Mustaqillik qahramonlari

SSSRni zirqiratgan o’zbek

Yiqilmas chinor

Biz bobolari, o’tmishdoshlari bilan juda ham faxrlanadigan xalqmiz. Lekin ba’zan rejimgagina yoqqanlarni qo’shilib maqtaymiz, yoqmaganlarini eslamaymiz. Xuddi Sovetlar Ittifoqini uzoq yillar davomida zir-zir titratgan Boymirza Hayitni yodga olmaganimiz kabi.

Boymirza Hayit Turkiston tarixining 20-asrdagi chinorlaridan biridir. Yana ham aniqroq aytsak, ulkan chinori. Chunki Turkistonning 20-asrning birinchi yarmidagi tarixini yoritishda unga teng keladigan boshqa olim yo’q. O’sha davrda yo’q edi va haliga qadar yo’q.

Oqni oq, qorani qora degani uchun uni “Vatan xoini” deb atadilar. Bu ibora unga nisbatan o’z mazmunini yo’qotdi va vatansevar anglamiga keldi. Chunki o’sha kezda vatanini Boymirza Hayit kabi kuchli sevadigan boshqa odam bo’lmagani va “Vatan xoini” kalimasi doim unga qarata aytib turilgani uchun ham bu ibora o’z mazmumini o’zgartirdi. Continue reading