Assalom alaykum Jahongir ukam, tavallud ayomingiz qutlug’ bo’lsin, yeganingiz qo’y bo’lsin, ko’rganingiz to’y bolsin, yuzga kiring, har doim sog’ bo’lib, singlim Rohila bilan qo’sha qarib, nevara-chevaralik bo’lib, hayotingizni umr mazmunli otkazing. Sizning yozgan tarihlaringiz hammamizni sergaklantiradi .Qurqmasdan Karimovning sirlarini ochib tashladingiz, sizdek mard ukam borligidan falxrlanaman .Sizning yozgan tarihlaringiz bu oltinga xam qimmat deb Bashorat Eshova-opangiz .
XXX
Ассалому алайкум Жахонгир ака сизни бугунги таваллуд топган кунингиз билан самимий оилам номидан қутлаб оллохдан сизга авволо соғлик бардошлик сабр тоқатлик тилаб қоламан. дунё тургунча туринг
Сизга хурмат билан Жиззахлик ҳуқуқ химоячиси Зиёдулло Раззоқов
ХХХ
Ассалом алейкум, Илохим юзга киринг бахтимизга доимо сок саломат булинг, келажак байрамларни ватанда дусту душман олдида сари баланд утказайлик Худо Хофиз!
Максим Назаров
XXX
Ассалому-алайкум Жахонгирбек! Мен аввало сизни таваллуд аёмингиз билан табриклайман.Сизга ва сиз оркали оила-аъзоларингизга сихат-саломатлик ,тинч-тотувлик ва узак умр тилаб ,Сизни келгуси ишларингизда улкан зафарлар тилайман деб салом-ва эхтиром ила дустингиз Абдукодир Саттаров.
XXX
Bizda baliqni har vaqt suvdan olsang toza deiyshadi. Do’stim tug’ilgan kuningiz muborak bo’lsin. Uzoq ve saodatli umr ko’ring. Ijodlaringizga baraka!
Olim Ko’hkan.
XXX
Hurmatli Jahongir aka Muhammad! Mana yana 1 -sentyabr yetib keldi. Bu kunni vatandan olis yurtlarda bayram qilamiz. Mustaqillik kuni desak, haminqadar kun bo’ladi.
Shu sababli bu kunda O’zbekiston Respublikasining mustaqilli poydevorini mustahkamlashda mehnat qilganlardan birining tug’ilgan kuni ya’ni Sizning tug’ilgan kuningizni nishonlaymiz. Sizga dunyodagi eng ezgu niyatlarni tilaymiz. Yurtimiz, millatimiz va xalq uchun qilayotgan xizmatlaringizda olloh madadkor bo’lsin. Doimo sog’u salomat bo’ling. Ijodingizga omad. Yana bir bor tavallud kuningiz bilan tabrilayman. Hurmat bilan shogirdingiz…
…Hayotim davomida ko’p kishilarni ko’rdim: morboz-qimorboz, kallakesar-cho’ntakkesar, sotti-lo’tti, faylasufu-ahmoq, birlashgan va tarqoq, MXX, SPP, davrondagi – surondagi, va hokazo…
Olloh menga ajoyib bir inson- Jahongir Muhammad bilan tanishish imkonini, sharafini berdi.
Men ancha oldin Jahongir Muhammadga maktub yozarkanman o’ksik ko’nglimdan shunday so’zlar chiqqandi,-“AFSUSKI BIR VAQTDA TENGDOSH TUG’ILMADIK, BIZ IKKIMIZ JUDA YAQIN DO’ST BO’LARDIK”.
Jahongir Muhammad esa do’stlik yosh tanlamasligini, hurfikrlikni aytgandi.
Hozirda o’ylab ko’rsam Jahongir Muhammad nafaqat mening do’stim, balki butun o’zbekning, barcha millatning, insoniyatning do’sti ekan.
Tabarruk yoshlar qutlug’ bo’lsin, aziz ustoz?
Hurmat bilan shogirdingiy…(Mister Qalampir).
XXX
Hurmatli ustozim, men sizni butun oilamiz nomidan bu qutlug kun bilan TABRIKLAYMAAAAAAN!!!!Sizga birinchi navbatda mustahkam soglik,ishlaringizda sizni hech tark etmaydigan omad va hayotingizda baxtli kunlarni tilab qolamiz!!!! Butun oilamiz bilan sizni tabriklab, qatttttiq quchib qolayapmiz!!!! Yaxshi kunlarda ko’rishguncha, aiz Ustoz! Toshkentdan Dildora.
Jahongir Mamatov: Ushbu satrlarning mualliflari, maktublari bu yerda ko’rinmagan yoki telefon, internet imkoniyatlari orqali dil so’zlarini aytgan jamiki aziz insonlarga qulluq deyman va kaminaga bildirgan oliy niyatlarining yuz karrasini ularga Yaratgandan tilayman!
Filed under: E'tirof | Tagged: Abduqodir Sattorov, Bashorat Eshova, Зиёдулло Раззоқов, Jahongir Mamatov, Maksim Nazarov, Mister Qalampir |
Leave a Reply