Oltinchi qavat (Qissa)

apachePrezident  tansoqchisining kundaligi

9.Apachi

Bo’lgan voqeadan shok holga tushgandim. Qo’rqqanim yo’q, ammo hayron edim. Hayronligim voqedan ham ko’proq adam haqida. Nahotki u shunday katta ishlarning ichida.

-Tush mashinadan,-dedi adam va kalitni bizni kuzatib kelganlarga berdi.

-Piyoda ketamiz.

-Ada, boya qaysi tilda gapirdingiz?

-Navoiyning tilida. ”Hayratul Abror” degan kitobidan olganmiz bu  kodlarni. Mana kodlar, mana bu erda yozilgan hammasi, ertalabgacha yodlab ol, kitobchani qaytib berasan. Continue reading

Oltinchi qavat (Qissa)

imomaliPrezident  tansoqchisining kundaligi

7. Go’rkov

Kostyum-shimda edim. Prezident׃

-Meni himoya qilish kerak bo’lsa hamma ishni tashlab oq ko’ylak-oq ishton qidirasanmi? Avval biroz raqsga tushib badaningni qizdirib olasanmi? Yo’q, sen chaqmoq bo’lishing kerak. “Qars” etdimi sen ham qarsillashing kerak!-dedi.

Shundan keyin u yerdagi bolalar bilan “it-mushuk” bo’lib sakrab-sukrab turgandik semiz, pakana bir kishi kirib keldi. Uning orqasidan ergashgan yigitning  aqqol chiniqqanini har qanday odam ham sezishi mumkin. Ammo uning kungfuni o’rganganini hamma ham seza olmaydi. Kungfu bilgan odam o’ng oyoqni og’irroq va chap oyoqni yengil tortadi. Uning “salomi” bitta oyoqda turib, bittasini tepaga ko’tarib, qo’l barmoqlarini changalga aylantirib ikki tomonga uzatishdir. Demak,  “it-mushuk”dan “sher va qoplon” jangiga o’tamiz… Continue reading

Oltinchi qavat (Qissa)

stulPrezident  tansoqchisining kundaligi

6. Avliyo

Yoshing ketaversa yosh bola bo’lib qolasan, degan gapni eshitgandim. O’zim yosh bolaman. Lekin mana bu Prezident ham yosh bola bo’lib qolganga o’xshaydi. Bo’lmasa shunaqa gaplarni aytadimi, deb o’ylab tursam jiddiy savol berib qoldi:

 -Qanaqa moshinni yaxshi ko’rasan?

Bo’ynimni qisdim.

-Bilaman! “Be-em-ve”, “besh eks”,-dedi o’zi.

Bu mashina kimning ham orzusi emas. Yosh bola bormi mashina markasiga qaraydi, yuragi o’sha mashina balonining aylanishi bilan barobar yuguradi. Lekin bu odam hamma narsani qayoqdan bilayati? Adamning gapi rost chiqdi. ”Unga yolg’on gapirma, u hamma narsani biladi” degandi. Continue reading

Oltinchi qavat (Qissa)

Prezident  tansoqchisining kundaligi

4.Sinov

Ham oliygohdagi ham bu yoqdagi darslarga qatnab yursam to’satdan sinovga chaqirib qolishdi.

-O’zingni ko’rsat, muhim odam tomosha qivotti,-dedilar adam.- Bu sen uchun ham, men uchun ham hayot-mamot masalasi.

Atrofga qarasam Adam va yordamchilaridan boshqa odam yo’q. Keyinchalik bildimki, o’shanda bo’yalgan derazaning ortida MXX raisi va “SP” rahbari o’tirishgan ekan.

Bir karate ustasi bilan maydonga tushirishdi. Govdasi beso’naqay kishi. Soqoli o’sgan, ko’zlari kirtaygan. Qo’llarining mushagi ko’ylagini yirtay deb turibdi. Basharasini qora bulut qoplagandek. Qoshini chimirib olganmi yoki o’zi shunaqami ko’zlari bilan qo’shilib ketganga o’xshaydi. Beli biroz ingichkaroq, ammo oyoqlari filnikidek baquvvat.

Usta Vunning o’rgatgani bo’yicha raqibimni bir zum zohiran o’rgandim, keyin botiniga nazar solishga urindim. Ko’zi g’amgin. Ichi to’la dard. Xuddi yomon haqorat eshitib, javoban baqiraverib po’tiqib ketgan kishidek ko’z tomirlari yorilgani sezilib turibdi. Continue reading

OLTINCHI QAVAT (Qissa)

Prezident  tansoqchisining kundaligi

3.Adam

Biz “dada” degani samarqandcha, tojikcha,  “ada” degani toshkancha, o’zbekcha deb bilardik. Bu miyamga quyilib qolgan. O’chirsam ham o’chmaydi. O’lgunimcha ham “ada” desam kerak.  Zotan tilim ham “dada”ga aylanmaydi, “ada” degani o’z-o’zidan chiqib ketaveradi.

Adam botiniy ko’rinishi bilan Prezidentga juda o’xshaydi. “Ichimdagini top” deydigan odam. O’zini hammadan aqlli deb hisoblaydi. Eng mukammal narsadan ham kamchilik topishga urinadi. Rost bilan yolg’onni ajrata olmaydi. Hamma gapni yolg’on deb o’ylaydi. Jahli chiqsa oylab gaplashmaydi. Qachonki o’zing pushaymon bo’lib, bosh egib borsang, “Bo’pti” deb qo’yadi. Oyimning bor-yo’qligiini ham bilmaydi. Men qanchalik Prezidentga soya bo’lsam, oyim adamga shunchalik soya. Adam bu soyani sevmaydi va sezmaydi ham, bor-yo’qligini bilmaydi. Prezident ham shunday edi. Ammo keyingi paytda o’zgardi. Unga nima bo’ldi bilmayman. Soyasiga diqqat qila boshladi. Continue reading

Qissa

OLTINCHI QAVAT

Prezident tansoqchisining kundaligi

1. Taychi

Ismim Taymur. Aslida Temur deb ot qo’yishgan. Hujjatimni yozgan odam “Taymur” deb yozgan. Nega bunday qilgan bilmayman. Ammo o’zimga yoqadi. Temur degan ot tiqilib yotibdi, Taymur esa bitta. U ham menda.

Faqat Prezident “Taychi” deydi. Bu menga yoqmaydi. Xuddi kamsitganga o’xshaydi. Ammo buni unga qanday aytaman? Haqqim yo’q. Faqat jim turishim kerak, hatto meni ursa ham. Uning savollariga ham javob bermasligim kerak. Uning soyasiman-da. Soya gapirmaydi. Qoida shunaqa.

Qoidani uning o’zi buzdi. “Soya”ni gapirtira boshlatdi. Shunda ham oz gapirishga harakat qilaman. Gaplar ko’nglimdan toshib ketmasligi uchun kundaligimga yozib qo’yaman. Aslida bu ham qat’iyan mumkin emas. Bilib qolishsa sudsiz-tergovsiz yo’qolaman. Shart shunaqa va o’zim ham bunga rozi bo’lib hujjat imzolaganman.

Kundaligimni prezidentga hujum bo’lsa ishlatishim kerak bo’lgan qalqonning ichida saqlayman. Doim o’zim bilan. Prezident menga juda ishongani uchun birov tekshirib ham ko’rmaydi. Munosabati sovub qolgudek bo’lsa, nima qilishni bilaman, rejasini tuzib qo’yganman. Continue reading