SAVOL: Jahongir aka, bitta savolim bor edi. Siz o’zingiz aytgandek faol siyosatni tashlab ketgansiz. Bu siyosatdan uzoq turaman degani. Agar hamma shunday qilib o’zini siyosatdan chetga olsa, kelajagimiz nima bo’ladi? (E’tibor).
JAVOB: Bu haqda yozganimda faol siyosatdan ketganimni aytgandim. Bunga ham bir yildan oshdi. Bu degani biror-bir tashkilotga a’zo emasman, biror tashkilot safida turib siyosat yurgizmayman degani. Bu qadar oddiy. Bugun ham fikrimda sobitman. Lekin o’shanda yozganimdek, bu degani siyosatdan butunlay ketdim degani emas.
Hayotning o’zi siyosat, har bir aytilgan gap siyosat. Buning ustiga o’z mustaqil qarashingiz va o’z mustaqil pozitsiyangiz bo’lsa, unda har bir aytgan so’zingiz ham siyosatdan iborat bo’ladi.
Demak, faol siyosatdan ketganim bilan siyosatdagi faoliyatim hali ham faol deb hisoblayman. Chunki siyosatga har kim qo’lidan kelgani qadar hissa qo’shsa, siyosat jamiyatning tayanch nuqtasiga aylanadi.
Qo’limdan kelgani yozuvlarim. Buni esa chetga surmay, vaqtim yetmaganiga qaramay faol davom ettirayapman. Siyosatdan ketdim deb bir joyda pusib yotganim yo’q. Yozganlarimning hammasi siyosatdan iborat bo’lib qolmoqda. Siyosat bo’lganda ham eng tepasi. Hatto “Nosiyosiy…” deb nom qo’ysam ham turgan bitgani siyosatga aylanib ketmoqda.
Jahongir Muhammad
1 noyabr, 2010 yil
“Savob so’qmog’i” kitobidan
Filed under: Savob so'qmog'i | Tagged: Jahongir Mamatov |
Assolomu alaykum hurmatli Jahongir Mamatov nimaga sizning “Savob söqmog’i” kitobingizni saytingizdan öqib bölmayapti.
Va alaykum assalom.
Menga ochilmoqda. Quyidagi link bilan.
Assalomu alaykum hurmatli Jahongir aka sizga bugun 2ta savolim bor edi: turonzamin.org sayti nima uchun ochilmayapti, ozodlik va bbcuzbek amerika ovozi saytlari qanchalik shaffof yani qanchalik rost xabarlar.
Va alaykum assalom!
“Turonzamin” nasib etsa qayta ish boshlaydi.
Bilasizmi, interent, media bugun shunchalik katta ummonki xabarlarni bir daqiqada solishtirib, shaffof yoki qanchalik shaffof emasligini bir qadar aniqlab olish imkoniyati mavjud. Internetga kira oldingizmi demak xabarni ham ajrata olasiz. Lekin hech qayerda kafolat yo’q, nisbiylik bo’lishi mumkin, chunki inson bor ekan, dunyo bor ekan, manfaat bor. Xabarlar manfaatlarning qullaridir.
Assalomu alaykum hurmatli Jahongir aka bugun internetda “muxolifat faqat yozuvchi va shoirlardan iborat bölib qoldi,ular oralariga iqtisodchilar,huquqshunoslar,sobiq davlat rasmiylarini jalb qila olmadi shuning uchun ham muxolifatda oldinga siljish kuzatilmadi” degan fikrlarni öqib qoldim shunga siz nima deysiz.Nahotki muxolifat vakillari faqat yozuvchi va shoirlardan iborat bo’lib qoldimi.
Va alaykum assalom!
Muxolifat?
O’zbekistonda muxolifat yo’q qilinganku?!
Assalomu alaykum Jahongir aka javobingizga ochig’i yaxshi tushunmadim.Siz Özbekistonda muxolifat yöq qilingan demoqdasiz ya’ni bu bilan siz chet elda özini muxolifatchiman deb atayotgan “Erk” partiyasi a’zolarini, “Birlik” harakatini, “Birdamlik” xalq harakatini va yana boshqalarni rejimga muxolif sifatida tan olmayapgan bölib chiqmayapsizmi. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Bu savolning javobini bir necha marta yozdim. Vaqingiz bo’lganda ularga bir qarab qo’ysangiz mamnun bo’lardim. Saytda hammasi to’plab-to’plab qo’yilgan. Hurmat bilan JM
Amerika ovozi,xuroson ovozi,
ozodlik..
Bularni hech biri haqiqat kursisiga da’vogarlik qila olmaydi.
Misol u-n:
ozodlikda bir yili 1 aprelda otaxonni olib chiqamiz,hamma unga istagan savolini beradi bu anjandan keyin ilk marta cholni jurnalistlarga chiqib ochiq bahs yuritishi imkoniyatni bermang degan gaplar bo’lgandi.
A xo’p, Eshmqul aka nosni tashlarmish desa butun qishloq laqqa ishonganday,
odamlar radioga yig’lab telefon qilayapti-da, kagbudto maykl vernulsa!
Hazil hazil bilan
degani yolg’onni Pirmat akangni ishtonidan olib yozma desangiz Mirjalol QOSimovni butsisi mazzasini tatib kurgan Akmal shorahmedovday kamsitilasiz.
Kecha beparda gaplarni aytmanglar deb bir boboy Fargonadan telefon qisa, rosa boplashdi.
Ha-a Abdulla aroqxo’r aytganday Amerika sehrli diyor!
Shohi darvesh.
Assalomu alaykum Jahongir aka saytingizga joylangan videolarni qanday yuklab olsa böladi?
Va alaykum asssalom.
Videolarning hammasi youtube orqali qo’yilgan. Youtubedagi narsalarni qanday yuklasangiz bularni ham shunday yuklash mumkin.
Assalomu Aleykum Jahongir aka, sizga savol yozishga undagan hol shuki: Siz USA ning Jahonda yuritayotgan siyosatini muntazam yoqlab kelmoqdasiz. Hozirda UKR da yuz berayotgan hodisalarning , ya’ni vahshiylik va qonho’rliklarning asl tashkilotchisi hamda homiysi bo’lmish AQSh ni… UKR ning qonuniy Prezidenti V.Yanukovich “Maydan”chilar deb atalayotgan “Xalq namoyondalari” ga nisbatan o’z vaqtida keskin chora ko’rishga qo’li bormagani uchun (qurol ishlatmagani uchun) bugunda Jahon hamjamiyati tomonidan – “qo’rqoq, xalq hiyonatkori” deb atalmoqda, tanqid qilinmoqda. Uning qatiyatsizligimi – “odamiyligi”mi oqibatida hukumatni $ yollagan sohta hokimyat egalladi , mamlakatda – fashizm, “banderachilik” avj oldi, iqtisodiyot parokanda.. Siz fevral oyidagi yozuvlarizdan birida, – Dunyo leksikonida “MAYDAN” degan Turkiy so’z paydo bo’ldi!(uzr so’zma-so’z eslay olmadim), deb g’ururlangandingiz.. Bugunda esa Insoniyat “MAYDAN”ning asl qiyofasini anglay boshladi..
Xullas, insoniyligini butkul yo’qotmagan kimsa borki, bunday zulm uyasini avval boshidanoq tomiri bilan yulib tashlash kerak edi , – demoqda. Sizga jazm etgan savolim uchun avvalo uzr so’rayman; – 2005 yili Andijonda AQSh yollagan va homiylik qilgan kimsalarning davlat to’ntarishiga bo’lgan urinishini o’z vaqtida, yani gazak olib ulgurmasidan bostirilgani uchun Prezidentimizni tanqid qilganingizda Xalqimizga – bugunda Ukraina Xalqining boshiga tushgan fojealarni ravo ko’rganmidingiz..???
Va alaykum assalom. Bu savolga jiddiy javobim bor. Lekin bu ayni paytda provakatsiyaga ham o’xshamoqda. Chunki bugungi kunda shu masalada provokatsiyalar ham ko’payib ketdida. Shuning uchun iltimos, aniq kimligingizni yozsangiz, albatta javob beraman. Hurmat bilan JM
Sizni ishontirib aytamanki, provokatsiyaga mutlaqo aloqam yo’q, Ismim Sherali Ashurov, oddiy ishchiman
Rahmat. U holda qisqacha javob beray.
AQShning ham tashqi siyosatda xatolari ko’p. Lekin ularni xalq tanqid qilib tuzatishga chaqirib boradi. Bu demokratik unsur.
Xatosiz odam ham yoq, xatosiz davlat ham. Hamma gap ana shu xatoni ko’ra bilishda va uni tuzatish uchun harakat qilishda.
Ukraina masalasida ikkinchi tomonning-aslida birinchi tomonning-ukrainlarning manfaatini ham o’ylash kerak. Manga qolsa AQSH bu masalada zaif aralashuvdan nariga o’tmayapti. Balki AQSH manfaatlari uchun bu muhimdir?
Yanukovichning qanday hokimiyatga kelganini va aslida kim bo’lganini hamda kimning qo’llovi-o’yinlari bilan prezident bo’lganini bir qidirib, o’qib ko’ring. O’shanda ko’p narsa oydin bo’ladi.
To’gri muxolifat xato qildi. Uni hokimiyatdan quvmasdan, u vazifalarni muxolifatga berganda ishni boshlashi va uni qonuniy yo’l bilan chetlatishi kerak edi. Ovoz berishni u ketgandan keyin emas u Kiyevdaligida qilishsa demokratik bo’lardi. Muxolifat o’zining demokrat ekanligini ko’rsatishi shart edi.
“Maydon”da boshqa xatolar ham bo’ldi. Masalan til masalasida boshqalarni qo’rqitib qo’yishdi. Lekin Rossiyaning siyosatini rossiya ideologiyasi hududida yashayotgan o’zbekka tushuntirish oson emas. Chunki juda katta propaganda mashinasi ishlamoqda. Har qancha qora desam ham oq bo’lib ko’rinadi. Bu tabiiy. Siz ham AQShda yashaypsiz deyishingiz mumkin. Lekin bu yerda matbuot rangba rang. Tanganing har ikki tomoni ochiq gapiriladi.
Andijon masalasida:
1.Nega namoyishchilar muzokaralar davomida doim Putinga murojjat qilishdi, uning aralashuvini istashdi? Ularning murojaatlari radiolarda ham berilgandi. Bu savol hali javobini topgan emas.
2.Namoyishchilarning liderlari O’zbekiston hukumati vakillari bilan hamkorlik qilganlari va ular tomonidan boshqarilganlarini radiolarda aytishdi, videolari ham internetda bor. Bu masala Karimov ketganidan keyin baribir ochilsa kerak.
Tarix bu ikki holatni oydinlashtirsa sizning va boshqlarning savollariga o’rin qolmaydi.
Assalomu Alaykum
(As.Al) ustoz!
Men Andijonni 1898
yildagi senariy bo’yicha tushunaman.
To’g’ridan to’g’ri “o’xshashliklar”-kazarmaga hujum,qamoqqa hujum,diniy yo’nalishdaligi,yuz bergan sana
va yana g’o’rligi va soddaligi bir birini takrorlaydi.
(Rashidov va otaxonni yuritgan siyosati,hatto ism sharifidagi harflar sonigacha bir xilligi taqdir hazillaridan biridir balki?)
Mana siz g’arbparastlik qilib cholbobo yuzini ortiq burmaydi baqqa degandingiz.
Ammo u yana hammani aldadi.Shul vajdan
Andijon voqealari haqidagi fikringiz xato bo’lsa kerak.O’zbekistonning otaxon hukronligidagi davrini farqli ravishda ikkiga Anjangacha va undan keyinga bo’lish mumkin axir.
Putindan najot tilagan sodda xaloyiqni ongidagi rossiyaparastlikka yo’ysakda “hamkorlikni” “qo’zg’olonchilar ichidagi sotqinlikdan” izlasak axir 92 dan boshlanyapti hammasi orada tinch namoyishlar o’tyapti.., bu kommunistlarni yaxshi bilamizku..
Eshon to’poloni nimani evaziga bosilgan edi?
Bitta asfalt bazani deb nemislar poraga sotildi,amerika esa sanksiyasi motam marosimi tugaguncha amalda bo’ldi xolos.
Hamma odam adashadi deya buniyam kechirish shartmi?
Qarashlaringizni qayta ko’rib chiqishinging kerak emasmi?
Va yana shuki shu ish toshkenda bo’ganda balki hammasi boshqacha bo’larmidi?
Zo’ravon kuchlarga o’zimizdan boshqa kim qarshi chiqadi?
O’zingiz aytganday Manfaatning qullarimi?
Sizga ehtirom bilan Darveshlar Shohi. 2014 may.
Uzrku Andijonda amerika ayoli o’q yeb o’lmadi,uyoqda o’zbeklar qirildi va g’arbliklar sevib ishlatadigan “inson huquqlari” ga ularni o’zi oyoq bosdi.
Zotan men bu tuzumni qulatishda unga qanday ishonay,orqamdan pichoq urib diktatorni etagini o’pmaydimi yana
Nima bizni qonimiz oqsinmi?
Ongimizda yemirilishlar,kelajakka ishonchsizlik yurakda esa og’riq paydo bo’lgan,chet elga chiqishga bu yerni ko’z qiymaydi,boshqa odamga aylanish qo’rqinchli,qanday qilib vaziyatdan chiqib ketish kerak? Xato qilib qo’yishdan nega qo’rqish kerak?
Bosh og’rig’iga ko’nikish kerak??