato qilmaganman, “besteller” man deb yozganman.
-Alisher akang uni ham lo’g’atdan topgandi…
-Xudoga shukur-e!
-Ha, Xudoga shukur! Shuning uchun ham meni davrimdagi suratlaringni qo’yib yuribsan-da!
-Siz nega Xudoga shukur deysiz?
-Deymanda, axir “besteller”ning bitta ma’nosi tilanchi degani ekan! (10-7-2006).

KELAJAK
-Nima qilishimizni bilmay qoldik, jiyaningiz juda ham haddidan oshmoqda,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Yosh bola-da, yozaveradi,-dedi Aldarko’sa maslahatchi uzatgan maqolalarga qarab ham o’tirmasdan.
-Bu ahvolda kelajagidan ayrilib qolishi mumkin…
-Men ham shuni aytayapman, parvo qilma, yosh bo’lsa ham u o’z kelajagini o’zi o’ylayotgan bo’lsa kerak. (11-7-2006).

KAMTARLIK
-70 yoshli odamni qamoqda ushlab o’tiraverasizlarmi, gap-so’zlardan bosh ko’tarib yurolmay qoldim,-dedi Aldarko’saga uning xotini.
-Kim senga bosh ko’tarib yurgin, deb aytdi. Boshingni egib yur! Bu kamtarlik belgisi! Sendan talab qilingani shu! (12-7-2006).

TAJRIBA
-Ishdan ketsangiz nima qipti, zarurmi sizga shuncha gap, mana mening yonimga keling, birgalashib ota-o’g’il bo’lib yuramiz,-dedi Qismatvoy tushida Aldarko’saga.
-Seni oq qilgandim, nima, tupurgan tupugimni qaytib olaman-mi? Buning ustiga egilolmay qolganman!
-Shuni o’ylab o’tiribsizmi, mana mening tajribam katta, men tupurgan tupugimni yuz marta qaytib oldim, tashvish qilmang, siznikini ham birgalashib olamiz! (13-7-2006).

KIYIM
Aldarko’sani “Xotin-qizlarning kiyimlari” deb nomlangan konferentsiyaga taklif qilishdi. U boshi bog’langan ayollarni ninjalarga qiyoslaganda zalda gulduros qarsak chalindi. Bundan ilhomlanib, Aldarko’sa qog’ozni bir chetga surdi-da:
-Ayol shunday kiyinishi kerak-ki, uni ko’rganda erkak echinsin!-dedi.
Buni eshitib turgan maslahatchisi o’ziga-o’zi dedi:
-Obbo, endi yalang’och yuramiz, shekilli! (14-7-2006).

ODAMGA O’XShAB
-Charchamadingizmi, tashlang shu ishni, siz ham odamga o’xshab tinch yashab ko’ring,-dedi Qismatvoy tushida Aldarko’saga.
-Men tashlasam, sen odamga o’xshab yashashing mumkin, ammo men emas,- dedi Aldarko’sa. (15-7-2006).

ALOQA
Rossiya tarixiga bag’ishlangan konferentsiyada so’zga chiqqan Aldarko’sa Amerika haqida gapirdi.
Qaytishar ekan maslahatchi undan so’radi:
-Taqsir, Amerika bilan bu konferentsiya orasida qanday aloqa bor?
Ovsar Aldarko’sa javob qildi:
-Ko’rmaysanmi, Amerika orqamga tushgan. Shundan xulosa qil, Amerika bilan konferentsiya orasida emas, Amerika bilan mening oramda aloqa bor,-dedi. (16-7-2006).

“ROSTDANMI?”
-Nega sen faqat savolga savol bilan javob berasan?-dedi Aldarko’sa maslahatchiga.
-Yo’g’-e? Rostdan-mi?-dedi maslahatchi. (17-7-2006).

HAQ
-Shamollab qolganingizda orqangizga spirt suykab qo’yadigan erkatoyingiz endi boshqalarning orqasiga spirt suykab yurgan ekan,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Parvo qilma, u haqini oladi, hali ular ham menga o’xshab uning orqasiga suykab qo’yishadi,-dedi Aldarko’sa. (18-7-2006).

NEVARA
-“Seni Amerikadan kelib yasab ketishgan” deb bolalar meni kulgi qilayapti. Bobo, mening dadam bormi o’zi?-deya so’radi nevarasi Aldarko’sadan.
-Dadang bo’ldi nima, bo’lmadi nima, buning ahamiyati yo’q,-dedi Aldarko’sa.
-Unday bo’lsa, men qanday dunyoga keldim?
-Shu ham savolmi, mana men qanday kelgan bo’lsam sen ham shunday kelgansan!-dedi Aldarko’sa.
Nevara ajablanib qoldi va:
-Nima, sizni ham Amerikadan kelib yasab ketishganmi?-dedi. (19-7-2006).

QO’Y…
Aldarko’sa Qismatvoyga telefon qilib:
-Sanga nima bo’ldi? Buncha past ketmasang, kelib-kelib bitta beburd odam yozgan beburd kitobni tarjima qilayapsanmi?-dedi.
-Mazzam bo’lmay, pulsiz qoldim desam, darhol ming dollar yubordi, lekin nomard ekan, orqasidan shu ishni tayyorlab qo’ygan ekan,-dedi Qismatvoy.
-U ham qo’yishni o’rganibdi-da!
-Qo’yish dedingizmi? Tushuna olamadim…
-Esingdan chiqdimi, men senga qanday qo’ygan bo’lsam, u ham hali xuddi shunday qo’yadi!-deb Aldarko’sa telefon go’shagini qo’ydi. (20-7-2006)

KEYIN
-Qochib ketganlar qaytib kelishmoqda, nima qilaylik?,-deya so’radi maslahatchi Aldarko’sadan.
-Qolganlari ham qaytib kelguncha hurmatlarini qilib tur,-dedi Aldarko’sa.
-Keyin-chi?
-Keyin… keyin… Buncha shoshasan, keyinini keyin ko’ramiz! (21-7-2006).

PIYaNISTA
-Ko’p odam dinga berilib ketmoqda, shuning oldini olish uchun araq ichishni rag’batlantirib, bitta piyanistalar uyushmasi tuzsak, shunga izningiz kerak edi,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Nomini Piyanistalar uyushmasi emas, Piyanistalar quyishmasi, deyish kerak deb maslahat berdi Aldarko’sa.
-Qoyilman sizga, juda zo’r nom topib berdingiz, endi siz ham bu Quyishmaga a’zo bo’lsangiz hamma qo’shilib ketarmidi?
-Men a’zo bo’larmishman! Kallang joyidami, meni hamma tashkilotlarga faqat raislikka chaqirishadi-ku! (22-7-2006).

UChRAShUVLAR
-Nima bilan qorin to’yadi?-deya so’radi Aldarko’sa O’zbek radiosidan.
-Bugun uchrashuvlar bilan qorin to’yadigan zamon?-deya javob qildi radio. (23-7-2006).

QIZIL
-Siz oqidan ichasizmi yoki qizilidanmi?-deb so’radi navbatdagi xonaki uchrashuvda Putin hammaga vodka quyar ekan.
-Menga qizilidan,-dedi Aldarko’sa,-men qizilidan ichishga o’rganib qolganman.
-Anjanda shuncha ichding, joningga tegmadimi?-deya kesatdi Putin. (24-7-2006).

MASLAHAT
Otchoparda Putin ot choptirayotgan paytda Aldarko’sa askiya qilib:
-Meni ham choptirgim kelayapti,-dedi yonida turgan Nursultonga.
-Sen u yoshdan o’tgansan, hamma narsaga havas qilma, endi choptirolamysan,-deya javob qildi Nursulton.
-Choptirgim kelsa nima qilay, ichaverib, qistanib ketdim axir?-dedi askiyadan bor gapga ko’chgan Aldarko’sa.
Nursulton miyig’ida kuldi-da:
-Juda ushlay olmasang, bolaligingni esla!-dedi. (25-7-2006).

MUXOLIF
-Men hokimiyatga kelmoqchiman,-dedi bir o’zbek muxolifi amerikaliklar bilan uchrashuvda.
-Qanday kelasiz?
-Agar xalq istasa, o’zi yo’lini ko’rsatadi.
-Agar istamasa-chi?
-Unda yana Amerikaga, sizlar bilan uchrashuvga kelaman! (26-7-2006).

NAQDIDAN
-Bizdan nima istaysiz?-deb so’rashdi Amerikaga kelgan muxolifatchidan.
-Naqdidan!
-Kechirasiz, bizning bunday imkoniyatimiz yo’q. Biz naqd bera olmaymiz?
-Bo’lmasa, chek yozsangiz ham bo’laveradi. (27-7-2006).

QUVG’INDA
-Sizning qanday kuchingiz bor?-deb so’rashdi Amerikaga kelgan muxolifatchidan.
-59 ta nohukumat tashkiloti mening qo’l ostimda,-dedi u ko’kragiga urib.
-Ularning har birida qanchadan a’zo bor?
-Kamida bittadan!
-Ularning hammasi mamlakatingizning poytaxtidami yoki viloyatlarda ham bormi?
-Yo’q, hammasi tashqarida, quvg’inda… (29-7-2006).

QONSIZ
-Men inqilob qilaman,-dedi muxolifatchi bir uchrashuvda.
-Ilgari ham inqilob qilganmisiz? Tajribangiz bormi?-deb so’rashdi undan.
-Yo’q birinchisi bu!
-U holda qanday qilasiz?
-Qon to’kmasdan…(29-7-2006).

SIZ
-Xudoyim sendan o’lim so’rayman! Yalinaman, yolvoraman, istagimni bajo keltir! Axir men o’zim uchun so’ramayapman-ku!
-Kim uchun so’rayapsan, bo’lmasa? Kim o’sha?- deya xotinining yolvorishini kesdi Alardako’sa.
Xotini to’satdan paydo bo’lib qolgan erini ko’rib:
-Siz, siz…,-deb qoldi.( 30-7-2006).

SIYoSATChI
-Shoirni nima o’ldiradi?-deb so’radi Aldarko’sa maslahatchidan.
-Siyosatchini nima o’ldirsa, shoirni ham o’sha narsa o’ldiradi,-deb javob qildi maslahatchi.
-Nima, shoirlar ham yolg’onchi va ikkiyuzlamachi bo’ladilarmi?-deya ajablandi siyosatchi Aldarko’sa. (31-7-2006).

XABAR
Dunyoda qanday xabarlar bor?-deb so’radi Aldarko’sa maslahatchisidan.
-Hamma joyda “Muxolifat bo’linib ketdi”, deb yozishmoqda.
-Nima, ular birlashganmidi?
-O’tgan yili birlashganda, odamlarimiz orqali joyida parchalagan edik, bilasiz-ku dunyo xabarlarni bir yil kechikib yoritadi…
-Yaxshi ekan, unda saylovni o’tkazdik deb rasmiylashtirib qo’yaver…( 1-8-2006).

BAXTLI XALQ
-Dunyoda qanday yangiliklar bor?-deya so’radi Aldarko’sa maslahatchidan. Maslahatchi mana bu xabarni o’qib berdi:
-Psixolog olim Endro Uayt dunyodagi baxtli xalqlar yashaydigan mamlakatlar xaritasini hozirladi…Ana shu xaritada sobiq Sovet respubliklari ichida eng yuqoriga O’zbekiston chiqdi.(80-o’rin), tadqiqot natijasiga ko’ra, “o’n besh opa-singildan” eng baxtsizi Moldova (175 o’rin), ja’mi 178 mamlakat orasida Rossiya esa 167 o’rinda.
-Yaxshi olim ekan, egan oshini oqladi,- dedi Aldarko’sa.( 2-8-2006).

“MEN O’ZIM”…
– Muxoliflarimiz biz haqimizda faqat iflos gaplarni yozadilar, shuning uchun sizlar ularning vebsaytlariga kirmalaring va ayniqsa, “posting”larni o’qimalaring! –deya buyurdi Aldarko’sa atrofidagi maddohlariga.
-Ularga zarba berib turish uchun nima yozayotganidan xabardor bo’lishimiz kerak emasmi?-deya so’radi maddohlardan biri.
Aldarko’sa unga bir ho’rmayib qaradi-da:
-Men o’zim xabardor bo’lib turibman-ku!-dedi.( 3-8-2006).

GAZ
-Gazingni to’xtataman,-deya baqirdi Aldarko’sa tojik Imomaliga.
-Ako, mening gazimni to’xtatsangiz, keyin nimani hidlab o’tirasiz?,-deya javob qildi Imomali.( 4-8-2006).

HOMIY
-Bunisiga qanday ayb topdilaring?-dedi Aldarko’sa maslahatchisi G’ayridinga u keltirgan “Winroch International” tshkilotiga oid hujjatlarga qarar ekan.
-Bular “Islom dini va ayollar” degan kitobni nashr etish uchun homiylik qilishgan. Kitobdan juda ko’p xato topdik. Payg’ambarimizning hayotlarini yoritishda qo’pol xatolar qilingan. Hadislar buzib talqin etilgan. Umuman muallif dindan bexabar odam ekan. Buning ustiga ayollarimiz haqida ham yaxshi gaplar yozilmagan,-dedi G’ayridin.
-Bu Barnoning kitobi emasmi?
-Ha, o’sha!
-O’tgan safar Barnoni ham, kitobini ham rosa maqtagan eding. Bu kitobni jahon tarixidagi noyob asar deb ataganding-ku?!
-Unda “Amerika hamkorimiz!” degan farmoni oliyingiz amalda edi-da!
Aldarko’sa G’ayridinga bir alaydi-da:
-Bo’pti, kinoyani yig’ishtir, Barnoga bu kitobni qayta nashr qilish uchun homiyni Rossiyadan topib ber!,-dedi.( 5-8-2006).

OBRO’
-Oltinning jilovini amerikaliklardan ollaring,-dedi Aldarko’sa Bosh vazirga.
-Jilov o’zingizda-ku! Ularga faqat chiqindilarni tozalashni berganmiz. Chiqindini yuvib, ham sizga atab, ham o’zlariga oltin zarrachalarini terishayotgandi…
-O’shani ham ollaring!
-O’zimiz tozalay olmasak nima qilamiz, keyin…
-Ruslarga berlaring!
-Ular chiqindini emas, asl konlarni olishmoqchi…
-Nima qipti?! Beraver, bizga oltin emas, obro’ kerak! (6-8-2006).

TABARRUK
-Mana buni qara, eski do’stim “Atrofimda yoshlar to’planib qoldi,” deb maqtanib yozibdi,-dedi Internetdagi postinglarni o’qib o’tirgan Aldarko’sa maslahatchiga.
-U qarib qoldi, yoshlar unga qaramaydilar, yoshlarga yosh, qirchillamasi kerak-dedi maslahatchi.
-Nega unday deysan, mana, mening orqamdan iliqib yurgan yoshlar ko’p-ku?!-deya maqtandi Aldarko’sa.
Maslahatchi esa:
-Sizniki tabarruk-da!-dedi. (7-8-2006).

KLIP
-Qizingizni klipi chiqdi, ko’rdingizmi?-dediAldarko’saning xotini.
-Nima, yana rasvolik qilibdimi? Yana o’sha yo’lga bosh uribdimi? O’ldiraman uni!
-O’zingizni bosing! U ashula aytmoqda, shuni klip qilishibdi, birinchi klipi, ko’rdingizmi o’zi?
-Uning birinchi klipi Dubayga borganda chiqqan edi…
-Nega mening xabarim yo’q…
-Ja, ko’rmoqchi bo’lsang, ana seyfda, lekin infarkt bo’lib, o’lib qolma, deb ko’rsatmagan edim! (8-8-2006).

UYaTSIZ
-Amerikaliklarni rosa so’kdik, dumi ham qolmadi, nog’orasi ham. Endi u erdan kelgan katta mehmonning yuziga qanday qaraymiz?-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Ha, rosa so’kdik. Uyatlaring, sharmu hayolaring bo’lsa, uchrashuvdan oldin qora ko’zaynak taqib ollaring!-dedi Aldarko’sa.
-U bugun biz bilan uchrashadi. Aytganingizdek, qora ko’zaynak taqib olamiz.
-Ertaga nima qiladi?
-Ertaga siz bilan uchrashmoqchi. Ko’zaynak olib kelaymi?
-Yo’q… (9-8-2006).

JALLOD
Saylov kampaniyasi arafasida:
-Men prezident bo’laman!-dedi bittasi.
-Mana men prezident bo’laman!-dedi boshqasi.
-Men ham prezident bo’laman!-dedi yana bittasi.
Buni eshitib turgan maslahatchi Aldarko’saga:
-Bularni prezidentlik ishtiyoqidan sovutish uchun nimadir qilmasak bo’lmaydi,-dedi.
Aldarko’sa darhol buyurdi:
-Hamma lug’atlarni yig’ib olib, “prezident” degan so’zning ma’nosini “jallod”, deb o’zgartirib chiqinglar va tezlikda qayta nashr etinglar! O’shanda ular “Men jallod bo’laman” deya olmaydi!
-Saylov boshlanmoqda, o’zingiz yana prezident bo’lsangiz kitoblarni qayta nashr etamizmi? Juda katta xarajat bo’ladi-ku!
-Unday bo’lsa, qolaveradi! (10-8-2006).

BAHO
Aldarko’sa odam savdosi masalasidagi xabarlarni ko’rib qiziga dedi:
-Bu ketishda bir kun meni ham sotib yuborasan, shekilli!
-Yo’g’e, sizni olishmaydi, ikki pulga qimmatsiz…
-Axmoq, o’z otangga shuncha ham past baho berasanmi?
-Ha, bo’pti uch pul.
-Nima, men o’zimni sotaman dedim-mi?
-Bo’lmasa nega savdolashayapsiz? (11-8-2006).

MUXOLIFAT
-Nega muxolifat bir-birini emoqda?-deb so’radi Aldarko’sa.
-Agar bir-birini eyishdan to’xtasa, bizni eydi-da,-deb javob qildi maslahatchi. (12-8-2006).

XITOY
-Xitoy bilan munosabatimiz qanday ketmoqda?-deb so’radi Aldarko’sa maslahatchidan.
-E, hali uni ushlab ber, hali buni ushlab ber, deb xitoy qilib yuborishdi,-dedi maslahatchi.
Aldarko’sa maslahatchiga ajablanib qaradi-da:
-Qani ko’zing qisiq emas-ku!-dedi. (13-8-2006).

SOLIQLAR
-Soliqlarni yo’lga soldingmi?-deb so’radi Aldarko’sa maslahatchidan.
-Ha, yo’lga soldim, hammasi yo’lda, bugun-erta qo’lingizga etib keladi.
-Odamalar nima deyishmoqda?
-Mamnun..
-Qanday bilding?
-Soliqchilarning ortidan termulib, sidqidildan qo’l siltab qolmoqdalar…
-Sidqidildan ekanligini qaerdan bilding?
-Xalqning samimiyati haqida shubha qilmasak ham bo’ladi. Hatto birovning uyiga tunda bosib kirgan qurolli bosqinchiga ham sidqidildan bor-narsani berib, jon foydaga qoldi deb mamnuniyat bilan qo’l siltab qolishadi-ku…(14-8-2006).

XAVFSIZLIK
Aldarko’sa xavfsizlik kengashini o’tkazdi.
-Qanday xavf bor?-deya so’radi u kengashda qatnashgan qizidan.
-Kimga?-deya ajablandi qizi.
-Onangni eriga,-dedi jahl bilan Aldarko’sa.
-Qaysi eriga? (15-8-2006).

KELSIN-ChI?
-Bugun yana bitta muxolifatchi Andijon masalasida AQSh va Avropani yomonlab chiqdi,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Saroy ostonasini yalayotgan itlarga qo’shilibdi-da,-javob qildi Aldarko’sa.
-U avropalashgan, o’z yalog’i bo’ladi, ostona yalamasa kerak…
-Bo’lmasa, kelsin-chi?! Yalashi uchun o’ziga munosibroq narsam bor! (16-8-2006).

ISTE’FO
-Bojxona ittifoqida zarar qilamizmi, yutamizmi?-deb so’radi maslahatchi Aldarko’sadan.
-Biz yutamiz, siz esa yutqazasiz…
-Mening kitobimda yutqazish yo’q. Darhol chorasini top va “biz”ni “siz”ga, “siz”ni esa “biz”ga almashtir!
-Gapingiz chin dildan-mi?
-Men qachon chin dildan gapirmabman?
-”Siz” “biz”ga, “biz” esa”siz”ga aylanishimiz uchun iste’fo berishingiz kerak-da!
-Bo’pti, aytganing bo’laqolsin, Bojxona ittifoqidan iste’fo berdim! (17-8-2006).

AYoLLAR
-Baxtiyorning boshini yor degandingiz, yuborgan ayollarim yorib qo’yishdi,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Endi o’sha ayollaringni taloq qil,-dedi Aldarko’sa.
Maslahatchi ajablanib:
-Nega?-deb so’radi.
-Nega bo’lardi, bundaylar bilan bir marta ish qilib, keyin quvib yuborish kerak! Bo’lmasa nafaqa talab qilib, seni boshingni ham yorishadi. (18-8-2006).

QAMOQXONA
-Yangi qamoqxonamizning qurilishi qanday ketmoqda?,-deb so’radi Aldarko’sa maslahatchidan.
-Qamoqxonamizni aytganingizdek qilib, G’arb dunyosi tajribalaridan kelib chiqib, juda katta qulayliklar bilan qurmoqdamiz,-dedi maslahatchi.
-Uxlaydigan joy yaxshi bo’lsin, belga botadigan bo’lmasin, Internet ham qo’ylaring…
-Xo’p, xo’p…darvoqe, qanaqa konditsioner o’rnataylik, chunki sizga uncha-buncha havo sovutgich yoqmasligini bilaman. (19-8-2006).

ChIQIT
-Yangilik yaratdim, paxta chiqitidan pul ishlab chiqarishni topdim, bilasanmi, chiqitdan-a!-dedi Aldarko’sa xotiniga.
-Yangilikmish, orqada qolibsan, xalq uni necha yildan beri ishlatib yuribdi-ku!-dedi xotini.(20-8-2006).

AShADDIY DUShMAN
-Kim men aytgan ishni uddalay olmasa arizasini yozib, ko’zimdan yo’qolsin,-dedi Aldarko’sa va maslahatchilaridan so’radi:-Qani, kim muxolifatni parchalab tashlaydi?
Hamma “Men” deya o’rnidan turdi.
Aldarko’sa jilmaydi va:
-Bu juda ham oson ish ekanligini bilaman. Buni o’zim ham uddalay olaman. Qani kim muxolifatni birlashtira oladi?-dedi.
Hamma maslahatchilar qog’oz olib ariza yoza boshladilar.
-Nima, shu qadar og’ir ishmi, bu? Oldilariga chiqib, “Men senlarning ashaddiy dushmaning bo’laman” desang, bas, hammasi senga qarshi birlashadi.
Bosh maslahatchi arizasini Aldarko’saning stoliga qo’ydi-da:
-Taqsir, agar shunday bo’lsa, ular allaqachon sizga qarshi birlashardilar-da,-dedi. (21-8-2006).

O’TIRISh KERAK!
-O’zbekistonda yaxshi edi,-dedi chet elga kelgan bir muxolifatchi ikkinchisiga.-Xorijdan jaraq-jaraq pul olardik, soliq ham to’lamasdik.
-Bu erda ham tekin eb, tekin yotibsan-ku!-dedi oshnasi.
-Lekin it yotish, mirza turish-da! O’zbekistonda dang’illama uy-joylarim qolib ketdi, qaytsammikan?
-Qayt, qaytaver, faqat unutma, u erda yotish ham, turish ham bo’lmaydi, o’tirish kerak! (22-8-2006).

BU DUNYo…
-O’zbekistonning ichida turib diktatorni maqtagan odamning bahonasi bo’lishi mumkin. Ammo chet elda turib, Karimovni maqtagan odamning qanday bahonasi bo’lishi mumkin?-dedi bir muhojir ikkinchisiga.
-Uning bahonasi kimga kerak!
-Bo’lmasa nega maqtaydi? Buni qanday tushunish kerak?
-Qanday tushunsangiz, shunday tushunavering…
-Ha, bu dunyoga har kim o’z vazifasini bajarish uchun keladi.
-“Bu dunyoga” deganda qaysi dunyoni, G’arbni nazarda tutayapsizmi?
-Siz ham qanday tushunsangiz, shunday tushunavering! (23-8-2006).
DIPLOMATLAR
Aldarko’sa Shanxay tashkiloti majlisiga kelgan mehmonlar bilan otamlashib o’tirgandi, Xitoydan kelgan mehmon:
-Saylov bo’larmish, shu haqda eshitdik, rost gapmi?-deb so’radi.
-Men ham Internetda o’qib qoldim, lekin bu Xitoyning ichki ishi, biz burnimizni tiqmaymiz,-dedi Aldarko’sa.
-Biz hamkormiz, bir-birimizdan hech narsani ayamaymiz, agar shunday istagingiz bo’lsa, tortinmang, o’ta mamnuniyat ila qabul etamiz!-deb javob qildi mehmon nazokat bilan. (24-8-2006).
TOZALOVChI
-Ma’lumotlarga ko’ra odam boshiga non eyish kamayib ketibdi. Buni xalqqa qanday
tushuntirsak ekan?-deb so’radi maslahatchi Aldarko’sadan.
-Ma’lumotni e’lon qilmalaring!
-Allaqachon e’lon qilib yuborishibdi, buning uchun ba’zilarni jazoladik…
-Bo’pti, hali muxbirlarni chaqir, bu ma’lumot odam boshiga ekanligini, asosiy non esa odamning qorniga ketishini tushuntirib beraman.
-Rahmat-e, doim xatoimizni o’zingiz tuzatib berasiz.
-Ha, ishni senlar qilasanlar, orqalaringni esa, men tozalayman! (25-8-2006).

ENG SIFATLI
-Eng ulug’, eng aziz bayram – istiqlolimizning 15 yillik to’yiga bag’ishlab “2006-sifat yili!” ko’rgazmasi yakuniga etdi,-dedi sevinch bilan maslahatchi.
-Kim birinchi o’rinni oldi?-deya so’radi Aldarko’sa.
-Bizda ishlab chiqarilgan-mi? Demak, eng sifatli! Mamlakatimiz-birinchi!
-Darhol 50-60 kishini ordenga taqdim et! Mustaqillik bayramida o’zim topshiraman!
-Xo’p, bugunoq Farmon loyihasini tayyorlayman…
-Chet ellik ishtirokchilarni ham unutma!
-Ular kelishmadi, o’zlaridan ko’rishsin!
-Zotan ko’zimiz uchib turgani ham yo’q! (26-8-2006).

VAZIYaT
-Nega O’zbekistonga qaytib ketayapsizlar, axir sizlar uchun oraga kirgan qancha xalqaro tashkilotlarni qiyin vaziyatga qo’ymoqdasizlar-ku?!
-Biz ularni emas, ular bizni qiyin vaziyatga qo’ydi…
-Qanday qilib?
-O’z ixtiyorimiz bilan kelmadik, orqamizdan itarib bu erlarga olib kelishdi…(27-8-2006).

URTO’QMOQ
Aldarko’sa Nursultonga sim qoqdi:
-Tayyorgarlikni yaxshiroq qil, faqat “Beshmarmoq” bilan qutulmaysan!
-Bilaman, senga “Beshbarmoq” kamlik qiladi, to’ymaysan, shuning uchun “Beshmarmoq”ning yoniga “Ur to’qmoq” ham buyurdim,-dedi Nursulton. (27-8-2006).

ILMA-TEShIK
Aldarko’sa maslahatchidan so’radi:
-Katta kalibrlisi zo’rmi yoki kichik kalibrlisimi?
-Qiningiz qanaqa? Kattasi sig’adimi, kichigimi, shunga bog’liqda! Lekin kattalar zamoni o’tdi, axlatxonalarda zanglab yotibdi, zamon kichiginiki, teshib ketadi.
-Seni teshganga o’xshaydi-a?
Maslahatchi Aldarko’saning uxlamay chiqqan ahvoliga qarab:
-Faqat men emas, ilma-teshik bo’lganlar ko’p,-dedi. (28-8-2006).

MOS
-Qoyil, bir shoir dunyoning hamma hayvonlari haqida she’r yozibdi. O’qisam hamma hayvonda bir yomon tomon bor ekan, demak butun dunyoda shu hol ekan-da,-dedi Aldarko’sa maslahatchiga.
-Butun dunyoda emas, bizda shunday. Masalan, Amerikada eng yaxshi hayvon-it yoki eshak va fil mehnatkashlikning ramzi, hatto siyosiy partiyalar buni o’zlariga ramz qilib olganlar.
-Nega bo’lmasa bizda boshqacha?
-Haligi gapingiz bor-ku?! O’zimizga xos, o’zimizga mos!-dedi maslahatchi. (29-8-2006).

OTAMAN!
-Hamma yoqda saylov haqida gapira boshladilar. Saylov ham yaqinlashgandur?-dedi qizi Aldarko’saga.
-Istagan paytimizda o’tkazamiz,-deb javob qildi Aldarko’sa.
-Kimga ovoz beramiz?-deb gapga aralashdi xotini.
-Kimga ovoz bermoqchi eding?
-Bilmasam, o’rtada qoldim!
-Bo’lmasa o’rtada turaver, saylovning senga qizig’i yo’q!
-Nega? Menga ham qizig’i bor, lappi etib yutqazsangiz nima qilaman?
-Yutqazsam, sen onasisan, onam deb indamaydi, onaligingni qilaverasan, ammo men nima qilaman, axir men otaman!
-Menimi yoki o’zingizni-mi?-dedi qizi. (30-8-2006).

E’TIROF
Maslahatchi Lomonosov nomidagi oliygoh filiali binosining tantanali ochilishida qatnashgan Aldarko’sadan so’radi:
-Balki oliygohga o’zimizdan bir kishining ismini bersak yaxshi bo’larmidi?
-Qanday taklifing bor?
-Takliflar ko’pu faqat bitta lekini bor-da!
-Nima ekan?
-O’zimizdan bittasining nomini qo’ysak, Oq poshsho mening nomimni qo’ymabsizlar deb xafa bo’lmasmikan?
– Xafa bo’lmaydi. U afandi odam! Yaqinda saylov undan keyin kim keladi va nima deydi Xudo biladi. Shuning uchun bilganingni qilaver, ungacha, Xudo poshsho! (1-9-2006).

OILAGA
Aldarko’sa bayram nutqini ko’tarib minbarga chiqdi va o’qiy boshladi:
-Men sizlarga 15 yilda jannat qurib berdim. Butun istaganingizni muhayyo etdim. Mamlakatning er osti va er usti boyliklarini qo’lingizga berdim. Dunyoning eng ilg’or texnologiyasi, olimlari, tabiblari xizmatingizda. Oy desangiz oyni qo’lingizga qo’nadigan qilib qo’ydim…
U yana nimalar qilib berganini yarim soat aytdi-da keyin boshini ko’tarib ko’zining ostidan bayramning birinchi qatorida o’tirgan oila a’zolariga qarab qo’ydi. (2-9-2006).

SAMOLYoTDA
Aldarko’sa va Nursulton Ostonaga samolyotda uchub borishayotgan edi.
-Esingdami, Sovet davrida Siyosiy Byuro rahbarlari samolyotdan maktub yo’llashardi, men bitta maktub yozib tashlab yuborsam, xalqing xursand bo’larmidi?-dedi Aldarko’sa Nursultonga.
-Nafaqat mening xalqim, hatto sening ham xalqing juda xursand bo’lardi, agar xatni emas, o’zingni tashlab yuborsang!,-dedi Nursulton. (3-2-2006).

MARDIKOR
Aldarko’sa Nursulton bilan Ostona shahriga chiqdi. Odamlar uni o’rab olib, u bilan salomlashishga oshiqardilar.
Lekin bitta keksa odam chetdan unga yomon qarab turgandi.
-Ana u odam “Hizb-ut-tahrir”dan bo’lishi mumkin, tag’in suiqasd qilmasin?- dedi Aldarko’sa.
Darhol haligi odamni ushlab, tekshirishdi.
-U bizdan emas. Sizlardan bu erga kelib ishlayotgan mardikor ekan,-dedi Nursulton.
Aladarko’sa hovliqib qoldi:
-Ko’rdingmi, gapim to’g’ri chiqdi, uni qo’yib yuborma! (4-9-2006).

AGAR
-Butun dunyo bizni maqtab yozmoqda,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Xususan qaysi mamlakatlar?
-Shimoliy Koreya, Belarus, Zimbabve, Birma va hatto Kuba!
-Yashasin Fidel og’am!
-Inisidan og’asiga bitta maqtov maktubi yozaylik-mi, bo’lmasa?!
-Qarab turlaring, agar o’lmasa yozlaring!
-Jozibasi juda kuchli, o’lsa ham ko’p odamni tortadi, ko’p odamni bir joyga to’playdi…
-Bo’pti, yozib qo’yaver, agar o’lib qolsa, xatni o’zim olib boraman, o’zim o’qib beraman! (6-9-2006).

“KETSAM”
-Men ketsam nima bo’ladi?-deya so’radi Aldarko’sa maslahatchidan.
-Qachon ketasiz?-deya ajablandi maslahatchi.
-Qachon bo’lsa ham, agar ketsam nima bo’ladi?
-Men tassavvur qila olmayman.
-Nima, ketsam shuncha yomon bo’ladimi-ki, tassavvur qila olmaysan?
-Yo’q, ketishingizni tassavvur qila olmayman! (9-9-2006).

“AMIR AKA!”
-Yangilaridan bormi?-deb so’radi Aldarko’sa har kungi latifalarni aytib turadigan maslahatchisidan.
-Bugun 11 Sentyabr, Amerika haqidagisini eshiting,-dedi maslahatchi.
-Qani… qani..
-Amerikani ham o’zimiz kashf qilgan ekanmiz. Bir kuni Amer Temur bu qit’ani bosib olib, odamlaridan ko’ngli to’lmay ortga qaytayotgan ekan, ular uning ortidan “Amir aka, Amir aka!” deb dodlab qolibdilar. Ularning sohilda turib, “Amir aka, Amir aka” deb dodlashlarini eshitib qolgan sayyohlar bu joyning nomi “Amerika” deb o’ylab, shunday deb atay boshlabdilar…
-Unday bo’lsa, nega bu dinchilar ham o’z boshliqlarini “Amir aka” deb chaqiradilar?
-Menimcha, boshliqlari “Amerikani men ochganman!” degan bo’lsa kerak-da!
-Balki biz ham amirlik boshqaruviga o’tsak-mi?
-Biz zotan amirlik-ku!
-Unda nega meni “Amir aka” deb chaqirmaysan! (11-9-2006).

BEGONA
Aldarko’sa qizi aytgan qo’shiqni tinglab o’tirgandi:
-Bu tanish ovoz-ku?-dedi xonaga kirib kelgan nevarasi.
Aldarko’sa darhol ovozni o’chirdi-da:
-Qanaqasiga tanish bo’lsin, begonaku?!-dedi.
-Qachondan beri oyim sizga begona bo’lib qoldilar? Hozir borib aytaman!
Aldarko’saning rangi oqarib ketdi va:
-To’xtang, to’xtang, Bek, Siz tilni ham yaxshi bilmas ekansiz-ku,-dedi.-Men Beg ona, ya’ni bekning onasi dedim! (12-9-2006).

UNDAY BO’LSA…
-Ertaga YuNESKO rahbari kelmoqda? Qabul qilasizmi?-deb so’radi maslahatchi Aldarko’sadan.
-U kim bo’ldi?
-Dunyo bolalar tashkilotining rahbari…
– Meni bolalar bilan necha pullik ishim bor?
-Ammo ularning katta-katta, pullik ishlari bor!
-Unday bo’lsa nega so’rab o’tiribsan? Unga ayt, mening ham bolalarim, nevaralarim bor! (8-9-2006).

BOZOR…
-YuNESKO nega menga oltin suvi yugurtirilgan medal berdi?-deya so’radi Aldarko’sa maslahatchidan.
-Bozor iqtisodiyotiga o’tishni biz emas, g’arbliklar talab qilishmoqda. Buning ustiga oltinning bahosi qimmatlashgan. Yana zargarlik mehnati ham og’ir…
-Bularning bozor iqtisodiga-yu YuNESKO medaliga nima aloqasi bor?
-Axir ilgari zarbof to’nlarni shunday-tekinga berardik-da! (9-9-2006).

PAXTA QO’YISh
Maslahatchi Aldarko’sadan so’radi:
-Xo’jayin, mana 7-sessiyagayam 15 yil bo’layapti, nima deb o’ylaysiz, shu
o’tgan vaqt orasida deputatlar borasida qanday yutuqlarga erishdik?
-Shuni ham bilmaysanmi kallavaram, 15 yil oldingi deputatlarning asosiy
qismi paxta etishtirish bilan ovora bo’lgan bo’lsalar, hozirgi
deputatlarimiz, asosan paxta qo’yish bilan ovoradirlar,-deb javob qildi Aldarko’sa. (22-9-2006).

DEMOKRATIYa
-Internetda yozishlaricha, hamma yoqda norozilik namoyishlari bo’lmoqda ekan, biror bir chora ko’rasizmi?-deya so’radi xotini Aldarko’sadan.
-Men ularga demokratiya berishni va’da qilgandim, mana so’zimning ustidan chiqdim, unga erishdilar, qo’y, xumorlaridan chiqishsin! (9-5-2007).

KELAJAK
-Dadasi hayotning buyog’i qanday bo’ladi?-dedi xotini Aldarko’saga.
-Ha, xotin-a, tilni ham bilmaysan, qanday emas, qantday bo’ladi!
-Xudoga shukur shirin hayot va’da qilayapsiz, odamlar bir yayrab qolishar ekan-da!
-Bo’lmasa-chi, istagani oldida, istamagani ortida bo’ladi, rosa yayrashadi, dunyo keng! (10-5-2007).

JAVOB
-Urush veteranlariga juda ko’p narsani va’da qilib yubordingiz. Ertaga talab qilib kelishsa, nima qilasiz?- deya so’radi xotini Aldarko’sadan.
-Urush qachon bo’lgan?
-Oltmish yilcha oldin…
-O’shanda 20 yoshda bo’lsa, bugun nechaga kiradi?
-Saksonga!
-Ayt-chi, saksonga kirgan qaysi odamning qulog’i eshitadi! (11-5-2007).

MEN ChIQAMAN
-Nega bugun ishga chiqmay uyda yotib oldingiz?-deb so’radi Aldarko’sadan xotini.
-Bugun uydan chiqmasdan o’tiringlar, deb aytishibdi-ku!
-Unday bo’lsa boshqalar ham chiqmas ekan-da!
-Boshqalar… Chiqmaganini umuman chiqmaydigan qilib qo’yaman!
-Qanday qilib?
-Ular uyda o’tiradigan bo’lsa, men ishga chiqaman! (13-5-2007).

FAKT
Xitoy qizlar Aldarko’saning elkasini uqalar ekanlar, u maslahatchisiga Internetdagi yangi gaplarni o’qib turishni buyurdi.
Maslahatchi aksariyat saytlarda Aldarko’saning bundan bir necha kun oldin aytganlaridan parchalar keltirishganini ko’rdi va boshlig’iga yoqish uchun uning o’z gaplarini o’qiy boshladi׃
-Mana oradan ikki yil o’tib butun dunyo haqiqatni, bor gapni bilib oldi, aytaylik, masala nimadaligini tushundi, ayb kimdaligini anglab etdi. Kim jinotchi va kim terrorist ekanligini bugun endi hamma bildi. Bu endi fakt!
-Yo’g’-e?! Qanday bilib qolishdi?!- Aldarko’sa vajohat bilan o’rnidan turib, kompyuter tomonga yugurdi. (15-5-2007).

XALQ FARZANDI
-Dadasi, tirikligingizda o’zingiz yozib bering, qabr toshingizda qanday bitik bo’lishini istaysiz!
-Xalq farzandi, deb yozishsin,-dedi Aldarko’sa.
Xotini ajablangan ohangda dedi.
-Muxoliflaringiz aytganda jahlingiz chiqqan edi, rostdan ham otangiz kim bo’lganini bilmaysizmi? (15-5-2007).

DARVOZA
-Bittasi “Avropa Ittifoqi jazo choralarini o’z kuchida qoldirdi” deb yozibdi. Yana bittasi “Bu katta g’alaba” deb jar solmoqda. Boshqa bittasi “Jazo choralari qisqartirilgan holda uzaytirildi, bu aslida yon bosish” degan. Qaysi biriga ishonish kerak? Kim yutdi-yu kim yutqazdi?-deb so’radi xotini Aldarko’sadan.
-Akang qarag’ay yutdi-da,- dedi Aldarko’sa.- Ular faqat jazoni kamaytirishdi. Men esa qamoqdagilarning bittasiga jazoni kamaytirdim, ikkinchisiga qo’shdim. Demak, golni men urdim!
-O’z darvozangizga-ya? (16-5-2007).

QUTULISh
-Avropaliklar qo’ygan talablardan biri jiyaningiz haqida, uni jinnixonadan chiqarishni so’rashmoqda,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Uf, shu jiyanim o’lmadi, men qutulmadim!
-Qachon qutulishni istaysiz? Bugunmi yo ertagami?
-Nima uni o’ldirmoqchimisan? O’lim bu eng oson qutulishdir!
-Taqsir biz va umuman butun xalqimiz uchun uning qutulishi emas, sizning qutulishingiz muhim! (17-5-2007).

OROLBO’YIDA
Aldarko’sa orol bo’yiga bordi. U yoq-bu yoqqa borib, maxsus kiyimlar kiygizib qo’yilgan odamlar bilan gaplashdi. Keyin qaytayotganda yonidagi g’ulomiga yuzlandi׃
-Ular o’zi qanaqa odam edi? Hammasining tumshug’i osilgan. Na kulishni bilishadi, na qarsak chalishni? Ularni mabodo Jasliqdan keltirib qo’yishmaganmidi?
-U tomonini bilmaymanu lekin ularni Jasliqqa olib ketishganini ko’rdim,-dedi g’ulom. (17-5-2007).

MAJBURIYaT
Orolbo’yida aylanaverib, horib qolgan xotini׃
-Jasliq hali uzoqdami?-deb so’radi Aldarko’sadan.
-Ha, borging kelayaptimi?
– Yo’q, lekin siz borsangiz men ham borishga majburman! (18-5-2007).

MUHIM
-Chet ellarga borib ishlayotganlarni ro’yxatga olishni buyuribsiz-mi?-dedi qizi Aldarko’saga.
-Ko’z quloq bo’lmasak bo’lmaydi. Qaerga borishmoqda? Kim bilan uchrashishmoqda?
-Bundan qo’rqmasangiz ham bo’ladi, asosan o’zimiz tomondagi yurtlarga borishmoqda.
-Hech bo’lmasa bilishim kerakmi, qancha pul topishmoqda?
-Bu muhim masala! Albatta bilishimiz kerak! (19-5-2007).

MIRI
-Faxriylarga mukofotlar va’da qilib yuboribsiz, cho’ntagingizda bir miri bormi?-deya gap boshladi Afandi.
-Menda bo’lmasa ana sizda bor!- dedi Aldarko’sa.
-Menda borligini qanday bildingiz?
-Biz hamma narsani bilamiz va ko’rib turamiz!
-Tavba qildim, axir cho’ntagim ishtonimning ich-ichida, miri bo’lsa undan ham ichkarida…(19-5-2007).

ISTAGANI
-Dadasi, nega bittasini qo’yib yuborib, ikkinchisini ko’proqqa qamadingiz?-deya so’radi xotini Aldarko’sadan.
-Voy xotin-ey, ja.. afandisan-da, istaganimni qilaman, mana hojatxonada o’tirgan odam o’zi istaganini qiladimi yoki senga o’xshab boshqalarni gapga tutadimi?
-O’… hammayoqni sassitibb yubordingiz-ku! (19-5-2007).

U PAYTDA
-Ko’rdingizmi, Salay video chiqaribdi…,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Nima debdi?
-Bizga Vatan uchun jon beradigan yoshlar kerak, debdi.
-Hali ustidan ish ochmasimizdan qochib ketgan edi-ku! Unga endi Vatan kerak bo’libdimi? Nega o’sha paytda jonini tikmadi?
-U paytda jon shirin, yosh bo’lgan-da! (19-5-2007).

FARMON
-Eshitdingmi, Aldarko’sa endi oila qurgan yoshlarga qulay sharoitlar qilib berish haqida Farmon chiqaribdi!
-Uning qizlari ajralishgan edi-ku! Yana qaytadan oila qurishibdi-mi? Tavba qildim, ularga yana qanday sharoit kerak ekan? (19-5-2007).

BENOMUS
-Nega bugun hamma bir-birini ayblaydigan bo’lib qoldi?-deb so’radi xotini Aldarko’sadan.
-O’likka borgan o’z dardini aytib yig’laydi. Lekin o’lganni tiriltirolmaydi. O’g’ri hammani “Ana o’g’ri kelmoqda” deb qo’rqitadi. Lekin o’zining o’g’riligini yashira olmaydi. Fohisha boshqalarani buzuqlikda ablaydi. Lekin fohishani bir ko’rishda taniydilar. Bu dunyo shunaqa.
-Unday bo’lsa, siz nega doim nomus, nomus deysiz. Uni bir yo’qotdingizmi qaytarib ololmaysiz-ku?
-Adashasan xotin, bugun nomusni qaytaradigan do’xtirlar bor! (20-5-2007).

BO’RILAR
-Odamlar o’z ixtiyorlari bilan qo’ylarini qo’shni davlat hududlariga o’tkazishayotgan ekan. O’zim o’qidim bu haqda. Papichka, buning bir chorasini qiling, bo’lmasa qo’ysiz qolamiz,-dedi qizi Aldarko’saga.
-27 millioni ham etarli…
-Gap sizning qo’ylaringiz haqida emas, qo’ylaringizni qo’ylari haqida…
-Qo’ylarimning qo’ylari ketsa, men emas bo’rilar och qoladi, o’shalar o’ylasin.
-Yo’lini topganimizda sizga kelarmidim! (20-5-2007).

OG’IR DARD
“Echki-soqol” “Kobra-ko’zoynak”ka debdi׃
-Sen bu erda- bu pastakshning yuzida nima qilayapsan?
-Bu maydonga sen o’zing nega chiqding? Endi bu joy faqat senga emas, menga ham Vatan. Endi men bo’lmasam “Bashara” seni ko’ra olmaydi.
-E, axmoq agar men bo’lmasam, “Bashara” seni bu erga olib kelarmidi?
-Unday bo’lsa sen ko’proq likkillab tur, meni tozalab turmasang “Bashara” seni yaxshi ko’ra olmaydi.
-Men istasam istamasam likkillayman. Chunki “Bashara” kuyib qolganda, meni o’lgan fohishaning nozik joyidan qirqib olib bu yoqqa ekishgan.
-Darding og’ir ekan. Chunki atrofda erkak zotini ko’rmayapman.(21-5-2007).

ME’ROS
-Sanlarga bitta gapimga otklik yozlaring desam o’ylab qolasanlar, qaysi biring buni “Sovetlardan qolgan me’ros” deb ham deb aytibsan, ana chetga qaralaring bittasi piq etsa bo’ldi, malaylari otkliklarni dastro’mol qilib yuborishadi,-dedi Aldarko’sa Bosh muharrirlarga.
Shunda ulardan biri sakrab o’rnidan turdi-da xotini dazmollab bergan ro’molchasini olib, Aldarko’saning burniga yaqin kelib׃
-Taqsir mana biz ham tayyormiz! (22-5-2007).

EShAK
-Otingni o’zgartiribsanmi?
-Ha, bizga ot bo’lmasa eshak ham bo’laveradi.
-Qanaqa eshak?
-Qora eshak-da!
-Tavba, men nima desam, to’ng’izim nima deydi? Axir men yozgan narsanga boshqa ot qo’yganingni nazarda tutgandim…(22-5-2007).

ISh
-Urisyatda o’lganlar, yaralanganlarning soni ko’paymoqda,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Menga nima, bu uruslarning ishi!
-O’zimizdan borib u erda ishlayotganlarni aytayapman…
-Bu qizimning ishi… (22-5-2007).

POMIDOR
Bosh vazir Aldarko’saga׃
-Buyruq berganingizdan buyon pomidorni chetga chiqarmay qo’ydim. Balki chiqarishga izn berarmiz, chunki vokzal va aeroportlarda chirib, sasib qoldi,-dedi.
-Yo’q, o’zimiz eymiz,-javob qildi Aldarko’sa jahl bilan. (22-5-2007).

YaShASh
-Turkmanistonda hamma rahbarlarni qama-qama boshlanibdi,-dedi xotini Aldarko’saga.-Sizdan keyin bizga ham yopishmasalar bo’ldi edi.
-Ablah, sen hali mendan keyin yashamoqchimisan?
-Bo’lmasa qachon yashayman? (24-5-2007).

YuTUQ
Kecha Qozog’istonda prezident Nursulton Nazarboevning kuyovi ustidan jinoiy ish ochilibdi, ular demokratiya yo’lini tanladilarmi deyman,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-E, axmoq, sanlar o’z yutug’ingni ko’rolmaysan, boshqalarni maqtaysan, bu ishni biz to’rt yil oldin qilganmiz!! (5-7-2007)

ORZU
Islomiy davlatlar vakillarini qabul qilgan Aldarko’sa maslahatchisiga׃
-Katta xato qilgan ekanman, 1990 yilda bergan va’damga sodiq qolib, mamlakatni Islomiy davlat deb e’lon qilsam bo’larkan-a,-dedi.
-Nega unday deyapsiz?
-Agar o’shanda shunday qilganimda bugun menga birov “Muddating bitdi, ket!” demagan va mendan keyin taxtga kim kelishini tortishib yurishmagan bo’lishardi.
-Ha, nimasini aytasiz, buning ustiga boylikalaringiz miqdorini ham ochiq ayta olgan va dunyodagi eng boylar ro’xatiga ham nomingiz kirgan bo’lardi!
-Hali ham kech emas, e’lon qilsakmikan?
-Xudo saqlasin, keyin namoz o’qiymizmi?
-Qanaqa odamsan? Senga necha marta aytgandim, shu Xudo degan so’zni kamroq ishlat deb! (6-7-2007).

XUDOY
-Sizni aldov yo’li bilan grantlar olib, kayfu safo qilib yurganlikda ayblaganlar bor, shunga nima deysiz?-dedi muxbir biror joyda ham mehnat qilmay umrini haromga o’tkazib yurgan qochoqqa.
-E, nima deyapsiz? Men hatto qochoqlarga beriladigan sotsial yordamni olishga or qilaman-ku, grant olamanmi?- deya to’ng’illadi qochoq.
-Ie, unda qanday yashayapsiz? Shuncha yildan beri biror joyda ishlamay qanday yashash mumkin?
-Xudoy berganiga yashab yuribmiz. Xudoy beraman desa beraveradi. Mana ko’rib turibsiz, hammadan yaxshi yashaymiz! (10-7-2007).

“MUTTAHAM-TEKINXO’RLAR”
Aldarko’sa hukumatda ishlaydiganlarning maoshini oshirish haqidagi Farmonga imzo qo’yib bo’lgach, maslahatchidan so’radi׃
-Shu muttahamlar ham jonga tegdi. Bu muttaham-tekinxo’rlarni qisqartirish kerak. Kimlar qoldi o’zi?
-Mirshablar, ayg’oqchilaru bir necha vazir…
-Nima hukumat degani hammasi shumi?
-Yo’g’e… Siz va Bosh vazir ham bor! (10-7-2007).

MOLBOQAR
Maoshlar oshsin degan Farmondan keyin bozorlarda go’shtning narxi “vizzillab” ko’tarilib ketdi, norozilikka sabab bo’ldi va bundan qo’rqqan maslahatchilar Aldarko’saga Bosh vazirni to’g’irlab qo’ydilar.
Bosh vazir lapanglab Aldarko’saning huzuriga kirarkan,
-Ho’kiz, nega tilingni osiltirib yuribsan?-deya baqirdi Aldarko’sa unga.
-Pichoqni ko’rgandan keyin osiladi-da!-dedi Bosh vazir.
-Go’shtni nega qimmat qilding, mol?
-Buni moldan emas, molboqardan so’rash kerak…(11-7-2007).

RAHBAR
Aldarko’sa Ichki Ishlar vazirini chaqirdi va׃
-Qachondan beri rahbarlar ko’payib qoldi?-dedi.
-Bizda rahbarlar yo’q, bizda faqat bitta rahbar bor,-dedi vazir hozirjavoblik bilan.
-Unday bo’lsa, nega hamma yoqda “rahbarlar”, “rahbarlar”, deb yozishmoqda?
-Yo’g’e… balki hurmat yuzasidan rahbar so’ziga “lar” qo’shib aytishgandur?
-Bilmaslikka olma! Mana bu xabar sendan chiqqan. Mana, “Yangi qurilgan qamoqxonani rahbarlarga ataganmiz” deb aytibsan…
-Bir qoshiq qonimdan keching, adashibmiz…(12-7-2007).

UCh TALOQ
-Qaysi kuni “Ozodlik” radiosidan Amerika va O’zbekistonni yarashtirish kerakligi haqidagi gaplarni eshitib qoldim,-dedi bir tinglovchi ikkinchisiga.
-Qiyin masala. Ular uch taloqqa borishgan.
-Uch taloqdan keyin ham yarashishning yo’li yo’qmi?
-Bor, lekin xotin boshqa birovga tegib chiqishi kerak deyishadi…(12-7-2007).

OSIB QO’YIShGAN
-Jahon banki kecha e’lon qilgan hisobotida bizni Afrika davlatlariga tenglashtiribdi,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Xudoga shukur haqiqatni tan olishibdi. Bizning Afrikadan hech qanday qolishadigan joyimiz yo’q. Oltinning eng zo’ri Afrikada va bizda. Urandan olmosgacha ham shunday…
-Lekin Afrikadagi qoloq davlatlar…
-Qoloqlar bilan nima ishing bor? Men faqat Janubiy Afrika davlati haqida gapirayapman. Osilsang baland dorga osil!
-Lekin bizga osilish uchun imkon qoldirishmagan. Bizni osib qo’yishgan… (12-7-2007).

“SOQQA”
-Uruslar nega g’ing’illab yurishibdi?-deb so’radi Aldarko’sa Tashqi ishlar vaziridan.
-Hammasi emas. Ikki-uchtasi…
-Nima gap?
-Nega “soqqa”sini dollarda olasizlaru keyin ish boshlaganimizda so’mni konvertatsiya qilishga izn bermaysizlar?-deb vazirlikka shikoyat yozishibdi.
-Voy ablahlarey, qachon biz dollarda olibmiz, o’zlari-ku Moskovda yashilidan boshqasini tan olmay, bizga ishlari tushganda doim “soqqa”sini rublda ko’tarib kelishadi! (13-7-2007).

MASLAHAT
-Sobiq kuyovingiz oshnalarimni sudga beribdi, sud ham darhol qabul qilibdi,-dedi qizi Aldarko’saga.
-Boraver, ertaga sud raisini ishdan quvaman…
-E, bu erda emas, hov uzoqlarda… boshqa bir mamlakatda…sizni odam deb maslahat so’rayaman!
-Hmm…O’sha erga borib oshnalaringni himoya qil. Do’st og’ir kunda bilinadi.
-Uf! Qanaqa odamsiz? Borsam qaytib kelolmayman-ku!
-Shuning uchun ham bor deyapman-da! (13-7-2007).

DUNYo ShU
Aldarko’saga savol berishdi׃
-Mana siz kimga mansab bersangiz u sizni maqtaydi. Qo’l ostingizda, sizga tobe bo’la turib sizni madh etadi, bu sizni o’ylatmaydimi?
-Dunyo shu ostidagisi ustidagisini maqtaydi…(15-7-2007).

DOLLAR
-Ayovsiz tanqidlarimiz xalqaro maydonda o’zini ko’rsatdi,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Nima bo’ldi?
-Dollarning qadri tushib ketdi, tushganda ham juda yomon tushdi, xazonga teng bo’lib qoldi!
-Voy, ablah, to’xtat! Tanqidni to’xtat! Uyim kuydi, uyim! (14-7-2007).

O’ZINGIZ-ChI?“
Xotini xayolga botib o’tirgan Aldarko’sadan so’radi׃
-Agar Bush bilan yakkama-yakka uchrashib qolsangiz unga nima degan bo’lardingiz?
-Nima desam ham qizig’i yo’q, u meni tushunmaydi baribir, shuning uchun bir tiyinlik foydasi bo’lmaydi.
-Nega?
-Chunki u na o’zbekchani, na ruschani biladi. Hatto inglizchani ham yaxshi bilmaydi.
-O’zingiz-chi? (15-7-2007).

“O’LIB QOLMAYDIMI?”
-Bittasi qamoqlarimizda 70 ming odam yotganini aytib yuboribdi,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Yotibdi degan bo’lsa yaxshi. Darhol bundan foydalaninglar. Shuncha odamga kiyim kerakmi? Oziq-ovqat kerakmi? Xizmat kerakmi? Hammasi pul. Mana oltinlar qaerga ketmoqda!
-Biz o’sha gapni aytib yuborgan odamni 70 ming birinchi qilib ro’yxatga olsakmikan deb turgandik…
-O’zi qanday? Sog’-salomatmi? Konlarda ishlatsa bo’ladiganmi? Qiynoqlarga dosh beradimi? Bir hafta ovqat emasa o’lib qolmaydimi? (16-7-2007).

UYaTSIZ
-Nursulton ikkinchi kuyovini ham ayblay boshlabdi, ikkinchi qizini ham ajratib olmoqchi shekilli,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Bu odamda uyat degan narsaning o’zi yo’q ekan.
-Ha, juda uyatsiz ekan, dunyoga sharmanda bo’ldi.
-Uyati bo’lsa biz nima qilsak shuni takrorlaydimi? (16-7-2007).

KELAJAK
-Rossiyada saylovlar adolatli o’tishi juda muhim masala. Matbuot ham erkin bo’lishi kerak. Ayniqsa sudlar erkin bo’lishi shart. Bu Rossiyaning kelajagini belgilaydi. Rossiyaning kelajagi –demokratiya bo’lishi kerak!-dedi Aldarko’sa urus jurnalistga suhbat berarkan.
Kechqurun xotini unga׃
-Dadasi, ertalabki gapingizni eshitgan o’zimiznikilar nima deyishar ekan?-dedi.
-Axmoq, o’sha o’zimiznikilarning g’amini eb shunday dedim. O’zing aytding-ku, ular baribir Rossiyaga ketishadi, deb… (16-7-2007).

YO’Q!
-Kecha g’allakorlarga maxus tabrik yubordingiz, ularni misli ko’rilmagan xirmonlarni tikladingiz deb maqtadingiz, lekin hamma yoqda qo’shib yozish, omborlar bo’m-bo’sh…-dedi xotini Aldarko’saga.
-Qachon omborlarni borib ko’rding?
-Ombor bo’lsa borib ko’raman-da!
-Ombor yo’q bo’lsa, nega uni bo’m-bo’sh deb valdirayapsan?
-Uf! Sizga bir nima degan odam baloga qoladi. Yo’q narsa bo’sh bo’ladimi, to’la bo’ladimi?
-Axmoq yo’q narsa yo’q bo’ladi! (17-7-2007).

AKANG QARAG’AY
-O’qidingmi, ba’zi muxbirlar “Oq Saroy qaerda?” deb savol berishmoqda?-dedi Aldarko’sa jahl bilan maslahatchisiga.
-O’qidim, ba’zilari Oq saroy Shahrisabzda desa, ayrimlari Qarshida deydi, Samarqandda deganlari ham bor.
-Sen bo’lsang lom-mim demay qarab o’tiribsan! Oqsaroy Toshkentda-ku! Uni Amir Temur emas, akang qarag’ay qurdirgan, hammang chalasavod bo’lib ketding! (18-7-2007).

KIM OShDI
Yarim yillik hisobotni qarar ekan, Aldarko’sa Bosh vazirga׃
-Hamma yoqni “oshdi”, “oshdi” qilib yuboribsan-ku!-dedi.
-O’zlari ustoz, biz shogird…
-Tiling buro bulib qolibdi, endi seni “kimoshdi”ga qo’ysam “oshdi”, “oshdi” bo’lib ketarsan-a?
-Yo’g’e… sizdan oshib o’libmiz-mi, ustoz! (18-7-2007).

ALAM
-Shuncha kutdik. Juda ko’p yutuqlarimizni Gennes kitobiga kiritishmadi. Mana o’zimizning Rekordlar kitobimizni tashkil qildik,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Zo’r! Mana endi biz ham ularning rekordlarini kiritmaymiz. Alam qanday achitishini ko’rib qo’yishsin! (19-7-2007).

HAYVON
-Xotinim meni chuvolchang chuvolchang deb so’kdi, -dedi Aldarko’sa maslahatchiga- Chuvolchang nima degani o’zi?
-Er ostida bo’ladi, yomg’irdan keyin er ustiga ham chiqadi, qoramtir-qizg’ish qurt.
-Qurt ham hayvonga kiradimi?
-Ha, odam emas… hayvonda…
-Voy ablah, u hali meni hayvon dedimi?
-Yo’q, yangaxonim hayvon demoqchi bo’lganlar, ammo hurmat yuzasidan chuvolchang deganlar. Indamay qo’yavering. (20-7-2007).

OLTINLAR
Amerikaning oltin qazib olish shirkati butunlay quvilgach, Aldarko’sa Navoiy Kon metallurgiya kombinati direktoriga “Fidokorona mehnatlari uchun” ordenini berdi. Ordenni taqar ekan׃
-Bilasan-a, nima uchun?-dedi.
-Albatta,-deya tirjaydi ilgari qahramon unvonini olgan Kucherskiy.
-Tirjayma, o’zimning oltinlarimni o’zimga olib kelib tirjayasanmi? (20-7-2007).

GALVARS
-Nursulton vaziri a’lamini yuboradigan bo’ldi,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Nega endi alamini bizga yuboradi? O’zi kelishga qo’rqdimi?
-Menimcha… chegaradan o’tganda oyog’imdan otib qo’yishadi deb qo’rqqan bo’lsa kerak…
-Axmoq u uchqichda keladi-ku!
-Unda, uchqichimga benzin berishmasa, nima qilaman, deb qo’rqqan bo’lsa kerak…
-Shu ham bahona bo’ldimi?
-Gapning ochig’i shuki, o’zini odam hisoblamaydi, galvars, bo’lmasa o’z o’rniga birovni yuborarmidi?
-Bo’pti, gapni cho’zma, vaqti kelganda men ham bormayman, birovni yuborib kimligimni ko’rsatib qo’yaman unga. (22-7-2007).

KIMNIKI OG’RISA
-Sizdan keyin bu joyda kim o’tirsin?-deb so’radi maslahatchi Aldarko’sadan.
-Men hali-beri bu joyni bo’shatmayman.
-Qorni og’riganlar ko’p. Navbat kutib turishibdi. Bo’shatganingizdan keyin kim o’tirsa yaxshi bo’lardi?
-Axmoq shu ham savolni? Kim o’tirardi? Kimniki juda ham og’riyotgan bo’lsa o’sha o’tiradi-da! (23-7-2007).

HAMMOM
-Namanganda ming yillik hammom topildi,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Men senga aytmagandim. Ana u galvars yordamchiga aytgandim. Shu yaqinroqda yo’q edimi? (23-7-2007).

ER OSTIDA
-Latviyaga borar ekansanmi?-deb so’radi Aldarko’sa qizidan
-Qachon?
-Shu oyning oxirida.
-Qayoqdan bila qoldingiz?
-Sen nima deb o’ylagan eding? Er ostida ilon qimirilaydi-yu bilmaymanmi? (23-7-2007).

“FARQI YO’Q!”
-Turkiyada patar-putur qilib o’tkazilgan parlament saylovi natijalari yana o’sha- Xo’ja ali, ali Xo’ja. Oldin ham hukumatda bo’lgan partiya yana oldingi kabi bir xil ovoz bilan yutib chiqdi,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Maqtaganlari shumi? Ko’rdingmi, ularning ham bizdan farqi yo’q! (23-7-2007).

Yo AFANDI Yo EShAGI
-Bugun matbuotda chiqqan Xususiylashtirish haqidagi qaroringizni o’qidim,-dedi qizi Aldarko’saga.-Korxonlarni odamlarga bepul berib yuborishni va’da qilibsiz-ku! Bu g’irromlik. Saylovchilarning ovozini sotib olmoqchimisiz? Agar halitdan shunday qilsangiz men o’yindan chiqdim!
-Chiqsang chiqaver! Lekin qarorimdagi mana bu bandni yaxshilab o’qi. Mana unda nima deyilgan׃
“-bepul berilgan davlat mulki ob’ektlari bo’yicha mulk huquqi to’g’risidagi davlat orderi investorlar o’z zimmasiga olgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni va (yoki) xizmatlar ko’rsatishni boshlashni ko’zda tutuvchi investitsiya majburiyatlarini bajarganidan so’ng beriladi” … O’qidingmi shuni?
-O’qidim. Lekin nima degani bu? Tushunmadim.
-Anqov bo’lgandan keyin tushunmaysan-da. Bu ungacha yo Afandi o’ladi yoki eshagi degani…
-Yana g’irromlik qildingiz! Aldarko’sa demasdan Afandi dedingiz! (24-7-2007).

NIMA BO’LSA HAM…
-Amerikadagi saylovoldi maratonida Hillari Klinton oldinda, ko’pchilik shu ayol prezident bo’lishi mumkin deyishmoqda,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Prezident Bushning o’g’li prezident bo’ldi, boshimizga nima ishlar solganini ko’rib turibmiz. Endi Klintonning xotini keladimi? U ham boshimizda yong’oq chaqsa kerak? Bu ham mayli. Ko’rayapsanmi, o’zlariga qolsa mayli, bittasining o’g’li, bittasining xotini prezident bo’laveradi, ammo mening qizim haqida gap ochilsa dunyoni chappa qilishadi.
-Nima bo’lsa ham dunyoni chappa bo’lishdan asrab qolishimiz kerak! (25-7-2007).

BIR
-Jahon Banki iqtisod reytinglarini e’lon qildi,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Bilaman, kim qanday raqam bersa shunga qarab e’lon qiladi. Bizga nechanchi o’rin tushibdi?
-89…
-Turkmanistonga-chi?
-104- o’rin…
-Tojikiston?
-142…
-Ana u qirg’izlarga-chi?
-143- o’rin!
-Zo’r! Ko’rdingmi, mintaqada lider o’zimiz!
-Qozog’istonni so’ramadingiz?
-Uni bizga qizig’i yo’q!
-Lekin Qozog’iston 55-o’rinda…
-O’hho’… ular qo’shib yozishni bizdan ham o’tkazib yuboribdi-ku! (25-7-2007).

KUTUBXONA
-Ko’pgina davlatlarda prezidentlarning o’z nomida shaxsiy kutubxonalari bo’ladi. Esingizda, hali yaqinda Klinton kutubxonasi ish boshlagandi. Hozir Bush kutubxonasi qurilmoqda. Siz uchun ham qurilishni boshlasakmi?-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-U erda nima bo’ladi, mening asarlarim-mi?
-Siz haqingizda yozilganlar ham…
-Faqat o’zimizda chiqqanlarimi?
-Yo’q, butun dunyoda siz haqingizda yozilganlarni bir joyga to’playmiz.
-Unday bo’lsa kerak emas! (26-7-2007).

LOZUNGLAR
-Chet ellarda namoyish qilgan o’zbeklar sizga qarata murojaat bila lozunglar ko’tarib chiqmoqdalar,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Qanaqa lozunglar? Nima deb murojaat qilishmoqda? Nima deb yozishibdi.
-Inglizchalab yozib olishgan. O’qiy olmadim. Mana o’zingiz ko’ring!
-Tavba qildim! Sen inglizchani bilmasang men bilamanmi? (27-7-2007).

BRON
-Rossiya 2012 yilgacha chet elarda bo’lgan vatandoshlaridan 300.000 nafarini qaytarmoqchi ekan,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Kim aytdi?
-Rossiya Migratsiya xizmatidan bildirishdi.
-Hmm… haligi AQSh, Kanada, Shvetsiya va Turkiyadan ham olib kelarkanmi?
-Bo’lmasa-chi?!
-Unday ekan, bo’shab qoladigan hamma o’rinlarni biznikilar uchun bron qil! (28-7-2007).

MO’YLOV
Aldarko’sa Qozog’iston Bosh vazirini qabul qilarkan unga׃
-Karimjon, ilgari mo’yloving yo’q edi, shekilli?-dedi.
-Bekorchilikdan qo’ygandim, qarang ikki-uch yilda o’sib chiqdi.
-Sen yoshsan-da, tez o’sgan. Men qo’ysam 4-5 yilda o’sib chiqar?
-Er ostidanmi? (29-7-2007).

E…
Aldarko’saning ikki jiyani bir-biriga lof aytib o’tirgandi׃
-Men Avropaga borib bir miting qilgandim, qo’rqib ketib O’zbekistondan sanktsiyalarni qaytib olmadilar,-dedi bittasi.
-E, shu ham ishmi! Men bir og’iz aytgan edim, Turkiya faqat O’zbekistonga emas, butun turk jumhuriyatlariga vizani bekor qildi!-dedi ikkinchisi. (30-7-2007).

VIZA
-Turkiya vizani bir tomonlama bekor qilibdi,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Bu nima degani?
-Biznikilar borganda vizang qani, deb so’ramas ekan…
-Ular so’ramasa so’ramasin, ammo o’sha boradiganlardan mana biz so’raymiz! (30-7-2007).

ABAY
-Shahar hokimligi poytaxtimizda shoir Abayga haykal qo’ymoqchi ekan, shunga sizdan izn olmoqchi edik,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Menga uning birorta ham she’rini ko’rsatganing yo’q-ku!
-Olib kelaymi?
-Boshimga uramanmi? Hammasi o’sha haykal qo’yaman degan hokim haqidadur-da! (30-7-2007

TEPPAChA
-Mana aytganingizdek qilib partiyalarning fraktsiya rahbarlarini spiker o’rinbosari qilib qo’ydik,-dedi Majlis raisi Aldarko’saga.
-Ularga tushuntirib qo’y, bundan teppaga sapchiy olmaydilar. Yana saylov-maylov deb yurishmasin-ki buni ham yo’qotishadi.
-Nazorat qilib turaman, teppada o’zib o’tiribman-ku!
-Tush-e, qachondan teppa seniki bo’lib qoldi?
-Uzr xo’jayin, teppa emas.. teppacha!
-Ana o’sha teppachangni tagidagilardan ko’z-quloq bo’lib tur! (31-7-2007).

XAZON
-Bugun birinchi avgust. Test imtihonlari qanday o’tdi?-deb so’radi Aldarko’sa Oliy ta’lim vaziridan.
-Qanday belgilab bergan bo’lsangiz o’shanday o’tdi. Xazon zo’r yog’di.
-Xazon yaxshi yoqqan bo’lsa nega qo’ling bo’sh?
-Qo’limga sig’madi.
-Nima, qopini mendan so’rashga keldingmi? (1-8-2007).

INTERNETDA MOTAM
-Nima bilan bandsizlar?-deb so’radi Aldarko’sa maslahatchidan.
-Internet festilali o’tkazayapmiz…
-Bu nima deganing?
-Odamlarni Internetga o’rgatayapmiz.
-Nimaga?
-Internetdan faqat siz haqingizdagi narsalarni o’qitishga…
– Men haqimda ana maktablarda ham o’qib yotishibdi. Buning nimasi festilal? Nimasi bayram?
-Internetdan o’qib mazza qilib kulib, o’ynab yotgandan keyin bayramda, festivalda, taqsir! Yoki Internet motami deb nomlaylikmi?
-O’zbekchani ham bilmaysan, Internet motami emas, Internetda motam! (1-8-2007).

TARBIYa
-Urusiyatda yigitlarimiz taqirboshlar bilan janjallashib qolishibdi…,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-O’lgani bo’lsa bu yoqlarga olib kelmalaring, gap so’z ko’payib ketmoqda, o’sha tomonlarda yo’qotlaring!
-O’lgani yo’q, aksincha yigitlarimiz taqirbosh uruslarning ta’zirini berishibdi…
-Bu boshqa gap! Bizga chet ellardagi fuqarolarimzining haq-huquqlarini himoya qilish kerak deb kimdir aql o’rgatayotgan edi. O’shanga aytib qo’y, bizning odamlarimiz har qanday joyda, har qanday sharoitda o’z haqlarini o’zlari himoya qila oladilar, biz ularga shunday tarbiya berganmiz! (3-8-2007).

ENAG’ARLAR
-Juda ko’p odamlar maoshlarini vaqtida ololmaganlaridan norozi bo’lib shikoyat yozishmoqda,- dedi maslahatchi bir dasta xatni Aldarko’saga ko’rsatib.
-Yirtib tashla, jim yurishmasa og’izlarini ham yirtib qo’y. Boshqa nima gap bor?
-Samarqandlik Temur degan yigit Boshqirdistonda g’isht zavodi direktorini chopib o’ldiribdi.
-Nega o’ldiradi?
-Maoshini bermagan ekan…
-To’g’ri qilibdi, enag’arlar ishlatgandan keyin haqini bermaydimi? (4-8-2007).

XALQ ARTISTI
-Mana shu yangi chiqqan xushovoz xonanda Dildora Niyozovaga xalq artisti degan unvon berish haqida farmon loyihasini hozirlagandim, shunga qo’l qo’yib bersangiz,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Bu otarchi nima karomat ko’rsatdi-ki, mendan bemaslahat loyiha tayyorlabsan?
-Kontsertlari bir boshqacha bo’lmoqda. U ashula aytarkan sahnada sizni targ’ib qiluvchi film ko’rsatilmoqda. Qarsaklarni ko’rsangiz, zal gumburlab ketmoqda, ayniqsa sizni ko’rganda odamlar to’lg’anib ketmoqdalar.
-Unday bo’lsa, unvonni unga emas, menga berish kerak ekan! (6-8-2007).

ODAMLAR NEGA XAFA?
Aldarko’sa maslahatchisiga׃
-Kecha kontsertdan yozib kelganing videotasmani ko’rdim. Yomon emas. Ammo negadir odamlar o’ta jiddiy, xafaqon, xuddi majlisda o’tirgandek. Hammaning nafasi ichiga tushib ketgan. Chet ellarda esa, kontsertlarda odamlar quvonadilar, o’rinlaridan turib o’ynaydilar, sakraydilar,-dedi.
-Bizning kontsertlarimizda bir tomonda ashula aytilsa, ikkinchi tomonda sizning faoliyatingiz aks etgan hujjatli film ko’rsatib turiladi-da! (7-8-2007).

YaRIM QON
-Nega bu ashulachilarning repurtuarida tojikcha ashulalar ko’payib ketdi?- deb so’radi kontsert tomosha qilib o’tirgan Aldarko’sa maslahatchidan.
-Ko’p emas, yarmi…
-Nimaga endi yarmi?
-O’tgan yili xorijiy muxbirlar bilan uchrashuvda o’zingiz “Yarim qonim tojik qoni”” deganingizdan keyin hammayoqda qayta qurish boshlagandik-da! (7-8-2007).

QIP-QIZIL
-Qanday yangiliklar bor?-deb so’radi Aldarko’sa maslhatchidan.
-Bugun matbuotimizda Quvaytning mamlakatimizdagi elchisi janob Odil Muhammad Abdurasul Hasan Hayotning suhbati e’lon qilindi.
-Nima debdi?
-Mana eshiting-a…
“O’zbekistonda mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar tahsinga loyiq. Mamlakatingiz istiqlolga erishgach, barcha jabhalarda, jumladan, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosat, huquq, madaniyat, ilm-fan va ta’lim, qishloq va suv xo’jaligi, yuqori texnologiyalar, kommunikatsiyalar, mashinasozlik va sayyohlik kabi ko’plab sohalarda ulkan o’zgarishlarni amalga oshirib, katta yutuqlarga erishdi. Yurtingizda bozor munosabatlarini qaror toptirish, chet el sarmoyasini jalb etish, ishlab chiqarishni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ulkan ishlar xorijlik ishbilarmonlarning qiziqishini tobora kuchaytirmoqda…demokratiya asoslarini mustahkamlashga, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarni jadallashtirishga, xalq farovonligini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotganiga guvoh bo’layotirman…”
-Voy qiztaloq-ey. Bizdan ham o’tkazar ekan-ku bular! Arablar Xudoga ishonadimi o’zi?
-Manimcha ular ham Xudoga emas, sizga ishonishadi..

ASTA-ASTA
Aldako’sa turkman ozchiliklariga sharoit yaratish haqidagi hujjatni imzolar ekan׃
-Qo’shnimiz buni eshitsa xursand bo’ladi,-dedi.-Lekin shu yangi Turkmanboshi bilan o’zim yuzma-yuz uchrashsammikan? Uning tajribasini bizda ham keng yoyish kerak. U bugunga qadar Saparmurodga nisbatan hurmatni yo’qotgan emas.
-Musulmonchilik asta-asta deganlar….(8-8-2007).

AN’ANA
-Yangi Turkmanboshi general Rejepovni ishga solib hokimiyatni qo’ldan-qo’lga tinch yo’l bilan o’tkazdi va bugunga qadar ham tinchlikni saqlab turibdi. Yosh bo’lsa ham usta ekan. Lekin vazirni yuborgandim, tajribasidan ko’p gapni aytmabdi.
-Aytgan ham bo’lishi mumkin..
-Sen qayoqdan bilasan?
-Safardan qaytgach, vazir menga “Beriya Stalinni zaharlagan ekan-a?” deb qoldi.
-Bunga parvo qilma, u Beriya bo’lolmaydi.
-Lekin kichkina Stalin bo’lishi mumkin.
-E, to’xta, bu Beriya, Stalinni yangi Turkmanboshiga nima aloqasi bor?
-Stalin o’lib, Beriya qamalgandi. Turkmanboshi o’lib, Rejepov qamaldi. Ko’rdingizni juda qiziq an’na.
-Unday bo’lsa, bu an’nani darhol buzamiz, teskarisni qilamiz.
-Nima qilamiz?
-Shunga ham aqling etmadimi, biz avval vazirni qamaymiz. (9-8-2007).

QIZIQ…
-Yangi Turkmanboshi eski Turkmanboshiga suiqasd qilishda ayblanib qamalganlarni avf etibdi. Qiziq-a, hech narsa demay qo’yib yuboribdimi?-dedi Aldarko’sa maslahatchiga.
-Ularga “Qayoqdan kelgan bo’lsalaring o’sha tomonga ketlaring!” debdi.
-Unday bo’lsa, tez chegaralarni yop! (10-8-2007).

SENATDA
-Saylovda bittasini muqobil nomzod qilib, huv eski o’yinni yana bir o’ynasakmikan?-dedi Aldarko’sa maslahatchiga.
-Bo’ladi. Senatning raisi bunga juda mos.
-U “yoshullli”, “yoshulli” deb bosh egib yurgani bilan ichi qora, saylovda o’yin qiladi.
-Ha, gapingiz to’g’ri, buning ustiga qochib ketsa, uzoqdan sizni so’kib yursa, ushlab kelishimiz, qoziqqa bog’lab qo’yishimiz qiyin bo’ladi.
-Unday bo’lsa, hali shu erda ekan, ushlab, bog’lab qo’y!
-Zotan u Senatda-ku! (11-8-2007).

BIBISI
-Tariximizdan “Ruslar bosqinchi” degan gapni olib tashlasak,-dedi Aldarko’sa maslahatchiga.
-Bu gap bizdan chiqsa hammayoq har xil gaplar bilan to’lib ketadimi, deyman…
-Unda buni birorta radiodan, chetdan chiqar!
-Bi-bi-si qalay ekan?
-Kimning bibisi? Qaysi bibisi?
-Bibisi o’zbek?
-Meni o’zbek kampirlar bilan ishim yo’q, bu bilan sen shug’ullanasan, qandayligini sendan so’rash kerak?! (13-8-2007).

DORI
-Ko’rdingmi buni? Men ilgari ishlagan viloyatdan bir ayolning shikoyatini hammayoqda tinmay chop etishmoqda,-dedi Aldarko’sa maslahatchiga.
-Ko’rdim, mahalla qo’mitasi raisi yosh ayolni zo’rlab qo’yibdi…
-Nega qarab turibsanlar? Darhol qamasalaring-chi?
-Mahalla ham hukumat. Xalq nima deb o’ylaydi?
-Xalq bizga rahmat aytadi, o’zinikini qamadi deb.
-69 yoshli chol ekan, ko’p odam ishonmaydi-da, qari chol qanday zo’rlashi mumkin deb?
-Balki mana bu doridan ichgandur?!-dedi Aldarko’sa tortmasidan “Viagra”ni olib. (14-8-2007).

ISLOM…
Toshkent va Samarqand shaharlarida dunyoning 30 davlatidan kelgan ulamolar, fiqhshunoslar va islomshunos olimlar ishtirokida xalqaro anjuman boshlandi.
-Anjuman qalay o’tmoqda,-deb so’radi Islom Karimov maslahatchidan.
-Zo’r!
-Nimasi zo’r?
-Kim so’zga chiqmasin, kamida yuz marta “Islom tsivilizatsiyasi”, “Islom tsivilizatsiyasi ” deb takrorlamoqda,
-Mana, ko’rdingmi, biz aralashganimiz yo’q, mehnatimga o’zlari tan berishdi, tillaridan ismim tushmay qoldi. (14-8-2007).

HISSA
-“O’zbekistonning Islom tsivilizatsiyasi rivojiga qo’shgan hissasi” deb nomladingiz?-deb so’radi xotini Karimovdan.
-Nima deyishim kerak edi? “O’zbekistonning Tatyana tsivilizatsiyasi rivojiga qo’shgan hissasi” deb nomlashim kerak edimi? (14-8-2007).

ShOH va ShOX
Aldarko’saga YuNESKOning “Aristotel” deb nomlangan oltin medalini berishdi.
-Aristotel kim o’zi?-deya so’radi u maslahatchidan.
-Grek!
-Nima ish qilgan?
-Falsafadan she’riyatga, siyosatdan axloqqa, biologiyadan zoologiyaga qadar hamma sohada bir ish qilgan. Platoning talabasi.. lekin ba’zi shoxdor odamlar uni ustozim ham deb atashgan, masalan Iskandar…
-Makedonskiy-mi?
-Ha-da…
-Zo’r ekan-ku! Unday bo’lsa, men ham uni ustozim desam arziydi!
-Lekin shox masalasida…
-Jinnimisan, o’zim shoh-ku! (15-8-2007).

ORZU
-Men hamma sohada iz qoldirdim, faqat she’r yozmadim-da, lekin qonimda bor, qizimga qara, baloday shoir bo’lib qoldi. Hamma hukmdorlar yozgan, men ham yozishim kerak,-dedi Aldarko’sa maslahatchiga.
-Ha, hatto Saddam ham yozgan… (16-8-2007).

DARHOL…
Bishkekka borgan Aldarko’sa qirg’iz oshnasining orqasida turib ShOS namozini qilib chiqarkan unga tariqatdoshi tojik Imom Ali׃
-Hali bir kun meni orqamda turib ham namoz qilishga majbur bo’lasan,-dedi.
-Undan ko’ra o’lganim yaxshi…
Buni boshqalar ham eshitib turgan ekan, darhol ShOSning keyingi bayram namozini Tojikistonda qilishga qaror berdilar. (18-8-2007).

O’TLOQDA
Bishkekdan keyin urus dalasiga borib otishmalarni tomosha qilayotganlar oldida so’zga chiqqan Aldarko’sa׃
-Hurmatli o’tloqlar!-der ekan, Nursulton uning etagidan tortib׃
-O’tloqlar emas, o’rtoqlar,-dedi.
-Axir o’tloqda turibmiz-ku!
-Gaping mantiqqa mos kelmayati-da…
-Uf… Axir bizni o’tloqqa olib kelishdi-ku! Mantiqqa mos kelishi uchun “Hurmatli mollar!” deyishim kerak-mi!
-Unda o’zingga o’zing murojaat qilgan bo’lib qolasan,-dedi Nursulton. (17-8-2007).

ZIYoNET
-Bizda millionta sayt bor va har kuni yana bittasini ochayapmiz,-deya maqtandi Aldarko’sa Nursultonga.
-Lof ham evi bilan-da, hech bo’lmasa ikki kunda bitta degin.
-Yo’q har kuni!
-Unday bo’lsa bugun qanday sayt ochding?
-Mana ZIYoNET.UZ degan sayt ochdim bugun.
-Nega nomini yarim turkiy, yarim rusiy qilib qo’yding? Aslida haq gapni aytibsan, o’zingga mos tushibdi׃ ZIYo NET! (18-8-2007).

ShARQONA DEMOKRATIYa
-Yana Sovet davriga qaytib, yakka partiyaviylikkka o’tding-ku?-dedi Aldarko’sa Nursultonga Qozog’istonda parlamentga faqat bitta partiya kirganiga ishora qilib.
-Demokratiya… xalq o’z so’zini aytdi va faqat mening partiyamni sayladi.
-Iltimos, shu gapni menga aytma. Bu nima deganini kim, kim, men juda yaxshi bilaman.
-Namuncha tutoqmasang?
-Buncha ochib yuborma-da, ozgina yashirin o’yin qilish kerak! O’shanda demokratiya bo’ladi.
-Unda sening demokratiyang bo’ladi. Bu esa meniki!
-Seniki ham emas, meniki ham emas, sharqona demokratiya! (19-8-2007).

KO’PPARTIYaVIYLIK
-Ko’ppartiyaviylik aslida yaxshi,-dedi Aldarko’sa Nursultonga.- Bu xuddi bolangga o’xshaydi. Qancha ko’p bo’lsa shuncha yaxshi.
-O’zing ikkitasini uddalay olmayapsan-ku?!
-Men bola haqida emas, partiya haqida gapirayaman. Menda beshta bor.
-Saylov bo’lsa hammasi parlamentga kiradimi, xalq hammasini saylaydimi?
-Istasam saylaydi… (20-8-2007).

XIZMAT
-Mendan boshqa hech kim Aldarko’sani yiqita olmaydi, bu xizmatni faqat men bajar olaman,-dedi bir muxolif ikkinchisiga.
-Unda nega qarab turibsiz? U xalqning qonini ichib yubordi-ku! Yiqiting, menga aytib nima qilasiz yoki mendan ham biror yordam kerakmi?
-Ko’p emas, ming dollar bersangiz bas!
-Ming dollar bersam natijasini qachon ko’ramiz?
-Sizga o’xshagan 27 million odam bor, avval har biri ming dollardan bersin, ana o’shanda natijasini so’raysiz!
-Siz aqlingizni eb qo’yibsiz!
-Ie, buni qayoqdan bilasiz? (22-8-2007).

MAYMUN
-Buhronlarning oldini olish Xalqaro guruhining yangi hisoboti chiqibdi,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Nima deb vaysashibdi?
-Sizdan keyin o’rningizni qizingiz olarmish…
-E, u maymunga yo’l bo’lsin ! Yana nima deyishibdi?
-Sizdan keyin hammamiz kunimizni ko’rar ekanmiz, hatto ichki urush ham chiqishi mumkin emish…
-Aytmaganmidim, qadrimga etmayapsanlar deb, rostdan ham mendan keyin hollaringga maymun yig’laydi.
-Kunimiz maymunga qolsa, u yig’laydi emas, yig’latadi! (23-8-2007).

HIKOYa
Aldarko’sa Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlashga keldi. Yubileyni “Sharq taronalari” ko’rik kontserti bilan qo’shib yuborishdi. Kontsertni tomosha qilib o’tirar ekan, Aldarko’sa yonidagi mehmonga maqtandi׃
-Mana shu Ulug’bek madrasasining orqasida katta bo’lganman. Bolaligimda madrasaning teppasiga chiqib o’ynardik. Bir marta yiqilib ketay deganimda do’stlarimdan biri ushlab qolgandi. Agar ushlamasa o’lib ketgan bo’lardim.
-O’sha do’stingiz hozir ham bormi? Qaerda yashaydi?
-Yaqinda bechoraning boshiga tosh bilan urib, o’ldirib ketishibdi.
-Demak, bu hikoyani oldin kimgadir aytgan ekansiz-da! (25-8-2007).

IKKI FOYIZ
-“Ijtimoiy fikr” so’rovnomasining natijalarini e’lon qildik, lekin 98 raqami atrofida jiddiy e’tirozlar bor!
-Nima edi bu raqam?
-98 foyiz odam sizni barqarorlik kafolatchisi deb ko’rayotgani..
-Nega e’tiroz bo’ladi? Qanaqa e’tiroz?-Aldarko’sa baqirib yubordi.
-O’sha ikki foyizni topib berlaring, o’zimiz yo’qotamiz deb xalq namoyishlarga chiqmoqchi…
-Topib ber, toshbo’ron qilishsin, nega qarab o’tiribsan?
-Biz natijani yuz foyiz qilib olib kelgandik, o’zingiz 98 qilib tuzatib qo’ygandingiz-da…
-Men saylovdan oldin yo’qotilishi kerak bo’lgan o’sha ikki foyizni nazarda tutgandim. Ko’rdingmi, xalq meni tushunadi, senlar esa yo’q! (27-8-2007).

EGAM
Samarqandning 2750 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan kontsert oldidan so’zgan chiqqan bir kishi Aldarko’saga qarab׃
-Bu yurtni yangidan yaratdingiz, bu shaharni yangidan yaratdingiz! Bu yurt, bu xalq va bu shaharni butun dunyoga tanitdingiz! Bizning xalqimiz qaerda bo’lmasin sizdan minnatdor. Bularning hammasi siz aqli o’tkir rahnamoning qilayotgan ishlari natijasidir! Ilohi sizni yomon ko’zlardan qo’riqchi Egamning o’zi asrasin!-dedi.
Aqli o’tkir deyilgan Aldarko’sa yonidagi qo’riqchilar boshlig’iga qaradi va׃
-Egam degani qaysi biri?-dedi. (28-8-2007).

TOZALASh
-Abdulla Gul Turkiyaga prezident bo’ldi,-dedi maslahatchi Aldarko’saga.
-Namuncha sevinasan, ehtiyot bo’l, gulning tikani bo’ladi…
-Generallar tozalashga kirishibdilar…
-Allaqachondan generallarni tozalash ishiga qo’ydimi, chatoq ekan-ku! Tez tabriknoma yoz! (28-8-2007).

ShAROFAT
Aldarko’sa mustaqillik bayrami oldidan shaharni aylandi. Kun bo’yi harakat to’xtatilgani uchun butun ko’chalar bo’ylab mashinalar tiqilib qolgandi.
-Buncha mashina ko’p bo’lmasa? Nega hammasi to’xtab qolgan?-dedi u maslahatchiga.
-Mustaqillik sharofati tufayli…
-Mustaqillik sharofati?
-Ha-da, mustaqillik sharofati tufayli xalqimiz shu qadar boy bo’lib ketdi va ko’chalarga mashina sig’may qoldi va mana ko’rib turibsiz hatto yurishga joy yo’q.
-Ana mustaqil bo’lganlar ko’p, borib ko’r, ko’chalarida mashina ko’rinmaydi. Shunday ekan bu mustaqillik emas, mening sharofatim tufayli! (29-8-2007).

BAXTSIZ
Nursulton Aldarko’saning nomidan oliygoh devoriga yozib qo’yilgan gapni o’qidi׃ “Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lishi shart”.
Keyin Aldarko’sadan so’radi׃
-Bu nima deganing oshna?
-Buni sen qozoq tushunmaysan..
-Tushundim. Bu “Biz kuchsiz, bilimsiz, axmoq va albatta baxtsiz” degan gapning antonimi-ku! (30-8-2007).

MUROJAAT
Aldarko’sa olomonga uzundan uzoq murojaat qildi va oxirida׃
-Ikki yo’l orasidasiz. Meni saylasangiz-barqarorlik! Meni saylamasangiz- beqarorlik!-dedi.
-Beqarorlikni tanlaymiz!-dedi olomon.
-Nega?
-Chunki qarorlaringiz jonimizga tegib ketdi! (30-8-2007).

BIR XIL GAP
Maslahatchi mustaqillik kuni munosabati bilan kelgan tabriknomalarni to’plab Aldarko’saning oldiga olib kirdi.
-Bu nima, qopga sig’may qolibdi-ku, yana shikoyatlarni olib keldingmi?-dedi Aldarko’sa.
-Yo’q. Bular bayram tabriklari…
-Bayram besh kun oldin edi-ku!
-Zaynit edingiz, hammasini to’plab, keyin olib kelasan degandingiz…
-Bo’pti, axlatga tashlab yubor!
-O’qib ko’rmaysizmi?
-Gezetalarda ko’rdim. Axmoqlar! Taxtni egallab olishganu kallalari qurtlagan, ishlamaydi, hatto yangi gap topisholmaydi, hammasi har yili bir xil gap yozadi.
-Ilgaridan yozib qo’yilgan shablonni jo’natish odatga aylangan-da, o’zimiz ham shunday qilamiz-ku! (4-9-2007).

One Response

  1. […] 16.Kulmagan elning baxti kulmaydi […]

Comments are closed.