Muhokama, mulohaza, mushohada

jm_20014_febrDiktatorlar dekadasi

SAVOL: Bu yildan qoniqdingizmi? Kelajakda bizlarni nima kutmoqda? (Zafar).

JAVOB: Garchi 2010 yilning so’nggi kunlari bo’lsada, tugayotgan yil haqida gapirmoqchi emasman, chunki undanda muhimrog’i bor. Bu esa 21 asrning ilk o’n yilligi bitgani va bu dunyoda diktatorlar dekadasiga aylanganidir.

Agar jiddiy va favqulodda odimlar otilmasa, radikal siyosiy tadbirlar ko’rilmasa, shu ketishda 21 asr va umuman dunyoning kelajagi diktatura, yakkahokimlik g’alabasi, erkinliklar butunlay bitgan manzilga aylanib qolishi mumkin.

Albatta, bu o’n yillik davomida diktaturalar kuchlanishi va demokratiya qaror topgan davlatlarda erkinliklar cheklanishi o’z-o’zidan bo’lgan emas. Sababsiz oqibat bo’lmaydi. Ayniqsa, terrorizmning kuchayishi erkinliklar cheklanishida salmoqli o’rin tutdi.

Amerikaga kelgan va meni hayratga solgan 1998 yildagi erkinliklar bugun shirin xotiraga aylandi. O’shanda biz mamlakatning u chetidan bu chetiga ko’chganmiz va yo’lda birov na hujjat so’ragan, na yuklarimizni tekshirgan. Bugun esa aeroportlarda ichki kiyimlarning ostiga qadar qo’l kirmoqda.

Bunga qarshi emasman. Tekshirilishi kerak. Chunki osmonda portlab ketgandan ko’ra, aeroportda tintuv qilingan yaxshiroq. Bu xuddi Tojikistondagi yoki Chechenistondagi janglarda o’lgandan ko’ra, O’zbekistondagi tinchlik yaxshi, degan gapga o’xshab qoldi. Ha, insoniyat mana shunday tanlov bilan yuzma-yuz. Yo o’lim, yo hayot. Tabiiyki hamma hayotni tanlaydi. Hayot esa qattiq nazorat ostidagi sukunatli tinchlikka aylandi. Qo’rqinchli tinchlik.

O’shda qirg’izning qo’lida qiynalib o’lgandan ko’ra, O’zbekistonda qiynalib bo’lsada tinchgina yashaymiz yoki urusning zug’umiga chidaymiz, degan gaplarni ko’p eshitdik va har kuni eshitib turibmiz.

Afg’onistonda bekordan-bekorga o’lib ketguncha, boshqa madaniyatlarga singib ketsak nima qilibdi, degan afg’onlarning son-sanog’i yo’q.

Bundan o’n yil oldin Amerikada biror mirshab ko’chada birovning hujjatini tekshirishga jur’at etolmasdi, chunki haqli emas edi. Bugun esa bemalol bo’lib qoldi.
Ilgari bu yerda mirshablar sudning qarorisiz birovning uyiga mutloq kira olmas edilar, hozir esa bu ham bemalolga aylanmoqda.
Telefon so’zlashuvlaridan internet yozishmalarigacha hammasi daxlsizligini yo’qotdi.

Kechagina bunga qarshi chiqqanlar bugun tarafdor. Hatto men ham. Chunki har qadamda tahlika.

Xullas, 2001 yildagi la’nati portlashlar Amerikani butunlay o’zgartirdi. Bugungi Amerika kechagi Amerika emas. Shunga qaramasdan dunyo kezgan tajribamdan kelib chiqib hali ham bugungi Amerika bugungi dunyoda hali erkinliklar boshqa joylarga nisbatan bir qadar saqlanib qolayotgan joydir deb ayta olaman.

Hali, bu yerda Avropa kabi aeroportlarda qarshingizdan avtomat o’qtalgan guruhlar chiqib qolmaydi.

Hali, Farangiston kabi ozchiliklarni quvib solishmayati, garchi ular har kun bir qiliq chiqarib turishgan bo’lishsada.

Hali, ayollarning boshidan hijobni yulib olishgani yo’q.

Hali, boshqa millat vakili bo’lganing uchun ishdan chetlatishmayati…

Hali, deyapman, chunki dunyo bugungi kabi ildamlasa, hali bu narsalar ham shirin xayolga aylanishi mumkin.

Shuning uchun yangi dekadaga qadam qo’ygan har bir inson dunyodagi erkinliklar saqlanib qolinishi va diktaturalar kuchlanmasligi uchun nima qilmoqchiman, deb o’zi o’ylab ko’rishi kerak. Uni qiling, buni qiling, deb aql suqmoqchi emasmiz. Chunki o’tgan o’n yillikda faqat Amerika emas, butun dunyo o’zgardi. Inson qadriyati mezonlari va tafakkurining sarhadlari o’zgardi. Qarashlar o’zgardi. Sharoit va talablar o’zgardi. Birovdan talab qilish, birovga aql suqish davri o’tib ketdi. Bu endi ahmoq va laqmalarning ermagi.

Sog’lom inson esa eng avvalo o’zidan talab qilishi va o’zidan so’rashi kerak. Erkinliklar, ozodliklar, huquqlar ustivorligi uchun nima qildim, nima qila olaman?

Dunyoni kelajakda diktatura mutloq hukmron bo’lgan davlatlar majmuiga aylanib qolishdan qutqarish mumkin yoki mumkin emasligi ana shu savolga berilgan javobga bog’liq. Demak, javobingiz o’zingizga yoqsa, nyu-yorkliklar iborasi bilan aytganda, Linkoln tunnelining naryog’ida faqat Nyu Jersey emas, balki yorug’lik ham bor. Kim Nyu Jerseyni ko’rmoqni istaydi, kim yorug’likni, gap ana shunda!

Jahongir Muhammad

30 dekabr, 2010 yil

“Savob so’qmog’i” kitobidan

3 Responses

  1. Ассалому алайкум, ҳурматли Жаҳонгир ака!
    Бир видео суҳбатингизда, “бизнинг зеҳниятимиз шундайки, бугунки кунда энг яхши демократни келтириб қўйсангиз ҳам у диктаторга айланиб кетади” деб эътироф этгандингиз.
    Агар зеҳниятимиз шундай экан, унда Каримовнинг диктаторлик масаласида нима айби бор?! Агар бугунки вазиятда демократ келиб қолса, ва унинг диктаторга айланиши Каримовнинг мерос қолдирган шароит ва муҳити бўладиган бўлса, Каримовдан кейин келган жаноб эса ўзининг вазиятдан келиб чиққан айбини мерос қолдирган кишига юклайдими? Кун келиб Каримов бошқа давлатдан сиёсий бошпана олса (албатта у киши умрининг охиригача ватанни тарк этиш ниятлари йўқ), барчаси унитилиб жаноби олийлари жазосиз қоладиларми?
    Ҳурмат билан…

    • Ва алайкум.
      Бошқа бир жавобимда 1990 йилларга келиб менталитетда катта ўзгаришлар бўлгани ва ИАКнинг “тарихий хизмати” ана шу учқунларни ўлдиргани эканлигини ҳам айтгандим. Манимча “Тўёна” видеосида.
      ИАК бошқа бир давлатга кетмайди. Биратўласига у дунёга кетади. Жазосиз қолса керак. Тарих такаррури.

  2. Assalomu alaykum hurmatli Jahongir aka!
    Aytganingiz video suhbah masalasida takroran “to’yona”ni ko’rib chiqdin. Uzr, yoshlik va bilimsizlik. Bu videoni oldin ham bir necha bor ko’rgan edim. Balki, mag’zini chaqa olmagandirman…
    E’tibor berdim.
    2-fundamental jinoyat va boshqalar…
    Hurmat bilan…

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: